Jahonda
kuchlar muvozanati o`zgarar ekan dunyodagi aksariyat davlatlar siyosiy
maydondan keragicha ta`sirli o`rin egallash uchun harbiy sohaga katta e`tibor
qaratishmoqda. Bu qaysidir ma`noda ko`p qutbli boshqa bir Sovuq Urush davri
boshlanayotgandan darak beradi.
AQSH va bir
qator Yevropa davlatlari harbiy sohaga ajratilayotgan mablag`ni keskin
qisqartirishga urinayotgan bir paytda jahondagi boshqa davlatlar qurollanishga
zo`r berishmoqda.
Osiyoda
Xitoy, Hindiston va Yaponiya kabi gigant davlatlar mintaqaviy hamda global
maydonda yetarli kuchga ega bo`lish maqsadida harbiy sohaga ajratilayotgan
mablag`ni kun sayin oshirib borishyapti.
Bir vaqtlar
qurollanish borasida O`rta Sharqda birinchilardan bo`lgan Eron va Misr ichki
muammolar girdobiga tushib qolgan bir paytda, ularning qo`lidan estafetani
Saudiya Arabistoni va Iroq olib ketishdi.
Garchi
global ta`sirga ega bo`lmasa ham Shimoliy Afrikada kuchli ta`sirga ega bo`lish
uchun Aljir armiyasini kengaytirib bormoqda.
Nihoyat,
Sovuq Urush davridan beri harbiy sohada deyarli isloh qilinmagan Vladimir Putin
boshchiligidagi Rossiya Federatsiyasi armiyasi ham son, ham sifat jihatidan
kuchaytirilmoqda.
Quyida bu
yetti davlat qay yo`sinda harbiylashayotganini ko`rib chiqamiz:
1. XITOY
Osiyoda eng
tez o`sayotgan Xitoy Xalq Ozodlik Armiyasi (XXOA)o`tgan o`n yillik davomida
o`zining imkoniyatlari va strategik maqsadlarini keskin oshirdi. XXOA o`ta
zamonaviy samalyotlar, uchuvchisiz dronlar, suv osti kemalari va razvedka
vositalari bilan qurollandi. Shuningdek, kiber-xujum imkoniyatiga ham ega
bo`ldi. bularning barchasi iqtisodiyoti tobora o`sib borayotgan Xitoyning
milliy byudjetidan ajratilgan mablag` evaziga amalga oshirildi.
Xitoyning
Milliy Razvedka Kengashi 2008-yilda Xitoy harbiy qudrati 2025-yilgacha jahonda
yetakchi bo`lishini bashorat qilgan edi. Bu maqsadga erishish uchun uzoq
muddatli loyiha ham ishlab chiqilgan edi.
Loyihaga ko`ra, Xitoy armiyasining
asosiy vazivasi mamlakat va xalq manfaatlarini ta`minlash hamda himoya etish,
20-asrda G`arb qudratlari tomonidan adolatsiz tarzda o`zgartirilib tashlangan
Sharqiy Osiyo geosiyosiy maydonini qaytadan tiklashdan iborat bo`ldi.
Xitoy jahon
geosiyosatida ko`proq ta`sirga ega bo`lib borar ekan, raqobatchilarga qarshi
turish uchun harbiy yo`lni tanlagani ajablanarli emas. Biroq qudratli armiyadan
foydalanishi haqiqatga yaqin emas.
2. YAPONIYA
Garchi
Yaponiya konstitutsiyasi tashqi davlatlarga qarshi harbiy kuch ishlatishni
taqiqlasada, Yaponiya Mudofaa Kuchlarining (YMK) imkoniyati tinimsiz ortib
bormoqda. Hozirgi paytgacha YMK kichik,
lekin o`ta zamonaviy kuchga aylanib ulgurgan. Ayniqsa, Xitoy bilan Senkaku
(Diaoyu) orollari ziddiyati kuchayib ketgandan so`ng Yaponiya qurolli kuchlarga
e`tiborini yanada kuchaytirdi.
Qonunlarida
tashqi tajovuzkorlik man etilgan Yaponiya ichki barqarorlikni ro`kach qilgan
holda YMK imkoniyatlarini tinimsiz oshirib bormoqda. Yaponiya-Xitoy o`rtasidagi
orollar qarama-qarshiligi taranglashib borar ekan, mobodo ikki o`rtada
to`qnashuv kelib chiqsa, rasmiy Tokio YMKdan foydalanishi turgan gap.
