30.01.2013

Isroil va Turkiya munosabatlari - Ajralish yoki Diplomatik o'yin?

Yaqin Sharqda Isroil davlati yaratilgandan so'ng Turkiya musulmon mamlakatlari orasida birinchilardan bo'lib uni suveren davlat sifatida tan olgan (1949). Ikki davlat orasidagi munosabatlar butun sovuq urushi va 90-yillar davomida o'zgaruvchan bo'lib, lekin o'tgan davrda ko'proq boshqa musulmon mamlakatlariga nisbatan Turkiya-Isroil aloqalari ancha yaqinligini ko'rishimiz mumkin. Bu yaqinlik deyarli barcha sohalarni qamrab olgan edi, harbiy texnikalarni yetkazishdan tortib turizmgacha. Hatto shu darajaga borib yetadiki Misrdagi Musulmon birodarlarning gazetasi bo'lmish Al-Dawada Turkiya "Ikkinchi Isroil" deb ko'rsatilib, u ham Isroil bilan bir qatorda Musulmon va Arab dunyosini dushmani deb qaralishi, yer yuzidan supirib tashlashi lozimligi ta'kidlanadi.

Lekin 2000-yillardan boshlab mamlakatlar orasidagi aloqalar taranglasha boshladi, ayniqsa 2002-yilda Adolat va Taraqqiyot Partiyasining (AKP) Turkiya hukumati tepasiga kelishi va Yaqin Sharqdagi geopolitik vaziyatni o'zgacha tus olishi oqibatida ikki davlat orasidagi aloqalar butunlay uzildi.


Turkiya va Isroil munosabatlarining yomonlashuviga atalgan karikatura. 

TOJIKISTONNING UNUTILGAN FUQAROLAR URUSHI: SABABLAR (2-qism)


Jahondagi xech bir ziddiyat o`z-o`zidan yuzaga kelib qolmaydi. Albatta, har bir muammoning tag zamirida bir qancha sabablar yotadi. Zamonamizda biror ziddiyatga sabab deb kimligi noma`lum "uchinchi tomon" yoki "qora kuchlar" ayblash odat tusiga kirib qolgan, aslida esa har bir muammoga sababni ichkaridan qidirish lozim. Biror davlatdagi qarama-qarshiliklar daraxt tanasidagi qurtga o`xshaydi, ular davlatni ich-ichidan yemiradi, pirovardida butun mamlakatni qulatadi. Tojikistondagi milliy fojeaning asl ildizlari deb quyidagilarni keltirish mumkin: 


27.01.2013

YADRO QUROLLARI TARIXI VA BUGUNGI VAZIYAT

Yadro qurollarining yaralishi dunyodagi geopolitik muhitni keskin darajada o'zgartirib yubordi. Bu qurolni egasi bo'lgan mamlakatlar jahon sahnasida o'ziga hos o'rin egallaydilar. Lekin "Sovuq Urush"ning tugashi va bipolyar (birqutblik) dunyodan multipolyar (ko'pqutblik) dunyoga o'tish, ayrim yangi, qudratli mamlakatlarda o'zining xavfsizligini ta'minlash va jaxon siyosiy sahnasida muhim o'rin egallashi uchun bu qurolga ehtiyojni tug'dirdi. Bu qurolning dunyo bo'ylab asta sekinlik bilan tarqalishi esa dunyo geopolitik tizimini ishdan chiqarishi va yer sayyorasi hayotini havf ostiga qo'yuvchi yadroviy urushlarni keltirib chiqarishi mumkin, ayniqsa qurol ma'lum davlatlar armiyalari tomonidan emas balki jangari-terroristik guruhlar tomonidan amalda qo'llanilsa. Lekin shu vaqtgacha umumiy soni 100 mingdan oshiq yadro bombasi dunyo yuzini ko'rgan bo'lsa, shundan atigi ikkitasigina haqiqiy harbiy to'qnashuvda qo'llanilgan, bu esa qurolni dunyo tarixidagi eng kam ishlatilgan qurol sifatida rekord o'rnatishiga sabab bo'ldi (0.002%). Demak yadro quroli bu amalda qo'llamaslik uchun ishlab chiqariladigan quroldir. 

Amerikaning "Fatman" (Semiz) atom bombasi. Dunyodagi 3-atom bomba

24.01.2013

SAHARA INQIROZI: XRONIKA


2012-yil, yanvar - Liviya qurollari bilan isyon


Malining shimoliy sahrolaridagi yuzlab janglarda chiniqqan tuareglar Liviya fuqarolar urushi paytida Muammar Kaddafiy himoyasi uchun uning omborlaridan qo`lga kiritgan qurollari bilan Mali shaharlarini bosib ola boshladilar. Polkovnik Kaddafiy hayotlik chog`ida Shimoliy Afrikadagi ko`plab jihodiy guruhlarni qo`llagan edi.  Tuareglar uzoq vaqt davomida Mali hukumatining og`riqli nuqtasi bo`lib kelishdi, yaxshi qurollanmagan Mali armiyasi bilan 1960, 1990-yillar va 2006-yilda to`qnashuvlar yuz berdi.



