12.11.2012

Haqiqatda Sharqdagi urushlar neft uchunmi?

  Alan Grinspin, Jon Makkeyn, Jorj Bush, Sara Polin va boshqa siyosatchi, yuqori mansabli davlat amaldorlariga ko`ra Iroqdagi urush haqiqatda neft uchun edi.



Dik Cheyni 11-sentyabr voqealaridan keyin Iroq neft konlarini birinchi darajadagi milliy masala darajasiga ko`tardi.

“The Sunday” shunday yozadi:

“9/11 dan 5 oy oldin AQSH Iroq neft konlarini nazoratga olish maqsadida… Iroqqa qarshi targ`ibot amallarini boshladi…” 


  Fransuz maxfiy xizmatiga ko`ra Afg`on urushi 9/11 dan ancha oldin rejalashtirilgan. AQSHning maqsadi Afg`oniston orqali quvurlarda Markaziy Osiyodan neftni oson va arzon transport qilish edi. 11-sentyabrdan ozgina oldin AQSH Tolibon hukumatiga tanlash uchun ikki yo`l taklif qildi: Vashington manfaatlarini himoya qilish va ko`plab madadga ega bo`lish yoki AQSHning Afg`on hududiga kirishiga qarshilik qilish va bombalar yomg`iri ostida qolish.

Kongresmen Ed Merkey shunday degan edi:

“Biz neft tufayli Liviyadamiz.”

Va AQSH va Angliya neft sanoatini milliylashtirilishini e`lon qilgani uchun Eronning qonuniy rahbariga bosimlar o`tkazishni boshlashdi.
Bu GAZ uchun urush edi…


  Jon Bolton o`tgan yili shunday degan edi:

 “Biz iqtisodiyotimizni neft ta`minotidan mahrum bo`lib qolishi yoki neftni juda yuqori narxda sotib olishdan saqlanish uchun juda ko`p urushlarni boshdan kechirdik. ”

Afg`onistondan o`tkazilishi rejalashtirilgan quvurlardan AQSH neft bilan birga tabiiy gazni ham transport qilishni xohlagan edi.

Jon S.K Deyli yozadi:

 “7.6 mlrd dollarga baholangan 1,040 mil (tahminan 1600 km) uzunlikdagi TAPI (Turkmaniston-Afg`oniston-Pakiston-Hindiston) tabiiy gaz quvuri uzoq tarixga ega. Bu quvur to`g`risidagi taklif 1995-yili Turkmaniston va Pokiston o`rtasida imzolangan kelishuv memorandumi ortidan o`rtaga tashlangan, ya`ni Tolibon hali Qobulni egallamasdan oldin. TAPI bir yilda 33 mlrd kub metr turkman gazini transport qilish quvvatiga ega bo`lib, Turkmanistonning Davlatobod gaz konlaridan Afg`oniston, Pokiston va Hindistonning Fazilka shahrigacha cho`zilishi rejalashtirilgan edi.”

  TAPI uchun Tolibonning roziligi kerak edi. Unocal nomli AQSH kompaniyasi Central Asian Gas Pipeline Ltd. Konsorsiumini tashkil qildi. Tolibon delegatsiyasi AQSHga parvoz qilib, Hyustonda joylashgan Unocal shtab-kvartirasida loyihani imzoladi.

 Tolibon delegatsiyasining AQSHga tashrifi hukumat mediasi tomonidan e`tirof etilgan edi. Buni quyidagi surat ham tasdiqlaydi. Bu surat Unocol shtab kvartirasida olingan:


  AQSH hukumatidan madad olgan Unocol va Enron kabi kompaniyalar 2001-yilgacha neft quvurlari qurilishi va xavfsizligini ta`minlash maqsadida Tolibon bilan bir qancha “iliq” suhbatlar o`tkazib kelishgan.

  Mahfiy hizmatda katta tajribaga ega bo`lgan ikki fransuz tahlilchilari ham buni tasdiqlashadi :

  “2001-yilning avgustigacha AQSH Tolibonni Markaziy Osiyodagi barqarorlik manbasi sifatida ko`rdi. Tolibon O`zbekiston, Turkmaniston va Qozog`istoning boy neft konlaridan boshlanib, Afg`oniston va Pokistondan to Hind okeanigacha cho`zilib ketgan qurilajak neft quvurlari xavfsizligi kafolatchisiga aylanishi lozim edi. O`sha paytda Markaziy Osiyo konlari Rossiya tomonidan tom ma`noda nazoratga olingan bo`lib, Bush hukumati bun holatga chek qo`yishga harakat qildi.”

