Hammamiz so’ngi yillarda dronlar va ularning ishlash konseptsiyasi haqida matbuot va ommaviy axborot vositalari orqali bir nechta bor eshitgan bo’lsak kerak. Uchuvchisiz va masofadan boshqariladigan ushbu uchuvchi apparatlar 21-asr harbiy dunyosini va urushlar yuzini butunlay o’zgartirib yubordi. Omma orasida dronlarning harbiy amaliyotlarda ishlatilishiga bir qancha yondashuvlar mavjud. Kimlar uchundir dron dunyodagi havfsizlikni saqlash uchun ajoyib qurol, yana boshqa kimlar uchun u insoniyatga havf soluvchi qalbsiz uchuvchi mashina. Lekin dronlarning AQSh tomonidan radikal-islomistlarning jangarilik harakatlariga qarshi ishlatilishi harbiy nuqtai nazardan yahshi natijalarni berdi. Lekin o’z navbatida bunday hujumlar jangarilarni yanada ehtiyotkorroq harakat qilishga va jangarilik bazalari joylashuvini tinimsiz o’zgarib turishiga olib keldi. Natijada ular bilan kurashish yanada qiyinlashdi.
Mana 10 yillardan beri dronlar harbiy
amaliyotda keng ko‘lamda ishlatilib kelinmoqda. Uchuvchisiz, ixcham va uzoqdan
boshqariladigan ushbu samolyotlar soatlar davomida dushman hududlarida uchishlari va bortidagi
qurol aslahalari bilan hujum qilish imkoniyatiga egadirlar. So‘ngi yillarda
harbiy maqsadlarda dronlarning tobora ko‘proq ishlatilayotganini guvohi
bo‘lmoqdamiz.
Dronlar dushman hududdini razvedka qilish va hujum operatsiyalarida borgan sari qiruvchi samolyotlar o‘rnini egallab bormoqdalar. Bunga bir nechta sabablar mavjud.
Dronlar dushman hududdini razvedka qilish va hujum operatsiyalarida borgan sari qiruvchi samolyotlar o‘rnini egallab bormoqdalar. Bunga bir nechta sabablar mavjud.
Birinchidan dronlar qiruvchi samolyotlarga
qaraganda kamida 10 barobar arzonroqdir. Bitta dronning o‘rtacha bahosi 10-15
million AQSH dollari bo‘lsa, qiruvchi samolyot uchun bu narh 50-150 million va
bombardimonchi samolyotlar uchun esa 1 millard AQSH dollarini tashkil qiladi.
Ikkinchidan, dronlar uchuvchili samolyotlarga
qaraganda kichik bo‘lgani uchun ularni ilg‘ab olish qiyin, dronlar nogohon
harbiy hujumlar uchun eng mukammal uchuvchi apparatlardir. Yillar o‘tgan sayin ulurning hujum qilishdagi
aniqlik darajasi ham ortib bormoqda (Jorj Bush prezidentligi davomida 60%,
Barak Obama davriga kelib 85%).
Uchinchidan, dronlar tufayli uchuvchilar
hayoti saqlanib qoladi. Bu qurilma tufayli qurbon bo‘luvchi askarlar sonini 0
ga teng qilgan holda urush olib borish mumkin bo‘ladi.
Dronlar ustidan olib boriladigan ilmiy
tadqiqotlarga 2011 yilda 2 milliard AQSH dollari sarflangan bo‘lsa, 2020 yilga
borib bu ko‘rsatkich 4 milliard AQSH dollarini tashkil qilishi kutilmoqda.
Dronlarning harbiy maqsadda eng ko‘p ishlatilishi Pokistonning shimoliy
Vaziriston viloyatlariga to‘g‘ri keladi. So‘ngi uch yillikda Yaman hududida ham
bu qurilmalarni ishlatilishi kuchaygan. Hozirda Yaman osmonlarida yuzlagan
harbiy dronlarni ishlatilishi aytiladi. Somalidagi dengiz qaroqchiligini
kuchayishi bilan bu mamlakatda ham 25dan ortiq dronlar patrullikni ijro
etmoqdalar.
So‘ngi 10 yil ichida AQSH hukumati 450ta
qurollangan dronlarni harbiy maqsadlarla ishlatgan. Jorj Bush prezidentligi
davrida har bir dron uchun harbiy hujum uyushtirish oralig‘i 40 kunni tashkil
qilgan bo‘lsa, Obama prezidentligiga kelib bu davr atigi 4 kunni tashkil
qilgan. AQSH harbiy havo kuchlari 2001 yilda atigi 50tacha dronga ega bo‘lgan,
oradan 10 yillar o‘tib ularning soni 8000ga yetgan, keyingi 10 yillik ichida
esa AQSH armiyasidagi dronlar soni 20 000ga yetishi kutiladi. Hozirda AQSH harbiy havo kuchlari qiruvchi
samolyotlar uchuvchilari soniga qaraganda ko‘proq dron operatorlarini
tayyorgarlikdan o‘tkazmoqda. Faoliyat yuritayotgan operatorlar esa odatiy
uchuvchilarga qaraganda ko‘proq uchish soatlarini amalga oshirmoqdalar.
AQSH dronlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan va ular orqali hujumlarni amalga oshirayotgan yagona mamlakat emas. Isroil, Turkiya, Eron, Rossiya, Xitoy, Fransiya, Hindiston va boshqalar, umumiy hisobda 40ga yaqin davlat o‘z armiyalari tarkibida dronlar miqdorini oshirishga harakat qilmoqda.
