27.10.2013

MUSULMONLAR BIRODARLIGI: MUXTASAR TARIX

Jahondagi siyosiy o`zgarishlarni muntazam kuzatib boruvchi o`quvchi uchun Misrda bo`layotgan voqealar ahamiyatsiz bo`lishi ilojsiz holdir. Ushbu maqolani o`qib turganlarning deyarli hammasi Misr voqealaridan xabardor bo`lsa kerak. Lekin biz ayni vaqtda asosiy muholif kuch hisoblangan Musulmonlar Birodarligi haqida bilamizmi? Birodarlar kim o`zi? Ularning maqsadi nima? Bugun biz shu savollarga tarixdan javob izlashga urinib ko`ramiz:



Hasan al-Banna - Musulmonlar Birodarligi asoschisi 


8-9 asrlarda arablar Islomni yoya boshlaganlaridan so`ng bir-biriga begona madaniyatlarning qorishuvi natijasida Sharqda o`ziga xos “Oltin Davr” boshlandi. Ma`lum vaqt davomida o`zini musulmon, deya e`lon qilgan sharqliklar dunyo siyosiy hayotida ustunlikka erishdilar.

Turklar Islomni qabul qilishgandan so`ng buyuk saltanat yaratib, Janubiy-Sharqiy Yevropa va O`rta Sharqning g`arbiy hududlarini o`z nazoratlariga olishdi. Islom asoschilari arablardan farqli o`laroq turklar asrlar davomida “Islomiy Halifalik”ga boshchilik qilib kelishdi. Buning uchun ularda qudrat yetarli edi.

Biroq Birinchi Jahon Urushidan so`ng vaziyat tubdan o`zgardi. Turkiyada oyoqqa turgan dunyoviy kuchlar diniy hokimiyatni ag`darib, Islom Dunyosidagi so`nggi halifalikka yakun yasadilar. 1923-yil iyulida dunyoviy Turkiya tashkil etilib, biroz vaqtdan so`ng yangi davlat haqida rasman bayonot berildi.

Dunyoviy harakat yetakchisi, “Turklar Otasi” Mustafo Kamol Turkiyada Islom ta`sirini butkul yo`qotib, “yevropalashgan dunyoviy mamlakat” yaratish yo`lida harakat qila boshladi. Otaturk halifalikka barham berdi, erkaklarga soqol qo`yish, ayollarga o`ranib yurishni taqiqladi, arab yozuvlarini lotin yozuviga almashtirdi, muazzinlar tomonidan dindorlarni ibodatga chorlashni bekor qildi va sekular an`analarga asoslangan milliy armiyaga asos soldi.  

Mustafo Kamolning bu harakatlari Islom Dunyosi tomonidan kuchli norozilik bilan qarshi olindi va Otaturk “xiyonatkor”, deya e`lon qilindi. So`nggi halifalikning qulatilishi va asrlar davomida Islom Markazi sanalgan Turkiyaning Yevropa ta`siriga tushib qolishi Ummat (Musulmonlar Jamoasi)ni vahimaga solib qo`ydi. Zudlik bilan “yagona haq din”ni saqlab qolish uchun Musulmon Dunyosi bo`ylab harakatlar boshlanib ketdi.

Shunday harakatlardan biri – Musulmonlar Birodarligiga 1928-yil, qohiralik imom Hasan al-Banna tomonidan asos solindi. To`liq nomi Musulmon Birodarlari Jamiyati yoki al-Ixvon al-Muslimin bo`lgan tashkilot barcha musulmon davlatlarini birlashtirish, ularni yagona Halifalik boshqaruviga kiritish va Halifalikda qat`iy shariat qonunlarini o`rnatish maqsadlari yo`lida tashkil etilgan edi.

1930-yillar boshida tashkilot o`z boshqaruv tuzilmasini deyarli to`liq shakllantirib bo`ldi. Batalion, deb ataluvchi ma`naviy va ruhiy tayyorgarlik guruhlari tashkil etildi. 1940-yillarga kelib, Birodarlik o`zining “mahfiy apparat”iga ega bo`ldi. 1943-yilda batalionlar usra yoki “oila”, deb ataluvchi 5 kishilik guruhlarga almashtirildi.

