24.08.2013

MISRNING KELAJAGI QANDAY: 3 FARAZ

Muborak hukumati ag`darilgandan o`tgan ikki yil davomida Misrda demokratiyani qanday qurish masalasi kun tartibining eng yuqori pog`onasidan tushmay keldi. O`tgan davr mobaynida “demokratiya” shunchalik rivojlandiki, hurfikrlilik tufayli dunyoning eng katta arab millati bir-birning qonini to`kib, fuqarolik urushi tomon odimlamoqda.


15.08.2013

2025-YILGACHA PAYDO BO`LISHI MUMKIN BO`LGAN 5 DAVLAT

Yer yuzida davlarlar paydo bo`libdiki, xalqlar bir-biri bilan totuvlikda yashay olgan emas. Biror qudratli davlat tarkibida qolgan xalq doim ozodlikka intiladi. Bu intilish goh namoyishkorona, goh pinhona, goh tajovuzkorona, goh murosa ila kechadi.

Ozodlik ko`plab xalqlarning asriy orzusi bo`lib qolmoqda

09.08.2013

PUTINDAN KEYINGI ROSSIYA: DEMOGRAFIK INQIROZ (2-QISM)

Ko`pchilikka  ma`lum, ayni vaqtda Rossiya demografik holati va energetika sektori sezilarli o`zgarishlar ro`y bermoqda. Rus prezidenti Vladimir Putin esa ayni o`zgarishlarni jilovlash uchun davlat siyosatini boshqa o`zanga solishga majbur bo`lyapti. Tahminlarga ko`ra, Rossiyaning hozirgi 143 mlnli aholisi 2030-yilga borib 10 foizga qisqarib ketishi mumkin. E`tiborlisi shundaki, bu qisqarish faqatgina etnik ruslar orasida kuzatilmoqda. Ham mahalliy, ham immigrant musulmonlarning soni esa keskin oshib boryapti.

07.08.2013

PUTINDAN KEYINGI ROSSIYA: LIDERLIKKA INTILISH (1-QISM)

Bugundan e`tiboringizga Rossiyaning oldingi, hozirgi va kelgusi geosiyosiy holatini tahlil qiluvchi “PUTINDAN KEYINGI ROSSIYA” nomli 3 qismdan iborat maqolani taqdim etib boramiz. O`qib turganingiz 1-qism bo`lib, unda Putinning qudratga ko`tarilishi, 2-qismda Rossiyaning demografiyasi va energetika sektori Putin siyosati natijasida qanchayin o`zgarganligi, 3-qismda esa Putin yaratgan siyosiy tizim undan keyin ham yashab qolish-qolmasligi tahlil qilinadi.  

02.08.2013

Dunyo tarixidagi eng katta yolg'on qurboni - Iroq.

2002-yil 29-yanvar AQSh prezidenti Jorj Bush Iroq, Eron va Shimoliy Koreyani "Yovuzlik chizig'i" deya ataydi. Bu kabi chaqiriqlar AQShning tashqi siyosatida ko'p marotaba ishlatilgan. Amerika xalqi demokratik prinsiplarni o'ziga asos qilib olgani tufayli AQSh hukumati ommaning noroziligisiz tashqi siyosatda erkin ravishda geopolitik maqsadlarni ro'yobga chiqarishi qiyin kechadi. Shuning uchun ham omma fikrini geopolitik maqsadlar bilan bir maromda yo'naltirish uchun AQSh hukumati ko'pincha "yahshi" va "yovuz" terminlarini ko'p ishlatadi. Unga ko'ra AQSh hukumati doim "yahshi" pozitsiyada bo'ladi, unga qarshi kuchlar, tajovuz qiluvchilar yoki "o'ljalar" barchasi "yovuz" kuch sifatida e'tirof etiladi. 80-yillarda Ronald Reyganning Sovet Ittifoqini "yovuz mamlakat" deb atashi ham bunga yaqqol misol bo'ladi. Bu siyosatga ko'ra AQSh o'zini dunyoga sivilizatsiya va demokratiyani yoyuvchi "yahshi" kuch sifatida ko'rsatadi va bu vazifa "Ilohiy missiya" deb ham qaraladi. Bu kabi dunyoqarash AQShning 19-asrdagi g'arbiy hududlarini zamonaviylashtirishidan meros bo'lib, hozirgi kunda AQShning dunyoda o'z gegemoniyasini yoyishda ko'p ishlatiladi.
Lekin bugungi maqolamiz asosan Iroq va uning urushdan keyingi taqdiriga bag'ishlanadi. AQShning "demokratik gegemoniyasiga" bag'ishlangan maqolamizni tez kunlarda shu yerda o'qishingiz mumkin bo'ladi.

Iroq neft strategiyasi