O'quvchi Maqolasi

GEOPOLITIKA.UZ jamoaviy blogligini hisobga olgan holatda hamda O'zbek yoshlari orasidagi siyosiy ongni o'stirish, geopolitik tushunchalar mohiyatini tushuntirish hamda yoshlarni geopolitik bahslarga qiziqtirish maqsadida blogning doimiy a'zolari barcha blogning o'quvchi va muhlislariga ushbu blogda maqolalar yozish imkonini beradi.

Agar sizda geopolitik mavzularga doir maqolalar yozish hohishi tug'ilsa yoki mahsus loyihalar haqida fikrlar bildirmoqchi bo'lsangiz, sizlardan biz bilan bog'lanishingizni so'raymiz. Mavzu tanlash va uni yozish to'la to'kis ravishda erkindir, faqat quyidagi shartlar bajarilishi kerak bo'ladi

1. Obyektivlik

2. Obyektivlik


3. Betaraflik


4. Hech qanday ideologiyani mavzuga umumiy haqiqat ustuni sifatida tatbiq qilmaslik

5. Maqola faqat axborot emas, balki tahliliy ahamiyatiga ham ega bo'lishi lozim

6. Maqolaning asosiy maqsadi O'zbek tilida so'zlashuvchi o'quvchilarga geopolitik tushunchalarning tub mohiyatini anglatishi lozim

7. Mavzularni yoritishda adabiy qochirimlarga va kesatiqlarga sho'ng'imaslik, to'la ravishda ratsionallik va sovuqqonlikni saqlagan holatda mavzuni yoritiish

8. Maqolalar yozishda ma'lum millat, din, ideologik qarashlarga tegishli bo'lgan aholi guruhlariga, mahsus shaxslarga noxolis hujum qilmaslik, ularga nafrat yoki himoyachi sifatida yondashmaslik, ya'ni 1, 2 va 3-qoidalariga qa'tiy rioya qilish

9. Maqolalardagi beriladigan axborotlar turli hil manbalar orqali ommaga taqdim qilingan bo'lishi va ko'pchilik tomonidan qabul qilingan bo'lishi kerak, isbotlanmagan konspiratsion fikrlarga asoslangan ma'lumotlar umuman qabul qilinmaydi

10. Maqola ma'suliyatini to'laligicha muallif o'z zimmasiga olishi lozim.

Agar sizning maqolangiz ushbu shartlarni buzmasa biz albatta uni blogimizda e'lon qilamiz. Lekin dastavval siz maqolangizni bizga elektron pochta orqali jo'natishingiz lozim bo'ladi, buni siz quyidagi adreslar bilan amalga oshirishingiz mumkin bo'ladi:

xursand.abdullayev@gmail.com
geopolitikauz@gmail.com

Yoki Facebook, Twitter yoki Odnoklassniki sahifalarimizga habar yozish orqali maqolangizni bizga taqdim qilishingiz mumkin bo'ladi.

Maqola blogning doimiy a'zolari tomonidan ko'rib chiqilib kamchiliklari yoki shartlar buzilgan joylari ko'rsatilib muallifga qayta jo'natiladi, agar maqola hamma talablarga javob bergan holatda yozilgan bo'lsa u to'g'ridan to'g'ri e'lon qilinadi, muallifga bu haqda habar beriladi. Maqolani jo'natayotgan paytda o'zingiz haqidagi qisqa ma'lumotlarni berib o'tsangiz. Bu talab fakultatif bo'lib, siz o'z ism sharifingizni anonim saqlagan holatda, maqola uchun mahsus tahallus ham jo'natishingiz mumkin bo'ladi.

Eslatib o'tamiz blogga tashrif buyuruvchilar soni o'rta hisobda kuning 1000-1500 kishi atrofida, o'quvchilarning katta ko'pchilik qismi asosan O'zbekiston hududidan bo'lib, ikkinchi o'rinda AQSh, uchunchi o'rinda esa Rossiya hududidan kiruvchilar soni turadi. Bundan tashqari o'zbek muhojirlari ko'pchilikni tashkil qiluvchi Janubiy Koreya, Turkiya, Buyuk Britaniya, Skandinaviya mamlakatlari, Germaniya va Fransiya hududlaridan ham tashrif buyuruvchilar soni talaygina.

Sizning takliflaringiz va fikr-mulohazalaringizni kutib qolamiz

Xurmat ila GEOPOLITIKA.UZ blogining doimiy a'zolari!!!

O'quvchi maqolalari:



2 комментария:

  1. Saytingizni boshqa kattaroq domenga kuchirish kerak! Bu kichkinalik qilyapti menimcha,va juda oz funksiyalari.masalan Mezon.uz ga ucshatish kerak,ushanda yana ham ommaga tanish sayt buladi...

    ОтветитьУдалить
  2. Siyosatda holislik nisbiy tushuncha . O'zlaringiz ham AQSHga qarshiliklaringni bildirib qo'ydingizlar.

    ОтветитьУдалить