27.01.2013

YADRO QUROLLARI TARIXI VA BUGUNGI VAZIYAT

Yadro qurollarining yaralishi dunyodagi geopolitik muhitni keskin darajada o'zgartirib yubordi. Bu qurolni egasi bo'lgan mamlakatlar jahon sahnasida o'ziga hos o'rin egallaydilar. Lekin "Sovuq Urush"ning tugashi va bipolyar (birqutblik) dunyodan multipolyar (ko'pqutblik) dunyoga o'tish, ayrim yangi, qudratli mamlakatlarda o'zining xavfsizligini ta'minlash va jaxon siyosiy sahnasida muhim o'rin egallashi uchun bu qurolga ehtiyojni tug'dirdi. Bu qurolning dunyo bo'ylab asta sekinlik bilan tarqalishi esa dunyo geopolitik tizimini ishdan chiqarishi va yer sayyorasi hayotini havf ostiga qo'yuvchi yadroviy urushlarni keltirib chiqarishi mumkin, ayniqsa qurol ma'lum davlatlar armiyalari tomonidan emas balki jangari-terroristik guruhlar tomonidan amalda qo'llanilsa. Lekin shu vaqtgacha umumiy soni 100 mingdan oshiq yadro bombasi dunyo yuzini ko'rgan bo'lsa, shundan atigi ikkitasigina haqiqiy harbiy to'qnashuvda qo'llanilgan, bu esa qurolni dunyo tarixidagi eng kam ishlatilgan qurol sifatida rekord o'rnatishiga sabab bo'ldi (0.002%). Demak yadro quroli bu amalda qo'llamaslik uchun ishlab chiqariladigan quroldir. 

Amerikaning "Fatman" (Semiz) atom bombasi. Dunyodagi 3-atom bomba

Yadroviy poyganing qisqacha tarixi

Birinchi marta atomning radioktiv hususiyatlari mavjudligi haqida ingliz fizigi Ernest Rezerford dunyoga  1898-yilda ma'lum qildi, keyinchalik 1905-yilda Albert Eynshteynning nisbiylik nazariyasi bilan (E=mc²) yadro quroli yaratilishi uchun birinchi poydevor qurildi.

1933-yilda Germaniya hukumatiga Gitlerni kelishi bilanoq bu qurolni yaratish uchun maxsus loyihalar ish boshladi. Lekin yadro bo'yicha Germaniyadagi mutaxasisslarning aksariyat qismi yahudiylardan tashkil topgan edi, irqiy repressiyalar natijasida esa ular Germaniyani tark etishadi yoki mahsus kontslagerlarga jo'natiladi, bu esa loyihaning rivojini ancha oqsoqlanishiga olib keladi. 1939-yilda Eynshteyn AQSHning o'sha davrdagi prezidenti Franklin Ruzveltga radioktivlashgan atom zarrachalari yordamida juda kuchli energiyani hosil qiluvchi bqurol yaratish imkoni mavjudligini va agar vaqtida oldini olmasa Uchinchi Reyx bu qurol ustida jiddiy loyihalarni amalga oshirayotganini xat orqali ma'lum qiladi. 1942-yildayoq Ruzvelt "Manhettan" loyihasini boshlash haqida qaror chiqaradi. Keng moliyalashtirish va yuqori saviyali muhandis, fizik olimlarni jalb qilish natijasida birinchi atom bombasi 1945-yil iyul oyida tayyor bo'ladi. Bu loyihaning umumiy bahosi o'sha davrdagi narxda 2 milliard dollardan oshib ketadi.

