Yer yuzida
yashaydigan insoniyatning deyarli har biri tenglikni qo`llab quvvatlaydi:
irqlar o`rtasidagi tenglik, etnik guruhlar o`rtasidagi tenglik, jinslar, ya`ni
ayol-erkak tengligi va hakozo. Biroq bizning sohada, ya`ni geosiyosatda
tenglikka hamisha ham amal qilinmaydi. Geosiyosatda birovning manfaati hisobga
olinmaydi, har bir davlat faqat o`zi yakkahukmdor bo`lishga intiladi. Asrlar
mobaynida dunyoning geosiyosiy markazi bo`lib kelgan Yevropaning qudratli
kuchlari nafaqat mintaqa, balki butun dunyoda gegemon bo`lish uchun har nega
qo`l urib keldilar. Ularning bu harakati jahon geosiyosiy maydonida kuchlar
nisbati shakllanishiga turtki berdi va kuchlar nisbati davomiy urushlarga sabab
bo`ldi. Farqli o`laroq, Sharqiy Osiyoda Yevropadagidek kuchlar muvozanati
shakllanmadi. Bu mintaqada 14 asrdan 19 asrga qadar Xitoy dominantlikni o`z
qo`lidan bermadi. Sharqiy Osiyoda gegemoniyaga intilib, Xitoy Imperiyasi bilan
raqobatga kirishadigan aytarli davlat yo`q edi. Tan olish kerakki, xuddi shu
omil tufayli Sharqiy Osiyoning asrlar mobaynidagi siyosiy hayoti Yevropanikidan
ko`ra ancha barqarorroq kechdi.
Anarxiya jahondagi beqarorlikning asosiy manbaidir
Insoniyat
ongida geosiyosiy bilimlar shakllangandan buyon bir savolga javob topilmaydi:
dunyo bir qutbli bo`lishi kerakmi, ikki qutbli yoki ko`p qutblimi? Qaysi bir
tizim barqarorroq? Biz qandaydir bir kuchning yakkahukmronligida yaxshiroq
yashaymizmi yoki tinmay raqobatlashadigan davlatlar dunyosidami? Garchi bir
qancha nazariyalar ishlab chiqilgan bo`lsada, amalda bu savollarga qoniqarli
javob topilmagan. Biz sayyoramiz taqdirini hal etuvchi yuqoridagi savollarga
faqatgina tarixni o`rganib, tahlil qilgan holda javob topishimiz mumkin.
Biz
demokratik jamiyat, o`zaro tenglikka amal qilinadigan, tinch dunyo uchun
harakat qilmoqdamiz. Biroq geosiyosat umuman boshqacha fikrlashga majbur
qiladi. Geosiyosiy jihatdan sayyora barqarorligini saqlab qolish uchun jahonda
–qattiqqo`l bo`ladimi yoki boshqami- biror qudratli kuch yoki kuchlarning
ustunligi zarurdir. Bu o`zaro tinimsiz raqobatlashadigan minglab mayda kuchlar
dunyosidan ko`ra bexavotirroqdir. O`ta amerikaparast AQSHlik geosiyosatshunos
Kennet Vols: “Anarxiya so`zining antonimi barqarorlik emas, balki
ierarxiyadir,” degan edi.
Ierarxiya
esa o`zaro tenglikni keskin cheklaydi, ierarxiya ba`zilar boshqalardan ko`ra
ko`proq huquqqa ega ekanligini ochiqdan-oydin ta`kidlaydi, qisqa qilganda
ierarxiya – notenglik, diskrinimatsiya demakdir. Ierarxiyada kimdir, qaysidir
guruh yoki qandaydir davlat boshqalardan ko`ra ancha ko`proq kuchga ega bo`ladi
va, tan olish kerakki, aynan shu omil jamiyat, davlat yoki dunyoni anarxiya
hamda xaos (tartibsizlik)dan asrab, barqarorlik uchun sharoit yaratadi.
