27.10.2013

MUSULMONLAR BIRODARLIGI: MUXTASAR TARIX

Jahondagi siyosiy o`zgarishlarni muntazam kuzatib boruvchi o`quvchi uchun Misrda bo`layotgan voqealar ahamiyatsiz bo`lishi ilojsiz holdir. Ushbu maqolani o`qib turganlarning deyarli hammasi Misr voqealaridan xabardor bo`lsa kerak. Lekin biz ayni vaqtda asosiy muholif kuch hisoblangan Musulmonlar Birodarligi haqida bilamizmi? Birodarlar kim o`zi? Ularning maqsadi nima? Bugun biz shu savollarga tarixdan javob izlashga urinib ko`ramiz:



Hasan al-Banna - Musulmonlar Birodarligi asoschisi 

25.10.2013

TOJIKISTONNING UNUTILGAN FUQAROLAR URUSHI: TASHQI TA`SIR (3-qism)

Jahondagi har bir mintaqa xalqlari o`z siyosiy hayoti davomida ko`plab urushlarni, ziddiyatlarni, mojarolarni boshdan kechirishgan. Urushlarning ichida bir millat farzandlari bir-birini qonini to`kadigan fuqarolar urushidek daxshatlisi bo`lmasa kerak.

23.10.2013

KOREYSCHA "POROXLI" ZIDDIYAT

Ikki Koreya o'rtasida ziddiyat 1949-yildan yani Koreya yarim oroli ikkiga bo'lingandan beri mavjud. Bu qarama qarshilik 1951-1953 yillarda Koreya urushidan keyin yanada ziddiyatliroq davom etmoqda.

19.10.2013

GEOSIYOSAT QUDRATI: “ANARXIYA VA QUDRATGA INTILISH”

Aziz O`quvchi! Bugundan e`tiboran biz jahondagi kuchlar muvozanati, xalqaro tizim va tarixga o`z ta`sirini o`tkazgan geosiyosiy nazariyalar haqida ma`lumot beruvchi “Geosiyosat Qudrati” ruknini boshlashga qaror qildik. Ushbu ruknda biz alohida bir geosiyosiy nazariya haqida qisqa va umumiy ma`lumot berib, uni sharxlashga harakat qilamiz. Nazariya haqida chiqariladigan xulosa esa, faqat Sizdan.

Jon Mirshaimer

12.10.2013

FARG`ONA VODIYSI – MARKAZIY OSIYONING “POROXLI BOCHKASI”MI?

SSSR parchalanib ketar ekan, Markaziy Osiyoning yosh davlatlariga og`ir “meros” – chegaralar muammosi qoldi. Oradan ikki o`n yillik o`tibdi hamki, bu muammoga to`liq yechim topilmagan va aniqlanmagan chegaralar qardosh xalqlar o`rtasiga nifoq solib kelmoqda. Shunday chigal hududlardan biri – Farg`ona vodiysidir.

11.10.2013

XAROBA SHAHARLAR GEOPOLITIKASI

Insoniyat tarixining so'nggi 100 yili misli ko'rilmagan o'zgarishlarga boy bo'ldi: yirik urushlar, ilm-fanning rivojlanishi, iqtisodning o'sishi va globallashishi, ijtimoiy hayotning yahshilanishi va siyosiy tizimlarni murakkablashishi shular jumlasidandir. Ayniqsa XX-asrning so'ngi yillari va XXI-asr insoniyat uchun yangi davrga qadam qo'yish bo'ldi, desak xato bo'lmaydi. Kundalik hayotni yaxshilanishi, tibbiyot, ta'lim tizimi va texnologik yutuqlar tarixda kuzatilmagan rivojlanish cho'qqisiga yetdi. Lekin bunga paradoksal ravishda dunyo aholisi orasida ijtimoiy muammolar ham kuchaya bordi. Bu ijtimoiy muammolarning ildizi Karl Marks ta'kidlaganidek iqtisodga borib taqaldi. Har bir mamlakat yoki umumiy region o'z iqtisodini rivojlanish darajasiga ko'ra turli xil muammolarga duch keldi. Rivojlangan davlatlarda o'rtacha hayotni uzayishi va tug'ilish sonini kamayish bilan aholining "qarishi" kuzatilgan bo'lsa, rivojlanayotgan mamlakatlarda tug'ilishning haddan tashqari yuqoriligi va aholi umrining o'rtacha uzunligini oshishi bilan "ortiqcha" aholi massalari paydo bo'la boshladi. Lekin bu ikki iqtisodiy qutbga birday tegishli bo'lgan ijtimoiy muammo yuzaga keldi, bu aholini iqtisodiy-ijtimoiy tengsizligidir. Bu hodisa ham rivojlangan ham rivojlanayotgan mamlakatlarga tegishli bo'lib, faqat rivojlangan mamlakatlarda davlat kam ta'minlangan aholiga yordamga kelish imkoniyatiga ega edi, uni ustiga iqtisodiy jihatdan o'ziga to'q sinflarga katta miqdorda soliqlar ta'sis etilgandir. Rivojlanayotgan mamlkatlarda esa ahvol boshqacharoq. Asosan bunday mamlakatlardagi asosiy kapital ma'lum tor doiradagi sinfga tegishli bo'lib, uni o'zga sinflar bilan baham ko'rilishini davlat doim ham ta'minlay olmaydi. Buning ustiga tarixiy jihatdan infrastrukturalarni kamligi, aholini ro'yhatga olish kech amalga oshirilganligi va adminstrativ institutlarining kuchsizligi aholini o'zboshimchalik bilan harakatlanishiga, faoliyat yuritishiga va joylashishiga sabab bo'lgan. Aynan shunday joylashishlar bugungi kunda dunyoning  rivojlanayotgan mamlakatlarida katta muammolarni keltirib chiqarmoqda. Bunday joylashishlar Xaroba shaharlar deb atalib ular dunyoning asosan rivojlanayotgan mamlakatlarining yirik shaxarlari atroflarida joylashgandir.
Bugungi mavzuimiz ana shu muammoga bag'ishlanadi.


