So’ngi kunlarda Ukrainadagi bo’lib o’tayotgan voqealar jahon
ommasining e’tibor markazida turibdi desak mubolag’a bo’lmaydi. Uzoq umumiy
tarixga, dinga va qisman tilga ega bo’lgan bu og’a-ini xalqlar orasidagi ajralish jarayoni ham uzoq tarixga borib taqaladi.
Bunga bir nechta sabablar mavjuddir, lekin tarix bizga doim mamlakatlar
orasidagi kelishmovchiliklarga asosan ikki mamlakatning bir biriga nisbatan
joylashgan geografik o’rnining oqibati ekanligini tinimsiz eslatib keladi.
So’ngi yillardagi ikki mamlakat orasida bo’lib o’tayotgan siyosiy-iqtisodiy
krizislar ham Ukrainaning yana bir bora ikki geopolitik markaz orasida
ikkilanib qolishini oqibati desak yanglishmagan bo’lamiz.
Tarixga nazar solsak Ukraina aslida Rossiyaning ona vatani
bo’lib, ilk rus davlatchiligi va slavyan xalqlarining Provaslav diniga
kirishlari aynan shu hududdan boshlanadi. Keyinchalik bu yerda hosil bo’lgan
davlatning sekin astalik bilan hozirgi Moskva hududlarigacha yoyilishi keyin
esa parchalanib ketishi oqibatida aslida bir ildizga ega bo’lgan xalq ikki
millatga ajrab ketadi. Aynan shu bo’linish ikki millatni ikki hil tarzda
evrilishiga olib keldi. Ruslar mo’g’ul va turkiy xalqlar bosqinlaridan halos
bo’lganlaridan so’ng o’zlarining o’zligini asosi qilib Pravoslaviyani olishgan
bo’lsa, Ukrainlarning taqdiri ruslarnikiga qaraganda kamroq havas qilarli
bo’ldi. Mo’g’ul bosqinlaridan keyin Polyak, Shved va Avstriya ta’siri ostida
bo’lgan Ukraina davlati ham Yevropa, ham Slavyan va ham Provaslav madaniyatlari
ta’siri ostida shakllandi.
Ukrainaning bir qismi Pyotr I davrida Rossiya Imperiyasiga
qo’shib olinadi, mamlakatning qolgan qismlari – janubi Usmoniy Turklar, g’arbi
esa Avstriya imperiyasi hududlariga bo’linib ketgan edi. Mamlakatning bunday
tarzda imperiyalar tomonidan bo’linib tashlanishi Ukraina intellektual sinfi
orasida milliy o’zlikni anglash, milliy davlat qurish orzusini kuchaytirdi. Jumladan
Taras Shevchenko kabi yozuvchilar o’z asarlarida Ukrain tili va madaniyatiga
alohida urg’u berishgan.
Birinchi jahon urushi va Rus revolyutsiyalari Avstriya va
Rus imperiyalarini yemirishi oqibatida Ukraina 17 mart 1917-yilda o’z
mustaqilligini e’lon qiladi. Mamlakat suverentiteti 1918-yil yanvarda Frantsiya va
Buyuk-Britaniya tomonidan tan olinadi. Bu davlat 1920-yilning birinchi yarmigacha
yashaydi. Lekin shu davr ichida mamlakat bir qancha ham ichki ham tashqi
hujumlarga duch keladi. Bolsheviklar, Nemislar, Sovet Ittifoqiga qarshi
ittifoqchilar hamda mamlakat ichidagi anarxistlar, bolsheviklar tarafdorlari va
turli hil millatchi fraktsiyalar to’qnashadilar. Zaiflashgan mamlakat Sovet
ittifoqiga qo’shib olinadi.
Garchi 1920-yillar Ukrain madaniyati uchun nisbatan erkin
davr bo’lgan bo’lsada, Iosif Stalinning
hukumatga kelishi bilan Ukraina uchun qora kunlar boshlandi. Stalin har qanday
milliy o’zlikni Sovet Ittifoqining hududiy dahlsizligiga qarshi harakat deya
baholab Ukraina aholisining ziyolilar qatlamiga qattiq zarba beradi. Bundan
tashqari Rossiyadagi fuqarolar urushi tufayli 1922 va 1933 yillar Ukrainada va
Sovet ittifoqining boshqa hududlarida keng ko’lamli ochlik hukm suradi.