Dunyodagi
har bir hukumat ierarxiyaga yorqin misoldir: hukumat ma`lum geografik kenglik,
ya`ni davlatda o`z hukmronligini o`rnatadi, deyarli barcha sohani
monopoliyasiga olib, shu davlatni anarxiya va beqarorlikdan saqlaydi.
Notenglikning
eng yorqin ko`rinishi gegemoniyadir. Gegemonlikka harbiy, iqtisodiy va siyosiy
yo`l bilan erishiladi va shu jihatdan gegemoniya o`z ichiga legitimlilik va
muroasani qamrab oladi. Boshqacha so`z bilan aytganda gegemoniya ixtiyoriy
notenglik asosida qurilib, qaram kuchlar dominant kuchdan o`zlari uchun
yo`lboshlovchilik qilishini istashadi.
Albatta,
hozirgi dunyomiz uchun gegemoniya qanaqadir daxshatli so`z. Biroq, aslida
insoniyat tarixidagi bir qancha barqaror davrlar aynan gegemoniya bilan
bog`liq. Rim, Venetsiya va Britaniya imperiyalari ko`p bosqinchilik
yurishlarini amalga oshirgan bo`lsalarda, o`z dominionlarida nisbatan
liberalizmni ta`minlaganlanlar. Avstriyadagi Gabsburglar Imperiyasi esa
Markaziy va Sharqiy Yevropadagi bir qancha kichik elatlarni himoya qilib, etnik
urushlarni bartaraf etganlar. Qattiqqo`l siyosat yuritgan esada, Usmoniylar
Imperiyasi Bolqon va O`rta Sharqda barqarorlikning asosiy garovi bo`lgan. Lekin
gegemoniya har doim ham barqarorlik garovi bo`la olmaydi. Buning uchun gegemon
kuchda tirannik yoki absolyut nazorat bo`lmasligi lozim. Shu jihatdan,
gegemoniyani bir dominant kuch atrofiga jon saqlash va ma`lum darajada rivojlanish
maqsadida yig`ilgan yoki yig`dirilgan obyektlarning o`ziga xos ittifoqiga
mengzash mumkin.
Barqarorlik
tabiiy shaklda xech qachon mavjud bo`lmaydi. Tarix shu namoyon qiladiki,
barqarorlik mavjudiyati biror imperial kuch yoki oddiy ierarxik tizim
hosilasidir. Bunday qudratlar va nazorat qiluvchi tizimlar o`z qo`l ostidagi
kuchlarning bir-biriga toqatsizlik darajasini majburan pasaytirishadi va o`ziga
xos kuchlar nisbatini vujudga keltirishadi. Dominant kuchning ojizlanishi esa
quyi bosqichda beqarorliklarni yuzaga keltiradi. Misol uchun, Gapsburglar
Imperiyasi, Usmoniylarning qulashi, Buyuk Britaniya Imperiyasining Osiyo va
Afrikada ojizlanishi hamda SSSRning parchalanib ketishi davomiy urushlar,
to`ntarishlar, alg`ov-dalg`ovlarga sabab bo`lgani barchamizga ma`lum. Tarix va
geopolitikada yana bir yozilmagan oldin qoida bor: har qanday imperiya yoki
avtoritar rejim kun kelib ayanchli holda qulaydi. Buni inkor qilib bo`lmaydi.
Lekin aynan shu gegemon kuchlar yillar, hatto asrlar davomida tinchlik va
barqarorlikning asosiy suyanchig`i bo`lishadi. Bu ham inkor qilib bo`lmas
haqiqatdir.