Ikkinchi Jahon Urushi davomida tashkilot bunday guruhlar vositasida aholini shariatga bo`ysunishga hamda britan askarlarini Misrdan chiqib ketishini talab qilishga chorlab keldi. Shu bilan birga bu vaqt ichida jahonda bo`layotgan tartibsizlik sababli Birodarlik agressivlasha bordi. Endi harakat tarkibida kichik qurolli guruhlar paydo bo`la boshladi. 1940-yillar davomida harakat jangarilari qator Misr va Britaniya amaldorlariga qarshi suiqasdlar uyushtirdilar. 1948-yil dekabrida Misr Bosh Vaziri Mahmud Fahmi al-Nuqrashi tashkilot tomonidan o`ldirildi. Ular Misr hukumatini “kofirlar” bilan aloqa qilish va “kofirlar”ga hizmat qilishda ayblashar edi. Natijada hukumat harakatni ta`qib eta boshladi va 1949-yilda Misr xavfsizlik kuchlari Hasan al-Bannani Qohirada o`ldirishdi.

Harakat asoschisining o`limi Misrda hukumat va Britaniyaga qarshi mislsiz noroziliklarga sabab bo`ldi. Lekin hukumat ta`qibni susaytirmadi. Misrda tayinli natijaga erishmagan Birodarlar endilikda O`rta Sharq tomon ta`sirlarini yoyish uchun harakat qila boshladilar. 50-yillarning boshiga kelib Musulmonlar Birodarligining o`ndan ortiq davlatda yuzdan ortiq firqalari mavjud edi.

1952-yil iyulida Misr siyosiy hayotida 2011-yildagi voqealarga o`xshash holat yuz berdi. Jamol Abdul Nosir boshchiligidagi Ozod Offitserlar Harakati Britaniya ta`siriga tushib qolgan Misr monarxiyasini ag`darib tashladilar. Monarx ta`qibida yurgan Birodarlar buni o`ziga xos imkoniyat sifatida qabul qildilar. Ular Abdul Nosir harbiylarini butunlay qo`llab quvvatladilar, inqilobda faollik bilan qatnashdilar. Biroq Musulmonlar Birodarligining inqilobga hissasini haqida harbiylar doimrad etib kelganlar. Ozod Offitserlar Harakati a`zosi, Abdul Nosir hukumatining tashqi ishlar vaziri Muhammad Faiq bu haqida shunday degan edi: “Birodarlikning 1952-yil inqilobida katta rol o`ynagani haqida da`vosi afsonadir. Inqilobchi harbiylar orasida Birodarlikning atigi ikki yoki uch a`zosi bore di, xolos. Nosir inqilobini jamiyatning deyarli barcha qatlami qo`llagan, ixvonchilar shu dastaklovchilarning bor-yo`g`i bir qatlami edi.”

Monarxiya ag`darilganidan so`ng Inqilobiy Boshqaruv Kengashi yangi hukumat tarkibiga oldingi hukumat a`zolarini kirishini taqiqlab qo`ydi. Biroz o`tib barcha siyosiy partiyalar faoliyati bekor qilindi. Lekin Musulonlar Birodarligi bu qora ro`yxatga tushmadi. Sababi Kengash harakatni siyosiy emas, balki diniy, deb topgan edi.

Avvaliga yangi hukumat tarkibiga harakat a`zolari: Ahmad Husni (Adliya Vaziri) va Ahmad Hasan al-Bokuriy (Diniy Ishlar Vaziri)lar kiritilgan edi. Bundan ruhlangan Birodarlik ma`muriyati vazirlarni o`zlari tanlash, ularni tayinlash va faoliyatini bekor qilish huquqini hukumatdan talab qila boshladi. Bundan tashqari harakat dunyoviy konstitutsiyani rad etib, shariatga asoslangan qonunlar ishlab chiqarilishi kerak, degan da`voni ilgari surar edi. Inqilobiy Boshqaruv Kengashi bu talablarni rad etdi. Huddi shu paytdan hukumat va Birodarlik o`rtasidagi ziddiyatli davr boshlandi.

