10.06.2013

Alloh nomi bilan... So'ngi yo'l - Islomizm propoganda mashinasi (4-qism)

Islomizm va Jihodga bag'ishlangan o'tgan galgi maqolalarimizda, biz Islomizm va Xalqaro jihodning qanday paydo bo'lishi, rivojlanishi, harakatlari va nihoyat mag'lub bo'lishini ko'rib o'tgan edik. Bugungi maqolamiz shu maqolalar turkumining so'ngisi bo'lib u Islomizmning ohirgi urushi ya'ni ommaviy-axborot vositalari orqali propoganda urushiga bag'ishlanadi.





Bugungi kunda dunyoning deyarli barcha ommaviy-axborot vositalari qaysidir hukumat yoki rasmiy tashkilotlar tomonidan nazorat qilinadi, lekin shunga qaramasdan kundalik hayotimizda Islomizm va Jihodga oid ma'lumotlar har qadamda uchraydi va ularning tarqalishi yildan yilga ommaviylashib bormoqda. Bu ma'lumotlar albatta halqaro televideniyalar (ayrim yaqin sharq telekanallari bulardan istisno) orqali emas balki ko'proq dunyo o'rgimchak to'ri internet orqali va undan qo'l telefon mobillari, kompyuterlar va boshqa yangi texnologiylar orqali yetib kelmoqa. 2001 yil 11-sentyabrga qadar internet hali rivojlanmagan bo'lishiga qaramasdan Jihodchilarning propogandalari turli hil yo'llar bilan dunyoga tarqalmoqda edi, lekin ular asosan arab tillarida bo'lib hali halqaro tus olmagan edi.

"Virtual Jihod"ning shakllanishi

Islomizmning propogandasini AQSh va G'arb mamlakatlari propogandasining ko'chirmasi desak adashmaymiz. Har ikkala tomonning propogandaning metodlari bir xil bo'lib, asosan ularning farqlari ichki ma'lumotlaridadir. Al-Qoida halqaro islomistik tarmog'ining asoschisi Usama Ben Laden buni 90-yillardanoq yahshi tushungan, chunki AQSh ommaviy-axborot vositalari uning shaxssiyatidan Afg'onistondagi Sovet qo'shinlariga qarshi targ'ibot va tashviqot ishlarida keng ko'lamda foydalangan. Usama Ben Laden haqidagi ilk maqolalar AQSh va Buyuk Britaniyaning eng yirik kundalik gazetalarida chop etila boshlagan.


Buyuk Britaniyaning "The Independant" gazetasidagi Usama Ben Ladenni Anti-Sovet qahramon jangchi sifatida namoyon qilgan maqolalardan biri. 

