14.03.2013

DUNYONING 7 TOBORA HARBIYLASHAYOTGAN DAVLATI


Jahonda kuchlar muvozanati o`zgarar ekan dunyodagi aksariyat davlatlar siyosiy maydondan keragicha ta`sirli o`rin egallash uchun harbiy sohaga katta e`tibor qaratishmoqda. Bu qaysidir ma`noda ko`p qutbli boshqa bir Sovuq Urush davri boshlanayotgandan darak beradi.



AQSH va bir qator Yevropa davlatlari harbiy sohaga ajratilayotgan mablag`ni keskin qisqartirishga urinayotgan bir paytda jahondagi boshqa davlatlar qurollanishga zo`r berishmoqda. 

Osiyoda Xitoy, Hindiston va Yaponiya kabi gigant davlatlar mintaqaviy hamda global maydonda yetarli kuchga ega bo`lish maqsadida harbiy sohaga ajratilayotgan mablag`ni kun sayin oshirib borishyapti.

Bir vaqtlar qurollanish borasida O`rta Sharqda birinchilardan bo`lgan Eron va Misr ichki muammolar girdobiga tushib qolgan bir paytda, ularning qo`lidan estafetani Saudiya Arabistoni va Iroq olib ketishdi.

Garchi global ta`sirga ega bo`lmasa ham Shimoliy Afrikada kuchli ta`sirga ega bo`lish uchun Aljir armiyasini kengaytirib bormoqda.

Nihoyat, Sovuq Urush davridan beri harbiy sohada deyarli isloh qilinmagan Vladimir Putin boshchiligidagi Rossiya Federatsiyasi armiyasi ham son, ham sifat jihatidan kuchaytirilmoqda.

Quyida bu yetti davlat qay yo`sinda harbiylashayotganini ko`rib chiqamiz:

1.       XITOY


Osiyoda eng tez o`sayotgan Xitoy Xalq Ozodlik Armiyasi (XXOA)o`tgan o`n yillik davomida o`zining imkoniyatlari va strategik maqsadlarini keskin oshirdi. XXOA o`ta zamonaviy samalyotlar, uchuvchisiz dronlar, suv osti kemalari va razvedka vositalari bilan qurollandi. Shuningdek, kiber-xujum imkoniyatiga ham ega bo`ldi. bularning barchasi iqtisodiyoti tobora o`sib borayotgan Xitoyning milliy byudjetidan ajratilgan mablag` evaziga amalga oshirildi.


Xitoyning Milliy Razvedka Kengashi 2008-yilda Xitoy harbiy qudrati 2025-yilgacha jahonda yetakchi bo`lishini bashorat qilgan edi. Bu maqsadga erishish uchun uzoq muddatli loyiha ham ishlab chiqilgan edi. 

Loyihaga ko`ra, Xitoy armiyasining asosiy vazivasi mamlakat va xalq manfaatlarini ta`minlash hamda himoya etish, 20-asrda G`arb qudratlari tomonidan adolatsiz tarzda o`zgartirilib tashlangan Sharqiy Osiyo geosiyosiy maydonini qaytadan tiklashdan iborat bo`ldi. 

Xitoy jahon geosiyosatida ko`proq ta`sirga ega bo`lib borar ekan, raqobatchilarga qarshi turish uchun harbiy yo`lni tanlagani ajablanarli emas. Biroq qudratli armiyadan foydalanishi haqiqatga yaqin emas.

2.       YAPONIYA


Garchi Yaponiya konstitutsiyasi tashqi davlatlarga qarshi harbiy kuch ishlatishni taqiqlasada, Yaponiya Mudofaa Kuchlarining (YMK) imkoniyati tinimsiz ortib bormoqda.  Hozirgi paytgacha YMK kichik, lekin o`ta zamonaviy kuchga aylanib ulgurgan. Ayniqsa, Xitoy bilan Senkaku (Diaoyu) orollari ziddiyati kuchayib ketgandan so`ng Yaponiya qurolli kuchlarga e`tiborini yanada kuchaytirdi.


Qonunlarida tashqi tajovuzkorlik man etilgan Yaponiya ichki barqarorlikni ro`kach qilgan holda YMK imkoniyatlarini tinimsiz oshirib bormoqda. Yaponiya-Xitoy o`rtasidagi orollar qarama-qarshiligi taranglashib borar ekan, mobodo ikki o`rtada to`qnashuv kelib chiqsa, rasmiy Tokio YMKdan foydalanishi turgan gap.  

