29.12.2012

Yangi yilni nishonlash "harom"mi?


Xurmatli blogimiz o'quvchilari, bu maqolani yozishdan oldin biz ko'p ikkilandik, bir tomondan bunday mavzularning geopolitikaga aloqasi yo'qday ko'rinsa boshqa tarafdan, jamiyatdagi o'zgarishlar geopolitik muvozanatlarga kuchli ta'sir ko'rsatishi mumkin. Masalan O'zbekistonda Islomning o'rnini kuchayishi va uning radikallashuvi bu mamlakatning kelajakdagi siyosiy vaziyatiga va xalqaro maydondagi tutgan o'rniga keskin ta'sir ko'rsatishi turgan gap. Shuning uchun biz bu maqolani omma e'tiboriga havola qilishga qaror qildik. 



"Qorboboga hujum" rus karikaturasi

27.12.2012

Afg'on fojeasi: Afg'oniston geostrategik o'yinlar qurbonimi?

Afg'oniston ohirgi 100 yillikdagi dunyodagi notinch va bu notinchlik doimiy davom etgan davlatlardan biridir. Ho'sh notinchlikning asosiy sabablari nimada degan savol tug'ilishi tabiy. Lekin bunday savollarga javob berishdan oldin shoshmaslik lozim. Chunki umumlashtirilgan javoblar bizni maqsadimizdan chetlashtirib yanglish hulosalar chiqarishga olib keladi.


Afg'onistondagi mag'lubiyatga uchragan davlatlarga karikatura. 


23.12.2012

Kvant Mahfiyligi: Ko`rinmas Armiya xaqiqatga aylanadi



  Kelajak-fantastik tehnologiyalar yaratish bilan shug`ullanuvchi Kanadaning Hyperstealth Biotechnology Corp. kompaniyasi prezidenti Gay Kramer so`zlariga ko`ra uning "€œKvant Mahfiyligi" deya nomlanuvchi yangi tehnologiyasi yordamida endi xarbiylar dushman ko`ziga ko`rinmaslik imkoniyatiga ega bo`lishlari mumkin. 


22.12.2012

Eron-2013: Kim g`olib chiqadi?


  Shu yilning sentyabr oyida Eron Ichki Ishlar Vazirligining Matbuot Hizmati mamlakatning navbatdagi prezidentlik saylovlarining aniq sanasini rasman e`lon qildi. Unga ko`ra kelgusi saylovlar 2013-yil 14-iyun kuni bo`lib o`tadi. 

21.12.2012

Dunyo tarixidagi "Oxirzamonlar" ro`yxati

  182 bu raqam shu davrgacha insoniyat omon qolgan, lekin bashorat qilingan oxirzamonlar sonini bildiradi. Bu safargi Mayalar taqvimi bo'yicha ko'rsatilgan oxirzamon 183-dir. Agar siz shu maqolani o'qiyotgan bo'lsangiz, demak bu bashoratlarning xech qaysisi amalga oshmaganini tushunib yetishingiz mumkin.

Oxirzamon bitilgan Mayalar taqvimi

18.12.2012

Boko Haram har doimgidan ham xavfliroqmi?

  25-noyabr kuni Nigeriya shimolidagi islomiy jangari guruh bo`lmish Boko Haram Kaduna shtati Jaji shahridagi odatiy haftalik ibodat bo`layotgan cherkovga ikki hudkushlik amali bilan hujum qildi. Avtomobilga o`rnatilgan birinchi bomba cherkov yonginasida portladi, ikkinchisi esa voqea joyiga odamlar yig`ilgandan so`ng, tahminan, 10 daqiqa o`tib harakatga tushgan. Terroristik aktda 30 dan ortiq odam xalok bo`lgan. Voqea alohida e`tiborga egadir, chunki Jajida Nigeriya Qurolli Kuchlari Qo`mondonligi kolleji joylashgan va cherkovga qatnovchilarni aksariyati xarbiy offitserlardan iborat bo`lgan.
2009-yil iyuldan 2012-yilgacha bo`lgan Boko Haram xujumlari
2009-yil iyuldan 2012-yilgacha bo`lgan Boko Haram xujumlari

12.12.2012

Xitoyda qudrat almashinuvi: Xo`sh?