Maqolalar yer yuzini ko'rgach Usama Ben Laden shaxsiyati ham radikal musulmonlar tomonidan ham G'arb dunyosi tomonidan katta obro'ga erishdi. Albatta Ben Laden ommaviy-axborot vositalarini to'htatib bo'lmas kuchini shu davrdanoq yahshi anglab yetib, mahsus islomist harbiy legrlardagi bo'lib o'tayotgan voqea va hodisalarni videolavhalarga yozib borishni tashkil qiladi. 
2001-yil 11- sentyabr voqealaridan so'ng esa aynan shu g'arbliklardan o'rganilgan targ'ibot metodlari ularning o'zlariga qarshi ishlatila boshladi, faqat bu safar bu targ'ibot ishlari maxsus buyurtmalar asosida emas balki o'z o'zidan vujudga kela boshladi. Dastlabki qadamni turklar tashlab berdilar. Internetda turk va arab tillaridagi islomiy saytlarning soni keskin ko'tarilib ketdi. O'z navbatida boshqa musulmon davlatlarida ham Islomiy radikalizmning kuchayishi bilan virtual propoganda bilan bir vaqtda har hil muallif va nashriyot uylari ko'rsatilmagan varaqalar, kitoblar keng miqyosda tarqalib ketdi. 
AQSh va G'arb davlatlarining Afg'onistonga va Iroqqa urushlari, Falastindagi 1 va 2-intifadalar natijasida Jihodchilarni ko'pchiligi jang maydonlaridan chekinib o'z shaxsiy kompyuterlarining oldida virtual jihodchilarga aylandilar. O'z navbatida G'arb mamalakatlarining o'z hududida yashovchi Arab, Turk va Pokistonlik musulmonlar ham targ'ibot va tashviqot ishlarini kuchaytirishda jonbozlik ko'rsatadilar. Nafaqat virtual jihod balki omma orasida ham AQSh va G'arb mamlakatlarining tashqi va ichki siyosatidan norozi aholi qatlamlarida radikal Islomga o'tish kuchayib bordi. Shunday markazlarning eng yiriklaridan biri London bo'lib, uni radikal Islomistlar Londoniston deb atay boshladilar. Ko'chalarda namoyish o'tkazishlar, varaqalar tarqatishlar avj oldi, bundan tashqari turli hil videolavhalarni montaj qilish, musulmon bo'lmagan aholini Islomni qabul qilganliklarini namoyish qilishlar ko'paydi. London Buyuk Britaniyaning yuragi bo'lish bilan bir qatorda radikal islomizmni rivojlantirish uchun nashriyot markaziga aylandi. Ko'pchilik musulmon davlatlar asosan diktatorlar tomonidan boshqarilgani sababli, radikal islomistlar Inson huquqlari nomi bilan Yevropa va AQShga "siyosiy qochoq" nomi bilan kelib o'rnashgan radikal islomistlar "dushman hududidan" turib o'zlarini harakatlarini boshlab yubordilar. Shu mamlakatlardagi mahalliy musulmonlar esa ularning tayanch kuchlariga aylanadilar. G'arb jamiyatidagi ijtimoiy muammo va kamchiliklarni pesh qilgan holda radikal islomistlar shu yerdagi aholini bir qismini radikal islomizmga o'tkazib olishga muvaffaq bo'ladilar. Bunday kuchlarni bartaraf qilish G'arb davlatlarida katta qiyinchiliklar uyg'otadi, chunki bunday virtual jihodchilarni ko'pchiligi g'arb mamlakatlarining fuqarolari bo'lsa, qolgan qismi qonuniy ravishdagi siyosiy qochoqlar edilar.

Jihod propogandasining asosiy muvaffaqiyatlaridan biri shundaki u asosan insoniy fundamental qarashlarni o'zida jamlagan bo'lib, asosiy tarozi sifatida adolatni, yahshilik va yomonlik tushunchalarini instrument sifatida ishlatib va albatta shu kunga qadar boshqa dinlarga nisbatan o'z obro'sini saqlab qola olgan Islom nomi bilan ish ko'radi. Buning uchun na bir dohiyni yoki na bir yo'l boshlovchi tashkilotni zaruriyati yo'q. G'arb mamlakatlarida shunday holatlar kuzatilganki, tashlandiq va nochor kvartallari orasida o'z o'zidan jihodga otlanish hodisalari sodir bo'lgan. Garchi asosiy muammo ijtimoiy hayotning kamchiliklarida bo'lishiga qaramasdan aholi orasida ma'lum bir ideologiyaga og'ish hohishi mavjuddir va bu ideologiya ko'pincha omma tomonidan qoralangan ideologiya bo'lmog'i zarurdir, aynan shunday holatda o'zining noroziligini va adolat istagini bildirish maqsadida aholi shunday harakatlar tomonga og'ishi ko'p kuzatiladi. 