YMK qudratli armiyaga aylanganiga qaramay, Yaponiya xavfsizlik masalalarida AQSHga murojaat qiladi. AQSH rasmiy Tokioning asosiy qurol yetkazib beruvchisi hisoblanadi. Yaqinda Yaponiya Mudofaa Vazirligi AQSHdan qurol sotib olish uchun byudjetdan 2.1 milliard dollar ajratilishini so`ragani haqida xabarlar tarqatilgandi.  

3.       HINDISTON


Hindistonning harbiy sohaga e`tibori biroz o`zgacha. Hindiston armiyasini zamonaviy qurollar bilan emas, balki askarlar sonini oshirish bilan kuchaytirmoqda.


Hindiston Dengiz Kuchlari Hind Okeanida Xitoyning yagona raqibi hisoblanadi. Dengiz Kuchlari so`nggi paytlarda soni oshishidan tashqari avia tashuvchilar bilan ham zamonaviylashtirildi.  

Hindiston Xavo Kuchlari ham Rossiyadan sotib olingan zamonaviy harbiy samalyotlar bilan to`ldirildi.
Qurolli Kuchlarni kuchaytirish orqali Hindiston Janubiy Osiyo va Hind Okeanida gegemon davlatga aylanishga harakat qilyapti.  

4.       IROQ


2003-yilda Sadddam Hussayn rejimi ag`darilgandan so`ng Iroq xavfsizlik masalalari bo`yicha butunlay AQSHga qaram bo`lib qolgan edi. AQSH harbiylari ketgandan so`ng Iroqning yangi hukumati harbiy sohaga jiddiy e`tabor qarata boshladi. Bugungi kunda Iroq AQSH va Rossiyaning yordami asosida harbiy imkoniyatlarini keskin oshirmoqda.


Iroq hukumati o`tgan yili General Dynamicsdan zirhlangan transport va Boeingdan F-16ning bir qancha partiyalarini sotib olgani haqida ma`lumotlar tarqalgan edi.

Shuningdek, ikki o`rtadagi 4.2 milliard dollarlik kelishuv asosida Rossiyadan 30 Mi-28NE vertolyotlari va 42 Pantsir-S1 raketa launcherlari bilan qurolli kuchlarini to`ldirdi.

Harbiy qudratni oshirish orqali Iroq nafaqat deyarli o`n yil davom etgan beqarorlikdan so`ng ichki xavfsizlikni ta`minlashni, balki O`rta Sharq mintaqasida yetakchi kuch bo`lishni ham ko`zlamoqda.

5.       SAUDIYA ARABISTONI


Mintaqada vaziyat keskin tus olib borar ekan, AQSHning ittifoqchilaridan biri bo`lgan Saudiya Arabistoni ham barqarorlikni ta`minlash uchun armiyaga ega bo`lmoqchi. Bundan tashqari saudiyaliklar yadroviy dasturi bilan nafaqat mintaqa, balki butun dunyoda siyosiy kelishmovchiliklarga sabab bo`layotgan Eronni ham xavf sifatida ko`rishadi. Shu sababli mintaqada ziddiyatlarga sabab bo`ladigan davlat harbiy jihatdan ustun bo`lmasligi lozim, deb hisoblashadi.


Yaqinda Saudiya Arabistoni ehtimoliy Eron “tahdid”iga qarshi AQSHdan 84 ta F-16 harbiy samalyotini sotib oldi.

Arab Bahoridan so`ng mintaqadagi siyosiy vaziyat keskinlashib ketar ekan, Saudiya hukumati ichki va tashqi (asosan Eron va Iroq) tahdidlarga qarshi katta tayyorgarlik ko`rayotgan ko`rinadi.

6.       ALJIR


Energetika sohasida o`sib borayotgan narxlar Aljir g`aznasiga katta foyda keltirmoqda. Aljir hukumati esa bu mablag`ni Shimoliy Afrikada gegemon bo`lish uchun sarflayapti. Ayni damda Aljir armiyasi mintaqadagi eng qudratli kuch, Aljir esa harbiy sohaga eng katta mablag` ajratayotgan davlat bo`lib qolmoqda.


Tabiiy gaz va neft eksportidan yillik 200 milliard dollar foyda ko`rayotgan Aljir ruslardan Su-30MK harbiy samalyotlari, T-90 tanki va Kilo suvosti kemasi, nemis konserni ThyssenKrupp Marine Systemsdan vertolyotlar, yana bir nemis harbiy kompaniyasi Rheinmetalldan zirhli transportlar sotib olib, qurolli kuchlarini kuchaytirmoqda.

