29.12.2012

Yangi yilni nishonlash "harom"mi?


Xurmatli blogimiz o'quvchilari, bu maqolani yozishdan oldin biz ko'p ikkilandik, bir tomondan bunday mavzularning geopolitikaga aloqasi yo'qday ko'rinsa boshqa tarafdan, jamiyatdagi o'zgarishlar geopolitik muvozanatlarga kuchli ta'sir ko'rsatishi mumkin. Masalan O'zbekistonda Islomning o'rnini kuchayishi va uning radikallashuvi bu mamlakatning kelajakdagi siyosiy vaziyatiga va xalqaro maydondagi tutgan o'rniga keskin ta'sir ko'rsatishi turgan gap. Shuning uchun biz bu maqolani omma e'tiboriga havola qilishga qaror qildik. 



"Qorboboga hujum" rus karikaturasi



Oxirgi paytlarda internetda va ijtimoiy tarmoqlarda O'zbek xalqining Yangi Yil bayramini nishonlash kerakmi yoki yo'qmi degan savol ustida ancha bahslar va munozaralar bo'lib o'tmoqda. Biz ham shu masalaga oydinlik kiritish maqsadida Yangi Yil bayramining asl ildizlarini va hozirgi o'zbek jamiyatida tutgan o'rni haqida to'htalib o'tmoqchimiz. Zora bu maqolamiz ayrim insonlarning bu bayramni nishonlas yoki nishonlamaslik to'g'risidagi qarorni qabul qilishlariga yordam bersa.

Avvalambor Yangi Yil bayrami tushunchasi haqida. Yangi Yil bayrami insoniyatning eng qadimgi bayramlaridan biri bo'lib, qadimgi Bobil va qadimgi Misrda eramizdan avvalgi  3000 yillikda birinchi marta nishonlanishni boshlagan. Garchi Yangi Yil sanalari ma'lum sivilizatsiyalar va madaniyatlarda turlicha nishonlangan bo'lishiga qaramasdan bayramning tub mohiyati bir hilligicha qolib kelgan, ya'ni Yangi Yil bu yangilanish, yangi maqsadlar va o'tgan yilda qilingan ishlar yuzasidan ijobiy tahlil qilishga asoslangan. Masalan qadimgi Misrda Yangi Yil bayrami Nil daryosining eng to'lib toshgan davriga, ya'ni Sentyabr oylariga to'g'ri kelgan bo'lib, misrliklar uchun bu davr dexqonchilik uchun yangi davrni boshlanishi hisoblanib, Ra xudosi sharafiga bayram o'tkizilib qurbonliklar qilingan. Bobilda yangi yil bahorning birinchi oyidagi yangi oyning tug'ilishi davriga to'g'ri kelib dexqonchilik uchun yangi davrni boshlanishi bo'lib, yangi yilda dexqonchilikni mo'l ko'l bo'lishini so'rab mabudlar sharafiga qurbonliklar qilinib bayram qilingan. Bizning qadimgi O'rta Osiyoda yangi yil Zardushtiylik udumlariga ko'ra bahorning dastlabki oylarida nishonlangan bo'lib, ko'kalamzorlikning kelishi va tabiatning uyg'onishi sifatida nishonlangan. Biz hozirgi kunda nishonlaydigan Navro'z bayramimiz ana shu Zardo'shtiylardan qolgan urf-odatlarning mevasidir va uni hozirgi dinimiz Islomga umuman aloqadorligi yo'qdir. Undan tashqari barcha davrlarda Yangi Yil bayrami turli hil dinlarga bog'liq holda nishonlanishiga qaramasdan, bu bayram tub ma'nosi jihatidan DINIY bayram emas, ko'proq IJTIMOIY bayram sifatida nishonlangan.
Tarixda birinchi mata rasmiy jihatdan Yangi Yil bayrami qadimgi Rim imperiyasida Yuliy Sezar tomonidan er.avv. 46-yilda ta'sis etilgan bo'lib u 1 Yanvar deb e'lon qilingan. Bu bayramga asos qilinib qadimgi Rimdagi xudolardan biri Janus xudosi olingan bo'lib, u yangi yilning boshi va eski yilning ohirida tug'ilganligi aytiladi. Uning yuzi ikki tomonlama bo'lib, bir yuzi eski yilga, ikkinchi yuzi yangi yilga qaratilgan bo'lgan. 1-yanvar kuni qadimgi Rimda katta bayram tashkil etilgan bo'lib Janus xudosi sharafiga turli hil sovg'a salomlar ulashilgan. Lekin shu o'rinda bir narsani ta'kidlab o'tish lozim Rimliklar kalendari bo'yicha Yanvar oyi hozirgi dunyoda ishlatiladigan Grigorian kalendarining mart oyiga to'g'ri kelgan. 



