27.09.2013

MARKAZIY OSIYO VA AFGO`NISTON: SURONLI TARIX

2014-yil yaqinlashar ekan hammaning diqqat e`tibori Afg`oniston qaramoqda. Ma`lumki, xuddi shu vaqtga kelib AQSH va NATO qo`shinlari Afg`on diyorini tark etishadi. Bu vaqt yaqinlashar ekan mintaqa xavfsizligi borasidagi xavotirlar ham kuchayib boryapti. Xo`sh, bu havotirlar qanchalik o`rinli? Bu savolga javob topish uchun tarixga nazar solishimizga to`g`ri keladi.

24.09.2013

SHOKOLAD GEOSIYOSATGA ARALASHGANDA…

Geosiyosatda ta`sir ko`rsatish uchun foydalaniladigan instrumentlar talaygina: harbiy kuch, iqtisodiyot, mafkura va hokazo. Lekin shokolad geosiyosiy instrument bo`lganini eshitganmisiz? Unday bo`lsa, bizga quloq tuting.

20.09.2013

YANA SURIYA HAQIDA…

Avgust oyining o`rtalaridan beri nainki jahon, balki siyosatga oshno o`zbeklarning butun diqqat e`tibori Suriya Inqirozida bo`lib keldi, desak mubolag`a bo`lmaydi. Men ham shu o`tgan bir oy ichida, garchi oldingi farazlarimga mos kelmasada, Suriyaga xorijiy qo`shinlar kirib kelishini har kuni kutdim. Kutdim, degani, albatta intizor bo`lib, kutganimni anglatmaydi. Shu vaqt mobaynida intervensiya uyushtirilish ehtimoli ancha katta bo`ldi. Hozir ko`rib turganimizdek, vaziyat ancha sokinlashgan.
Ozod Suriya Armiyasi askari hayolga tolgan  (Khalil Ashawi/Reuters)

09.09.2013

SURIYA MOJAROSI - XALQARO TIZIMNING YEMIRILISHI?

Mana ikki yildirki Suriyada to'qnashuvlar davom etmoqda. Dastlab tinch namoyishlar orqali boshlangan bu tartibsizliklar hozirgi kunda Suriya aholisining hamda uning tashqi ittifoqchilarining kuchlarining nisbati balansining qanchalik mukammal muvozanatda ekanligini ko'rsatib bermoqda. Lekin Suriyadagi urush uning hududidan tashqaridagi kuchlar muvozanatini yana bir bora tekshirib ko'rishga imkon bermoqda. Ayni paytda  bu urush bizga ahvol 90-yillardagiday yoki 2000-yilning dastlabki 10 yilligiday emasligini va G'arb kuchlariga qarshi dunyoda umumiy kuch hosil bo'lganligini va  ko'rsatib berdi. Bu kuchlar ittifoq shaklida emas, balki qarshi turuvchi kuchlar sifatida namoyon bo'lmoqdalar. Ularni birlashtirib turgan asosiy omil bu G'arb kuchlarining dunyo jandarmi rolini o'ynashiga qarshi turishdir, lekin bu mamlakatlar o'zlarining ham iqtisodiy ham siyosiy tizimlari bilan bir biridan tubdan farq qiladilar. Yana shuni ta'kidlash lozimki G'arb kuchlarining ichida ham raqbatlar paydo bo'lgani bizga ma'lum bo'ldi. Bugungi mavzuimiz Suriya urushi natijasida Xalqaro aloqalar tizimining yemirilishiga bag'ishlanadi.