Afrika qit`asida qurolli kuchlar bo`yicha Misrdan keyin ikkinchi o`rinda turishiga qaramay, yanvar oyida gas zavodida yuz bergan garovgirlik hodisasida Aljir harbiylari o`zlarining nimaga qodirliklarini ko`rsatishni uddasidan chiqishga muvaffaqa bo`lmadilar.

7.       ROSSIYA


Janob Putin rahbarligida Rus Qurolli Kuchlari ham son, ham sifat jihatdan kuchayib bormoqda.
Rasmiy va norasmiy xabarlarga ko`ra, Sovuq Urush davrida jahonning yetakchilaridan bo`lgan Rossiya armiyasi 2013-yilda 60 % ga oshishi kutilmoqda. Shuningdek, armiya zamonaviylashtirilgan yadroviy raketalar tizimi bilan ham ta`minladi.



Mustaqil tahlilchilar fikricha rasmiy Moskvaning qurolli kuchlarga alohida e`tabor qaratayotganining asosiy sabablari Yevropada AQSH tomonidan rejalashtirilayotgan bahsli raketadan mudofaa tizimi va Rossiyaning janubiy hududlarida yetilib kelayotgan beqarorlik holatlaridir.

Yana e`tiborga loyiq tomon shundaki, Rossiya kiber-xujum doirasida dunyoda yetakchi o`rinlarda turadi va ko`pchilik soha mutaxasislari Rossiyaning bu boradagi qudrati Xitoynikidan ancha yuqori deb hisoblashadi.
Yaqin yillardagi o`zgarishlar shuni tasdiqlamoqdaki, Rossiya Sovuq Urush davridagi harbiy qudratiga yangidan ega bo`lishga intilyapti.

Ko`rib turganimizdek, dunyoning bir qancha yetakchi davlatlari qurollanishga kuchli e`tibor qaratishyapti. Tarix bizga urushlar borasida ko`p saboqlar beradi, shularning ichida yodda saqlashimiz kerak bo`lgani - bu harbiy kuch, zo`ravonlik bilan dunyoga hech kim, hech qachon hokimlik qilolmasligidir. Hozirgi diplomatiya, integratsiya, globallashuv zamonida birlashish o`rniga o`z mintaqalarida va dunyoda hokimlikni talab qilayotgan davlatlarni qanday tushunish mumkin?

9 комментариев:

  1. Bu maqolani yozgan odam Amerikaparastmi? Harbiy soahada Amerika Qo'shma Shtatlari dunyoga baho beradi-yu lekin uizining harakati baholanmaydimi? Dunyoga hokimlikka ular da'vo qilayaptiku bugun. Isroilning xarbiy salohiyati -chi?

    ОтветитьУдалить
  2. Bu maqolada harbiy soha jihatidan kuchli davlatlar sanab o`tilmagan. Albatta, harbiy jihatdan AQSH yuqoridagi davlatlardan yuqori o`rinda turadi. Maqolada esa davlatning boshqa tarmoqlaridan ko`ra harbiy sohaga ko`proq e`tibor berayotgan davlatlar keltirilgan. O`z nomi bilan tobora harbiylashayotgan davlatlar.

    ОтветитьУдалить
    Ответы
    1. Kechirasiz AQSH harbiy jihatdan yuqori turadi dedingizmi? Harbiy sohadan bilimlar qay darajada ?Qaysi jihatlari yuqori turadi? Tehnologiya,askarlar tayyorgarligi,askarlar soni yoki qurollar ishonchliligi bo'yichami?
      Birinchidan yuqori tehnologiyalar Hitoy va Yaponyada qo'llaniladi
      Ikkinchidan askarlar jang salohiyati bo'yicha Afg'on va Kuba askarlari turadi ( bunga ko'p yillik urushlar sabab)
      Uchunchidan Askarlar soni bo'yicha Hitoy birinchilikni adashmasam songgi 10 yillikda uchlab turibdi
      To'rtinchidan Qurollar arzonligi va ishonchliligi bo'yicha Rossiya 1960 yildan beri o'z pozitsiyasini yo'qotmagan
      Yuqoridagi izohda tog'ri aytildi bu maqoladan AQSHparastlik hidi kelayabdi

      Удалить
    2. Анонимный15 июня 2013 г., 13:13

      Nima uchun AQSH qurolli kuchlarini hisobga olmayapsiz? Axir AQSH ham yadroviy qurollarga ega-ku?

      Удалить
    3. togri lekin aqsh geografik tomondan juda zaif

      Удалить
  3. Анонимный11 апреля 2013 г., 13:56
    Fikrizga qo'shilaman!

    ОтветитьУдалить
  4. Этот комментарий был удален автором.

    ОтветитьУдалить