YMK
qudratli armiyaga aylanganiga qaramay, Yaponiya xavfsizlik masalalarida AQSHga murojaat
qiladi. AQSH rasmiy Tokioning asosiy qurol yetkazib beruvchisi hisoblanadi. Yaqinda
Yaponiya Mudofaa Vazirligi AQSHdan qurol sotib olish uchun byudjetdan 2.1
milliard dollar ajratilishini so`ragani haqida xabarlar tarqatilgandi.
3. HINDISTON
Hindistonning
harbiy sohaga e`tibori biroz o`zgacha. Hindiston armiyasini zamonaviy qurollar
bilan emas, balki askarlar sonini oshirish bilan kuchaytirmoqda.
Hindiston Dengiz
Kuchlari Hind Okeanida Xitoyning yagona raqibi hisoblanadi. Dengiz Kuchlari so`nggi
paytlarda soni oshishidan tashqari avia tashuvchilar bilan ham
zamonaviylashtirildi.
Hindiston
Xavo Kuchlari ham Rossiyadan sotib olingan zamonaviy harbiy samalyotlar bilan
to`ldirildi.
Qurolli Kuchlarni
kuchaytirish orqali Hindiston Janubiy Osiyo va Hind Okeanida gegemon davlatga
aylanishga harakat qilyapti.
4. IROQ
2003-yilda
Sadddam Hussayn rejimi ag`darilgandan so`ng Iroq xavfsizlik masalalari bo`yicha
butunlay AQSHga qaram bo`lib qolgan edi. AQSH harbiylari ketgandan so`ng
Iroqning yangi hukumati harbiy sohaga jiddiy e`tabor qarata boshladi. Bugungi
kunda Iroq AQSH va Rossiyaning yordami asosida harbiy imkoniyatlarini keskin
oshirmoqda.
Iroq
hukumati o`tgan yili General Dynamicsdan zirhlangan transport va Boeingdan F-16ning
bir qancha partiyalarini sotib olgani haqida ma`lumotlar tarqalgan edi.
Shuningdek,
ikki o`rtadagi 4.2 milliard dollarlik kelishuv asosida Rossiyadan 30 Mi-28NE vertolyotlari
va 42 Pantsir-S1 raketa launcherlari bilan qurolli kuchlarini to`ldirdi.
Harbiy qudratni
oshirish orqali Iroq nafaqat deyarli o`n yil davom etgan beqarorlikdan so`ng
ichki xavfsizlikni ta`minlashni, balki O`rta Sharq mintaqasida yetakchi kuch bo`lishni
ham ko`zlamoqda.
5. SAUDIYA ARABISTONI
Mintaqada
vaziyat keskin tus olib borar ekan, AQSHning ittifoqchilaridan biri bo`lgan
Saudiya Arabistoni ham barqarorlikni ta`minlash uchun armiyaga ega bo`lmoqchi. Bundan
tashqari saudiyaliklar yadroviy dasturi bilan nafaqat mintaqa, balki butun
dunyoda siyosiy kelishmovchiliklarga sabab bo`layotgan Eronni ham xavf sifatida
ko`rishadi. Shu sababli mintaqada ziddiyatlarga sabab bo`ladigan davlat harbiy
jihatdan ustun bo`lmasligi lozim, deb hisoblashadi.
Yaqinda
Saudiya Arabistoni ehtimoliy Eron “tahdid”iga qarshi AQSHdan 84 ta F-16 harbiy
samalyotini sotib oldi.
Arab
Bahoridan so`ng mintaqadagi siyosiy vaziyat keskinlashib ketar ekan, Saudiya
hukumati ichki va tashqi (asosan Eron va Iroq) tahdidlarga qarshi katta
tayyorgarlik ko`rayotgan ko`rinadi.
6. ALJIR
Energetika
sohasida o`sib borayotgan narxlar Aljir g`aznasiga katta foyda keltirmoqda.
Aljir hukumati esa bu mablag`ni Shimoliy Afrikada gegemon bo`lish uchun
sarflayapti. Ayni damda Aljir armiyasi mintaqadagi eng qudratli kuch, Aljir esa
harbiy sohaga eng katta mablag` ajratayotgan davlat bo`lib qolmoqda.
Tabiiy gaz
va neft eksportidan yillik 200 milliard dollar foyda ko`rayotgan Aljir
ruslardan Su-30MK harbiy samalyotlari, T-90 tanki va Kilo suvosti kemasi, nemis
konserni ThyssenKrupp Marine Systemsdan vertolyotlar, yana bir nemis harbiy
kompaniyasi Rheinmetalldan zirhli transportlar sotib olib, qurolli kuchlarini
kuchaytirmoqda.
