Mintaqalar yoki dunyo taqdirini o‘zgartirib
yuboruvchi voqealar, odatda, bir muncha uzoqroq vaqt oladi. Lekin ba’zida bir-biriga bevosita bog’liq
yoki bog‘liq bo‘lmagan voqealar zanjiri muayyan qisqa muddat davomida sodir
bo‘lib, davlatlar va mintaqalarning siyosiy-ijtimoiy hayotida keskin
o‘zgarishlar yasashi ham mumkin. O‘tgan hafta, ya’ni 19-25 – may kunlari
bizning mintaqamiz – Osiyoda shunday keskin o‘zgarishlarning guvohi bo‘ldik.