Rimliklarning Janus xudosining byusti

Rim imperiyasining qulashi va Xristianizmning keng tarqalishi bilan Yangi Yil bayramini nishonlash har bir mamlakatda turlicha yo'nalish oladi. Masalan Angliyada yangi yil aprel oyida nishonlansa, Fransiyada bu sana Paxsa bayrami haftasining birinchi kuniga to'g'ri keladi, Xitoyliklarda 20-yanvar va 18-fevral oralig'ida har yilgi kalendarning o'zgarishiga qarab o'zgargan, Provaslav cherkovidagi xalqlarda (jumladan Ruslarda) yangi yil 13-yanvar atrofida nishonlangan, Italiyada esa Yangi Yil Iso alayhsalomni tug'ilgan kuni 25-dekabrda nishonlangan. Xullas bu bayram xar bir xalqning iqlimi, hayot tarzi va jamiyatining rivojlanishiga qarab o'zgargan. O'rta Osiyo va Yaqin sharqda bu bayram asosan bahorda nishonlangan bo'lib, keyinchalik Islomning kirib kelishi bilan ko'pchilik xalqlar bu bayramni nishonlashdan voz kechishgan, O'rta Osiyo, Eron va boshqa Navro'z bayramini nishonlovchi xalqlar bundan mustasno. Islomning jamiyatga kuchli ta'siriga qaramasdan ayrim jamiyatlar o'zlarining an'analaridan butunlay voz kechmaganlar, uni o'rniga o'zlarining qadriyatlarini Islom bilan moslashtirishga harakat qilganlar, O'rta Osiyo xalqlarining bugungi hayot tarzi bunga yaqqol misol bo'la oladi.
Lekin hatto Islom dinida ham Yangi Yil mavjud bo'lib u 15-16 iyul oylariga to'g'ri kelib, Muharram deb ataladi. Aynan 622-yil 15 yoki 16 iyuldan boshlab Musulmonlar uchun Hijriy yil boshlangan hisoblanadi. Lekin bu sanalarning Islomda bayram sifatida o'tkazilishi hamon bahsli bo'lib qolmoqda. Shia mazhabidagilar uchun bu sana muqaddas hisoblansa, Sunniylarda bu sanani bayram sifatida nishonlash bidat sifatida qaraladi. Lekin u ikkita mazhabdagi turli diniy yo'nalishlarga qarab o'zgarishi mumkin. Shuningdek Islom dini boshqa sivilizatsiyalar mahsuli bo'lgan barcha Yangi Yil bayramlarini (1-yanvar, 21-mart, Xitoy yangi yili, Iso alayhsalom tug'ilgan kuni) qatiyan rad qiladi.
Ho'sh agar Yangi Yil turli xalq va dinlarda turlicha nishonlangan bo'lsa nima uchun aynan 1-yanvar kunini yangi yil sifatida nishonlaymiz degan savol tug'iladi. 1582-yilda Papa Grigorian, eski Yuliy kalendaridagi xatolarni tuzatuvchi yangi kalendarni taklif qiladi, unga ko'ra yil boshi 25-dekabrda emas, balki 1-yanvarda boshlanishi nazarda tutiladi. Lekin bu kunni bayram sifatida nishonlash haqida Grigorianning tavsiyalari umuman yo'q, bu kalendar faqatgina Yuliy kalendaridagi xatoliklarni tuzatish uchungina taqdim qilingan, lekin Xristianlarning eng asosiy bayrami 25-dekabrligicha qoldirilgan. Lekin asta sekinlik bilan Yevropada uyg'onish davrining ohirlariga kelib Cherkovdan ajralish yaqqol sezila boshladi. Mamlakatlardagi inqiloblarning boshlanishi bilan Katolik cherkovining obro'si yemirilib, davlatlarning ichki siyosatiga ta'sirini deyarli yo'qotdi. XIX-asrning ohiri va XX-asrning boshlarida butun Yevropa davlatlari dunyoviy davlatlarga aylanib bo'ldi. Undan tashqari Protestanizmning keng miqyosda yoyilishi bilan Katolik cherkovi butunlay nazoratni qo'ldan chiqarib qo'ydi. XX-asrning boshlaridan boshlab Yangi Yil bayrami nishonlanishi keng tarqaldi va Katolik cherkoviga qarama qarshi ravishda Iso masihning tug'ilgan kuni bo'lmish (rojdestvo) 25-dekabrga raqobatchi bayram sifatida 1-yanvar, Yangi Yil bayrami paydo bo'ldi. Eslatib o'tamiz hozirgi kunda ham Yangi Yil bayrami Xristianlar uchun (diniy) bayram hisoblanmaydi va Xristianizmga to'liq amal qiluvchilar bu bayramni nishonlashmaydi, Katolik va Provaslav cherkovlari uchun bu bayram salbiy ahamiyatga ega bo'lib, odamlarning ohiratni o'ylamasdan xursandchilik qilishlari va yeb ichishlari katta gunohdir deb hisoblanadi.
