26.02.2014

TURKMANISTON QACHON “OCHILADI”?

Yer yuzida tashqi dunyodan uzilib qolgan davlatlar barmoq bilan sanarli. Ularning eng mashhuri, so‘zsiz, Shimoliy Koreyadir. Jahonning diqqat-e’tibori doimo shu davlatda bo‘ladi, hamma undan xavfsiraydi, uni yanada chuqurroq bilishga qiziqadi. Lekin shunday “yopiq” davlatlar ham borki, ular ko‘zdan panada, hattoki, ko‘pchilik ularning mavjudligidan ham bexabar. Bunday davlatlardan biri, yon qo‘shnimiz – Turkmanistondir.

16.02.2014

XITOY SHIMOLIY KOREYA YADRO DASTURIGA QARSHI CHIQMOQCHI

AQSh davlat kotibi Jon Kerri Xitoy yadroviy dasturdan voz kechtirish uchun Shimoliy Koreyaga bosim o‘tkazish istagini bildirganini ma’lum qildi. Amerika bosh diplomati bu haqda Pekinda jurnalistlarga aytgan.


12.02.2014

XITOY QANDAY BOSHQARILADI? (1-QISM)

Yaqinda Foreign Affairs nashri tomonidan Devid Lemptonning “Xitoy qanday boshqariladi?” maqolasi e’lon qilindi. Xitoyning global siyosiy maydonda, ayniqsa, bizning mintaqamizda nisbatan ta’siri ortib borar ekan, bu gigant davlat haqida imkoni boricha ko‘proq bilish zarur, degan fikr bilan ushbu maqolani to‘liq o‘zbek tilida e’tiboringizga havola qilishga qaror qildik. Maqola yuzasidan tahlil o‘tkazishni Sizning ixtiyoringizda qoldiramiz.

 Laborers clean a statue of Mao, September 24, 2013.
Mao Szedun haykali tozalanmoqda

09.02.2014

ROSSIYA UKRAINAGA HARBIY INTERVENSIYA UYUSHTIRISHI MUMKIN

Kuni kecha Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning maslahatchisi Sergey Glazyev AQShni 1994-yilda Rossiya-AQSh o‘rtasida Ukraina yuzasidan imzolangan Budapesht Memorandumini buzishda ayblab chiqdi. Glazyevning da’vo qilishicha, AQSh ulkrainalik namoyishchilarni har tomonlama dastaklab, mamlakatda davlat to‘ntarishi uyushtirishga harakat qilmoqda. Rasmiyga ko‘ra, Rossiya yon qo‘shnisini chuqur geosiyosiy qiyinchilikdan omon saqlab qolish maqsadida harbiy intervensiya uyushtirishi mumkin.

Dmitry Rogozin and Sergei Glazyev confer during a press conference in Moscow in December 2003.
Sergey Glazyev (o‘ngda)

08.02.2014

DUNYONING ENG KO‘P MOLIYALANGAN 10 ARMIYASI

Garchi Ikkinchi Jahon Urushidan so‘ng xalqaro munosabatlar va dunyo tartibotida diplomatiyaning ahamiyati keskin ortgan bo‘lsa-da, harbiy kuchning ta’siri bir zum pasaymayotir, qaytanga davlatlar o‘z harbiy salohiyatini oshirish uchun milliardlab dollar sarflamoqda. Shvetsiyada asoslangan  Stokgolm Xalqaro Tinchlikni Tadqiq Qilish Instituti (SIPRI) zamonaviy dunyoning moliyaviy jihatdan eng yaxshi ta’minlangan armiyalar o‘ntaligini e’lon qildi. Quyida Siz ular bilan tanishishingiz mumkin:

 

SOCHI-2014 TINCH O‘TMOQDA(MI?)

Yaqindagina butun dunyo bilan birga biz ham uzoq vaqtdan beri hayajon va intiqlik bilan kutilgan Sochidagi Qishki Olimpiada O‘yinlarining ochilish marosimini tomosha qildik. Garchi milliy terma jamoamizni tuzuq-quruq ko‘rsatishmagan yoki rus sharhlovchisi mamlakatimiz nomini adashtirib qo‘yib, ko‘plab yurtdoshlarimizni jig‘ibiyron qilganini hisobga olmasa, marosim ajoyib o‘tdi, deyish mumkin. Lekin biz o‘z uslubimiz va ana’analarimizdan chetlashmagan holda, bugun siz bilan marosim qanday tashkil etilgani yoki u haqidagi fikrlar bilan o‘rtoqlashmasdan, umuman, olimpiada davomida xavfsizlik qay darajada va qanday ta’minlashini ko‘rib chiqamiz.

 

02.02.2014

2014-YIL KELDI. AFG‘ONISTONDAN CHIQIB KETISH ISHLARI QANDAY KETMOQDA?

Ma’lumki, joriy yilda NATO boshchiligidagi xalqaro qo‘shinning Afg‘oniston hududidan chiqib ketishi yakunlanadi. NATO tomonidan e’lon qilingan bayonotga ko‘ra, umumiy miqdorda 218 000 transport va konteynerlar 2012-yil martidan 2014-yil 31-dekabrigacha bo‘lgan vaqt ichida Afg‘onistondan olib chiqilishi kerak. Hozirga kelib 80 000 transport va konteyner olib chiqib ketilgan. 2014-yil chiqib ketishning eng so‘nggi va asosiy bosqichi bo‘lib, ayni vaqtda qolgan yuklar olib chiqishga tayyorlanmoqda. BBC ayni jarayon qanday ketayotgani haqida lavha tayyorladi.

 Trucks in Pakistan