31.01.2014

DOLLARNI ALMASHTIRING!

Jahon Bankining sobiq iqtisodchisi Jastin Yifu Lin dollarning moliya olamidagi hukmronligini tanqid qilib, u global moliyaviy va iqtisodiy inqirozlarning asosiy sababchisi ekanligini aytdi. Lin dollarni yagona global valyuta bilan almashtirishni taklif qildi. Uning fikricha, aynan global valyutani muomalaga kiritilishi moliyaviy inqirozlar oqibatlarini tugatish va ularning oldini olishning yagona yo‘lidir.

2014-YILDA DAVLAT TO‘NTARISHI EHTIMOLI YUQORI 40 DAVLAT

So‘nggi vaqtga kelib demokratik islohotlar o‘tkazish talabi millatlardan millatga, davlatlardan davlatga zanjir ta’siri natijasida ko‘chib o‘tmoqda. Oxirgi bir necha yilning o‘zidayoq ko‘plab davlat to‘ntarishlari, inqiloblarga guvoh bo‘ldik va bo‘lmoqdamiz. Inqiloblar va davlatlar to‘ntarishlari demokratiyani mamlakatga olib kelish bilan birga xalqaro tizimni izdan chiqishi, xalqaro munosabatlarni murakkablashtirishi turgan gap. Shu sababli bugungi kunda yetilib kelayotgan inqirozlarni oldindan aniqlash ham qudratdagi rejimlar, ham xalqaro tizim va munosabatlarning ishtirokchilari uchun o‘ta muhim hisoblanadi. Siyosatshunos olim Jey Ulfelder matematik tahlil modeli asosida 2014-yilda davlat to‘ntarish ehtimoli yuqori bo‘lgan 40 davlat ro‘yhatini e’lon qildi.

 Click to enlarge. Data source: Jay Ulfelder coup forecasts for 2014. (Max Fisher/Washington Post)

30.01.2014

HAMID KARZAY: “TERRORCHILIK AMALLARI ORTIDA AQSH TURGAN BO′LISHI MUMKIN”

Ba’zi hollarda AQShni reydlari davomida tinch fuqarolarning o‘limiga sabab bo‘lishda ayblab keladigan Afg‘oniston Prezidenti Hamid Karzay endilikda mamlakatda tez-tez sodir bo‘layotgan terrorchilik amallari ortida ham amerikaliklar turgan bo‘lishi mumkinligiga ishora qildi. Karzayning bu boradagi shubhalarini afg‘on hukumati tarkibidagi amaldorlardan biri ma’lum qilgan.


29.01.2014

SURIYADA G‘ARBIY KURDISTON DAVLATI PAYDO BO‘LISHI MUMKIN

O‘tgan hafta Shvetsariyada BMT tashabbusi bilan tashkil qilingan hukumat va isyonchilar o‘rtasidagi tinchlik muzokaralari davomida Suriya kurdlari o′z mustaqilligi hamda o‘zlari yashaydigan hudud ustidan nazoratni talab qilib namoyish o‘tkazishdi.

BRITANIYA VA ROSSIYA O‘ZARO MUDOFAA BITIMINI IMZOLAMOQCHI

Buyuk Britaniya o‘zining Sovuq Urush davridagi sobiq dushmani – Rossiyadan o‘zaro mudofaa bitimi ostida qurol-yarog‘ sotib olishi mumkinligi haqida Telegraph xabar tarqatdi.

28.01.2014

ALJIR ARMIYASINI XITOY QUROLLARI BILAN TA’MINLASHNI JADALLASHTIRMOQDA

Shimoliy Afrikadagi eng qudratli armiyalardan biri bo‘lgan Aljir qurolli kuchlari Xitoy artilleriyasi va uchuvchisiz dronlari bilan qurollanish orqali o‘z kuchini yanada oshirmoqchi.


GULBIDDIN HIKMATYOR: AFG‘ONISTONDA YANA FUQAROLAR URUSHI BOSHLANISHI MUMKIN

Sobiq afg‘on bosh vaziri, mashhur dala qo‘mondonlaridan biri va Hizbi Islomiy Afg‘oniston rahnamosi Gulbiddin Hikmatyor xalqaro kuchlarning biror bir ijobiy natijasiz mamlakatdan chiqib ketishi kichik guruhlar o‘rtasidagi ihtilofning kuchayib ketishiga, buning ortidan afg‘on xalqi yana bir bor qonli fuqarolar urushi domiga tortilishiga olib kelishidan ogohlantirdi.


20.01.2014

"Buyuk O'yin" 1-qism



XIX asrda yirik mustamlakachi davlatlar tomonidan Afrika, Osiyo, Amerika va Okeaniya mamlakatlarini bo’lib olish uchun kurash yanada kuchayadi. Mustamlakachi imperiyalar - Buyuk Britaniya va Rossiya davlatlari manfaatlari ulkan hududlarda: Usmonli turklar imperiyasi, Eron, Afg’oniston, O’rta Osiyo, Tibet va Shimoli-g’arbiy Hindistonda to’qnashdi. Ushbu hududlarni egallash orqali imperiyalar o’zlarining siyosiy va iqtisodiy kuchini oshrish va ta’sir doirasini yanada kengaytirishni ko’zda tutgan edilar. Shu sababli ingliz-rus raqobati kundan-kunga kuchayib bordi va ikki o’rtadagi o’zaro raqobat “Buyuk o’yin” jumlasi (bu atama Britaniya razvedkasi ofitseri Artur Konolli tomonidan birinchi marta ishlatilgan, Ridyard Kipling esa bu iborani mashhur qilgan shaxsdir) bilan atala boshlandi.