Shu o`rinda
alohida ta`kidlab o`tmoq lozim, har qanday gegemon qudrat ham barqarorlikni
shakllantira olmaydi. O`z vaqtida Avstriyaning Gabsburglari Sovet
kommunistlaridan ko`ra ancha tolerant bo`lishgan. Agar geosiyosiy mezonlar
bilan qiyoslaydigan bo`lsak, 1917-yilda Romanovlar Lenin boshchiligidagi
bolsheviklar tomonidan ag`darib tashlanmaganida va hokimiyat monarxiya qo`lida
qolganida, Rossiyaning 20 asrdagi rivojlanish yo`nalishi ancha gumanitar tus
olgan bo`lar edi. Bu albatta nazariy xulosa. Aslida 20 asrning buyuk
davlatlaridan biri mutlaq monarxiya tomonidan boshqarilishini tasavvurga
sig`dirib bo`lmaydi.
Agar
gegemon kuchlar kun kelib qular yoki ularning hammasi ham tinchlik garovi
bo`lolmas ekan, unda dunyo qanday kuchlar tizimida yashamog`i lozim? Bu holda
tartib va barqarorlik ierarxik tizim orqali ta`minlanishi kerak.
Ikkinchi
Jahon Urushidan to hozirga qadar AQSH jahon siyosiy sahnasida gegemon qudrat
rolini o`ynab kelmoqda. Albatta, Sovuq Urush davrida Amerikaning katta raqibi bor
edi. Sovuq Urushdan so`ng vaziyat butunlay o`zgardi. Endilikda Vashington
istaganini qila olish qudratiga ega bo`ldi. Demokratiya bayrog`i ostida
AQSHning kirib bormagan hududi qolmadi. Ehtimol o`z uyida demokratiya va
tenglikka amal qilar, lekin tashqi siyosatda AQSH haqiqiy gegemonga aylandi.
AQSH har bir hudud, har davlatni nazorat etishni istar va ozmi-ko`pmi buning
uddasidan ham chiqdi. Natijada ma`lum hududlar, mubolog`a qilib aytganda, butun
sayyoraning barqarorligi uchun o`z-o`zidan AQSH asosiy javobgarga aylanib
qoldi. AQSH NATOni shakllantirdi, butun Tinch Okean havzasini nazoratiga oldi. Shu
tufayli dunyoning qayeridaki gumanitar inqiroz paydo bo`lsa, AQSH uni bartaraf
qilish uchun yo`l ola boshladi, garchi o`zi istamasa ham. Ko`p hollarda bunday
inqirozlarga AQSHning o`zi sababchi bo`ldi. Qisqa qilib aytganda, AQSH butun
dunyoni changalimga to`playman, deb o`z boshiga ortiqcha tashvish orttirdi. Butun
jahonga hukmdorlik qilish o`ylangandek oson bo`lib chiqmadi. Hozirgi kunga
kelib esa, dunyo barqarorligi uchun balogardonlik AQSHning sillasini
quritmoqda.
Bugungi kunda
manzara o`zgacha: NATOning butun nazorati ilgarigidek AQSHning qo`lida emas,
Tinch Okeani havzasida boshqa davlatlarning dengiz kuchlari ko`payib bormoqda,
Xitoy esa AQSHni Osiyodan siqib chiqarish uchun bor kuchi bilan harakat
qilyapti. AQSHning jahondagi asosiy harbiy harakatlaridan biri esa Iroqqa
intervensiyasi bo`ldi. Bir so`z bilan aytganda, AQSH gegemon titulini qo`ldan
boy bermoqda.
Xulosa qiladigan
bo`lsak, hozirgi qudrat uchun intilayotgan davlatlar dunyosida gegemonga
aylanish oson kechmaydi. Tarixda imperiyalar qurol yordamida dominantlikka
erishgandirlar, hozirgi zamon esa harbiy-harakatlarni hazm qila olmaydi. Xalqlarning
ongi rivojlanar ekan, ular ortiq aniq bir gegemon kuch qo`l ostida yashashga
rozi bo`lmasliklari ham turgan gap. Biroq dunyoni anarxiya domiga ham tashlab
bo`lmaydi. Xuddi shunday paytda ierarxiya barcha qatlam muammolarini yechishi
mumkin. Ierarxik tartib yo`q ekan, demokratiya ham bo`lmaydi. Sababi
demokratiyaning o`zi aslida notenglik va ierarxik tizimni ilgari suradi.