Jihod propogandasining asosiy metodlari

Virtual jihodning bir nechta ustunlari mavjud bo'lib, ma'lumotni yetkazish uchun virtual jihodchilar ularning har qandayidan foydalanishga tayyordirlar, bu muqaddas Qur'on kitobining oyatlaridan tortib yoshga yetmagan go'dakning portlashdan keyingi nimtalangan tanasigacha borishi mumkin. 
Qur'on Islomizm propogandasining kalit qurollaridan biri qilib ishlatiladi. Jihodchilar Qur'ondagi ma'lum oyatlarni misol keltirgan holda musulmon aholini aynan ulargina Qur'onda ko'rsatilgan yo'ldan ketishayotganiga ishontirmoqchi bo'ladilar. Albatta bu ish beradi, chunki musulmonlarning ko'pchiligi Qur'onning hech bir oyatini hatto tahlil qilishga ham botina olmaydilar.
Ikkinchi propogandaning kalitlaridan biri bu jihodchilarning tashqi ko'rinishidir. Islomning an'anaviy kiyimlari, soqol qo'yish, jangovar kiyimlar shular jumlasidandir.
Ot hayvoni virtual jihodchilar tomonidan ham keng ko'lamda propoganda maqsadida foydalaniladi. Hammamizga ma'lumki ot nafaqat Arab dunyosi balki butun Musulmon olamida insonning eng yaqin do'sti va buyuk hayvon sifatida qaraladi. Uning janglardagi ishtiroki esa jihodning faolligini anglatuvchi belgidir. 

Usama Ben Laden 1998-yil
Zamonaviy qurollarning shakllanishi bilan Islomdagi muqaddas qilich belgisini o'rnini avtomat Kalashnikov egallab oldi. Ko'pchilik jihodchilarning tamg'alarida ushbu qurolning Qur'on va Arab ieroglflari bilan birgalikda tasvirlanganini guvohi bo'lishimiz mumkin. 
Musulmon yeriga bostirib kirgan bosqinchilarni namoyishkorona qatl qilish. Bu metod ayniqsa Yaqin Sharq va Markaziy Osiyodagi to'qnashuvlar davomida avj oldi. Radikal islomistlar bir paytning o'zida videolavha orqali o'zlarining talab va hohishlarini bayon qila turib, garovga olingan g'arb askari yoki jurnalistini pichoq yoki avtomat quroli orqali qatl qiladilar. Qatl so'ngida esa "Allohu Akbar" baralla yangraydi. Bu usul o'z navbatida terrorni kuchaytirib demokratik g'arb ommasi orasida o'z hukumatlariga bo'lgan ishonchni yo'qolishiga olib keladi. Lekin bu usulning qo'llanilishi borasida radikal islomistlarning orasida ham katta tortishuvlar mavjuddir. Chunki ko'pchilik islomistlar bunday qonxo'rlik ham islomga mos emasligini ham ularni obro'sini tushirishi mumkinligiga ishora qiladilar. 
Propogandaning eng ta'sirliraridan yana biri bu o'z o'zini qurbon qilishni videolavha orqali ko'rsatishdir. Alloh yo'liga o'zini qurbon qilishga tayyor talabgor dastlab birodarlari bilan ohirgi ovqatlanishga o'tiradi, ohirgi ibodatni ado qiladi va hamma bilan ko'zda yosh lekin labida tabassum bilan quchoqlashib hayrlashadi. Portlash joyiga borib o'zini qurbon qilgandan so'ng esa uni atrofidagilar uni jannatga kiritgani uchun xudoga hamdu sanolar o'qib fotiha qiladilar. Shu o'rinda yana bir narsani ta'kidlash lozimki, radikallar orasida jang davomida halok bo'lgan qurbonlarni ko'mish marosimi ham mahsus salovatlar orqali montaj qilinib propogandaga chiqarib yuboriladi. Bunday videolavhalar asosan butun musulmon va adolatparvar insonlarga qaratilgan bo'lib jabrlanuvchi sifatida radikal islomistlar ko'rsatiladi. Ko'pchilik islomistlar esa shunday videolavhalarda go'yoki qurbon bo'lgan birodarining lablarida tabassum borligini ta'kidlashadi, chunki uning jannatga kirib borishi kafolatlangandir deya tushuntiriladi. Bu esa ko'pchilik musulmonlarga ta'sir o'tkazishda katta rol o'ynaydi. 
O'zini jabrlanuvchi sifatida ko'rsatish ayniqsa urushlar davomida avj oldi. Haqiqatda AQSh va G'arbning uchuvchisiz samoletlari bo'lmish dronlar, Afg'oniston va Iroqda islomistlarga qarshi hujumlarda ayrim qishloq va aholi poselkalarini yoppasiga bombardimon qilishganliklari dunyo ommasiga sir emas. Aynan shunday voqealardan Islomistlar o'zlarining virtual jihodida unumli foydalandilar. Vayron qilingan va yonayotgan qishloqlardagi yosh bolalarning yoki qariyalarning burdalangan murdalari radikal islomistlar kameralari yordamida virtual jihodchilarning kompyuterlariga yetkazib beriladi. Bunday videolar esa nafaqat aynan o'sha videolavha olingan joy yoki vaqtga nisbatan, balki butun umumiy mojarolar davomida instrument sifatida qayta qayta ishlatilishi mumkin. Masalan Suriyadagi fuqarolar urushi haqidagi videolavhalar yoki suratlarning ko'pchiligi Iroqdagi urush paytida suratga olingan bo'lishiga qaramasdan, hozirda bu ma'lumotlar Bashar Al-Assad rejimiga qarshi oqilona ishlatilmoqda. 
Yuqorida sanab o'tilganlar virtual jihodning asosiy qurollaridir, lekin aytib o'tganimizdek har qanday adolatsizlik, yomonlik, ahloqsizlik yoki urush Islomistlar harakatini oqlash uchun asos qilib olinishi va dunyoda Shariat qonunlarni o'rnatilishi kerak degan hulosani chiqarishga olib kelishi mumkin. Chunki hozirda Halqaro Jihodning maqsadi kuch yig'ish emas, balki axborot vositalari orqali mafkuraviy urush olib borishga qaratilgandir. Bu ishda ular asosan internetdan foydalanib kelmoqdalar, hozirgi kunda halqaro ijtimoiy saytlar bo'lmish facebook, twitter, odnoklassniki, mail.ru kabi saytlar bunday virtual jihodchilarning profillari, guruhlari va sahifalariga to'lib ketgandir. Ularda asosan Islom dini niqob qilinib olinib yuqorida ko'rsatilgan islomning muqaddas tushunchalari orqali ommani o'ziga qaratish harakatlari olib boriladi. Asosiy maqsad esa jahonda Halqaro jihodni qaytadan amalga qo'yish faqat bu safar bir nuqtadan turib tashqariga tarqalish emas balki mamlakatlarning ichidan o'z o'zini yemirish orqali bunga erishishdir. 