Harakatning hokimiyat uchun da`vosini ortib borayotganligini ko`rgan Jamol Abdul Nosir Birodarlik ma`muriyatidan zudlik bilan o`ziga tegishli qurolli guruhlarni tarqatib yuborishni talab qila boshladi. Nosir Birodarlikni keyinchalik o`z hukumati uchun xavfli raqibga aylanishini tahmin qilgan edi. Abdul Nosir kutganidek, harakat uning talabini rad etdi. Natijada hukumat tashkilotni ta`qib etishni boshladi.

Ikki o`rtadagi ziddiyat 1954-yilda o`z avjiga chiqdi. Shu yili Abdul Nosir hayotiga suiqasd uyushtirildi. Suiqasddan omon qolgan Nosir bu ishda Birodarlikni ayblab chiqdi. Natijada harakat faoliyati rasman taqiqlandi, minglab a`zolari hibsga olindi, qo`lga olinganlarning aksariyati qatl etildi.

 Hukumat harakatga og`ir zarba berdi, Birodarlikning jamiyat orasidagi obro`si keskin tushib ketdi. Britaniya ta`siri ostida dunyoqarashi o`zgargan Misr xalqining ko`pchilik qismi uchun Birodarlik ilgari surayotgan da`volar xavotirli edi. Inqilob yetakchisiga suiqasd esa dunyoviy qarashdagi odamlarning g`azabini toshirib yubordi va ular 1954-yilning oktyabrida Musulmonlar Birodarligining Qohiradagi shtab-kvartirasiga xujum qilib, binoni yoqib yuborishdi.


Xalq tomonidan Birodarlik idorasini yoqib yuborilishi (1954-yil, oktyabr. Qohira)

Shu tariqa Musulmonlar Birodarli ham siyosiy kuch, ham xalq dastagidan mahrum bo`lishdi va bu hol Arab Bahori boshlanguncha davom etdi.

Faoliyati taqiqlangan va ta`qibda bo`lsa-da, Birodarlik so`nggi yarim asr davomida Misrdagi eng yirik muholifatchi kuch maqomini saqlab keldi. Boshqa islomiy harakatlarga o`xshamagan holda Musulmonlar Birodarligi demokratiya, teng huquqlar va gumanizmni ilgari surish bilan jahon afkor ommasini o`ziga qaratishga urinib keldi. Biroq ko`plab tahlilchilar ularning bunday da`volarini “chalg`itish”, deya qabul qiladilar. Sababi teng huquqlar da`vosiga qaramay, 2007-yilda e`lon qilingan harakatning siyosiy dasturida “o`z tabiati va oilada tutgan o`rniga to`g`ri kelmasligi sababli ayol kishi prezident bo`lishga munosib emas”ligi belgilab qo`yilgan. Shuningdek, Birodarlik Misr va Isroil o`rtasida imzolangan Tinchlik Sulhini bekor qilishni talab qilib kelgani xech kimga sir emas.

Muborakning qattiq rejimi va harbiylashgan nazorati ostida ezilgan xalqda dinga tomon surilish paydo bo`ldi. Bundan, Birodarlik, o`z safini kengaytirib olishda foydalandi. Arab Bahori boshlanganda esa, harakat tarafdorlari mamlakatda salmoqli edi. Uyushmagan oddiy odamlar tomonidan boshlangan inqilobdan harakat a`zolari ustalik bilan foydalanishdi. To`satdan boshlangan tartibsizliklar va hukumatning ojizlanishi so`nggi 50 yil ichida harakat a`zolarini birlashishi uchun imkon yaratib berdi.