Endi O'rta Osiyoda Yangi Yilning nishonlanishiga kelsak. Yuqorida aytib o'tganimizdek O'rta Osiyoda Yangi Yil (Navro'z) har doim ham nishonlanib kelgan. Yangi Yilning bizning madaniyatimizga kirib kelishi Chor Rossiyasi bilan emas balki Sovet Ittifoqi bilan bog'liqdir. Garchi 1-yanvar yilning birinchi kuni sifatida 1699-yilda Yevropaga hayrihohlik munosabatida bo'lgan Pyotr I tomonidan tayinlangan bo'lsada u Rus Imperiyasida eng katta bayramlar sirasiga kirishga ulgurmagan edi. Undan tashqari Chor Rossiyasining bosqini bilan O'rta Osiyodagi udumlar va aqidalar o'zgarmasdan qoldi, chunki Rus generallari Musulmonlarning Jihod (Kofirlarga qarshi muqaddas urush) nomi ostida birlashib ularga qarshi qo'zg'olonidan juda havfsirashar edi. Ular uchun siyosiy va mafkuraviy jihatdan bo'lingan xonlik va amirliklarni o'z holiga tashlab qo'yib boshqarish muhimroq edi, chunki Islomiy qadriyatlarni o'zgartirishga bo'lgan harakatlar mahalliy xonliklarni Islomga bo'lgan xurmati tufayli birlashishiga olib kelishi mumkin edi. 1917-yildagi Kommunistik inqilobdan so'ngina O'rta Osiyoga haqiqiy madaniy va ijtimoiy ta'sir o'tkazish boshlandi. 1917-1922 yillarda bo'lib o'tgan Fuqarolik urushi va Bosmachilik harakatlarini ayovsiz ravishda bostirilishi bilan, Sovetlar bu hududda milliy chegaralanishni amalga oshirdilar. Eski qadriyatlarni yo'q qilish hisobiga aholi uchun yangi qadriyatlar mafkurasi singdira boshlandi. Hammamizga ma'lumki Sovet Ittifoqi Marksizm-Leninizm mafkuralari asosiga qurilgan bo'lib, unda har qanday din va diniy an'analar qattiq qarshilikka uchragan. Lekin Sovetlar O'rta Osiyoda Navro'zni nishonlanishiga qattiq qarshilik ko'rsatmadilar, aksincha bu bayramni fundamental Islomga to'siq sifatida saqlab qolishni ma'qul ko'rdilar. Shuningdek Sovet ideologiyasini yaratish maqsadida 1-yanvarni Yangi Yil bayrami deb e'lon qildilar. Butun Sovet Ittifoqida bu bayram garchi Provaslav cherkovi, Islom dini va boshqa aqidalarga qarama qarshi bo'lishiga qaramasdan eng asosiy bayramlardan biri sifatida keng miqyosda nishonlanib keldi.
Hozirgi kunda 1-yanvar dunyoviy bayram bo'lib, dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida eng asosiy bayram sifatida nishonlanadi, diniy qonunlarga asoslanib qurilgan jamiyatlar bundan mustasno. Ko'p diniy ulamolar bu bayramga boshqa dinning mahsuli tufayli qarshilik bildirishsada, haqiqatda 1-yanvar hech qanday diniy hususiyatga ega emas. Ko'pchilik Imomlarimiz bu bayramni nishonlamaslikni ta'kidlaydilar, buning asosiy sababi qilib bu bayramning Xristianizmdan kelib chiqganini ta'kidlashadi. Aslida esa Xristianlarning o'zi ham bu bayramni Majusiylarning bayrami sifatida rad qilishadi. Yangi yildagi Archa, Qorbobo, Qorqiz obrazlari bayramning Shimol xalqlari ertaklaridan ilhomlanganligini yaqqol ko'rsatadi, lekin unga diniy tus berishimizga asos bo'la olmaydi.
Yuqorida aytib o'tganimdek Yangi Yil hozirgi kunda IJTIMOIY bayramlardan biridir, uni nishonlanishida hech qaysi bir dinga aloqadorlik yoki aloqasizlik ta'kidlanmaydi. Faqatgina shu kuni ko'pchilik yig'ilib bir biriga yangi kelayotgan yilda omadlar tilashadi va sovg'alar ulashishadi. Masalaning eng asosiy tomonlaridan biri esa bu jamiyatlarning rivojlanishidir. O'zbek jamiyati jumladan dunyoviy jamiyat bo'lib, undagi ko'pchilik qadriyatlar hech qaysi dinga asoslanmagan, balki ming yillar davomida jamiyat evolyutsiyasining ma'sulidir. To'g'ri ko'pchilik O'zbek jamiyati avvalambor musulmon jamiyati deb hisoblashi mumkin, lekin unda bizni boshqa musulmon jamiyatlaridan farqimiz nimada bo'lishi mumkin? Biz o'zbeklar Islom yo'lida o'zimizning milliy qadriyatlarimizdan kechishga tayyormizmi? Islomga binoan biz Navro'z bayramini ta'qiqlashga rozi bo'lmaizmi degan bir qator dolzarb savollar tug'iladi. Bularga men yoki boshqa bir indivud javob bera olmaydi, bu savollarga javobni faqatgina kelajakda O'zbek jamiyatini o'zi umumiy qilib bera oladi. Bizning diniy aqidalarimizdan nozik qurol sifatida foydalanib madaniyatimiz va milliy an'analarimizni o'zgartirishga bo'lgan harakatlar esa juda ham shubhali bo'lib, ularning ortida nafaqat diniy balki ulkan siyosiy maqsadlar yashiringan bo'lishi mumkin.