Yaponiyaga yadroviy hujum qilishdan oldin AQSH bu qurolning haqiqiy kuchini bilish maqsadida, o'zining janubida joylashgan Yangi Meksika cho'lida uni imtihondan o'tkazadi. Natijalar muvaffaqiyatli tugagandan so'ng Yaponiyaning Nagosaki va Xirosima shaxarlariga yadroviy bomba orqali hujum uyushtirish haqida qaror qabul qilinadi. 1945-yil 6-avgustda tarixda birinchi marta Atom yadro bombasi insonlarda sinab ko'riladi, AQSH harbiy kuchlariga tegishli bo'lmish Boing B-29 samoleti orqali Xirosima shaxriga tashlangan "Kichkintoy" (Little Boy) taxallusli atom bombasi, yerga yetmasdan 500 metr balandlikda portlaydi. Shu kunning o'zidayoq portlash 100 000 odamni hayotdan olib ketadi. Oradan 2 kun o'tib "Semiz" (Fatman) taxallusini olgan atom bombasi Nagasaki shaxrini kulini ko'kka sovuradi, shu kunning o'zidayoq 70 000 kishi hayotdan ko'z yumadi. Bundan tashqari portlash oqibatida tarqalgan radiatsiya natijasida qurbonlar soni asta sekinlik bilan ko'payishda davom etdi. Masalan Nagasakidagi portlashdan 5 yil keyin umumiy qurbonlar soni birinchi kundagi sondan ikki barobarga ko'paygan ya'ni 200 000 kishiga yetgan.

Bunday talofatdan nafaqat Yaponiya Imperiyasi balki butun dunyo esankirab qoladi. Shu paytgacha yuz bergan urush va to'qnashuvlarda hech qanday qurol bu darajadagi keskin g'alabani keltirib chiqarmagan edi. Atom bombasining amalda qo'llanilishi bu AQSHning dunyo gegemonligiga ochiqdan ochi da'vosi edi. 1945-yilda na harbiy jihatdan, na iqtisodiy jihatdan dunyoda AQSH bilan bellashishga qurbi yetadigan davlat yo'q edi. Urushdan keyin Yevropa tamomila vayron qilingan, Sovet Ittifoqining sanoat yuragi hisoblanmish g'arbiy qismi butunlay "shudgor" qilingan va dunyoning qolgan qismi esa urushga qadar hali ham feodallik saqlanib qolgan qoloq mamlakatlar va mustamlakalardan iborat edi. Undan tashqari Yadro quroli mavjud davlat bilan iqtisodiy va siyosiy raqobat qilish kulgili holatga aylandi. Qisqa qilib aytganda Yadro quroli har qanday mamlakatga uning dushmani har jihatdan kuchli bo'lishiga qaramasdan agar unda bu qurol bo'lmasa undan to'laqonli ustunlik qilish imkoniyatini berdi. Natijada dunyoda ikki tizim hosil bo'ldi, AQSH tomonida turuvchilar va unga qarshilar, SSSR boshchiligida. 

Shundan so'ng barcha dunyoning qudratli davlatlari Yadro qurolini yaratish uchun birin ketin dasturlarni yo'lga qo'ya boshlashdi. Lekin AQSHning asosiy dushmani bo'lmish Sovet Ittifoqining maxfiy xizmati AQSHning ham, Germaniyaning ham Yadro dasturlaridan boshidanoq habardor bo'lib, Sovet Ittifoqi o'zining yadro dasturini 1942-yildayoq yo'lga qo'ygan edi. Undan tashqari Berlin ishg'ol qilingan davrda AQSHning Sovet qo'shinlarini Germaniyaning yadro dasturlarini qo'lga kiritmaslik uchun qilgan barcha sayi-harakatlari zoye ketib, NKVD hizmati bir nechta tonna boyitilgan uran moddasini qo'lga kiritishga muvaffaqt bo'ladi. Uinston Cherchillning xotirlashicha 1945-yil 24 iyuldagi Postdam konferensiyasida AQSH prezidenti Garri Trumen Stalinga armiyasida katta buzg'unchi kuchga ega qurol mavjudligini shipshitib qo'yadi, Stalin bahsga kirmasdan bu habarni tabassum bilan qabul qiladi, Cherchill bo'lsa gap nima haqda ketayotganligini tushunmaganini aytadi. Bu fakt AQSH SSSRni aynan yadro quroli yordamida shantaj qilishga bel bog'laganini ko'rsatadi.