Mursiy fundamentalistlarga qarshilik ko`rsatmaganlikda ayblandi

Inqilob sharofati bilan o`z faoliyatini legitimlashtirib olgan va hukumatni egallagan Birodarlikka qarshi noroziliklar Mursiy hokimiyatga kelgan ilk kunlardan boshlangan edi. Misrning ilk erkin saylangan prezidentiga qo`yilgan asosiy ayblovlar quyidagilar bo`ldi: demokratik tamoyillarni diniy qarashlar bilan o`zgartirish, xavfsizlikni ta`minlamaslik va mamlakat barqarorligini xavf ostiga qo`yish, iqtisodiyotga bee`tiborlik, Misrni tashqi dunyoga iqtisodiy qaram davlatga aylantirib qo`yish, Muborak rejimiga qarshi chiqishlar paytida insoniy jinoyatlarga qo`l urgan rejimning sobiq amaldorlarini jazolamaslik, yangi konstitutsiyani yozish uchun chaqirilgan Kengashga asosan Birodarlik a`zolari kiritilganligi va ayollar hamda sekularistlar ishtirokiga taqiq qo`yilganligi, diktatura uchun qadam tashlash.

Bundan tashqari dunyoviy qarashdagi misrliklar Mursiyni Musulmonlar Birodarligi tarafdorlarining tartibsiz chiqishlariga qarshilik bildirmagani va bunday talo-to`plar natijasida mamlakatga xorijiy sarmoya, sayyohlar kelishi keskin sustlashgani, ishsizlik ortib ketgani uchun ham ayblab chiqishdi.


Natijada liberallar, sekularistlardan tashkil topgan Tamrud Harakati Mursiy hukumatiga qarshi faoliyat boshladi. Ular harbiylardan hokimiyatni tortib olishni talab qilishdi va Mursiy prezidentligiga qarshi 2013-yil iyun oyining so`ngiga qadar 20 mln ortiq imzo to`plashdi. Xalq noroziligi keng ko`lamdaligini ko`rgan harbiylar 3-iyul kuni Mursiy hokimiyatini ag`darib, muvaqqat hukumat yordamida Misrni qaytadan egallab olishdi. Shu tariqa Musulmonlar Birodarligi o`z tarixi davomidagi ikkinchi imkoniyatni ham qo`ldan boy berdi. 

8 комментариев:

  1. Abdulatif Turkistoniy4 ноября 2013 г., 18:45

    yangi maqola xam yozilar :). Bir xaftadan beri xech qanaqa maqola yozmayabsizlar

    ОтветитьУдалить
  2. Shunaqa maqolalarni yoza olish uchun nimalarni o'qish kerak?

    ОтветитьУдалить
  3. sunggi paytlarda Xursand Abdullayevning maqolalari kamaib ketti? Xursand oka nime sababdan foal emmassiz?

    ОтветитьУдалить
  4. nega xechkim yangi maqola yozmay qo'ydi? Yoki sayt yangi adresga ko'chirildimi?

    ОтветитьУдалить
  5. musulmon birodarligi uzimni uylashimcha amerika isroil tarafdan boshqarilmayabdimi hozirgi kunda.sabab shu yerdagi maqolalardan birida isroil suriyada musulmon birodarligi hokimyatga kelishiga qarshi emas deyilgan

    ОтветитьУдалить
  6. uylashimcha chala va yevropacha bulib qoldi.Ushalar "Musulmon Birodarligi" biz postsovet musulmonlaridan ulsa uligi ortiq sabab ular Islom nima Olloh nima bilishadi va usha yulda harakat qilishyabdi yahudAmerikamaymun va tung'izyevropa bosqinchiliklariga jim qarab turmay qarshi chiqmoqdalar.suriyada esa musulmonlar adashgan qavm bulmish shialarga (ular uzini musulmon hisoblaydi ammo iymoni chala nifoq kufr botil

    ОтветитьУдалить
  7. sayt iwlamasa kerak. MXX tomonidan bosimga u4radi naverno. Ato komentariga javob qaytarardi

    ОтветитьУдалить
  8. zaybal yangi maqola haliya yu

    ОтветитьУдалить