18.01.2013

QOZOG`ISTONDA HAQIQATAN ISLOMIY TAHDID MAVJUDMI?


2011-yilda Qozog`iston uchun o`ziga xos voqealarga boy bo`ldi: shu yili Markaziy Osiyoning barqaror rivojlanib kelayotgan va ikki o`n yillik davomida osoyishtalikni saqlab qolishning uddasidan chiqa olgan mintaqaning eng tinch davlati o`zining mustaqil tarixida ilk marotaba islomiy ekstremizm xavfi bilan to`qnash keldi.



15.01.2013

KALASHNIKOV : AFSONAVIY QUROL VA "QORA BOZOR"



Jahondagi geosiyosiy o`zgarishlarga sabab bo`ladigan narsalar talaygina: xalqaro qudratlar orasidagi kuch muvozanatlarining o`zgarishi, mintaqaviy o`yinchilar, avtoritar despotlarning o`zboshimcha harakatlari, moliyaviy bo`hronlar va, hattoki, tabiiy ofatlar. Yana geosiyosatga ta`sir etuvchi shunday omillar mavjudki, ulaarning ishtirokini ko`pchilik sezmaydi yoki tan olishni xohlamaydi. Bunday omillardan biz uchun eng yaqini va tanishi - bu qurollar, yana ham aniqrog`i Kalashnikov avtomatidir.

Kalashnikovsiz hozirda dunyoda bo’layotgan barcha qurolli to’qnashuvlarni tasavvur qilish qiyin, bu qurol Sovet Ittifoqi armiyasining taniqli timsolidir.  Birinchi marta Sovet armiyasi tomonidan AK-47 nomi bilan ishlatila boshlaydi, lekin uning dunyoga mashxur Kalashnikov nomi qurol yaratuvchisining familyasidan kelib chiqqan. Bu qurol dunyoning deyarli barcha geografik hududlaridagi urushlarda sinovdan muaffaqiyatli o’tdi. Vetnamning nam o’rmonlaridan tortib, Afrikaning barcha  geografik sharoitlariyu, Afg’onistonning yozi o’ta issiq va qishi o’ta sovuq bo’lgan qurg’oqchil zonalarida bu qurolning ishlatilishi hech ham pand bermagan. 


AK-47 - Odatiy versiyasi (1956 yil)

14.01.2013

TOJIKISTONNING UNUTILGAN FUQAROLAR URUSHI: SABABLAR (1-qism)


Ma`lumki, Tojikiston o`zining zamonaviy tarixida qonli fuqarolar urushiga guvoh bo`ldi. 1992-1997-yillarda bo`lib o`tgan bu mudhish davr haqida negadir ma`lumot topish qiyin. Tojik hukumati fuqarolar urushidan keyingi avlodni nima sababdandir urush tafsilotlaridan bexabar o`stirishga urinmoqda. Tarix kitoblarida ham bu davr haqida to`rt enlik gapdan boshqa narsani topolmaysiz. Xo`sh, bu davrda nima bo`lgan o`zi? Nima sababdan yaxlit bir millat 5 yildan oshiqroq vaqt mobaynida qonini to`kdi? Bunga nima turtki bergan edi? Biz bu savollarga fuqarolar urushi boshlanishidan oldingi davrdan javob topib ko`rishga harakat qilamiz. 


13.01.2013

Anklavlar, Eksklavlar – Markaziy Osiyoning “Olovli Nuqtalar”i (mi?)


  2013-yilni umuman boshqa mavzudagi maqola bilan boshlash niyatida edik, biroq mamlakatimizda yuz bergan favqulodda vaziyat rejalarimizni butkul o`zgartirib yubordi. 

  Ma`lumki, o`tkan hafta O`zbekistonning So`x eksklavida istiqomat qiluvchi aholi bilan Qirg`iziston Respublikasi fuqarolari o`rtasida nizo kelib chiqdi. Shubha yo`qki, bu ziddiyat yuzasidan tafsilotlarni o`quvchilarimiz allaqachon boshqa xabar manbaalaridan o`qib bo`lishgan. Shu sababli biz voqealarga to`xtalib o`tirmaymiz. 

  Xo`sh, So`x o`zi qanaqa hudud, u qay tarzda paydo bo`lgan? So`x - So`x daryosini o`z ichiga olgan holda 350 kv kmni tashkil etuvchi O`zbekistonning eksklavidir. Bu hudud to`laligicha Qirg`izistonning Botken viloyati tomonidan o`rab olingan. O`zbekiston va Qirg`iziston o`rtasida ko`plab ziddiyatlarga sabab bo`ladigan bu tumanda 60,000 ga yaqin odam istiqomat qiladi. Aholisining aksariyati, 90 % dan ziyodrog`i tojik millatiga mansub.

So`x