1993-yildan beri Amerikaning Garvard Universiteti professori Samuel Xantington o'zining Sivilizatsiyalar To'qnashuvi haqidagi ilmiy ishlarini himoya qilib keladi. Uninng fikricha biz mafkuralarga asoslangan ikkiqutblik dunyodan sivilizatsiyalarga asoslangan ko'pqutblik dunyoga o'tganmiz va bundan keyingi dunyodagi bo'lib o'tadigan to'qnashuvlar ana shu sivilizatsiyalarning bir biri bilan to'qnashishi va raqobati asosida kelib chiqadi.
Ko'pchilik izlanuvchi va olimlar bu fikrni xatoligi bilan bir paytda insoniyat uchun juda havfli ekanligini ta'kidlashlariga qaramay hozirgacha bu ilmiy qarash dunyo ommasi tomonidan qiziqish bilan kuzatib kelinmoqda. Chunki dunyo mamlakatlari orasidagi iqtisodiy va siyosiy tengsizlik ularning ommasida radikal qarashlani shakllantirib, har bir millatda natsionalizmni kuchayishiga olib keldi. Yevropa va g'arbning rivojlangan davlatlari jamiyatlarida radikal o'ng partiyalarning hokimyatga chiqishini kuzatgan bo'lsak rivojlanayotgan va kambag'al mamlakatlar jamiyatlarida diniy yoki milliy o'zlikni radikal tarzda himoyalash va boshqalarninkidan ustun qo'yishni kuzatamiz.
Agar XX-asr ideologiyalar asri bo'lgan bo'lsa XXI-asr milliylik va har bir xalqni o'z o'zligiga (identichnost) ulkan e'tibor qaratish bilan boshlandi. XX-asrda bir tuzum ostida hech qanday to'qnashuvsiz yashayotgan davlatlar XXI-asrga kelib umumiy tegishlilikni emas balki har qaysisi o'zining alohida o'zligini talab qila boshladi. Ayniqsa bu holat Musulmon mamlakatlarida radikal-Islomizmni kuchaytirishga sabab bo'ldi.
Islom dunyosi boshqa sivilizatsiyalarga qaraganda XX - XXI-asrlarda eng o'zini xo'rlangan his qilgan jamiyat bo'ldi desak xato bo'lmaydi, ohirgi Islom mamlaatlarning XX-asr boshida G'arb mamlakatlari va Rossiya Imperiyasi tomonidan bosib olinishi, keyichalik esa parchalanib yuborilishi musulmonlarda o'ta kuchli alamzadalikni keltirib chiqardi. Bir paytlar dunyo madaniyati va ilm-fanida boshlovchilik qilgan Islom - ya'ni shu tizimning saqlovchisi bo'lmish Xalifalik butunlay yer yuzidan yo'q qilindi. Turkiyaning o'zini dunyoviy mamlakat deb e'lon qilishi va Islomiy tizimni qattiq qoralashi, Arablar orasida natsionalizmni kuchayishi, yaqin sharqda Isroilga asos solinishi, butun musulmon olamining iqtisodiy-ijtimoiy sohalarda orqada qolishi va nihoyat Islom dunyosini o'zida aks ettiruvchi qudratli mamlakatning yo'qligi Radikal-Islomizmni dunyoga kelishini ta'minlagan bo'lsa, AQSHning Afg'onistondagi Sovet ittifoqi qo'shinlarini yakson qilish uchun "Muqaddas Jihod" metodini qo'llab Musulmonlardan o'z manfaatlari yo'lida foydalanishi Islomdagi radikalizmni portlashiga olib keldi. Agar Musulmonlar Sovet Ittifoqiga qarshi kurashish uchun butun Islom olamidan yig'ilib jang qilgan bo'lsalar maqsad Sovet Ittifoqiga qarshi jang qilish emas balki butun Musulmon bo'lmaganlarga ya'ni - Kofirlarga qarshi kurashish bo'lgan edi. Ularning ideologik kuchini e'tiborsizlikka olgan AQSH esa bugungi kunda o'zi yaratgan dushmanini bahosini to'lashda davom etmoqda.