1949-yil Sovet Ittifoqi o'zining birinchi atom bombasini sinovdan o'tkazdi. Bu esa yadro qurollari poygasi boshlanishidan dalolat edi. Birin ketin yadro qurollari takomillashib, uning turli hil ko'rinishdagi turlari yaratildi. Shu bilan birga bu qurol bilan hujum qilish vositalari, samoletlar, ballistik raketalar, radarlar, raketalar, antiballestik raketa uskunalari, suniy yo'ldoshlar va suniy yo'ldoshlarni urib tushuruvchi qurulmalarni yaratish va ishlab chiqarish kuchayib ketdi. AQSH va SSSR o'zlariga yaqin ittifoqchi bo'lgan mamlakatlarga yadroviy dasturlarni rivojlantirishda katta ko'mak ko'rsatdilar, natijada 1957-yilda Buyuk Britaniya, 1960-yilda Fransiya va 1964-yilda Xitoy o'zlarining Yadro qurollarini ishlab chiqardilar. Lekin ittifoqchilar orasida diplomatik kelishmovchiliklar paydo bo'la boshlaydi. 1965-yildan boshlab Xitoy va Sovet Ittifoqi aloqalarida batamom uzulishlik boshlanadi. Xitoydagi "Madaniy Inqilob" Sovetlar tomonidan sovuq qarshi olinadi, natijada Xitoy SSSR bilan do'stona munosabatlarini to'htatib o'z qobig'iga o'ralish siyosatini yurgiza boshlaydi. Kapitalistik mamlakatlar ittifoqida ham bo'linishlar yuzaga kela boshladi, jumladan 1958-yilda Fransiya hukumati tepasiga Sharl De Gollning kelishi bilan, Fransiya NATO tashkilotidan chiqqanligini bildirib, Fransiya hududidagi barcha amerika harbiy bazalarini yopadi. Undan tashqari Fransiya Yevropani birlashtirishga va uni amerikalashtirishga qarshi qattiq bel bog'ladi. Bu siyosiy manevrda unga Buyuk Britaniya qattiq qarshilik ko'rsatadi va Yevropa Ittifoqi mafkurasini qattiq tanqid ostiga oladi. Sovet Ittifoqi va AQSH o'zlarining harbiy ittifoqidagi bunday bo'linishlar va siyosiy mustaqillikka intilishdagi dadil qadamlarni sababini bu davlatlarning yadro quroliga egaligidan deb hisoblab, 1968-yilda Yadro Qurollarini Tarqatmaslik Shartnomasini (inglizchada NPT) taklif qilishadi. Bu shartnomaga dastlab yadro qurollariga ega mamlakatlar va 40ta boshqa mamlakatlar imzo chekishadi. Shartnomal 1970-yildan boshlab kuchga kiradi. NPTda ko'rsatilgan cheklashlarga qaramasdan dunyoda yadro bombalar ishlab chiqarishi va ularning sinovlari kamaygani yo'q.


Sovet Ittifoqi (1992-yildan Rossiya) va AQSH orasidagi Yadroviy poyganing dinamikasi (Yadro bombalari soni bo'yicha).

Sovuq urushning tugashi va Yadroviy poyganing oqibatlari. 


