07.10.2013

ARMIYASIZ DAVLATLAR

So'ngi yillarda dunyoda harbiy byudjetga ajratilgan umumiy mablag' sovuq urush yillaridan ham oshib ketdi. Urushlar esa tobora davlatlar orasida emas balki davlatlar ichida avj olmoqda, ayniqsa shaxar va aholi poselkalarida. Bunday holatda armiyaga bo'lgan muhtojlik oshadi, uni ustiga uni ichki urushlarga moslashtirishni ham talab qiladi.
Otto fon Bismarkning shunday so'zlari bor: Tinchlik yashashni xoxlasang urushga tayorgarlik ko'r. Dunyoning deyarli barcha davlatlari o'z xafsizligini taminlash maqsadida qurolli kuchlarga ega. Lekin yer sharida shunday davlatlar xam borki, ular mutlaqo armiyaga ega emaslar. Etiboringizga qurroli kuchlardan voz kechgan 10 davlat xaqida malumotlarni taqdim etaman.




 Vatikan
Italiya poytaxti Rim xududida joylashgan Vatikan eng kichik davlat bo'lishi bilan birgalikda, BMT va dunyo xamjamiyati tomonidan tan olingan xolda ,BMT ga a'zo bo'lmagan yagona davlatdir. Rim katolik cherkovining markazi bo'lgan bu davlat, Rimning ichida joylashganiga qaramay xuquqiy jixatdan mutlaqo mustaqildir. Xatto, Italiyaga xam bo'ysinmaydi.lekin shunga qaramay, Italiyaning 300 mingga yaqin qo'shini va 50 ming nafar dengiz piyoda askarlaridan iborat armiyasi zimmasiga Vatikanni xam ximoya qilish vazifasi yuklatilgan.

Nauru Respublikasi
Tinch okeanining g'arbiy qismida shu nomli orolda joyla shgan bu davlatning axolisi 14 000 kishidan iborat. O'z mustaqilligiga 1968-yilda erishgan. Nauru davlatini Avstraliya o'z ximoyasiga olgan va bu shunchaki shartnoma emasligini amalda xam isbotlagan. 1940-yilda Nauru xali mustaqil davlat maqomiga ega bo'lmagan bo'lsa-da, Germaniya xujum qilgan payitda Avstraliya ko'makka kelgan. Lixtenshteyn Poytaxti Vaduts shahri bo'lgan Markaziy Yevropadagi bu davlat Avstriya va Shvetsariya bilan chegaradosh. Knyazlikda konstitutsa monarxiya tizimi xukum suradi. Garchi biror bir davlat rasman Lixtenshteyn mudofasini o'z zimmasiga olmagan bo'lsada, knyazlik xukumati Shvetsariyada o'tqazilgan muzokaralar chog'ida bir qator davlatlar bilan bu borada bitimlar imzolanganligini takitlaydi.

Marshall orollari respublikasi 
Tinch okeanida joylashgan Mikroneziyadagi bu davlatning poytaxti Majuro shahridir. Ko'plab mayda orollardan iborat bu mamlakatda 64 min axoli istiqomat qiladi. Bu davlat mudofaasi bo'yicha javobgarlikni AQSh o'z zimmasiga olgan. Grenada Karib dengizining janubiy sharqidqa joylashgan bu orol davlat xam o'z qurolli kuchlariga ega emas. Xujumga uchragan chog'da, Antigua va Barbuda, Barbados, Dominikan respublikasi kabi davlatlar ximoyaga chiqishadi. Lekin bu davlatlarning o'zlari yetarli xarbiy kuchlarga ega emasligi uchun baribur AQShdan madad kutishga to'g'ri keladi.

Andorra knyazlig
Sharqiy pereneyda, Fransiya va Ispaniya o'rtasida joylashgan Yevropaning bu mitti davlatining dengizga chiqish yo'li singari qurolli kuchlari xam yo'q. Lekin tazyiqqa uchraganida,Fransiya va Ispaniyadan tashqari NATO kuchlariga xam ishonsa bo'ladi.

Palau
Tinch okeanining Filippindan dengizidagi 328 oroldan iborat bu davlat Filippindan 800 km uzoqda joylashgan. Axolisi bor yo'g'i 20 ming nafar tashkil qilgani xolda o'z poytaxti - Melekeok shaxriga xam ega. 1983-yilda imzolangan bitimga ko'ra AQSh himoyasiga olgan.

Samoa
Tinch okeanining janubiy sharqiy qismida joylashgan  bu davlat, shu nomdagi arxipelagining g'arbiy qismini band qilgan. Poytaxti Apia shaxri Ulolu orolida joylashgan. Yangi Zelandiya lozim bo'lganda xarbiy yordam ko'rsatish kafolatlagan.

Kosta-Rika
Markaziy Amerikaning eng kichik davlatlaridan biri bo'lgan Kosta-Rika ikki qit'ani bog'lovchi yerlarda joylashgan. Poytaxti  San-xose shahri bo'lgan bu davlat 1947-yildagi kelishuvga ko'ra AQSh, Chili, Kuba kabi davlatlarga ishonib, xotirjam kun ko'radi.

Solomon orollari
Tinch okeanining janubiy g'arbiy qismidagi Melaneziyada joylashgan shu nomli arxipelagida 992 orollarni band etgan bu davlat xam o'zini ximoya qila olmaydi. Shuningdek lozim bo'lganda qaysi davlat ximoyasiga tayanishini xam e'lon qilmagan.

Muallif - blog o'quvchisi: Abdulatif Atxamov

Комментариев нет:

Отправить комментарий