1937-1938 qatag’on yillarida ham minglab Ukrainaliklar qatl qilinadi yoki
GULAGga jo’natiladi. 1939-1940 yillardagi Sovet Ittifoqi va fashist
Germaniyasining kelishuvlari asosida Polsha va Ruminiya ikki mamlakat orasida
bo’linib olinadi. Ushbu hududlar esa Ukrainaga SSR hududiga qo’shiladi.
1941-yilda Sovet Ittifoqiga Germaniyaning hujumi boshlanadi.
Stalinning repressiv apparatidan hamda ijtimoiy-iqtisodiy oqsoqlanishlardan
charchagan Ukraina aholisi Uchinchi Reyx askarlarini ozod etuvchilar sifatida
kutib oladilar. Bundan tashqari butun ikkinchi jaxon urushi davomida
Ukrainaliklar orasida fashist Germaniyasi bilan ittifoqchi guruhlar tuziladi. Lekin barcha chet el bosqinchilariga
qarshi kurashadigan millatchi guruhlar ham mavjud edi. Shulardan Ukraina
Qo’zg’olonchilar Armiyasi kabi guruhlar hatto ikkinchi jaxon urushidan so’ng
ham o’z faoliyatini davom ettirib, ohirgi qoldiqlari 1954-yillarda Qizil Armiya
tomonidan yo’q qilinadi. 1944-yilda Ukraina Qizil Armiya tomonidan Nemis
okkupatsiyasidan tozalanadi. Fashistlar bilan ittifoq tuzgan kishilarning
asosiy ko’pchiligi sud qilinib GULAGga jo’natiladi. 1945-yilda urush g’olibi
bo’lmish Sovet Ittifoqi Chexoslavakiyaga tegishli bo’lgan hududlarni Ukrainaga
qo’shib oladi. Va nihoyat 1954-yilda Ukrainada o’sgan Nikita Xrushchev
Perayaslav shartnomasining 300-yilligi munosabati bilan Qrim yarim orolini
Ukraina SSR tarkibiga kiritadi. Shu bilan hozirgi biz xaritada ko’rib turgan
Ukraina davlatiga asos solinadi.
Keyingi
Sovet hukumati davrida Ukraina boshqa Sovet respublikalariga qaraganda tezroq
milliy o’zligini va tilini tiklay boshladi. Sovet Ittifoqining parchalanishida
ham Ukraina hukumati faol qatnashdi va ittifoqni tugatilishida qatnashgan uch
mamlakatning biriga aylandi.
Mustaqillikning
e’lon qilinishi bilan Rossiya va Ukraina orasidagi eng katta kelishmovchilik
Qrim yarim oroli hamda Sevastopol shaxridagi Rus dengiz floti hususida
boshlandi. 1994-yilda Ukrainaning yadro arsenalini Rossiyaga berish evaziga Ukrainaning
suvirentitetini va hududlarining dahlsizligini tasdiqlovchi Buharest
memorendumiga imzo chekiladi. Memorendum Rossiya, Ukraina, AQSh va Buyuk
Britaniya tomonidan imzolanadi. Qrim yarim oroli va Sevastopol shaxri
hususidagi kelishuv 1997-yilda imzolangan bo’lib unga ko’ra Moskva Qrimni va
Sevastopolni Ukrainaga tegishli hududlar ekanligini tan oladi. Lekin rus
jamiyati va rus siyosatchilari Sevastopol shaxrining Ukrainaga tegishli
ekanligini hech qachon qabul qilmadilar. Shaxarning madaniy hayoti, savdo-sotiq
hizmatlari va siyosiy tuzilmasi ruslar tomonidan doimo egallanib kelingan.