Qurollanish poyagasi va dunyodagi harbiy interventsiyalar Sovet Ittifoqining ham, AQSHning ham sillasini quritgan edi. AQSHning 2-jaxon urushi davridagi kam talofat ko'rganligi va oltin zahiralarining miqdorining ancha kattaligi uning iqtisodiy muvozanatini ushlab turishga katta yordam bergan edi, undan tashqari Yevropadagi Marshall rejasi o'zining mevalarini bera boshladi. Yevropa va AQSH o'rtasidagi savdo sotiq munosabatlari, iqtisodiy integratsiya va ikki tomonning ta'siri ostida bo'lgan davlatlar bilan iqtisodiy aloqalar o'zining moliyaviy faolligini ko'rsatgan edi. Lekin aholining doimiy qo'rquv ostida yashashi va harbiy interventsiyalardan qolgan yomon xotiralar (Vetnam), ommaning "Sovuq urush"ga va qurol poygasiga qarshi salbiy qarashlarni yaratgan, ayniqsa madaniy va ma'naviy sohalar bu norozilikka kuchli ta'sir ko'rsatadi. Sovet Ittifoqi va uning ittifoqchilari ham o'z navbatida "Sovuq urush" oqibatida iqtisodiy kuchsizlanib qolganini va aholi orasida noroziliklar kuchayotgani sababdan bu poygadan kam manfatdor bo'la boshladilar. Sovetlarning Afg'onistonga interventsiyasi va mamlakatdagi iqtisodiy-ijtimoiy qiyinchiliklar, ommani davlat tizimiga bo'lgan ishonchini umuman yemirib tashladi. Dastlab sharqiy Yevropa mamlakatlari keyinchalik SSSRga a'zo Boltiqbo'yi mamlakatlarida bir nechta bor namoyishlar bo'lib o'tdi. 

1990-yilda Berlin devorini qulashi va 1992-yilda Sovet Ittifoqining parchalanishi bilan "Sovuq urushi" va yadroviy poygaga chek qo'yildi.

Yadro poygasiga sarflangan mablag'ning umumiy soni dunyo bo'yicha 10 000 mlrd AQSH dollaridan oshib ketgan edi. Undan tashqari ularni saqlash tashish va yo'q qilish uchun juda ham katta miqdorda mablag', mutahassislar va havfsizlik zarur bo'ldi. Bu qurolni tarqatmaslik protokoliga qaramasdan, raqibiga bosim o'tkazish maqsadida yashirin yadroviy texnologiyalarni ittifoqchilarga o'tkazish yoki yashirin yadroviy dasturlarni yo'lga qo'yish holatlari ko'p kuzatildi.

Yadro qurollarining yaratilishi insoniyatga va atrof-muhitga juda katta ta'sir ko'rsatdi. Atom bombasi portlashidan 3-xil ko'rinishdagi vayron qiluvchi ta'sir paydo bo'ladi. 1- portlashning ilk sekundining millioninchi onida katta hajmdagi termik enargiya ajralib u havoda olovsimon sharga aylanadi va bir kilometr radiusga tarqalib shu hududdagi haroratni million selsiy darajasiga yetkazadi. Portlash paytida yer yuzasidagi harorat bir necha ming selsiyga yetadi. Portlashdan bir kilometr kenglikdagi barcha materiya erib kulga aylanadi, 4 kilometr kenglikdagi barcha bino va kishilar o'z o'zidan o't olib kuyib ketadi, 8 kilometr kenglikda joylashgan kishilarning tanasi 70% ga kuyadi.

Issiqlikdan so'ng portlashning shok to'lqini uning episentridan atrofga yoyiladi. Hosil bo'lgan energiya markazdan turib yon atrofga bosim beradi, bu esa portlashning episentridan atrofga 360°dagi "Havo devorini" jo'natadi. Bu "devor" juda ham mustahkam bo'lib yo'lida uchragan barcha binolarni buzib yuborish kuchiga ega, ayniqsa u borgan sari yo'lidagi havo massalarini yig'ib borgan sari qalinlashib va kuchayib boradi, uning tezligi soatiga 1000 kilometrga yetishi mumkin. Portlashdan 3 kilometr uzoqlikda bo'lgan binolar bu to'lqindan butunligicha buziladi. Nagasakidagi portlashda shaxardagi 90 000 binodan 62 000 tasi butunligicha buzilgan edi.