***

  Tolibonning nafsi hakalak otib, tranzit uchun katta miqdorda to`lov so`radi va natijada muzokaralar deyarli to`xtab qoldi. AQSHning g`azabi ortdi. 2001-yilning iyulida Genuyada bo`lib o`tgan Katta Sakkizlik sammitida G`arb diplomatlari AQSH joriy yilning oxirigacha Tolibon hukumatini ag`darib tashlashni rejalashtirayotganiga ishora qilishdi. 11-sentyabr voqealari esa shunchaki rejani tezlashtirib yubordi.

  Sal o`tmay Afg`on urushi boshlandi. Karzay prezident bo`ldi (tasdiqlanmagan ma`lumotlarga qaraganda Karzay Unocol konsultanti bo`lgan). Roppa-rosa bir yildan so`ng AQSH yangi Afg`on hukumati bilan TAPI bo`yicha kelishuv imzoladi.

  Hindiston ham TAPIni imzoladi. Shu bilan TAPI uchun raqobatchi hisoblangan IPI (Eron-Pokiston-Hindiston) quvuri barbod etildi.

Quvur-orzular

 Haqiqatda, ayni vaqtdagi global geosiyosiy raqobatlarning deyarli barchasi kim “Yangi Ipak Yo`li”ni boshqarishiga bog`liq bo`lib qolgan.

  Buni tushunib olish uchun quyidagi xaritalarni diqqat bilan ko`rib chiqish kerak:


  Bu yerda esa Hindiston TAPIni imzolashidan Eron va AQSH tomonidan rejalashtirilgan ikki raqobatchi quvurlar tizimini ko`rish mumkin:


Xaritalardan ko`rinib turibdiki, bir tomondan AQSH va uning ittifoqchilari, ikkinchi tomondan Rossiya, Xitoy, Eron o`rtasidagi geosiyosiy urush avjiga chiqmoqda.

Eron va Pokiston Hindistonni qo`shmagan holda va albatta Rossiyaning ko`rinmas homiyligida ostida yangi quvurlar tizimini barpo etish borasida muzokaralar olib borishmoqda.

Haqiqatda, ayni chog`da, “Buyuk O`yin” Rossiya va AQSH tomonidan Yevroosiyo neft va tabiiy gaz zahiralarini nazorat qilish maqsadida o`ynalmoqda:

"Sovet Ittifoqi qulagan bo`lsa ham, Rossiya Amerikani Markaziy Osiyodan siqib chiqarishda muqim turib kelyapti. AQSH Yevropa Ittifoqi energetika ta`minotini o`zgartirish, birinchi navbatda Rossiya dominantligidan xalos etishni istayotgan bir paytda, Rossiya Yevropaning o`z gaziga qaramligini oshirishni ko`zlamoqda. Allaqachon Yevropani rus gazi bilan ta`minlaydigan 3 ta quvurlar tizimi barpo etilgan bo`lib, Rossiya yana ikki quvurni rejalashtirib qo`ygan."

Tobora qudrati o`sib borayotgan Xitoy ham bu “Buyuk O`yin”ga aralashib qolmoqda:

“Yangi Buyuk O`yin”dagi uchinchi “katta o`yinchi” Xitoydir. Xitoy deyarli dunyoning birinchi raqamli energiya iste`molchisiga aylangan bo`lib, allaqachon Turkmaniston gazini Markaziy Osiyo-Xitoy nomi bilan ma`lum quvurda O`zbekiston va Qozoqiston orqali Shinjon provinsiyasiga transport qilishni yo`lga qo`yib ulgurgan. Pepe Eskobar 2009-yilda ishga tushurilgan bu quvurni 21-asrning Yangi Ipak Yo`liga debocha deb ataydi. Xitoyning energiyaga bo`lgan talabini 150 foizga oshirishni rejalashtirgan bo`lib, buning uchun faqatgina Markaziy Osiyo davlatlari bilan emas, balki og`ir sanksiyalar qo`yilgan Afg`oniston va Eron bilan ham energetik aloqalar o`rnatishga harakat qilmoqda. Xitoy o`z hududidan o`tadigan 5 ta G`arb–Sharq gaz quvurlari tizimini yaratishni maqsad qilib qo`ygan. Shulardan biri (Shinjon-Shanxay) amalda ishlayapgan bo`lib, qolganlari qurilish ostida va Markaziy Osiyo gaz zahiralariga ulanadi.