1990-yillardagi
Rossiyadagi iqtisodiy-siyosiy turg’unlik Ukraina hayotiga salbiy ta’sir
ko’rsatdi. Mamlakat iqtisodi va sanoati huddi boshqa sobiq Sovet ittifoqi mamlakatlari
kabi Rossiya bilan uzviy bog’liq edi. Ayniqsa harbiy va og’ir metallurgiya
sanoatlarida. Bu iqtisodiy turg’unlik hamda Ukrainaning joylashgan o’rni uning
boshqa mamlakatlar bilan aloqalarini kuchaytirdi, shu jumladan G’arbiy yevropa
mamlakatlari bilan. 2000-yillardan boshlab G’arb nodavlat tashkilotlari,
fondlari va institutlariga o’z eshiklarini ochib qo’ydi. Natijada Ukraina
jamiyatida massiv liberallashtirish jarayoni boshlanadi, o’z navbatida bu holat
siyosiy hayotga ham to’g’ridan to’g’ri ta’sir ko’rsatdi va jarayon 2004-yilda
Rangli Revolyutsiya bilan yakun topdi. G’arbparast kuchlar Rusparast kuchlar
ustidan g’olib kelib hokimiyatni qo’lga kiritadilar. Lekin mamlakat iqtisodi
Rossiya bilan uzviy bog’liqligi hamda Yevropa Ittifoqining Ukrainaga ko’zga
ko’rinadigan yordamlarni berolmaganligi tufayli mamlakatda iqtisodiy
oqsoqlanishlar yuzaga keladi. Bir tomonda Rossiyada Vladimr Putinning hokimiyat
tepasiga kelishi bilan kuchli siyosiy-iqtisodiy o’sishlar kuzatildi va Rossiya
o’zining “orqa hovlilari” bo’lmish sobiq Sovet ittifoqi mamlakatlaridagi pozitsiyalarini
mustahkamlay boshladi. Bunday ta’sirning yoyilishidan Ukraina hem bebahra
qolmadi. Rossiya Ukrainadagi iqtisodiy ahvolni yomonlashtirgan holda
G’arbparast hukumatni yo’q qilish uchun bir nechta bor iqtisodiy shantajlarni
amalga oshirdi. Bu urinishlar o’z
samarisini beradi, 2010-yilda hukumat tepasiga Rossiya bilan yaqinlashishga
hayrihoh bo’lgan Viktor Yanukovitch keladi.
Yanukovitchning
hukumatga kelishi bilan G’arbga hayrihoh kuchlarga birin ketin zarbalar
beriladi. Rangli Inqilobni uyushtirishda ishtirok etgan va unga moliyaviy
yordamlar ajratga oligarhlar turli hil jinoiy ishlarda ayblanib hibsga
olindilar yoki mamlakatni tark etdilar.
Shular qatorida sobiq bosh vazir Yuliya Timoshenko ham Rossiya bilan gaz
importi hususidagi shartnomalarda o’z vakolatini suistemol qilganlikda ayblanib
hibsga olinadi. Bu harakatlar G’arb OAVlari tomonidan qattiq tanqid ostiga
olinib qoralanadi. Aynan shu davrdan boshlab Ukrainada yangidan Rossiyaning bosimi
va yangi hukumatga qarshi namoyishlar uyushtirila boshladi.
2013-yil ohirlariga kelib Ukraina va Yevropa Ittifoqi o’rtasida iqtisodiy sherikchilik hususida kelishuv imzolanishi lozim edi, lekin Rossiya turli hil yo’llar bilan, jumladan tabiiy gaz bahosini oshirish, Ukraina shokolod mahsulotlariga cheklovlar qo’yish va Rossiyadagi Ukrainaliklarga chet ellik mavqeini tasdiqlovchi passport tizimi yaratish bilan Ukraina hukumatiga bosimlar o’tkazadi. Natijada Ukraina shartnomaga imzo chekishdan bosh tortadi va Moskva bilan yangi shartnomalar tuzishni e’lon qiladi.
Bunday
qarorni qabul qilinishi mamlakatdagi G’arbga hayrihoh bo’lgan kuchlarni
ko’chalar bo’ylab ommaviy namoyishlarni boshlab yuborishlariga turtki bo’ldi.
Kiyevning markazida joylashgan Mustaqillik Maydonida namoyishchilar deyarli uch
oy davomida hukumatni iste’fo berishini talab qilib maydonni egallab turdilar.
Namoyishlar tinch vaziyatda olib borildi, lekin 18 fevral 2014 yil kuni ikki
tomon o’rtasida zo’ravonliklar amalga oshirildi. Havfsizlik hizmati hodimlari
va namoyishchilar o’rtasida haqiqiy o’t ochar qurollardan foydalanish
kuzatiladi. To’qnashuvlar natijasida 80 kishi atrofida qurbon bo’lganva yuzdan
ortiq kishi yaralangan. Vaziyatning chuqurlashib ketganidan cho’chigan
president Yanukovich Qrim yarim oroli orqali Moskvaga qochishga muvaffaq
bo’ladi va Moskvadan turib Ukrainada davlat to’ntarilishi amalga
oshirilganligini e’lon qiladi.