1952-yilda AQSHda o'tkazilgan Yadro quroli sinovi.

Uchinchi ta'sir Yaponiyadagi portlash vaqtida hali insoniyatga ma'lum emas edi, keyinchalik shu portlashdan keyingina atom bombasining eng havfli tomoni ochildi - bu uning radioktiv ta'siri. Bu ta'sir oldingi ikkita ta'sirga nisbatan 10 barobar ko'proq qurbonlar keltirib chiqaradi, bomba portlash paytidagi qurbonlardan tashqari, radioktivlik 100 yillargacha cho'zilishi mumkin bo'lgan genetik kasalliklarni keltirib chiqaradi. Atrof muhitda yashovchi boshqa mavjudotlar mutatsiyaga uchrab insoniyat uchun havfli bo'lgan virus va bakteriyalarni keltirib chiqarishi mumkin. 

Yer yuzida shu davrgacha o'tkazilgan 2404 yadroviy qurollarining sinovlarining oqibati juda ham og'irdir. Insonlardagi nurlanish va boshqa radiatsiya natijasida yuzaga keluvchi kasalliklardan tashqari, atrof-muhitning ifloslanishida ham yadro qurollarining roli asosiy o'rinda turadi. Yadroviy portlashlardan ajralib chiquvchi issiqlik, gaz va chang zarrachalari stratosferagacha ko'tarilishi mumkin. Oqibatda ular yer shari iqlimiga va tabiatiga sezilarli ta'sir ko'rsatdilar. Ozon qatlamining yemirilishi bu sinovlarning achinarli oqibatidir.

Yaponiyalik aktyor Isao Hashimoto tomonidan tayyorlangan yadro qurollari sinovlari tarixi (Shimoliy Koreya va Isroil-JAR sinovlaridan tashqari)



Yadro Qurollari "Sovuq Urushi"dan keyingi vaziyat.




Dunyoda yadro qurollari.
Qizil rangda 1967-yildan oldin yadro quroliga ega bo'lgan mamlakatlar.
To'q sariq rangda kichik yadro arsenaliga mamlakatlar.
Och sariq rangda yadro quroliga egalik qilishga intiluvchi va yadroviy dasturlarga egalikda shubxa ostiga olingan mamlakatlar.
Pushti rangda yadroviy qurollar ustida izlanishlar olib borgan va olib borayotganlikda shubxa ostiga olingan mamlakatlar.


Hozirda yadro kuchlari bilan bog'liq mamlakatlarni asosan 4 guruxga ajratamiz:
1-guruhga 1967 yildagi Yadro qurollarini Tarqatmaslik shartnomasidan oldin yadro quroliga ega bo'lgan davlatlar AQSH, Rossiya (Sovet Ittifoqi yadro arsenalining merosxo'ri), Buyuk Britaniya, Fransiya va Xitoy;

2-guruhga esa yangi yadro kuchiga ega bo'lgan davlatlar: Xindiston, Pokiston, Isroil va Shimoliy Koreya;


3-guruhga bir paytlar o'z hududida yadro qurollarini saqlagan yoki hozirda shunday qurollarga kuchli intilayotgan mamlakatlar: Ukraina, Belorussiya, Qozog'iston, Eron;

4-guruhga Yadro quroli mavjud bo'lgandan buyon shu qurol ustida izlanishlar olib borgan va uni qo'lga kiritishga intilgan barcha mamlakatlar (yuqoridagi xaritaga qaralsin).