Xitoy, shuningdek, TAPIga muqobil: Turkmaniston-Afg`on-Xitoy quvuri taklifini ham o`rtaga tashlamoqda.

  Eronni ham muhim “o`yinchi” deb hisoblash mumkin:

"Boshqa bir muhim mamlakat-Erondir. U gaz zahiralari bo`yicha ikkinchi o`rinda turadi va 2009-yili kuniga 4.17 mln barrel bilan jami 93 mlrd barrel neft ishlab chiqargan. Eronning faol “o`yinchi” ekani AQSHning g`ashiga tegadi. 1997-yilda ishga tushurilgan Eron-Turkmaniston gaz quvuri Markaziy Osiyodan tashqariga chiqqan ilk quvur edi. Bundan tashqari, Eron Xitoy bilan 120 mlrd dollarlik gaz-qidiruv kelishuviga ham ega. 2004-yilda imzolangan bu kelishuvga ko`ra Eron 25 yil davomida yiliga 10 mln tonna atrofida suyultirilgan gazni Xitoyga yetkazib berishi kerak. Bundan tashqari Xitoy Eron hududida shunga o`xshash boshqa qidiruv va burg`ulash ishlarida ham ishtirok etish huquqiga ega. Eron shuningdek, o`z gazini AQSHning Nabucco quvuriga raqobatchi sifatida ko`riladigan Fors Gazi quvuri orqali Yevropaga ham sotishni rejalashtirgan."

Xitoy Eronni neft va gaz uchun dastaklaydi:

"Xitoy haqida gap ketarkan Vashington sanksiyalarini bir nigoh tashlamasdan rad etgan va dunyodan tobora ajratib qo`yilayotgan Eron Xitoyning birinchili darajali milliy xavfsizlik masalasiga aylanib borayotganini alohida ta`kidlash zarur. Sababi Xitoy Eron neft va gazini arzon narxda oladi hamda o`z navbatida Eron Xitoyni yangi sanksiyalardan himoyachi sifatida ko`radi."

Nega Suriya?


Savol tug`ladi: nega ayni damda Suriyaga e`tibor kuchaymoqda?

Bunga shunday javob berish mumkin: Suriya 1,200 kmli rejalashtirilayotgan Arab Gazi quvurining eng muhim qismi hisoblanadi:




 Shunday qilib, rejim o`zgartilishi Suriyaga qarshi 20 yil oldin rejalashtirilgan (shu bilan birga Liviya,Iroq,
Livan, Somali, Sudan va Eronga ham) edi.

 Suriyaning Arab Gazi quvurlar tarmog`ida tutgan markaziy roli esa nega aynan Suriya nishonga olinilayotganini anglab yetishda kalit vaziasini o`taydi.

  Xuddi Tolibon Unocol quvurlari tranziti uchun ko`p xaq talab qilgandan keyin xujumlarga uchragani kabi, Assad ham ishonchli “o`yinchi” sifatida ortiq ko`rilmay qo`yilgani uchun “boshi balodan chiqmayapti”.


  Parokanda bo`lib borayotgan Suriya o`zining yaqin ittifoqdoshlari Eron, Rossiya va Xitoyni ham kuchsizlanishiga sabab bo`lmoqda.
  Aynan Turkiya, Isroil va AQSH Suriya orqali gaz oqimi o`tishini istashadi va Suriya hukumati bu
yo`lda to`g`anoq bo`lishiga yoda katta ulush talab qilishiga chidab turisha olmaydi.



  Parokanda bo`lib borayotgan Suriya o`zining yaqin ittifoqdoshlari Eron, Rossiya va Xitoyni ham kuchsizlanishiga sabab bo`lmoqda.
Pepe Eskobar ayni vaqtdagi global geosiyosiy tendensiyalarni nima harakatlantirib turayotganini xulosa qiladi:

"Mana siz Erondan to Tinch okeangacha cho`zilgan ulkan energetik jang maydonida nimalar bo`layotgani haqida gapiryapmiz. Bu yerda shuningdek, Yevroosiyo boshqaruvini qo`lga olish uchun ham “suyuqlik” urushi ketmoqda.
Ha, barchasi “qora” va “ko`k” (tabiiy gaz) oltinlarga borib taqalmoqda va doimo jannatdagi sut daryosidek mavjlanib, oqib turuvchi yangi dunyo-Quvuristonga sayohat qilish vaqti keldi…"
  

Комментариев нет:

Отправить комментарий