Propogandaning kuchayishining sababi Islomizm kuchaygan mamlakatlardagi nazoratning kuchayishi va Islomistlarning markazlari bo'lmish Afg'oniston va Pokiston mamlakatlarini g'arb kuchlari tomonidan qisman nazorat qilinishi sabab bo'lgan. hozirgi kunda Islomizm tashviqoti eng ohirgi chora sifatida qo'llanilmoqda. Musulmon mamlakatlaridagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy muammolar esa bu propogandalarni aholi orasida tarqalishini osonlashtirmoqda, shuningdek yevropadagi kapitalizmning kuchayishi va fundamental moral tushunchasini yo'qolib borishi ham g'arblik aholi o'rtasida jamiyatni tartibga soluvchi kuchni izlashga undamoqda. Ko'pchilik hollarda esa Islomistlarning propogandasi bu izlovchilarga javobga o'hshab tuyulmoqda. 
Lekin agar musulmon va g'arb mamlakatlari vaziyatni shu tarzda yana 20 yilcha ushlab tursa Islomizm butunlay tarixga aylanishi mumkin. Buni tezlashtirish uchun esa Musulmon mamlakatlaridagi iqtisodiy ahvolni sezilarli darajada yahshilab, halqaro aloqalardagi ayrim strategik maqsadlardan voz kechmoq zarurdir. Chunki islomizm mutloqligicha ijtimoiy-iqtisodiy qiyinchiliklarga aholi tomonidan berilayotgan qarshi reaktsiyasidir.











Комментариев нет:

Отправить комментарий