  Ikki yillik tahminlardan so`ng noyabr oyining so`ngida Si Jinping xech kimni hayratlantirmagan holda Xitoy Kommustik Partiyasining Raisiga aylandi. Bu saylanish ortidan shakllangan yangi Qo`mitaga ko`plab siyosiy tahlilchilar "€œkonservativ"€ deya baho berishmoqda.  Bu safar mamlakat Qo`mitasi 9 tadan 7 ta a`zoga qisqartirilgan. Qisqa qilib aytganda, bu kichik guruh mamlkat hayotini xal qiluvchi kuchga aylanadi. Ayni damda Xitoyning dolzarb muammosi ichki barqarorlikni ta`minlash va  ommaviy parokandalikni oldini olish bo`lib turibdi.


11.12.2012

Kurd muammosini anglash

  
   Ko`plab asrlardan beri Kurdiston atalmish hududda yashovchi kurdlarning o`z mustaqil davlatlariga ega bo`lishga intilishlarini ham regional ham xalqaro kuchlar tomonidan inkor etilishi kurd muammosining o`zagini tashkil qiladi. O`zlarining madaniy, ijtimoiy va siyosiy jihatdan tan olinishlarini talab qilishlari va to`rt davlat orasida bo`linib ketgan hududda o`z davlatlarini tashkil qilishga urinishlari bilan kurdlar allaqachon xalqaro hamjamiyat e`tiboriga tushib ulgurganlar. Mintaqaviy ahamiyat kasb etgan kurd muammosining hal etilishiga har bir davlatning o`z hududidagi kurdlarga nisbatan siyosatining bir-biridan farq qilishi va o`z navbatida har bir davlatdagi kurdlarning alohida davlatga ega bo`lish yo`lidagi g`oyalari hamda harakatlarining turlichaligi xalal beradi. XX-XXI asrdagi kurd yo`lboshchilarining ozodlik harakatlari uchun turli yo`ldan borganligi (kimdir jangarilikni, kimdir diplomatik yo`lni tanlagan) haligacha kurd muammosi davom etayotganligining asosiy sabablaridan biridir.

22.11.2012

Kurd muammosiga tarixiy nazar



  Dunyoda ko`plab  etnik, diniy  va  siyosiy ziddiyatlar  bo`lib o`tgan hamda hali ham davom etmoqda. Bu ziddiyatlardan ba`zilari ma`lum vaqt davom etgan, keyinchalik muammoga yechim topilgan. Lekin shunday ziddiyatlar borki, ular uzoq vaqtdan beri davom etib keladi, ularga biror alternativ yechim topilmagan va ular bir davlat darajasidan  mintaqaviy darajagacha ko`tarilib ketgan. Shunday muammolardan biri-Kurdlar Muammosidir.

G'azo va Isroil to'qnashuvlari, voqealar ustidan qisqa tahlil.

21-noyabr Misr Tashqi Ishlar vaziri Muhammad Komil Amir Isroil va Hamas o'rtasida o't ochishni to'htatish haqida kelishuv tuzilganini e'lon qildi, bu kelishuv G'azo vaqti bilan 19:00 dan amalga kiritildi.

"AQSh bugungi tuzilgan kelishuvni olqishlaydi, kelajakda AQSh regiondagi partnerlar bilan bu tinchlik bitimini mustahkamlash bo'yicha birgalikda ish olib boradi" deydi Hillari Klinton o'zining Qohiradagi bergan bayonotnomasida.

Isroil Bosh vaziri Benyamin Netenyahu AQSh prezidenti Barak Obama bilan telefon orqali suhbatidan so'ng, Misrning kelishuv haqidagi taklifiga "G'azoga yana bir marta imkon berish" sharti bilan rozilik berdi.
O'z navbatida AQSh prezidenti janob Netenyahuga Misr tomonidan qilingan taklifni qabul qilganligi uchun o'z minnatdorchiligini bildirdi.

21.11.2012

G`azo inqirozi Iordaniya va G`arbiy Qirg`oqda ham aks-sado bermoqda


  17-noyabr kuni G`arbiy Qirg`oqda Isroilning G`azo Sektoridagi xarbiy harakatlariga qarshi namoyishlar paytida og`ir jarohatlangan falastinlik yigit 19-noyabr kuni vafot etdi deya xabar berdi kuni kecha Falastinning Ma`an axborot agentligi. G`arbiy Qirg`oq uzoq vaqtdan beri tinch edi, lekin Hamasning sekular kayfiyatdagi raqibi Fatah tomonidan nazorat qilinadigan Falastinning bu sharqiy hududi Isroilning Mudofaa Ustuni Operatsiyasiga qarshi bosh ko`tardi. Namoyishchining o`limi esa yonib turgan olovga moy quygandek bo`ldi.

