25.09.2012

Suriya - Siyosiy krizisning asl sabablari

Hozirgi kunda butun xalqaro hamjamiyatni diqqat markazida turgan "Arab bahori" atalmish geopolitik jarayonlar bugungi biz tanigan dunyo siyosiy ko'rinishini tubdan o'zgartirib yuborishi mumkin.
Albatta bu holatni tushuntiruvchi bir nechta omillar mavjud, lekin "Arab bahori" dunyoning qudratli malakatlar orasidagi geopolitik muvozanatni o'zgartirib yuborishi mumkin. Bu to'qnashuvlardan esa qudratli mamlakatlar o'z foydasi uchun unumli foydalanib qolish harakatidadirlar. G'arb dunyosi bu qo'zg'olonlarni "aholining demokratiyaga bo'lgan intilishi" deb baholasa Rossiya va Xitoy esa bu xududlarda siyosiy mojarolarning xalqaro mojarolarga aylanib regionning notinch bo'lib qolishi va xavfli anarxiyalarning paydo bo'lishidan havfsiramoqda, albatta bu ideologiyalarning orqasida ikki tarafning ham iqtisodiy, ham strategik manfaatlari yo'q emas. Lekin shunisi qiziqki "Arab bahori" bizga jaxonning hozirgi tuzilishida faqatgina katta va qudratli davlatlarning rolinigina emas balki boshqa 2-chi yoki 3-chi darajali davlatlar rolining ham muhimligini ko'rsatib berdi. Jumladan Turkiya bu siyosiy o'zgarishlardan o'zining regiondagi mavqeini mustahkamlashda anchagina unumli foydalanmoqda desak mubolag'a qilmagan bo'lamiz.



Mavjud qo'zg'alishlarning deyarli barchasi siyosiy o'zgarish va reformalar, xukumatning almashinishi bilan tugadi, faqat Suriya bundan mustasno. Ho'sh nima uchun Suriyadagi "Arab bahori"ning bir yechimga kelishi qiyin bo'lmoqda? Nima uchun Liviyadagi Bashar Al Assad rejimidan ancha kuchli bo'lgan Kaddafi rejimining qulashi Suriyadagidan tez kechdiyu nima uchun bu yerda bunday xalqaro ikkilanish yuz bermoqda?
Albatta bu savollarga biz javob berishga harakat qilamiz. Quyida men Fransiya va Germaniya hamkorligida asos solingan ARTE telekanalining Xaritalar Uzra deb nomlanuvchi videolavhasini o'zbek tiliga tarjima qildim. Bu video xurmatli blog o'quvchilariga Suriyadagi ahvolga Yevropa Ittifoqini yondashuvi qandayligini ko'rsatibgina qolmay, balki Suriyaning qo'zg'olonlarga qadar shakllanishidagi muhim vodealardan ham bohabar qiladi. Bu esa bizga Suriyaning geografik joylashuvi, tarixi, aholisining tarkibi va diniy kompozitsiyasi bu mamlakatdagi bo'layotgan voqea hodisalarga juda katta ta'sir qilishini tushuntirib beradi.

Bu ko'rsatuvning birinchi qismi bo'lib unda Suriyaning 2011-yil mart oyigacha bo'lgan evolyutsiyasi qisqa ravishda tushintirilgan. Ko'rsatuvni davomini tez kunlarda tarjima qilib blogga qo'yamiz. Unda Suriyaning ichki va tashqi siyosatini, xalqaro maydondagi qo'llab quvvatlovchilari va qoralovchi kuchlarning tavsifi berilgan.




                               



Комментариев нет:

Отправить комментарий