Jahon
Bankining sobiq iqtisodchisi Jastin Yifu Lin dollarning moliya olamidagi
hukmronligini tanqid qilib, u global moliyaviy va iqtisodiy inqirozlarning
asosiy sababchisi ekanligini aytdi. Lin dollarni yagona global valyuta bilan
almashtirishni taklif qildi. Uning fikricha, aynan global valyutani muomalaga
kiritilishi moliyaviy inqirozlar oqibatlarini tugatish va ularning oldini olishning
yagona yo‘lidir.