20.11.2012

Isroil va G`azo: Oldin va hozir


  Bundan to`rt yil oldin 4-noyabr kuni amerikaliklar o`z prezidentlarini saylash uchun ovoz berayotgan bir paytda Isroil qo`shini va buldozerlari Hamas tomonidan qurol-yarog` kontrabandasi uchun yaratilgan yashirin yerosti tunnellar tarmog`ini yo`q qilish uchun G`azo bo`lgasiga bostirib kirdi. Sobiq Misr prezidenti Husni Muborak vositachiligida erishilgan sulh barbod bo`ldi. Hamas javob tariqasida bir necha hafta davomida Isroil hududini  minomyot va raketalar bilan o`qqa tutib turdi. Natijada 2008-yil 27-dekabrda Isroil Kest Lid Operatsiyasini boshladi.  Operatsiyasining ilk yetti kuni davomida G`azo xavodan kuchli bombardimon qilindi, keyin 15 kunlik quruqlikdan xujumlar olib borildi. Bir qancha Hamas yetakchilari va 100 lab jangarilar yo`q qilindi. Isroil Mudofaa Vazirligining o`sha paytda hisobot berishicha 10 nafar Isroil askari va 3 fuqarosi xalok bo`lgan; 1,166 nafar nobud bo`lgan falastinlikdan 709 tasi jangari bo`lgan.

19.11.2012

Afg'on fojeasi: G'arbning enk katta axmoqliklari

Afg'oniston, bu mamlakatni nomini tilga olishimiz bilan ko'zimiz oldiga urushlar, zo'ravonliklar va albatta giyohvand moddalar keladi. Lekin aslida Afg'onistonni shu darajada jaxolatga botishida faqat afg'onlarni ayblash juda ham noto'gri bo'lgan bo'lardi. Afg'onistonning buyuk imperiyalar va qudratli davlatlar orasida "talash" bo'lib kelayotganiga mana deyarli 100 tildan oshdi. Bunda afg'on millatining yagona aybi uning strategik nuqtada joylashgan mamlakatda yashab kelayotganligidir. Lekin shuni unutmaslik lozimki, tashqi davlatlar tomonidan bir nechta bor hujumga uchrashiga qaramasdan Afg'oniston shu davrgacha uzoq davr mobaynida mustamlaka qilinmagan, xujum qilgan davlatlar bu hududda uzog'i bilan 10-15 yil o'z ta'sirlarini ushlab turisha olishgan, bunga afg'on xalqining urushlardagi tajribasi, chet elliklarga nisbatan doimiy dushmanlik qarashi, konservatorligi va albatta chetdan keluvchi strategik maqsadlarni ko'zlovchi "yashirin" madadlar sababdir.

17.11.2012

Misr, G`azo va Sinay yarimoroli

  Ayni kunlarda davom etayotgan G`azodagi ziddiyatlar Misr-Isroil munosabatlari o`ziga xos davrga kirgan vaqtga to`g`ri keldi. Isroil so`ngi ikki yilda Misr kamida ikki marta Kemp-Devidda belgilangan darajadan oshib ketgan qo`shinni Sinayga kiritganligi haqida bayonot tarqatgan edi. Misrga ko`ra bu Isroilga tahdidni anglatmaydi, qo`shinlar Sinaydagi vaziyatni izga solish uchun kiritilgan.

AQSH-Rossiyaning Markaziy Osiyodagi raqobati inkor qilib bo`lmasdir

  Rossiya Qirg`iz Armiyasini qayta qurollantirish uchun 1 mlrd va Tojik Armiyasi ehtiyojlari uchun 200 mln AQSH dollari ajratmoqchiligi haqida xabarlar tarqaganiga ko`p bo`lgani yo`q. Aniqroq qilib aytilsa, Qirg`iziston 1.1 mlrd, Tojikiston 200 mln oladi.

16.11.2012

Ahmadinajod, Gitler, Saddam va “Murosa Analogiyasi”

  Siyosatchilar 1930-yillarda va 2000-yillarning boshida mamlakatida xotirjamlikni qaror toptirish harakatiga tushib qolgan Adolf Gitler hamda Saddam Husaynlar orasidan analogiya(o`xshashlik)lar topishni xush ko`radilar. Endi bu ikki diktatorni ichidan Eron prezidenti Mahmud Ahmadinajot ham joy oladigan ko`rinadi.

