07.05.2014

AQSH ROSSIYAGA QARSHI BESAMAR SANKSIYALAR QO‘LLAMOQDA

28-aprel kuni Qo‘shma Shtatlar yetti nafar rus hukumati rasmiylariga qarshi yangi sanksiyalarni joriy etdi. Ancha vaqtdan qo‘llanib kelinayotgan usul – sanksiyalar, nimaga asoslanganiga qarab, bashorat qilib bo‘lmas natijalar berishi yoki xech qanday samaraga ega bo‘lmasligi mumkin. Keng tarqalgan mulohazaga ko‘ra, sanksiyalar, odatda, nishon qaratilgan davlat qabul qilib bo‘lmas harakatlarni amalga oshirganda qo‘llaniladi. Sanksiya kiritayotgan davlat esa, oqibatlari juda qimmatga tushuvchi yoki natijasi mag‘lubiyat bilan tugashi muqarrar urushdan saqlanish uchun sanksiyalarni joriy etadi.
Sanksiyalarning asosiy maqsadi iqtisodiy tushkunlik yaratish orqali nishon qaratilgan davlatning harakatlari yo‘nalishini majburiy o‘zgartirishda yotadi. Buning uchun sanksiyalar o‘sha davlatni imkon qadar iskanjaga olmog‘i lozim. Biroq ushbu iskanja me’yordan oshib ketmasligi ham zarur. Aks holda, iskanjaga olinayotgan davlat sanksiya bosimiga dosh berishdan ko‘ra urushni afzal ko‘rishi mumkin.
Qachon sanksiyalar yaxshi samara beradi?
1941-yil iyulida Yaponiya Hindi-Xitoyga bostrib kirganda, AQSh bunga javoban yaponlarga tegishli barcha aktivlarni muzlatib qo‘ygan edi.  Buyuk Britaniya va Gollandiya Sharqiy Hindistoni (hozirgi Indoneziya) aktivlar borasida AQShga qo‘shilishdi. Sanksiyalar tez orada o‘z ta’sirini ko‘rsatdi va Yaponiya xalqaro savdodagi asosiy ulushi – 90 foiz import neftidan mahrum bo‘ldi. Sanksiyalarga javob berishga to‘g‘ri kelganda, Hindi-Xitoy yarimorolidan chiqib ketish o‘rniga Perl Harborga xujum qildi.
Yaponiya sanksiyalar bo‘yicha fikr yuritib ko‘rishga arziydigan misol. O‘shanda Qo‘shma Shtatlar shunday yo‘l tanlagandiki, natijada Yaponiya bir necha oy ichida neft ta’minotidan uzilib, sanoatan rivojlangan malakatga aylanish imkonidan mahrum bo‘lishi lozim edi. Yaponiya AQSh talablariga bo‘ysunishi ham mumkin edi, biroq shunday bo‘lgan taqdirda uning o‘rniga Vashington qarorlar qabul qilar edi.
Yaponlar Qo‘shma Shtatlarga ishonishmadi va ular sanksiyaviy talablarga har qanday yon berish ketidan yanada ko‘proq talablar paydo bo‘lishiga amin edilar. Tokiyo urush oqibatlarini yaxshi anglar, biroq AQSh talablaridan ko‘ra urushdan keladigan ziyon kamroq, deb hisobladi (ehtimol Yaponiya qudratini baholashda adashtirgandir va Franklin Ruzvelt Tokiyoning bo‘ysunishdan ko‘ra urushni tanlashini kutgandir). Pirovardida, millatni falajlantiradigan sanksiyalar bilan yuzlashganda, Yaponiya urushni afzal ko‘rdi. 
Sanksiyalar javob berish imkoniyatlari kam, shuningdek urush ochish qudratiga ega bo‘lmagan davlatlarga qarshi yaxshi samara beradi. Bu borada Eron yaqqol misoldir. Ehtimoliy yadro qurollarini hisobga olmaganda, unda urush bilan javob qaytarish va boshqa tanlovlar imkoniyati anchayin kam (biroq bunday holatda ham, agar nishon davlat aylanib o‘tuvchi yo‘llarni tpoishga muvaffaq bo‘lsa, sanksiyalar yetarli natijaga ega bo‘lmaydi).
Aniq yo‘naltirilgan sanksiyalar