Dronlarning bunday tezlik bilan rivojlanishi va keng ko‘lamdagi ishlatilishi bilan birgalikda ularga qarshi tanqidiy fikrlar ham keng tarqalgan. Avvalambor bunga sabab dronlarning ishlatilishi haqida halqaro inson huquqlari normativlarining yo‘qligidir. Halqaro qonunlariga ko‘ra dushmanligiga shubha bo‘lgan kimsalar yoki guruhlar oddiy fuqaro sifatida e'tirof etilishi kerak (Jeneva Konvensiyasining 8 avgust 1977 yildagi qo‘shimcha protokolining 50-moddasi) va ularga hujum uyushtirish urush jinoyati hisoblanishi kerak. Quyidagi infografika esa bizga dronlar hujumidan nafaqat jangarilar balki tinch aholi ham aziyat chekayotganini ko‘rsatadi.

Lekin shu kunga qadar dronlarni tinch aholini
halok bo‘lishiga olib kelgani tufayli hech qaysi jismoniy yoki yuridik shaxs
javobgarlikka tortilmagan. Ikkinchidan dronlarning aniqlik darajasi borasidagi
ma'lumotlar hozirga qadar sir saqlangani tufayli ularning hujumlarini qanchalik
darajada aniqligi mavhumligicha qolmoqda. Dron operatorlari asosan AQSHning Virjiniya
va Nevada shtatlarida joylashgan
Markaziy Razvedka Boshqarmasi (CIA) bazalaridan turib dronlarni
boshqaradilar. Ularning ko‘pchiligi
dronlar harbiy amaliyotlar olib borayotgan hududlardagi aholini yaqindan bilmaydi, bu
hududlardagi jangarilarni esa tashqi ko‘rinishidan mahalliy aholidan farqlash
qiyin masala. Bundan tashqari dronlarning raketa hujumi 9000 metr balandlikda amalga oshiriladi.
Albatta bunday uzoqlikdan qilingan hujumlar xatoliksiz bo‘lmaydi.
Dron operatorlari harbiy amaliyotlar paytida
AQSH tomonidan urushlarning robotlashtirishi
dunyo ommasidagi anti-amerikanizmni yanada kuchayishiga sabab bo‘lmoqda. O‘z
navbatida boshqa mamlakatlar ham bu texnologiyani rivojlantirishga kirishib
ketdilar. Hozircha mamlakatlarga tegishli bo‘lgan dronlar to‘qnash kelganicha
yo‘q, lekin ularning bu tarzda keng
yoyilishi bu to‘qnashuvni tez orada bo‘lib o‘tish ehtimolini oshiradi.
Fan va texnologiyaning rivojlanishi bilan harbiy soha borgan sari avtomatlashib, robotlashib bormoqda. Nafaqat harbiy havo kuchlarida balki quruqlikda (AQSH quruqlik qo‘shinlari patrul robotlarini sinovdan o‘tkazmoqda) va suvda (AQSH dengiz floti kichik hajmdagi avtomatik suv osti kemalarni sinovdan o‘tkazmoqda) ham harbiy texnologiyalar avtomatlashib bormoqda. Hozircha bu borada AQSH ildamlikni qo’ldan bermayotgan bo’lsada, boshqa mamlakatlar ham o’zlarining yangi texnologiyalari bilan uni quvib yetishga harakat qilishmoqda. Kelajakda harbiy texnologiyalarning tobora robotlashib borishi dunyo miqyosida qanday oqibatlarni keltirib chiqarishi haqida aniq bir narsa deyish qiyin, lekin ushbu texnologiyadan keng ko’lamda foydalangan tomonlar o’z navbatida askarlar bilan jang qilishga mo’ljallangan harbiy imkoniyatlari salohiyatini yo’qotib borishlari shart. Bu esa mamlakat ichida to’qnashuvlar yuzaga kelganda davlat armiyasini ularni bostirishda ojizlik qilishiga olib kelishi mumkin.

Bu haqiqiy izdivatsa bir mamlakatni ustudan Bu haqiqiy Xalyava Bekor utirgan SRU Askarlariga bir ish topib berish xolos Xalyavadan boshqa hech narsa emas Kompyuterni Uyiniday Dronni Masofadan boshqarib Xoxlagan odamlarini Raketa Bilan yuq qili yuborsa
ОтветитьУдалитьМақолада умуман холислик йўқ, ҳамма нарса бир тарафлама АҚШ манфаати остида ёзилган.
ОтветитьУдалить"Bu qurilma tufayli qurbonlar sonini 0 ga teng qilgan holda urush olib borish mumkin bo‘ladi." Бу ғирт бемаъни гап. Бу дронлар ҳужуми остида минглаб ёш болалар, аёллар ва қариялар қурбон бўлиб кетяпти. Нима улар ҳам АҚШнинг душманими? Ёки улар қурбон бўлиш калимасига нолойиқ одамларми?
qachon bu saytda o`zi xolis maqola elon qilingan edi. Bunaqa musor maqolalar bilan oddiy o'quvchilarni dizinformatsiyalash maqsad bo'lsa kerakda. Hamma maqolalar tarjima qilingani ko`rinib turibdiku
Удалитьo`zbekistonam Dron ovotganakan eshitdilami 4ta dron sotvomohchikan amerikadan
ОтветитьУдалить