27.06.2014

IROQ INQIROZI: KIM AYBDOR?

Geosiyosatda biror inqiroz aybdori-jabrlanuvchisiga ta’rif berish yoki aybdor-jabrlanuvchini aniqlashning imkoni yo‘q. Imkoni bo‘lgan taqdirda ham bunday amal o‘ta darajada subyektiv bo‘lar edi. Lekin tomonlarning qarashlari-da’volarini o‘rganib chiqib, inqirozlar yuzaga kelishiga kim ko‘proq “xissa” qo‘shayotganiga biroz oydinlik kiritsh mumkin. Hozirgi kunda O‘rta Sharq global terrorizmning navbatdagi to‘lqini ostida qoldi – Iroq deyarli “nuragan davlat” (failed state)ga aylanmoqda. Xo‘sh, bu yangi inqirozda kimning “ayb”i ko‘proq?

Avvalo, inqiroz deya atayotganimiz Iroqda yuza berayotgan voqealar haqida qisqacha sharh berib o‘tsak. O‘zini “Iroq va Shom Islomiy davlati”, “Iroq va Levantdagi Islomiy davlat” yoki “Iroq va Suriyadagi Islomiy davlat” deb atayotgan sunniy jangarilardan tashkil topgan hamda al-Qoidaning mintqadagi firqasi sifatida ko‘rilayotgan qurolli tashkilot yoda guruh joriy yilning ilk oylaridan buyon Iroq va Suriyaning aksar hududlarini qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Iyun oyiga kelib guruhning faolligi oshib, Iroqni deyarli falajlab qo‘ydi. Xo‘sh, bu o‘zi qanday guruh?

Iroq va Shom Islomiy Davlati jangarilari

13.06.2014

Dunyoning eng kichik lekin katta ta'sirga ega bo‘lgan 10ta mamlakati



Dunyoda shunday mamlakatlar borki ular demografik jihatdan ham va yer maydonlarining kattaligi bo‘yicha ham katta ahamiyat kasb etmaydilar, lekin ularning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy ta'sirlari global ahamiyatga ega. Bugungi maqolamiz ana shunday davlatlarni sizlarning e'tiboringizga havola qiladi.