Rossiyaga o‘xshagan mamlakatga samarali sanksiyalarni joriy qilish Eron yoki Markaziy Afrika Respublikasi kabi davlatlarni iskanjaga olishdan anchayin mushkuldir. Sababi ruslar harbiy yo‘l bilan javob qaytarish qudratiga ega. Bundan tashqari Moskva Rossiyadagi G‘arbga tegishli aktivlarni muzlatib qo‘yib, u yerda faoliyat yuritayotgan ko‘plab g‘arb kompaniyalari, zavodlari, banklari va boshqalarni og‘ir ahvolga solib qo‘yishi mumkin.Shuningdek, Rossiya Yevropani energetika ta’minoti yordamida shantaj qilish qudratiga ega. Moskvaning sanksiyalarga qarshi yuqoridagi yo‘llar bilan javob berishi ongli qaror bo‘ladimi yoki yo‘qligi muhim savol bo‘lsa, uning shunday javob qaytarish salohiyatiga egaligi chuqur mulohaza yuritishga undaydi.
Qisman yuqoridagi sabablar, qisman sanksiyalar bo‘yicha yillar davomida qo‘lga kiritilgan ko‘nikmalar tufayli AQSh va Yevropa davlatlari butun Rossiyani sanksiyalar orqali iskanjaga olishdan tiyilishmoqda. Buning o‘rniga ular Ukrainadagi voqealarga aloqadorlikda gumon qilingan shaxslar va kichik kompaniyalarga sanksiyalar qo‘yish bilan cheklanib turishibdi. Biz buni “aniq yo‘naltirilgan sanksiyalar” yoki katta ko‘lamdagi ehtimoliy zararni chetlab o‘tgan holda kichik o‘zgarishlar orqali kerakli natijani olishga qaratilgan sanksiyalar, deb atashimiz mumkin.
Butun millatdan ko‘ra mavjud rejimga sanksiya qo‘yish g‘oyasi siyosat oldida ojiz va rejim yaratgan inqirozga aloqasi bo‘lmagan aholini mushkul ahvolga tushib qolishdan asrashga yordam beradi. Chunki sanksiyalar, eng birinchi navbatda, oddiy aholiga ta’sir o‘tkazadi. Bunga Iroq misoli yaqqol dalildir. Bu mamlakatga iqtisodiy sanksiyalar kiritilganda aholining yashash standardi keskin tushib ketgan edi. Shunday holatda ham rejim aholi ahvolini yaxshilash uchun ko‘rsatilgan yordamni turli yo‘llar bilan talon-taroj qilgandi. 
Alohida shaxslarga sanksiyalar joriy etish g‘oyasi esa, asosan, Ukrain Inqirozi davomida paydo bo‘ldi. Rus korchalonlari yoki oligarxlar guruhining iqtisodiy manfaatlariga xujum qilish bilan G‘arb davlatlari Rossiyaning Ukrainaga nisbatan siyosatini o‘zgartirishga urinayotgandek qilib ko‘rinmoqchi. Bu yana bir qancha muhim savollarni yuzaga chiqaradi.
Rossiyaga qarshi sanksiyalardagi cheklovlar
Birinchidan, Rossiya liderlari nimaga ko‘proq ahamiyat beradi: qudratgami yoki pulgami, degan savolga javob topish lozim. 1990-yillarda pul qudratning asosi edi, hozirda ularning ikkisi ham qorishib ketgan: puldor ham qudratli shaxs ham hozirgi kunda deyarli bir hil ahamiyatga ega. Shu sababli iqtisodiy sanksiyalar Putin siyosatini o‘zgartira olishi aniq emas.
Bundan tashqari rus liderlari G‘arbning muzlatib qo‘yishidan saqlash uchun mablag‘ining bir qismini Rossiyada saqlaydi. Albatta, ko‘plab rus oligarxlarning mablag‘i mamlakatdan tashqariga chiqib ketgan, lekin hammasi ham emas. Shu sababli sanksiyaga uchragan shaxslar osonlik bilan cho‘kkalab qolishmaydi. Ular sanksiyalarga qarshi sanksiya bilan javob qaytarishi mumkin. Bunda ma’lum mablag‘ yo‘qotilsa ham, bu shaxslarning milliy obro‘si oshib ketadi va ular yo‘qotgan mablag‘ini qisqa muddatda qayta ishlab olish imkoniga ega.
Ikkinchidan, bu yerda o‘zaro mushtarak aktivlar haqida gap ketmoqda. Rus korchalonlari Rossiyada g‘arb mamlakatlari manfaati doirasidagi bir qancha kompaniyalarga sarmoya kiritganlar. Sodda qilib aytganda, taqiqqa uchragan shaxslarning ko‘pchiligi G‘arb bilan qo‘shma biznesga aloqador.