03.11.2012

Ko`p ziddiyatlar oldinda!

  Mali! Jaxonning yangi inqirozini qarshi oling! Xaritaga nazar tashlang. Mali ulkan, Saharadan, shimolda Ajir chegarasidan Niger daryosi bo`ylab qaynoq janubga tomon cho`zilib ketgan davlat. 14.5 mln aholisining katta qismi dehqonchilik va baliqchilik evaziga kun kechiradi.

29.10.2012

Birma Rohingyasi



  Ayni kunlarda Janubiy Osiyoni yana bir etnik va diniy muammo daxshatga solmoqda. Bu Birma Rohingyasida kechayotgan musulmon aholining kamsitilishidir. Janubiy Osiyoda ko`plab diniy va etnik ozchilik guruhlar mavjud bo`lib, ular asosan Birmada yashashadi. Bu guruhlarning aniq soni ma`lum bo`lmasada, Rohingya va boshqa guruhlar, ayniqsa, Birma buddistlari o`rdasida uzoq yillik xusumat mavjud. 2012-yilning yozida Rohingyada qaytatdan boshlangan zo`ravonliklar to`lqini kuchayib, xalqaro darajaga chiqdi. BMTga ko`ra Rohingya dunyodagi eng ko`p kamsitilgan guruhlardan biridir.

28.10.2012

Markaziy Osiyoda suv mojarolari

  Qirg`iziston va Tojikiston dengiz chiqish imkoniyati yo`q davlatlar bo`lib, hududlarining 75-90% tog`lardan tashkil topgan. Ushbu davlatlarning tog`lari esa Markaziy Osiyodagi ikki yirik daryoning asosiy manbaasi hisoblanadi. Boshqa tabiiy resurslarning yetishmasligi rasmiy Dushanbe va rasmiy Bishkekni yagona boylik-suvdan unumli foydalanish, ya`ni elektr energiyasi olish uchun qudratli elektr stansiyalarini qurishga undamoqda. Dushanbe Amudaryoga quyiluvchi Vaxsh daryosida 335 metrli to`g`on qurishni ko`zlayapti. Ushbu to`g`on qurilishi yakunlangandan so`ng u dunyodagi eng baland to`g`onga aylanadi. Ayni vaqtda Qirg`iziston ham Rossiyaning homiyligi ostida Sirdaryoga borib quyiluvchi Norin daryosida 275 metrli to`g`on qurmoqda.

26.10.2012

Sinay yarimoroli: Misrning Vaziristonimi?


  2012-yilning sentyabri davomida Sinayda ko`plab qurolli harakatlar yuz berdi. Bu hurujlarda asosan Misr Armiyasi, mahallaiy politsiya, Halqaro Tinchlikparvar Kuchlar va Isroil Mudofaa Kuchlari nishonga olindi. 

24.10.2012

G'arb investorlarning Afrika yerlarini "istilo" qilishi.

2000-yildan beri Afrika qit'asining 5%i, aniqroq qilib aytganda, 70 million gektar yer xorijiy oligarxlar, shayxlar va agrobiznes korporatsiyalar tomonidan sotib olingan yoki ijaraga olib bo’linganligi tahmin qilinadi. Natijada esa - keng ko'lamda afrikalik fermerlar o'z joyidan majburan haydalmoqda, ekosistemalar vayron bo’lmoqda va Afrika uchun bo'ladigan yangi kurashda jon saqlash uchun kurashayotgan uyushmalar yo’q qilinishiga sabab bo’lmoqda. Xalqaro Yer Koalitsiyasiga ko’ra, Britaniya kompaniyalari nochor mamlakatlardagi 3 million gektardan ortiq yerga, boshqacha qilib aytganda, Birlashgan Qirollikdagi umumiy fermerlik yerlarining 2/3 qismiga teng keladigan yerga egalik qilish huquqini sotib olgan.
Dunyo resurslarining samarali iste’molini targ’ib qiluvchi Greyn - nodavlat tashkilotining chamalashicha, investorlar bu yerlarga 5-15 milliard dollar sarflashgan. 2015-yilga kelib bu summa 2 barobar ortishi kutilmoqdaligini ham aytib o’tishdi.