Shular ichida 3-ta mamlakat, Hindiston, Pokiston va Isroil 1967-yildagi protokolga hech qachon imzo chekishmagan, Shimoliy Koreya esa 2005-yilda  bu protokoldan chiqqanini e'lon qilgan. Eron esa hozirda shartnomadan chiqmagan holatda yadro qurolini rivojlantirayotgan mamlakat sifatida shubxa ostiga olingan.
Dunyoda hozirda mavjud Yadro qurollari haqida aniq ma'lumotlar yo'q, ularni faqatgina mamlakatlar tomonidan rasmiy ravishda berilgan soni va har bir mamlakatdagi yadro qurollarini saqlash chegarasiga qarab taxminan aytishimiz mumkin. Lekin bu qurollarning aniq hisobi haqida hech qaysi mamlakat ma'lumot bermaydi, chunki qurollar soni uning haqiqiy yadroviy kuchini bildirib, uni oshkora qilish mamlakatning havfsizligi uchun havf tug'dirishi mumkin. Stokgolmning Tinchlik Xalqaro Instutining ma'lumoticha hozirda dunyoda 23 000 dan ortiq yadro quroli mavjud, ya'ni bunga faol va faol bo'lmagan qurollar ham kiradi.

Yadro qurollari soni bo'yicha mamlakatlarning grafigi (AQSH Mudofaa Vazirligi ma'lumoti)

Shulardan 8392 tasi operatsion (faol) holatidadir va 2000 tasi AQSH va Rossiya tomonidan xujumga va himoyaga tayyor tarzda harbiy faol tarzda ushlab turiladi.  Bu raqamlar sizni daxshatga solishi mumkin, lekin "Sovuq urushi" davrida faqatgina ikki tarafning faol yadro qurollarining soni 70 500 tagacha yetgan edi. Demak hozirda yadro qurollarining kamayishini yaqqol ko'rishimiz mumkin.

Hozirda Yadro qurolining vaertikal o'sishidagi havflar juda ham kichik, lekin muammoning gorizontal tomoni kundan kunga havotirli tus olmoqda, ya'ni yadro qurolini davlatlar yoki boshqa kuchlar orasida tarqalishiga. Jaxonda 7 ta yadro qurollaridan holi ya'ni ularni ishlab chiqarish, izlanish, transport va saqlashdan holi hudular mavjud. Bular O'rta Osiyo (Semipalatinsk shartnomasi), Avstraliya, Okeyaniya va Tinch okeani (Rarotonga shartnomasi), Lotin Amerikasi (Tlatelolka Shartnomasi), Antarktida (Antarktida shartnomasi), Afrika (Pelindaba shartnomasi), Hindixitoy va Janubiy-Sharqiy Osiyo (Bankok shartnomasi) va Mongoliya o'z xududini yadro qurollaridan holi mamlakat deya elon qilgan (Quyidagi xaritaga qaralsin)



Demak yer sharining yarmidan ko'proq qismida yadro qurollari umuman ta'qiqlangan, bu esa bu qurolga bo'lgan ehtiyoj kamayib borayotganiga yaqqol misoldir.

Yadro qurollari sinovlarini to'xtatish hozirda eng dolzarb masalalarning biriga aylangan. 1996- yilda Yadro Sinovlarini butunligicha to'htatish haqidagi shartnomani ishlab chiqish bo'yicha muzokaralar ohiriga yetdi, lekin bu shartnoma hali ham kuchga kirmadi. 

Yadro qurollarini tarixga kirib kelishi uni keskin darajada o'zgartirib yubordi. Biz ko'pincha uning salbiy oqibatlarini eshitishga odatlanib qolganmiz, lekin uning ilm-fan va texnologiyaning rivojlanishiga qo'shgan hissasini ko'pincha e'tiborsiz qoldiramiz. Lekin yadroviy vositalardan foydalanish juda ham nozik masala bo'lib bu ancha mablag', texnologiya va sifat darajasi yuqori mutahassislarni talab qiladi. Hozirgi dunyoning iqtisodiy va harbiy ko'rinishini hisobga olsak bunday qurollarni ishlab chiqarish na moliyaviy jihatdan va na strategik jihatdan foydasizdir. Chunki bu qurolni ishlatish nafaqat dushman mamlakatning balki butun yer sharining taqdiriga chek qo'yishi mumkin. Zamonaviy taktikalar va urushlar ham yadroviy va boshqa umumqiruvchi qurollarga qarab moslashdi, ya'ni davlatlar orasidagi munosabatlarda yadroviy urushni keltirib chiqishdan havfsiragan holda muzokaralar avj olgan holda qaysidir ma'noda dunyodagi katta urushlarga barham berilgan bo'lsada, hozirda bu urushlar o'rnini kichik urushlar, ayniqsa aholiga aralashgan holda mamlakat ichidan turib harbiy harakatlarni olib borish egalladi. Bular esa yadro urushlariday havfli bo'lmasa ham, g'alabaga erishish borasida ulardan qolishmaydi, chunki hozirgi urushlarda dushmanning asl yuzi yo'qdir. 

