02.03.2013

Xaritalar Uzra: Urush san'ati

Biz siz bilan o'tgan ko'rsatuvimizda Urush va Tinchlik iboralarining tub ma'nosini va dunyoda aks ettirilishini ko'rib chiqqan edik. Bugungi ko'rsatuvimiz esa yana o'sha Urush va Tinchlik masalalarida asosiy o'rinni egallovchi Urush san'ati ya'ni Strategiyaga bag'ishlanadi.
Stategiya so'zi grekchadan olingan bo'lib "Stratos" Armiya "agains" boshqarish so'zlaridan kelib chiqib qo'mondonlik qilish, armiyalarni boshqarish ma'nosini beradi. Bugungi manfaatlar va siyosiy qarashlar qorishgan dunyoda har bir mamlakat o'z strategiyasiga o'ta katta e'tibor ajratadi. Lekin o'ylashimizga qarshi o'laroq Strategiya faqat harbiy sohada ishlatiladigan so'z bo'lmasdan, u o'z navbatida iqtisodiy, siyosiy yoki moliyaviy bo'lishi mumkin. Shunga qaramasdan biz uchun Strategiya aynan urushlarni, interventsiyalarni anglatadi.

Ho'sh nima uchun? Chunki dastlab ommaning ko'pchiligi mamlakatlarning iqtisodiy va moliyaviy strategiyalaridan behabardirlar, siyosiy strategiyalarga esa faqat yuzaki omma uchun qilinayotgan siyosiy o'yinlar sifatida qarash oddiy holat bo'lib qoldi. Lekin ohirgi yillarda dunyoda siyosatning o'rni muhim o'rinlarni egalladi, umumiy hisobda dunyo mamlakatlari demokratik tizim tomon siljish kuzatildi. Buning oqibatida ko'pchilik mamlakatlarning siyosati to'g'ridan to'g'ri ularning ommasining fikri bilan bog'liq bo'lib qoldi. Saylovlarda yutqazishdan havfsiragan hukumat boshliqlar omma talabiga bo'ysunishga majbur bo'lib qoldilar. Bu dunyo strategiyasida yahsilanish olib kelgani yoki yomon ahvolga solgani bu boshqa masala. Asosiysi, siyosiy strategiyani yuzaki baholashdan o'zini tiygan ma'qulroq. Chunki har bir jamiyat o'ziga hos bo'lib ayrim totalitar tizimda yashovchi aholi demokratik tizimda prezidentlarning ommaning fikridan cho'chishini tasavvur qila olmaydilar, yoki buni teskarisi. Dunyodagi ko'pchilik urushlar va mojarlarni ochiq va mahfiy diplomatik kanallari tufayli oldi olinadi. Albatta har doim ham bu metod mamlakatlar kutganidek natija bermasligi mumkin. Ana shu holatdagina ular harbiy strategiyaga joyni bo'shatadilar.
Harbiy harakatlar boshlangandan so'ng voqealarni to'htatish yoki sekinlashtirish juda qiyindir. Chunki hozirgi zamonaviy texnologiyalar bilan bo'ktirilgan armiyalar urushlarni bir nechta kunlarni ichida taqdirini hal qilib qo'yishlari mumkin. Albatta bu mamlakatlarning oldiga qo'ygan maqsadga ham bog'liq.
Nima aslida urushdan maqsad? Raqibni yanchib tashlashmi yoki zaiflashtirishmi? Bu savol ham o'z navbatida bir so'z bilan javob berish qiyin savollar ro'yhatidan joy oladi. Har bir mamlakat ma'lum bir hududga hujum qilishdan oldin asosiy maqsadlar qo'yadi. Lekin uni asl maqsadini aniqlash qiyin masala. Masalan AQShning Iroqqa hujum qilinishining asosi Saddam Husayin rejimini umumbuzg'unchi qurollarni saqlash degan ayblovi bo'lgan. Lekin urushdan bir nechta oy o'tmasdanoq, Saddam rejimida hech qanday yadro, bilologik yoki kimyoviy qurollar yo'qligi ma'lum bo'ldi, shunga qaramasdan operatsiyalar davom etdi. Demak shu o'rinda AQShning Iroqqa hujum qilishidan "haqiqiy maqsadi" nima edi degan asosli savolni berishimiz tayin. Javoblar fikrlovchi insonning dunyoqarashi, yashayotgan jamiyati yoki siyosiy qarashlariga qarab turlicha bo'lishi mumkin. Lekin shu narsa aniqki AQSh Iroqqa qilgan hujumida Yado qurollari haqidagi axborotlar bahona qilib ko'rsatganligi Jorj Bush administratsiyasini strategik no'noqligini ko'rsatib berdi. Eslatib o'taman, oldingi ko'rsatuvimizda aytganimdek har bir urush qaysi davlat yoki guruh tomonidan boshlanishiga qaramasdan u ma'lum manfaatlarni ko'zlaydi, AQSh ham bundan holi emas. Lekin o'z navbatida Saddam rejimini faqat jabrlanuvchi sifatida ko'rish ham unchalik to'g'ri bo'lmaydi. Saddam Husayin hukumatining qulashi ham o'z navbatida uning strategik hatosi tufayli ekanligini unutmaslik lozim.
Albatta ko'pchilik o'quvchilarim bu kabi fikrlashni bag'ritoshlik yoki o'ta sovuqqonlikka yo'yishligi mumkin, to'g'ri, buni shunday atashimiz mumkin, chunki biz jaxon harbiy Strategiyasi haqida mulohaza qilyapmiz, demak firklashimizning mantig'ini ratsionallik to'laligicha egallashi shart, aks holda bizning hissiy zaifligimiz biz boshqarayotgan yoki ma'lum rol o'ynayotgan mamlakatimizning, uning xalqini fojeaga boshlashi mumkin.







Комментариев нет:

Отправить комментарий