O‘tgan hafta Shvetsariyada BMT tashabbusi bilan
tashkil qilingan hukumat va isyonchilar o‘rtasidagi tinchlik muzokaralari
davomida Suriya kurdlari o′z mustaqilligi hamda o‘zlari yashaydigan hudud ustidan
nazoratni talab qilib namoyish o‘tkazishdi.
Suriya Kurd Oliy Kengashi nomidan gapirgan Solih
Muslim kurdlarning Jeneva II tinchlik muzokaralarida ishtirok etishga bo‘lgan
urinishlari behuda ketgan. Hukumat va muholifatni muzokaralar stoli atrofiga
olib kelgan asosiy kuchlar – BMT, AQSH va Rossiyaga muzokaralarda qatnashish
yuzasidan bir qancha so‘rovlar yuborilgan.
“Kurd masalasini hal qilmay turib, qanday qilib Suriya
Inqiroziga yechim topish mumkin? Kurd masalasi Jeneva II doirasida hal
qilinishi lozim edi,” deydi Solih Muslim.
Muslimga ko‘ra, Suriyada 3,5 millionga yaqin kurdlar
istiqomat qilib, ular mamlakat aholisining 15 foizini tashkil qiladi. Solih
Muslim partiyasi 2004-yildan buyon kurd davlatini tuzish uchun harakat qilib
keladi.
Shuningdek, Solih Muslim kurdlarning muammosiga
e’tibor qaratmagan muholifat liderlarini ham tanqid qilmoqda. “Biz istaydigan
yagona narsa – konstitutsiyada bizning mavjudiyatimiz tan olinishi xolos,”
deydi u.
2012-yilning yozida hukumat qo‘shinlari kurdlarda
qarshilik harakatini kuchaytirib yubormaslik maqsadida kurd yerlaridan chiqib
ketgan edi. Bu esa kurdlarga de fakto avtonomiya imkoniyatini berdi. Hozirgi
kunda kurdlar hukumat va muholifatga nisbatan betaraf pozitsiyadadir. Biroq
so‘nggi bir yil mobaynida kurdlar jihodchi va radikal guruhlarga qarshi mudofaa
guruhlarini tuzib, ular bilan bir necha marta to‘qnashgani ma’lum.
O‘tgan yilning so‘ngida uchta yirik kurd hududida o‘z
avtonomiyasini e’lon qilgan edi. 21-yanvar kuni esa ular hamkorligida Suriya
Kurd Oliy Kengashi tashkil qilindi. Ushbu harakatlar natijasida yaqin vaqt
ichida Suriya g‘arbida kurdlar davlati paydo bo‘lishi mumkin.
Комментариев нет:
Отправить комментарий