“Bugun
kibrga berilgan "buyuk" mamlakat sharmandalarcha qochgan kun. Mana
yaqinda yana bir o'zini buyuk sanaydigan mamlakat sharmandalarcha qochib
chiqmoqchi...Sharafli bir xalq..Qullikka toqat qila olmaydigan bir xalq..Bizga
o'rnak bo'ladigan bir diyor. O'g'illari jangchi bo'lib tugiladigan yurt.Dunyo
"buyuklari" talasha-talasha it kabi quviladigan tuproqlar.Hurmatim
cheksiz... Ularning g'alabasi o'zbek halqining ham g'alabasidir...”
“Afğonistondagi
urush Sovet musulmonlarini har qanday chuqurda bölsang ham olğa qadam bosishga
örgatti, qanchalik faqir va bechora bölsang ham Ozodlik uchun dini İslom uchun
vatan uchun mujodala qilishni örgatti....”
(Sobiq
Ittifoq va AQSH qo`shinlarining Afg`onistondan olib chiqilishiga doir Facebookdagi
sahimizda qoldirilgan fikrlardan. )
Siz yuqorida
o`qib turgan fikrlar bizni ushbu maqolani yozishga undadi. Biz fikrlarni
buzmasdan, asli holida keltirmoqdamiz. Xo`sh, bu “mag`lubiyat” yoki “buyuk
xalqning g`alabasi” qanchalik haqiqatga yaqin? Keling, birgalikda insoniyat
so`nggi paytlarda tez-tez yuzlashib turgan shu kabi “g`alaba-mag`lubiyat”larni
geosiyosiy nigoh bilan tahlil qilib chiqamiz.
Amerika askarlari Afg`onistonda