25.09.2012

Rossiya chechenlar rahnamosi "erkaliklari"ni jilovlashga urinmoqda




   
  Shu kunlarda Shimoliy Kavkaz davlatlari : Checheniston va Ingushiya orasidagi qarama-qarshilik yana avj olmoqda. Chechen prezidenti Ramzan Qodirov Ingushiyadagi qator hududlarni qaytarib olishga urinmoqda, modomiki, janob Qodirov da`vo qilayotgan hududlar qo`shni respublikani yutib yuborishga yetarlidir. Kreml esa o`z navbatida qudratli Chechen rejimini ko`rishni xohlamaydi, chunki Qodirov o`zining shuhratparast ekanligini yaqin o`tmishda isbotlab ulgurgan.

Suriya - Siyosiy krizisning asl sabablari

Hozirgi kunda butun xalqaro hamjamiyatni diqqat markazida turgan "Arab bahori" atalmish geopolitik jarayonlar bugungi biz tanigan dunyo siyosiy ko'rinishini tubdan o'zgartirib yuborishi mumkin.
Albatta bu holatni tushuntiruvchi bir nechta omillar mavjud, lekin "Arab bahori" dunyoning qudratli malakatlar orasidagi geopolitik muvozanatni o'zgartirib yuborishi mumkin. Bu to'qnashuvlardan esa qudratli mamlakatlar o'z foydasi uchun unumli foydalanib qolish harakatidadirlar. G'arb dunyosi bu qo'zg'olonlarni "aholining demokratiyaga bo'lgan intilishi" deb baholasa Rossiya va Xitoy esa bu xududlarda siyosiy mojarolarning xalqaro mojarolarga aylanib regionning notinch bo'lib qolishi va xavfli anarxiyalarning paydo bo'lishidan havfsiramoqda, albatta bu ideologiyalarning orqasida ikki tarafning ham iqtisodiy, ham strategik manfaatlari yo'q emas. Lekin shunisi qiziqki "Arab bahori" bizga jaxonning hozirgi tuzilishida faqatgina katta va qudratli davlatlarning rolinigina emas balki boshqa 2-chi yoki 3-chi darajali davlatlar rolining ham muhimligini ko'rsatib berdi. Jumladan Turkiya bu siyosiy o'zgarishlardan o'zining regiondagi mavqeini mustahkamlashda anchagina unumli foydalanmoqda desak mubolag'a qilmagan bo'lamiz.

24.09.2012

Markaziy Osiyoda jangarilik: Diniy ekstremizmdan ko`ra ko`proq





     2010-yildan beri Markaziy Osiyo anchagina beqaror bo`lib qoldi, islomiy ekstremizmda o`sish kuzatildi. Ha, haqiqattan 2010-yildan beri jangarilik harakati kuchaydi, lekin ekstremistlar Markaziy Osiyoning ayni vaqtdagi beqarorligining asosiy sababchilari degan qarash ham kalta o`ylash bo`ladi, chunki bunday nazariya hududda bo`layotgan boshqa siyosiy, harbiy va iqtisodiy dinamikalarni butkul inkor etib qo`yadi.

19.09.2012

Xaritalar uzra: O'rta Osiyo - Farg'ona Vodiysi


Farg'ona vodiysidagi to'qnashuvlar sababi Fransuz-Nemis qo'shma hamkorligi mahsuli bo'lmish ARTE telekanalining Geopolitikaga bag'ishlangan maxsus ko'rsatuvi Xaritalar Uzra tomonidan  tushuntirilishga harakat qilingan bo'lib, men uni O'zbek tiliga tarjima qilib subtitrlar orqali sizga namoyish qilishga qaror qildim. Ularni tarjima qilishda va muntazam ravishda youtubega qo'yib borishga harakat qilaman, umid qilamanki bu videolar o'zbek yoshlariga dunyo geopolitikasini tushunib yetishlari uchun bir turtki bo'ladi.






Farg'ona vodiysi - Geopolitik manfaatlar to'qnashgan xudud?


Heartland nazariyasi.

Hammamizga ma'lumki Farg'ona vodiysi O'rta Osiyoning "Porox Bochkasi" sifatida qaraluvchi hudud xisoblanadi. Butun 20 asr tarixi davomida Farg'ona vodiysi O'rta Osiyo xalqlarining taqdirini belgilashda muhim rol o'ynab keldi va bu jarayon 21-asrda ham davom etmoqda.

Ayniqsa Sobiq Sovet Ittifoqining zaiflashishi va keyinchalik qulashidan keyingi bu vodiyda yuz bergan geopolitik voqea xodisalar bizdan bu xududni sinchiklab o'rganishni talab qiladi. Xududdagi to'qnashuvlar ketma ketligini faqat chegaralar muammosi yoki etnik xilma-illik bilan bog'lagan holda hulosa chiqarish bu masalaga yuzaki yondashishdan boshqa narsa emas. Bugungi kunda Farg'ona vodiysi "Buyuk O'yin"dan to'g'ridan to'g'ri aziyat chekmoqda desak adashmagan bo'lamiz.