5 комментариев:

  1. Judayam to'liq va tushunarli! Shu maqolani endi gazeta yoki jurnalda chop etib, xalqga tushuntirish kerak.

    ОтветитьУдалить
  2. Этот комментарий был удален автором.

    ОтветитьУдалить
  3. Avtor, ahmoqlikda cheksizlikka qarab intilar ekansanda...

    Aynan senga bagishlab tuliq bir maqola yozgan bulardimku, lekin sen shu raddiya kommentdan boshqasiga arzimaysan!!! Balkim bu komment ham senga xayf!

    Senga savolim: maqolangda uzi nima demoqchi bulgansan, ahmoq??? Uzingni fikring bormi? Faqatgina tarixni keltirib, oxirida chala, oqsoq va orfografik xatolarga tula fikringni yoritishga harakat qilgansan. 4 - sinf uquvchisi ham sendan yahshiroq fikrina yorita oladi, sen ahmoq bulsa butun bir jurnalistman deb kuksinga urib maqola yozib utiribsan, xalqni miyasini aynitib...

    Xayf senga! Ahmoq!

    ОтветитьУдалить
  4. raddiya! o'zingiz turli hudolarga boradi bu bayram nishonlanishi deb yana diniy bayram emas degansiz! qanaqasiga kim berdi bu fatvoni unda nimaga archa atrofida aylanasiz archa bezatasiz. bu sababini men aytaman sabab xristianlar iloxi(musulmonlar uchun payg‘ambar) Iso archa tagida tug'ilgan shuning uchun archa doimo yashil rangda deb e'tiqod qilishadi. bu ochiqchasiga aytish mumkinki diniy bayram

    ОтветитьУдалить