Vaziyatdan
foydalangan Rossiya Ukrainada tuzilgan yangi muvaqqat hukumatni noqonuniy deb
topadi va Qrim yarim orolidagi Rus aholisi hamda Rossiyaga tegishli bo’lgan
harbiy bazalarni Ukrainadagi vaziyat iziga tushguncha himoya qilish bahonasida
Ukraina hududiga havo kuchlari yordamida qo’shinlarini kirita boshlaydi. Hali
o’zining vazirlarini ham tayinlashga ulgurmagan Ukrainaning yangi hukumati bu
holatdan talvasag tushib qoldi. Albatta Rossiyaning yangi hukumatga hayrihoh
bo’lmasligi tahmin qilarli holat edi, lekin dunyo hamjamiyati Ukraina hududiga
Rus qo’shinlarini kiritilishini kutmagan edi.
Turli G’arb
mamlakatlari tomonidan Rossiyaga ogohlantirishlar va iqtisodiy cheklovlar
qo’yila boshladi. Lekin Rus hukumati hanuz sukunat saqlashda davom etmoqda. Bu
Rossiya prezidenti Vladimr Putinning siyosiy “hususiyatlaridan” biri bo’lib,
bunday tarzda o’zini tutish Chechen urushlari, Gruziya bilan urushda ham
kuzatilgan edi.
So’ngi
yillarda Rossiya o’zining halqaro maydondagi o’z mavqeini Sovet Ittifoqi
davridagi darajasiga tiklab oldi desak adashmagan bo’lamiz. Arab bahorlari va
ayniqsa Suriya krizisidagi Vladimr Putinning pragmatizmi va qa’tiyligi G’arb
davlatlarini chekinishga majbur qilgan edi, shuningdek AQSh Milliy Havfsizlik
agenti Eduard Snovdenni Rossiya hududidan siyosiy boshpana berish orqali AQSh
ultimatumlariga qarshi turishi va bundan tashqari Sochi Olimpiada O’yinlaridan
oldin va davomida Rossiyadagi besoqolbozlarning haq huqularini toptalishini vaj
qilib ko’rsatgan holda Rus hukumatiga qilingan axborot urushi hurujlariga
sovuqqonlik bilan yondashishi G’arb siyosachilarini Putin shaxsiyati oldida
o’zlarini yo’qotib qo’yishiga olib keldi. Yumshoq Kuch (Soft Power) siyosatini
o’ziga asos qilib olgan G’arb hukumatlari Rossiyaning keskin va yopriluvchi
siyosati oldida unga qarshi muhim qarorlarni qabul qilishga qiynalmoqdalar.
Chunki bir tomondan G’arb mamlakatlarida Rossiyani irratsional mamlakat
sifatida tasavvur qilish odat tusiga kirib qolgan bo’lib, Rossiyani Yadro
urushini boshlashdan ham tap tortmasligiga g’arbliklar shubha qilmaydilar.
Bundan tashqari AQShni ham, Yevropa mamlakatlarini ham so’ngi 20 yillikdagi
interventionist tashqi siyosat iqtisodiy jihatdan holdan toydirdi, ayniqsa
Rossiya (keyinchalik Xitoy ittifoqchi sifatida mojaroga aralashish ehtimoli ham
yo’q emas) kabi raqiblar bilan to’g’ridan to’g’ri to’qnashuvga sabab bo’luvchi
to’qnashuvlar bu mamlakatlarni butunlay bankrot holatiga olib kelishi turgan
gap.
Макола зур чикибди гап йук миннатдормиз
ОтветитьУдалитьундан кейин биз сизларга бир нарсани айтмокчийдик.
Сиесий янгиликлардан хар томонлама кисиб куйилган Узб.да тузукрок сиесий билимга эга булган одам жуда кам шунинг учун маколага нисбатан езиладиган хархил бачкана танкидларга эътибор бермаслигингизни тавсия киламиз
Пифагор теоремасини еддан билмаган одам геометрик хатоларни анализ килолмайди!!!
У факат укиши билимини ошириши керак тамом вассалом!!!
Zo'r ko'chiribsan. O'zingni ishing bilan shug'ullansang bo'lardi. Kechagi jo'jaxo'roz "siyosat" haqida yozmoqchi. Siyosatni sandan yaxshi biladiganlar bor. Nimaga ular yozishmidi. Chunki ularda aql bor.
ОтветитьУдалитьChunki ularda aql bor degan gapga qo'shilmayman. Chunki ular yozishdan qo'rqadi deyish kerak edi.
Удалить