Afrika
qit`asida qurolli kuchlar bo`yicha Misrdan keyin ikkinchi o`rinda turishiga
qaramay, yanvar oyida gas zavodida yuz bergan garovgirlik hodisasida Aljir
harbiylari o`zlarining nimaga qodirliklarini ko`rsatishni uddasidan chiqishga
muvaffaqa bo`lmadilar.
7. ROSSIYA
Janob Putin
rahbarligida Rus Qurolli Kuchlari ham son, ham sifat jihatdan kuchayib
bormoqda.
Rasmiy va
norasmiy xabarlarga ko`ra, Sovuq Urush davrida jahonning yetakchilaridan
bo`lgan Rossiya armiyasi 2013-yilda 60 % ga oshishi kutilmoqda. Shuningdek,
armiya zamonaviylashtirilgan yadroviy raketalar tizimi bilan ham ta`minladi.
Mustaqil tahlilchilar
fikricha rasmiy Moskvaning qurolli kuchlarga alohida e`tabor qaratayotganining
asosiy sabablari Yevropada AQSH tomonidan rejalashtirilayotgan bahsli raketadan
mudofaa tizimi va Rossiyaning janubiy hududlarida yetilib kelayotgan beqarorlik
holatlaridir.
Yana e`tiborga
loyiq tomon shundaki, Rossiya kiber-xujum doirasida dunyoda yetakchi o`rinlarda
turadi va ko`pchilik soha mutaxasislari Rossiyaning bu boradagi qudrati
Xitoynikidan ancha yuqori deb hisoblashadi.
Yaqin yillardagi
o`zgarishlar shuni tasdiqlamoqdaki, Rossiya Sovuq Urush davridagi harbiy qudratiga
yangidan ega bo`lishga intilyapti.
Ko`rib
turganimizdek, dunyoning bir qancha yetakchi davlatlari qurollanishga kuchli e`tibor
qaratishyapti. Tarix bizga urushlar borasida ko`p saboqlar beradi, shularning
ichida yodda saqlashimiz kerak bo`lgani - bu harbiy kuch, zo`ravonlik bilan
dunyoga hech kim, hech qachon hokimlik qilolmasligidir. Hozirgi diplomatiya,
integratsiya, globallashuv zamonida birlashish o`rniga o`z mintaqalarida va
dunyoda hokimlikni talab qilayotgan davlatlarni qanday tushunish mumkin?
Bu maqolani yozgan odam Amerikaparastmi? Harbiy soahada Amerika Qo'shma Shtatlari dunyoga baho beradi-yu lekin uizining harakati baholanmaydimi? Dunyoga hokimlikka ular da'vo qilayaptiku bugun. Isroilning xarbiy salohiyati -chi?
ОтветитьУдалитьBu maqolada harbiy soha jihatidan kuchli davlatlar sanab o`tilmagan. Albatta, harbiy jihatdan AQSH yuqoridagi davlatlardan yuqori o`rinda turadi. Maqolada esa davlatning boshqa tarmoqlaridan ko`ra harbiy sohaga ko`proq e`tibor berayotgan davlatlar keltirilgan. O`z nomi bilan tobora harbiylashayotgan davlatlar.
ОтветитьУдалитьKechirasiz AQSH harbiy jihatdan yuqori turadi dedingizmi? Harbiy sohadan bilimlar qay darajada ?Qaysi jihatlari yuqori turadi? Tehnologiya,askarlar tayyorgarligi,askarlar soni yoki qurollar ishonchliligi bo'yichami?
УдалитьBirinchidan yuqori tehnologiyalar Hitoy va Yaponyada qo'llaniladi
Ikkinchidan askarlar jang salohiyati bo'yicha Afg'on va Kuba askarlari turadi ( bunga ko'p yillik urushlar sabab)
Uchunchidan Askarlar soni bo'yicha Hitoy birinchilikni adashmasam songgi 10 yillikda uchlab turibdi
To'rtinchidan Qurollar arzonligi va ishonchliligi bo'yicha Rossiya 1960 yildan beri o'z pozitsiyasini yo'qotmagan
Yuqoridagi izohda tog'ri aytildi bu maqoladan AQSHparastlik hidi kelayabdi
Nima uchun AQSH qurolli kuchlarini hisobga olmayapsiz? Axir AQSH ham yadroviy qurollarga ega-ku?
Удалитьtogri lekin aqsh geografik tomondan juda zaif
УдалитьАнонимный11 апреля 2013 г., 13:56
ОтветитьУдалитьFikrizga qo'shilaman!
Qiziq judayam qiziq
ОтветитьУдалитьЭтот комментарий был удален автором.
ОтветитьУдалить100%=????????
ОтветитьУдалить