Shu
o`rinda O`rta Sharq davlatlari yoki Qirg`iziston kabi davlatlar harchand
demokratiyani bayroq qilsalarda, ularda xech qachon demokratiya
shakllanmasligini ta`kidlab o`tish mumkin. Sababi demokratiya anarxiya emas,
balki markazlashgan boshqaruv (bu boshqaruv xalq tomonidan shakllantirilgan
bo`lishi lozim, yo`qsa avtokratiyadan farqi qolmaydi) nazorati ostida vujudga
keladi. Dunyo kuchlar tizimida ham xuddi shunday: bosqichma-bosqich nazorat tizimi
mavjud emas ekan, sayyoramiz xech qachon barqaror bo`lmaydi. Lekin savol
tug`iladi: bu ierarxik tizim tepasida qaysi kuch yoki davlat turmog`i lozim? Bu
savolga esa xech qachon aniq javob topilmaydi. Chunki har bir davlat
bo`ysunuvchi emas, balki boshqaruvchi, xech qursa, o`zaro teng bo`lishni
istaydi. Albatta, hamma tenglikni xush ko`radi, faqat geosiyosat emas…
Dunyoda demokratiyani asl maqsadi xalqni xohiw-irodasidiyu,bugun AQSH buni bayroq qilib,o'zi demokratiyani buzgan holda bowqa davlatlarni repressiv siyosat qilyapti deb turli xil ayblar asosida bosib oliw iwini amalga owirmoqda.Tug'ri bosib oliw tugridan tugri bumasada,ammo siyosiy-iqtosodiy iwlarni har qanaqa jamiyatga kirvob uz yuliga somoqci.Bugungi Rossiyada yetiwtirilgan Putin endi harbiy jihatdan uziga iwonci yana ortib,AQSHni soxta demokratiyasini buw quyib keliwni tuxtatib ociqca unga qarwi ta'sir kursatib kelmoqda.Aslida yaqin 2 yildan buyon ruslada bowlanga siyosiy mitinglar ortida AQSHning turli xil "gumanitar yordami" ekanini ociqca inkor etiwni moskva utgan yil davomida yaxwi twundi.Ular jamiyatida AQSHga qarwi yaratilgan nafrat uni mafkuraviy buzgunciligini amalga owiromidi deb uylardi.Ammo Rossiyada wakllangan turli xil partiyalarning ortida moliyaviy yordamni kim berganini tuwunib yetdi.Keyin tan oliw kerakki hokimyatda mablagsiz cqiw xato dgan fikr wakllanvotti hammada.Nega?
ОтветитьУдалитьCunki bugungi demokratiya siz ta'kidlagandek iyrarxik maqsadlarni ifodasi bulmoqda.Cunki jamiyatdagi 1%li puldor jamiyat xayotidagi barca xodisalarni bilvosita va bevosita iwtirokcisi ekani endi barcaga ma'lum.
Keyin Qirgiziston debsizla,wu urinda Jirnovskiyni bir ajoyib,waxsan manga yoqadigan cqiwdagi gapini etmoqcidim.
"Qirgiz va tojik xalqi xec qacon davlat quriw salohiyatiga egamas,keling yaxwisi wu ikki xududni Uzbekistonga tegiwli yerini qaytarib beramizu,qolgan xududni mintaqaga moslab xurmozoru corvaga moslangan yaylov qilamiz" dgandiy cqiw qilgandi.Yoqimli taklif bugungi cegara bilan bogliq kunda,ammo bu xududdan katta bizga tegiwli xududlarni mamlakatimizga qaytariw notincliga sabab buladi,nega?
Cunki bu xududlardagi siyosiy ongi mamlakatimizda turli xil notinclini keltirib cqaradi,cunki ulani fikrlawi buzildi,ula anca kop voqealarni kurdi,ula ucun miting,uruw manimca mintalitetga aylanib buldi.