Lekin Musulmon olami ham ko'rinmas tarzda ijtimoiy bo'laklarga bo'linib ketgan. Afg'onistonda Muqaddas Jihodda qatnashayotgan musulmonlar orasidan Quvaytlik yoki Qatarliklarni topish qiyin ish bo'lsa kerak. Ular asosan kambag'al musulmon jamiyatlaridan ko'ngilli bo'lib kelgan bo'lib, Islom ular uchun nafaqat diniy ideologiya balki ijtimoiy tengsizlikka qarshi kurashdagi o'z sabablariga ega ideologiyadir. Ko'pchiligimiz chetdan qaraganda bu urushga diniy tus berishimiz tayin, lekin ohirgi sotsiologik tadqiqotlarga ko'ra Islom dini dunyoda itqitib tashlangan jamiyatlar va guruhlar uchun boshpana vazifasini o'tamoqda. G'arb dunyosi shaxarlarining eng kambag'allashgan hududlarida va qamoqxonalarida Islomning tobora yoyilib borayotganini kuzatishimiz mumkin. Demak Islom ana shu ijtimoiy tengsizlikdan aziyat chekkan kishilar guruhini shu tengsizlikka qarshi kurashish yo'lidagi asosiy quroliga aylangan.
Xozirgi G'arb va Radikal-Islomizm o'rtasidagi to'qnashuv esa boy sinf va kambag'al sinf to'qnashuviga o'hshab ketadi. Dunyo mamlakatlari orasidagi ijtimoiy-iqtisodiy tengsizlik va jamiyatlardagi ijtimoiy hayot bilan yangi texnologiyalar rivojlanishini bir maromda olib borilmaganliklari bu "qo'zg'olonning" asosiy sababidir. Bu iqtisodiy-ijtimoiy jarlik qoplanmas ekan radikalizm kuchayishda davom etaveradi.
Quyidagi videolavhada biz, aynan mana shu mavzuga sivilizatsiyalar muammosi deya tarif bergan Samuel Xantingtonning Sivilizatsiyalar To'qnashuvi nazariyasi qanchalik darajada haqiqatga yaqin ekanligini ko'rib chiqamiz. Bu albatta hozigacha bahsli munozara bo'lib qolmoqda, lekin ushbu ma'lumotlar orqali siz o'zingizga ma'qul bo'lgan xulosani chiqarib olishingizga umid qilamiz.

aslida dunyoni, insonlarni Hantingtonning lanati usha asari bulib tashladi. Bu asar uni uqigan har bir kimsaga dunyoni qanday kurish kerakligini uqtirdi, bir qora kuzoynak berdi. media va siyosatchilar fikrlarini ana shu sovuq doktirina asosida qurib boshladi. Biz va ular degan, farqlimiz degan illatni shakllantirdi. endi kim yutdi, kim yutqazdi? buni hisoblash kerakdir balki.
ОтветитьУдалитьlekin sizlarning saytlaringizni kurib quvondim. hali kichik bir uchqun ammo uning ulkan Uzbek brain centrega aylanishiga shubha yuq. uzbek tilida shunaqa bir saytning boshlanishi juda hayrli.
menimcha Rossiya, AQSH, EU, va HItoyga bagishlangan alohida bulimlar qilish kerak. Keyin markaziy OSiyo jarayonlari ham bir bulimda joy olish kerak deb uylayman.
Farhod Tolipov, Kamolliddin rabbimov degan mashhur geopolitiklarimizdan suhbatlar uyushtirish kerak.
Agar iloji bulsa, grant olishga harakat qilish kerak. Fond-forumdan yoki Kamolotdanmi?
3-4 kishini doimiy tarjima va tahlillar bilan band qilish kerak.