23.10.2012

Anqara ehtimoliy urushga tayyor

  Turk Qurolli Kuchlari (TQK) to`satdan boshlanishi mumkin bo`lgan urushga tayyorligini ma`lum qildi. Uning rejasiga ko`ra havo, quruqlik va dengiz kuchlari bir vaqtda harakatlanadi va jangavor harakatlarda 2-Armiya faol rol o`ynaydi.

21.10.2012

Isroil geosiyosati: O`tmishdan bugungacha

  Geosiyosatda biror davlat va uning aholisi o`rganilayotganda asosiy rol o`ynaydigan narsa bu uning joyi-geografiyasidir. Agar bu nazariya haqiqat bo`ladigan bo`lsa, unda biror davlatning tashqi siyosatini chuqurroq anglab yetish birmuncha osonlashadi. Ushbu nazariyani amaliyotga ko`chiradigan bo`lsak, tarixda ikki marta va zamonaviy dunyoda bir marta o`zining mavjudligini e`lon qilgan Isroil tajriba uchun eng yaxshi davlatdir. Tajriba davomida biz Isroil 3000 yil davomidagi tashqi siyosatining asosiy prinsiplarini ko`rib chiqamiz.

19.10.2012

Suriya - siyosiy krizisning regional ta`sirlari

Suriyaga bag'ishlangan o'tgan maqolamizda biz Suriyaning tarixiy shakllanishi, umumiy ko'rsatkichlari va bugungi tartibsizliklarning mamlakatdagi ichki sabablari haqida ma'lumotlar bergan edik. Bugun mazkur maqolada esa Suriyadagi qo'zg'alishlarga tashqi mamlakatlarning munosabati haqidadir

16.10.2012

Afrikada islomiy fundamentalizm


             
So`ngi paytlarda Afrika bo`ylab islomiy ekstremistik guruhlarning keng tarqalishi terrorga qarshi urushning aks-sadosidir. Islomiy guruhlar Nigeriyadan to Somaligacha o`z ta`sirlarini oshirmoqdalar va al-Qoida bilan aloqalarni mustahkamlashga urinmoqdalar. Biz hozirgi kunda Afrikada eng faol bo`lgan to`rtta islomiy guruhni ko`rib chiqishga harakat qilamiz. 

03.10.2012

Farg'ona vodiysi - Geopolitik manfaatlar to'qnashgan xudud?

Buyuk O'yin
              Hammamiz bu geostrategik hodisa haqida oz muncha bo'lsa ham eshitgan bo'lgan bo'lsak kerak. Chunki "Buyuk O'yin" aynan biz yashab turgan xududlarni egallash uchun o'z vaqtining buyuk imperiyalari bo'lmish Rossiya va Buyuk Britaniya orasida bo'lib o'tgan geopolitik raqobatdir. Bu holatning kelib chiqishi uzoq tarixga va bosqichlarga ega, uning oqibatlari esa nafaqat O'rta Osiyo balki butun dunyoning siyosiy tuzilishiga katta ta'sir ko'rsatgan. Hatto hozir ham bu geostrategik o'yin "Yangi Buyuk O'yin" nomi bilan davom etmoqda, tarikiy aktyorlar va kuchlar nisbati o'zgargan bo'lsa ham, ko'z ostiga olingan xudud hali ham o'sha o'shadir, ya'ni biz yashab turgan O'rta Osiyo xududlariga to'g'ri keladi. "Yangi Buyuk O'yin" haqida keyingi maqolamda to'liqroq ma'lumotlar berishga harakat qilaman, bugun esa O'rta Osiyoning geopolitik jihatidan kashf qilinishi va "Buyuk O'yin"ning boshlanishi haqida.
"Meni do'stlarimdan qutqaringlar" - "Buyuk O'yin" davridagi karikatura: Afg'oniston Amiri Sher-Ali Rus imperiyasi (ayiq) va Buyuk Britaniya (Sher) orasida.

25.09.2012

Rossiya chechenlar rahnamosi "erkaliklari"ni jilovlashga urinmoqda




   
  Shu kunlarda Shimoliy Kavkaz davlatlari : Checheniston va Ingushiya orasidagi qarama-qarshilik yana avj olmoqda. Chechen prezidenti Ramzan Qodirov Ingushiyadagi qator hududlarni qaytarib olishga urinmoqda, modomiki, janob Qodirov da`vo qilayotgan hududlar qo`shni respublikani yutib yuborishga yetarlidir. Kreml esa o`z navbatida qudratli Chechen rejimini ko`rishni xohlamaydi, chunki Qodirov o`zining shuhratparast ekanligini yaqin o`tmishda isbotlab ulgurgan.