Bu mani maqolizdan ilxomlanib yozgan fikr-mulohazam xolos.
Doim dunyoyimiz tinc bulsin deb sizlaga omad tiliman,faqat maqolalarni koproq cqarsila zur bulardi,biz uz izohlarimiz bilan mavjud muammo tahlilida uziga xos iwtirok etib biroz fikrlawimizi carxlarmidik.Raxmat sizlaga.
макола зур чикибди,укиб чикканингга афсусланмайсан киши,койил геополитика сахифаси яхши иш олиб боряпти лекин унинг камчилиги янги маколалар жуда кам ва секин езиляпти бунакада бу сахифа укувчиларнинг эсидан чикиб кетиши мумкин
ОтветитьУдалитьтез тез янги макола езиб туриш керак,кичикрок макола булса хам янги булса укувчининг кизикишини уйготади ва ГЕОПОЛИТИКА сахифасига тез тез кириб туришга укувчини одатлантиради
нима дедингиз хурматли АДМИН : ?
Rahmat e'tibor uchun. Bilasizmi, sekin ishlashimizning asosiy sababi odam yetishmasligidir. Aniqrog'i hozircha faqat o'zim. Geopolitika.UZ shunchaki hobbi bo'lgani uchun unga asosiy vaqtimni ajratolmayman. Biz yangiliklar sahifasi bo'lmaganligimiz, tahliliy maqolalarni yozish esa mashaqqatli va uzoq vaqt olganligi (ba'zan bir maqola haftalarga cho'ziladi) tufayli blogni doimiy yangilab turishni iloji bo'lmayapti. Keyinchalik kichik geosiyosiy yangiliklarni muntazam berib borishni ham rejalab qo'yganmiz siz taklif qilgandek. Ishonamanki, shundan so'ng o'quvchilarimiz zerikib qolishga vaqt topishilmaydi :)
ОтветитьУдалитьIshlarizga omad tilagan xolda yana shunaqa qiziqarli maqolalani kutib qolamiz, o'quvchilaga ajratvotgan vaqt va mehnatilaga kotta rahmat.
УдалитьBir qutbli dunyo bo'lgandan ko'ra yerda xayotga nuqta qo'ygan afzal men uchun.
ОтветитьУдалитьImperialar davrida barqarorlik saqlangandir, lekin imperiya tepasidagilar xalqlarni quldek boshqargan.
Bugungi kunda ham raqobatchilari yo'q bir qutbli dunyo bo'lsa, o'sha qutbni boshqarayotganlar istagancha agressiya qilishi mumkun bo'lib qoladi.
Kim bilsin, malum millatlarni tag tugi bilan qirib ham yuborar.
Yahshisi, BMT ni qo'g'irchoqlikdan xalos qilib, xolis, neytral xalqaro boshqaruv tizimi yaratish kerak.
Bunday tashkilot chiqargan qonunlarga barcha amal qilsin.
Bugungi BMT dek qaysidir kuchlarga xizmat qilmasin.
Maqola yaxshi chiqibdi,adminlardan bir iltimosim bor shu ikkinchi jahon urushi haqida ham maqola chiqarsalaringiz,Gitlerning qanday o'lim topgani haligacha noma'lum va hokazolar.
ОтветитьУдалитьMaqolalariz barchasi menga yoqdi, menga jahon siyosati haqida o'rganish juda qiziq.
ОтветитьУдалитьIshlarizga rivoj, sizlardan ko'proq maqolalar kutib qolamiz, rahmat!
Yuqoridagi maqolalani ham o'qib chiqdim yaxshi yozilgan lekin g'arb nafasi borligi sezilib turibdi, holis bo'lishga harakat qililar.
ОтветитьУдалитьIltimosim bor edi, agar malol kelmasa
Yadroviy qurolsizlantirish haqida ham maqola yozsalaring jon deb o'qigan bo'lardim.