18.04.2013

IMPERIALIZM: HARBIY-SANOAT KOMPLEKSINING GEGEMONIYASI


Sovet Ittifoqi va Sharqiy Blokning qulashini ko`pchilik siyosiy tahlilchilar “tarixning tugashi” yoki “demokratik kapitalizmning kommunizm ustidan g`alaba qozonishi”, deb atagan edilar. Qo`shma Shtatlar “g`olib”ga aylandi va yangi ko`p qutbli dunyoda diplomatiya, harbiy kuch va bozor iqtisodiyoti yordami bilan global gegemonlikni qo`lga kiritdi. Sobiq Ittifoqdan so`ng boshlangan Sharqiy Blok kommunist davlatlarining birin-ketin qulashi butun jahon bo`ylab yangi moliyaviy tizimni shiddat bilan tarqalishiga imkon yaratib berdi. O`z navbatida bu tizim yangi bozorlar va homashyo bazalarini talab qilardi. Yangi moliyaviy tizim Ikkinchi Jahon Urushidan so`ng paydo bo`lgan Yevropaning an`anaviy sotsial-demokratik tamoyillarga asoslangan iqtisodiy infrastrukturalari bilan raqobatga kirisha boshladi.

AQSH imperializmi tasvirlangan karikaturalardan biri

10.04.2013

Alloh nomi bilan... Jihodning mag'lubiyati - Mardonavor kurashdan Terrorga (3 qism)

Oldingi maqolalarimizda islomizmning paydo bo'lishi va uning xalqaro harakatga aylanishi, yo'nlaishlari haqida ma'lumotlar berishga harakat qilgan edik. Bugungi maqolamizda biz XX-asr ohiri va XXI-asr boshlarida dunyoda Islomiy hokimiyatni o'rnatishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan xalqaro Jihodning qanday qilib jismoniy ravishda mag'lub bo'lish jarayoni haqida tahlillarimizni havola qilmoqchimiz. 


AQShning Oregona shtatida Nasroniy, Yahudiy va Musulmonlar yig'ilgan holda Terrorizm va Islomning nomutanosibligini ta'kidlash maqsadida namoyish o'tkazishmoqda. 

06.04.2013

Alloh nomi bilan... Jihod - Anti-kommunizmdan Anti-Amerikanizmga (2-qism)

O'tgan galgi maqolamizda biz siz bilan Islomizmning ildizlari, unga yetaklagan sabablar, qayta tug'ilishi va nihoyat ma'lum kuch sifatida mafkuraviy birlashtirishini ko'rib o'tgandik. Bu birlashtirish AQSh tomonidan Afg'onistondagi Sovet Ittifoqi qo'shinlarini siqib chiqarish maqsadida amalga oshirilgan edi. Lekin AQSh Sovet qo'shinlari Afg'onistonni tashlab chiqqandan so'ng bu harakatni e'tiborsiz qoldiradi, natijada Islomizm ideologiyasi va Musulmon jamiyatlaridagi iqtisodiy-ijtimoiy qiyinchiliklar tufayli avtonom kuch sifatida yashashda davom etdi.
Bugun biz siz bilan aynan o'sha Islomiy-radikal harakatlarning qanday qilib Kommunizmga qarshi jihoddan qaysidir ma'noda qayta tug'ilishiga sabab bo'lgan yaratuvchisi AQShga qarshi Jihodga otlanish jarayonini ko'rib chiqamiz.


Sobiq Sovet Ittifoqi qo'shinlariga qarshi kurashuvchi Mujohiddinlar (Pokiston, 1987-yil)

04.04.2013

SOVUQ URUSHDAN KEYINGI DUNYO: YANGI DAVR


Ma`lumki, Amerika Qo`shma Shtatlari va Sobiq Sovet Ittifoqi o`rtasida bo`lib o`tgan Sovuq Urush  deb atalmish davr 1991-yil 31-dekabr kuni SSSRning parchalanishi ortidan o`z nihoyasiga yetdi. Bu davr Ikkinchi Jahon Urushi tugagandan so`ng, AQSH va SSSR Yevropani bo`lib olishlari bilan boshlangan edi. Sovuq Urush Yevropa imperial tizimining tugatilishi, yangi davlatlarning paydo bo`lishi, ikki qutb qudratlari o`rtasida nazorat va ta`sir borasidagi qarama-qarshiliklar bilan e`tiborga molik davrdir. Albatta, Sovuq Urushning boshqa tomonlari va bosqichlari ham bor, lekin qisqa qilib aytganda bu davr Yevropaning zaiflashishi ustiga qurilgan qarama-qarshiliklardan iborat edi. 
Yangi dunyo tartibi borasida fantaziyalarga asoslanib chizilgan xaritalardan biri

01.04.2013

Alloh nomi bilan... Islomizm - Qayta tug'ilish (1-qism)

2001-yil 11-sentyabr voqealari radikal Islomizmning chalkash pozitsiyalarini ma'lum tomonga yo'naltirishga va "haqiqiy" dushmanni qayta belgilaganini tasdiqladi. Ayniqsa voqealarning davom etishi bilan AQSh o'zining tashqi va ichki siyosatida Islom va Terrorizmni qorishtirishi, strategik maqsadlarni ko'zlagan holda Islomiy-Terrorizmni bahona qilib ishlatishida (Iroq urushi) va Sivilizatsiyalar to'qnashuvi nazariyasini kuchaytirib G'arb va Islom dunyosini bir biriga qarama qarshi qo'yishi oqibatida Islomizm o'z pozitsiyasini G'arbga qarshi ishonch bilan yo'naltiradi.


Pokistonda Islom payg'ambari Muhammadga qarshi karikatura sifatida suratga olingan filmga noroziliklar sifatida AQSh bayrog'i yondirilmoqda.