2014-yil yaqinlashar ekan hammaning diqqat e`tibori Afg`oniston qaramoqda. Ma`lumki, xuddi shu vaqtga kelib AQSH va
NATO qo`shinlari Afg`on diyorini tark etishadi. Bu vaqt yaqinlashar ekan
mintaqa xavfsizligi borasidagi xavotirlar ham kuchayib boryapti. Xo`sh, bu
havotirlar qanchalik o`rinli? Bu savolga javob topish uchun tarixga nazar
solishimizga to`g`ri keladi.
27.09.2013
24.09.2013
20.09.2013
YANA SURIYA HAQIDA…
Avgust oyining o`rtalaridan beri nainki
jahon, balki siyosatga oshno o`zbeklarning butun diqqat e`tibori Suriya
Inqirozida bo`lib keldi, desak mubolag`a bo`lmaydi. Men ham shu o`tgan bir oy ichida,
garchi oldingi farazlarimga mos kelmasada, Suriyaga xorijiy qo`shinlar kirib
kelishini har kuni kutdim. Kutdim, degani, albatta intizor bo`lib, kutganimni
anglatmaydi. Shu vaqt mobaynida intervensiya uyushtirilish ehtimoli ancha katta
bo`ldi. Hozir ko`rib turganimizdek, vaziyat ancha sokinlashgan.
Ozod Suriya Armiyasi askari hayolga tolgan (Khalil Ashawi/Reuters)
09.09.2013
SURIYA MOJAROSI - XALQARO TIZIMNING YEMIRILISHI?
Mana ikki yildirki Suriyada to'qnashuvlar davom etmoqda. Dastlab tinch namoyishlar orqali boshlangan bu tartibsizliklar hozirgi kunda Suriya aholisining hamda uning tashqi ittifoqchilarining kuchlarining nisbati balansining qanchalik mukammal muvozanatda ekanligini ko'rsatib bermoqda. Lekin Suriyadagi urush uning hududidan tashqaridagi kuchlar muvozanatini yana bir bora tekshirib ko'rishga imkon bermoqda. Ayni paytda bu urush bizga ahvol 90-yillardagiday yoki 2000-yilning dastlabki 10 yilligiday emasligini va G'arb kuchlariga qarshi dunyoda umumiy kuch hosil bo'lganligini va ko'rsatib berdi. Bu kuchlar ittifoq shaklida emas, balki qarshi turuvchi kuchlar sifatida namoyon bo'lmoqdalar. Ularni birlashtirib turgan asosiy omil bu G'arb kuchlarining dunyo jandarmi rolini o'ynashiga qarshi turishdir, lekin bu mamlakatlar o'zlarining ham iqtisodiy ham siyosiy tizimlari bilan bir biridan tubdan farq qiladilar. Yana shuni ta'kidlash lozimki G'arb kuchlarining ichida ham raqbatlar paydo bo'lgani bizga ma'lum bo'ldi. Bugungi mavzuimiz Suriya urushi natijasida Xalqaro aloqalar tizimining yemirilishiga bag'ishlanadi.
Подписаться на:
Сообщения (Atom)