3 комментария:

  1. Макола жуда кизикарли. факат айрим ибораларга аниклик киритиб олиш зарур. Масалан 1968 йилда имзоланган халкаро хужжат маколада протокол дея берилган. Бирок бу ядро куролини таркатмаслик тугрисидаги Шартномадир. Шартномага кушимча равишда ядро куролига эгалик килувчи давлатларнинг мажбуриятлари ифодаланган кушимча протокол мавжуд. Иккинчи масала, ядро куролидан холи худудлар хакида гапирилганда Урта Осиё худудиди дейилган. Семипалатинскда имзоланган шартноманинг расмий номи эса Марказий Осиё ядро куролидан холи худуддир.

    ОтветитьУдалить
  2. Xurmatli Anonim e'tiboringiz va juda ham o'rinli tanqidingiz uchun katta raxmat. Xaqiqatdan ham Yadro qurolini tarqatmaslik protokoli va shartnomasi so'zlarini ishlatilishida anglashilmovchilik yuz beribdi, buni bizga yetkazganingiz uchun katta raxmat, albatta uni to'g'rilab qo'yamiz. Lekin Markaziy Osiyo yadrodan xoli hudud deb imzolanishiga qaramasdan bu shartnoma xalqaro doirada Semipalitinsk shartnomasi deb nom olgan. keyin Markaziy osiya va O'rto Osiyolarini ishlatishdagi bahslar hozirgacha tugagan emas, va hech qanday aniq qaror qabul qilinmagan. Shaxsan men uni O'rta Osiyo deb atashni ma'qul bilaman, chunki o'zbek tilida markaz so'zi xududga nisbatan o'rta so'zini tubdan izohlamaydi, balki ma'lum xududlarning markazi (viloyat markazi, shaxar markazi, Ittifoqlar markazi va hakozo)ni bildiradi, odatda esa bunday administrativ markazlar geografik markazni anglatmaydi. Shuning uchun O'rta so'zi ham geografik jihatdan, ham tarixiy jihatdan bu regionga mos deb o'ylayman

    ОтветитьУдалить
    Ответы
    1. Хурматли Хурсанд Абдуллаев. Жавобингиз учун рахмат. Мен бир кичик лекин жуда ахамиятли масалага эътиборингизни каратмокчиман. Семипалатинск шартномасида (Марказий Осиёда ядро қуролидан холи худуд яратиш тугрисидаги) айнан ушбу коида амал киладиган худудни белгилаб олиш юзасидан мухим банд мавжуд булиб, унда айнан шартномага кушилувчи давлатларнинг Марказий Осиёдаги 5 та давлатидан иборат эканлигига катъий ургу берилган. Сизнинг таъбирингиз билан кулланилаетган Урта Осиё худуди эса жугрофий жихатдан анча кенг булиб, Марказий Осиё худудини хам камраб олади. Буни асослаб беришга эса хожат йук. Шу жихатдан хам юкорида номи зикр этилган Шартномада айнан ядро куролидан холилик жорий этилаётган худуд номини хукукий жихатдан аниклаб олиш мухим ахамият касб этади.

      Удалить