Haqiqatdan ham so'ngi yillarda ayniqsa 11-sentyabr 2001 yil voqealaridan keyin Islom dunyodagi ko'pchilik mamlakatlarda havf soluvchi kuch va terrorizmning uzluksiz sherigi sifatida qarab kelinmoqda. Lekin aslida Islom qanday din? va unga sig'inuvchilar orasida qanday umumiylik, farq va qarama qarshiliklar mavjud? kabi savollarga biz javob berishga harakat qilib ko'ramiz.
Bu galgi ko'rsatuv umumiy jihatdan Islomga bag'ishlangan bo'lib, ko'pchilik holatlarda Islomni uchta qit'aga yoyilgan va butun dunyoga bevosita ta'sir qiluvchi birlashgan va umumiy kuch sifatida aks ettiruvchi xaritalar qanchalik haqiqatga yaqin yoki uzoqligini o'rganishga bag'ishlanadi. Haqiqatdan ham biz televideniyalarda, jurnal-gazetalarda va internetda radikal-islomiy kuchlar tashkilotlari tomonidan Islom birlashtiruvchi faktor sifatida yoki anti-islomiy tashkilotlar tomonidan butun musulmon dunyosini birlashtirib havf soluvchi kuch sifatida tasvirlanishiga odatlanib qolganmiz. Ho'sh aslida Islom qanchalik darajada musulmonlarni birlashtirgan va haqiqatda Islom dunyoga havf soluvchi mafkura bo'lib shakllana oladimi?
Bu savollarga javob izlovchilar uchun ushbu ko'rsatuvimizni tomosha qilishni taklif qilamiz.
Alloh tinchlik diyori – jannatga
ОтветитьУдалитьda’vat etadi va O‘zi xohlagan zotlarni to‘g‘ri yo‘lga hidoyat qiladi.