tag:blogger.com,1999:blog-5524522746230393576.post9202521850975625200..comments2024-01-02T03:59:29.782+05:00Comments on GEOPOLITIKA.UZ: TIBET MUAMMOSI: CHIQISH UCHUN YO`L BORMI?Anonymoushttp://www.blogger.com/profile/14030690495815782561noreply@blogger.comBlogger2125tag:blogger.com,1999:blog-5524522746230393576.post-53763963660528667452013-06-01T23:53:26.583+05:002013-06-01T23:53:26.583+05:00Avvalo e`tibor uchun rahmat! Uzr so`rashni xojati ...Avvalo e`tibor uchun rahmat! Uzr so`rashni xojati yo`q, maqtov bo`ladimi yoki tanqidmi, har qanaqa sharhni mamnuniyat ila qabul qilamiz. Bu biz uchun e`tibor mavjudligini dalilidir. Shu o`rinda loyihaning va bizning maqsadimiz haqida yana bir bor atroflicha ta`kidlab o`tmoqchiman: Geopolitika.UZ asosan, o`zbekzabon auditoriyaga mo`ljallangan bo`lib, geosiyosat sohasida o`zbek tilidagi manbaalar deyarli yo`qligi xisobga olingan xolda tashkil etilgan. GeopolitikaUz sayti o`z oldiga jahonda yuz bergan, berayotgan va berishi mumkin bo`lgan siyosiy voqealar ustidan chuqur tahlil o`tkazishni hamda tahliliy maqolalarni muntazam, xolisona ravishda chop etishni maqsad qilib qo`ygan. Va shu o`rinda alohida ta`kidlayman: BIZ HECH QANAQA MANBAADAN KO`MAK OLMAYMIZ VA HECH QANAQA G`OYANI ILGARI SURMAYMIZ. Biz faqat holislik tarafdorimiz. Biz odamlarda, o`zbek odamlarida geosiyosiy ong rivojlanishini istaymiz, xolos. Shu o`rinda to`g`ri xulosa bergansiz janob Anonim: Geopolitika.UZda faqat fikrlarga o`rin bor, hech qanaqangi shaxsiy xulosalar ilgari surilmaydi! Sababi har bir individ o`zga bir dunyo va har bir individ, to`g`ri-noto`g`ri bo`lsin, o`z shaxsiy fikr-xulosasiga ega bo`lishi lozim (shuningdek, biz ham har maqolada ilgari surilgan voqea-hodisalar, fikrlar yuzasidan o`z xulosamiz va qat`iy pozitsiyamizga egamiz)! Biz odamlarni fikrlar orqali o`ylantirishga majbur qilishni maqsad qilib qo`yganmiz. Biz oldingizga biror manzaraning fotosi, mo`yqalam va bo`yoqlarni keltirib qo`yamiz, siz esa o`z dunyoqarashingizdan kelib chiqib, bular yordamida o`z peyzajingizni yaratasiz. Albatta, har bir individning peyzaji oshqasinikidan o`ta farq qiladigan bo`ladi, garchi ish qurollari umumiy bo`lsada. bJamiyati fikrlay oladigan har qanday davlatda albatta o`sish bo`ladi. Asosiy maqsadlarimizdan biri ham odamlarimizni ongli qilish orqali VATAN TARAQQIYOTIga erishishdir. Endi buyuk qudratlar haqidagi fikrlaringizga kelsak: Agar jahonning hozirgi geosiyosiy manzarasiga obyektiv nazar bilan e`tibor beradigan bo`lsangiz, siz saytda ko`rsatilgan manzaraning guvohi bo`lasiz. Siz saytda o`qigan narsalar qudratli davlatlarga yon bosish emas, balki jahondagi mavjud reallikdir. Biz bu reallikdan yuz o`gira olmaymiz. Jahonnning asosiy tizginlari ularning qo`lida. Geopolitika.UZning boshqa bir maqsadlaridan biri haqiqiy manzarani ko`z oldingizda namoyon etib, imperializmning shafqatsiz tajovuzidan ogohlantirishdir.
Xurmat bilan,
Timur AmirovAvaz Takhirovhttps://www.blogger.com/profile/07694608711318388671noreply@blogger.comtag:blogger.com,1999:blog-5524522746230393576.post-52603648601775915792013-05-31T15:50:09.607+05:002013-05-31T15:50:09.607+05:00Mmm,deyarli hamma maqolani uqib ciqdim,ajoyib sayt...Mmm,deyarli hamma maqolani uqib ciqdim,ajoyib sayt.Eng muhimi judayam qoilmaqom uylab topilgan,ko'proq amerkaparastlik kucli maqolalar mavjud.To'gri bugun AQSH kuclidir,ammo bu degani u dunyoda yana anca hukmronlik qiladi diganimas.
Keyin muallif Temur Alimov siz uzizni talaba deb ko'p joyda iqtibos keltirib ta'kidlagansiz.Aslida siz bu sayt faoliyatini xalqaro yordam asosida olib boriyotgan kurinas.Cunki kecadan buyon barca maqolizni uqib ciqdim.Dunyodagi umumiy muammolarni yoritgansiz,barcasida waxsiy xulosamas balki,mavjud fikrlar.Keyin hamma maqola oxirida savol ko'p.
E'tiborli jihati,har maqolizda yawirin norozili ufirib turibdi.
Uylimanki bu fikrlarimi ma'nosini tuwunib yettiz,bugungi globalizm zamonda eng xavfli duwman mafkuraviy kuraw degani bejizmasligini bugun guvohi buldim.Siz xuddi uwani maqsad qilib sirtdan kurinmas dastak ila harakat qilayotgan siyosiy tuzumning axborot tizimiga xos askarisiz.
Bilasmi man tarixda bub utgan barca hodisaladan wuni bildimki,davlatlarni duwmani tawqimas,balki icidagi fuqarosidir.
Sizni maqsadiz qanaqaligini biliwga harakat qilingan joylarida,ajoyib qilib odob-ahloq bilan cekiniwi uddalagansiz.Man xeckimi tarafdorimasmanu,ammo vatanimizda tincli buliwini istiman.Ilohim tincli va barqarorli nasib etsin.Siyosiy uyinlani iwtirokcisi bulib kelajak avlodni oldida xiyonat qiliwdan barcani Ollohi uzi asrasin.Uzr xafa qilgan bo'lsam,ammo siyosat qanaqa busada man wu vatan farzandiman.Ehtiyotkorli davr talabi,lek bu saytda yawirin targ'ibot bilinib turibdi,bowida qiziqdim,keyin esa xafsalam pir buldi.Maqsad bir tomonni maqtawmas debsizu,doim targib qilgansiz kucli davlatlarni.Uzr mulohazam ucun,wuncaki fikrimi bildirdim.Anonymousnoreply@blogger.com