Suriya - Siyosiy krizisning asl sabablari

Hozirgi kunda butun xalqaro hamjamiyatni diqqat markazida turgan "Arab bahori" atalmish geopolitik jarayonlar bugungi biz tanigan dunyo siyosiy ko'rinishini tubdan o'zgartirib yuborishi mumkin.
Albatta bu holatni tushuntiruvchi bir nechta omillar mavjud, lekin "Arab bahori" dunyoning qudratli malakatlar orasidagi geopolitik muvozanatni o'zgartirib yuborishi mumkin. Bu to'qnashuvlardan esa qudratli mamlakatlar o'z foydasi uchun unumli foydalanib qolish harakatidadirlar. G'arb dunyosi bu qo'zg'olonlarni "aholining demokratiyaga bo'lgan intilishi" deb baholasa Rossiya va Xitoy esa bu xududlarda siyosiy mojarolarning xalqaro mojarolarga aylanib regionning notinch bo'lib qolishi va xavfli anarxiyalarning paydo bo'lishidan havfsiramoqda, albatta bu ideologiyalarning orqasida ikki tarafning ham iqtisodiy, ham strategik manfaatlari yo'q emas. Lekin shunisi qiziqki "Arab bahori" bizga jaxonning hozirgi tuzilishida faqatgina katta va qudratli davlatlarning rolinigina emas balki boshqa 2-chi yoki 3-chi darajali davlatlar rolining ham muhimligini ko'rsatib berdi. Jumladan Turkiya bu siyosiy o'zgarishlardan o'zining regiondagi mavqeini mustahkamlashda anchagina unumli foydalanmoqda desak mubolag'a qilmagan bo'lamiz.

24.09.2012

Markaziy Osiyoda jangarilik: Diniy ekstremizmdan ko`ra ko`proq





     2010-yildan beri Markaziy Osiyo anchagina beqaror bo`lib qoldi, islomiy ekstremizmda o`sish kuzatildi. Ha, haqiqattan 2010-yildan beri jangarilik harakati kuchaydi, lekin ekstremistlar Markaziy Osiyoning ayni vaqtdagi beqarorligining asosiy sababchilari degan qarash ham kalta o`ylash bo`ladi, chunki bunday nazariya hududda bo`layotgan boshqa siyosiy, harbiy va iqtisodiy dinamikalarni butkul inkor etib qo`yadi.

19.09.2012

Xaritalar uzra: O'rta Osiyo - Farg'ona Vodiysi


Farg'ona vodiysidagi to'qnashuvlar sababi Fransuz-Nemis qo'shma hamkorligi mahsuli bo'lmish ARTE telekanalining Geopolitikaga bag'ishlangan maxsus ko'rsatuvi Xaritalar Uzra tomonidan  tushuntirilishga harakat qilingan bo'lib, men uni O'zbek tiliga tarjima qilib subtitrlar orqali sizga namoyish qilishga qaror qildim. Ularni tarjima qilishda va muntazam ravishda youtubega qo'yib borishga harakat qilaman, umid qilamanki bu videolar o'zbek yoshlariga dunyo geopolitikasini tushunib yetishlari uchun bir turtki bo'ladi.






Farg'ona vodiysi - Geopolitik manfaatlar to'qnashgan xudud?


Heartland nazariyasi.

Hammamizga ma'lumki Farg'ona vodiysi O'rta Osiyoning "Porox Bochkasi" sifatida qaraluvchi hudud xisoblanadi. Butun 20 asr tarixi davomida Farg'ona vodiysi O'rta Osiyo xalqlarining taqdirini belgilashda muhim rol o'ynab keldi va bu jarayon 21-asrda ham davom etmoqda.

Ayniqsa Sobiq Sovet Ittifoqining zaiflashishi va keyinchalik qulashidan keyingi bu vodiyda yuz bergan geopolitik voqea xodisalar bizdan bu xududni sinchiklab o'rganishni talab qiladi. Xududdagi to'qnashuvlar ketma ketligini faqat chegaralar muammosi yoki etnik xilma-illik bilan bog'lagan holda hulosa chiqarish bu masalaga yuzaki yondashishdan boshqa narsa emas. Bugungi kunda Farg'ona vodiysi "Buyuk O'yin"dan to'g'ridan to'g'ri aziyat chekmoqda desak adashmagan bo'lamiz.