Jakartadagi Silivug daryosi bo'ylab joylashgan Xaroba shahar manzarasi


07.10.2013

ARMIYASIZ DAVLATLAR

So'ngi yillarda dunyoda harbiy byudjetga ajratilgan umumiy mablag' sovuq urush yillaridan ham oshib ketdi. Urushlar esa tobora davlatlar orasida emas balki davlatlar ichida avj olmoqda, ayniqsa shaxar va aholi poselkalarida. Bunday holatda armiyaga bo'lgan muhtojlik oshadi, uni ustiga uni ichki urushlarga moslashtirishni ham talab qiladi.
Otto fon Bismarkning shunday so'zlari bor: Tinchlik yashashni xoxlasang urushga tayorgarlik ko'r. Dunyoning deyarli barcha davlatlari o'z xafsizligini taminlash maqsadida qurolli kuchlarga ega. Lekin yer sharida shunday davlatlar xam borki, ular mutlaqo armiyaga ega emaslar. Etiboringizga qurroli kuchlardan voz kechgan 10 davlat xaqida malumotlarni taqdim etaman.


GEOPOLITIKA... ASLIDA NIMA?

Blogimizning so'ngi davrdagi faoliyati davomida shunga amin bo'ldimki, ko'pchilik o'quvchilarimiz geopolitika so'zining tub mohiyatini chuqur anglab yetmaganlar. Bu ayniqsa keyingi davrda blog o'quvchilarining soni ortishi bilan yaqqol ko'zga tashlana bordi. Geopolitikadagi ko'pchilik "nozik" masalalar, ayniqsa, o'quvchilar orasida norozilikka sabab bo'lmoqda. Shulardan Islomizm, Isroil-Falastin va G'arb-Sharq kuchlar nisbati masalalari ko'p bahs va fikrlar to'qnashuviga olib kelmoqda. Shuni hisobga olgan holda bugungi mavzuimizni geopolitikaning asl mohiyatini o'quvchilarga tushintirishga bag`ishlaymiz.

Salvador Dalining "Jajji geopolitikaning Yangi Odam tug'ilishini kuzatishi" asari

06.10.2013

OMMAVIY NOROZILIKLAR: NOZO`RAVON INQILOBLAR QUDRATI

Biz bugungi maqolamizda zo`ravon, ya`ni kuch ishlatiladigan ommaviy noroziliklarning kamchiliklari – geostrategik maqsadlarga ko`ra ularni tashqi kuch tomondan manipulyatsiya qilinishi, kuch bilan o`zi ag`dargan rejim o`rniga boshqa bir avtoritar rejim kelishi – haqida suhbatlashamiz. Ayni bir vaqtda kuch ishlatiladigan noroziliklarni nozo`ravon namoyishlarning afzalliklari – qon to`kilmasligi, demokratik chegaradan chetga chiqmasligi, qudratdagi hukumatni ag`darmasdan uni xalq talablarini bajarishga majburlashi – bilan solishtirib chiqamiz.

30-yillik diktator Husni Muborak tinch namoyishlarga atigi ikki hafta bardosh berdi xolos

04.10.2013

YEVROPA VA AQSH ALOQASI: EVRILISH

AQSH Prezidenti Barak Obamaning so`nggi Suriya masalasida tashabbusni Vladimir Putinga boy berishi o`tgan oyning eng ko`p muhokama qilingan mavzusi bo`ldi, desak adashmaymiz. Xalq nazdida gapiradigan bo`lsak, “Putin Obamaga dam berdi”. Lekin bu biz bugun muhokama qiladigan mavzu emas. Ushbu maqolada Siz bilan o`tgan oy ichida deyarli e`tibor berilmagan tomon – Yevropa va AQSH aloqasini tahlil qilib chiqamiz.

03.10.2013

YEVROPA JIHODCHILARI: TARIXIY DAVOMIYLIK

Shimoliy Afrika va O`rta Sharq jang maydonlarida tajriba orttirgan jangarilarning Yevropaga kirib kelish ehtimoli so`nggi vaqtlarda YIdagi immigratsiya va integratsiya borasidagi bahslarni ortishiga hamda ksenofobiya-millatchilik elementlarini kuchayishiga sabab bo`lmoqda. Bundan tashqari yevropaliklarning bu hududlarga jihodga  borish hollari ham sezilarli ko`paygan. Albatta, bu yangilik emas. So`nggi bir yil ichida Liviya va Suriyada oq irq vakillarining soni o`sgani qator davlatlar xavfsizlik hizmatlari tomonidan ma`lum qilingan edi.  
Fransiyaga jihodiy tahdidlardan biri / rt.com