G‘arb yuz kelgan dilemma haqida aniqroq tasavvurga ega bo‘lish uchun Rosneft va G‘arbga oid neft kompaniyasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik mavjud deylik. Shunday vaziyatda G‘arb sanksiyalar bo‘yicha qanday yo‘l tutishi mumkin? G‘arb har ikki tomon manfaatdor aktivlarni shunchaki muzlatib qo‘yadimi? Sanksiyalar qora ro‘yxatida yo‘q bo‘lgan aksioner shaxslar bu masalaga qanday qaraydi?
Nisbatan kichik davlatni iqtisodiy jihatdan bo‘g‘ish imkoniyati yetarlicha. Lekin Rossiya dunyoning sakkizinchi eng yirik iqtisodiyoti bo‘lib, uni aniq yo‘naltirilgan sanksiyalar bilan iskanjaga olish deyarli imkonsiz.
Uchinchidan, siyosiy masalalarni ham e’tibordan chetda qoldirmaslik lozim. Qrim anneksiyasidan so‘ng Vladimir Putinning nufuzi anchayin yuqoriga o‘rladi. Sanksiyalarga javob qaytarish Putinga qiyinchilik tug‘dirishi mumkin. Chunki, u javobda muvaffaqiyatsizlikka uchragudek bo‘lsa, ommaning unga nisbatan ishonchi osonlik bilan yo‘qolishi mumkin.
Atayin besamar sanksiyalar
Qo‘shimcha qilish mumkin, AQSh qudratli harbiy kuchga ega rejimning yashab qolish uchun kurashiga xavf solishni istamaydi. Boshqacha qilib aytganda, Ukraina tufayli o‘zi tayyor bo‘lmagan keng ko‘lamli urushga kirib qolishni xohlamaydi. Shuningdek, Rossiya tomonidan atayin Vashingtonni tuzoqqa ilintirish uchun qo‘yilgan Yevropa-Rossiya aktivlarini muzlatmaslikka ham harakat qiladi.  
Obama ma’muriyatida samarali sanksiyalarni qo‘llamaslik uchun yetarlicha vaj mavjud. Agar bir yil oldin Rossiya-AQSh munosabatlari vaqti kelib hozirgi ko‘rinishga kelishini bashorat qilganda, hamma uning ustidan kulgan bo‘lar edi. Tashqi sarmoya AQSh iqtisodiyotining asosi hisoblanadi va siyosiy rahbarlar ham iqtisodiyot hamda biznes bilan chambarchas bog‘lanib ketganlar. Agar Siz Xitoy, Saudiya Arabistoni va Hindiston kabi Vashington bilan yetarlicha ixtilofga ega davlatning rahbari bo‘lsangiz, AQShga sarmoya kiritishdan oldin ming bora o‘ylab ko‘rgan bo‘lardingiz. Dunyoda esa bunday davlatlar talaygina.
Shu sababli AQSh sanksiyalari Rossiya siyosatini o‘zgartirishga qaratilmagan, balki shunchaki sanksiyalar orqali Vashington nimadir qilishga urinyotgandek tasavvur hosil qildirish uchun ishlab chiqilgan. Sanksiyalar AQSh Kongressi va Davlat Departamentidagi inson huquqlarini bayroq qilib ko‘taruvchilarni tinchlantirish uchun mo‘ljallangan. Ularga vaziyatni yaxshilash uchun nimadir qilinayotganini aytishmoqda, aslida esa xech narsa qilinmayapti. Biz yashayotgan shovqinli dunyoda xushyor rahbarlar ba’zida o‘zlarini nimadir qilayotgandek ko‘rsatishni afzal ko‘rishadi.
Jorj Fridman

“Stratfor” tahlil markazi

2 комментария:

  1. Насим Садиков9 мая 2014 г., 22:11

    Хохлаймизми, йукми, Россиядек кудратли давлат учун бу санкциялар умуман фойдасиз. Унинг устига, жахондаги купгина давлатлар АКШ нинг "Дунё Хукмдори" ролида уйнашидан чарчаб кетишди ва жахонда янги "инсофли" "хурмат киладиган" лидерни ич ичларидан кутиб утиришибди.

    ОтветитьУдалить
  2. Анонимный13 июля 2014 г., 01:04

    сутак, ерке булсанг охиригача турда куркок америка, гапирасан кулиндан хеч нарса кемеди аслида. качон якка якка уришган бу америкаси узи

    ОтветитьУдалить