Dunyoda shunday mamlakatlar
borki ular demografik jihatdan ham va yer maydonlarining kattaligi bo‘yicha ham
katta ahamiyat kasb etmaydilar, lekin ularning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy
ta'sirlari global ahamiyatga ega. Bugungi maqolamiz ana shunday davlatlarni sizlarning e'tiboringizga havola qiladi.
1. Vatikan
Vatikan o‘zining dunyo
diplomatiyasiga ta'siri jihatdan dunyoda o‘ziga xos o‘ringa egadir. Davlatning
bu mavqeyi uning tarixi va diniy roli bilan uzviy bog‘liqdir. Dastlab, Vatikan
davlatini dunyoning eng qadimgi mamlakatlardan biri ekanligini unutmaslik
lozim, davlatga 754-yilda asos solingan. Papalik o‘zining ilk rasmiy diplomatik
bayonatlarini XI-asr oxirlariga kelib e'lon qilishni boshlaydi. Qirolliklardagi
Vatikanga bo‘ysunuvchi cherkovlardagi yepiskop va ruhoniylar mavjud
mamlakatlarning ichki hamda tashqi siysatlariga katta ta'sir ko‘rsatar edi.
Shuningdek Papalar qirolliklarning orasidagi manfaat to‘qnashuvlari, urushlar
va qarindoshlik munosabatlarini o‘rnatilishida siyosiy dallol sifatida ishtirok
etgan. Yevropada uyg‘onish davrining boshlanishi hamda protestonizmning
kuchayishi bilan Vatikan asta sekin o‘zining ta'sirini yo‘qota bordi.
Bir tomondan bu Vatikan cherkovlarining mahalliy hokimiyatlariga to‘g‘ridan
to‘g‘ri ta'sirini yo‘qotgan bo‘lsa, boshqa tomondan Vatikanni diplomatik qobilyatini tobora takomillashtirishiga va zamon bilan hamnafas siyosat olib borishiga sababchi bo'ldi.
Mamlakat 44 gektar hududda
joylashgan, aholisi 1000 kishiga yaqin. Demak Vatikan mamlakatining halqaro
maydondagi qudrati uning hududining kattaliga, demografiyasi, iqtisodi yoki
resurslarning ko‘pligi bilan emas balki uning diniy-madaniy va diplomatik ta'siri bilan
belgilanadi. Oxirgi ma'lumotlarga qaraganda dunyoda o‘zini rasman katolik deb
tan olgan 1 mlrd 100 million kishi bo‘lib, Papa ushbu kishilarga bevosita ta'sir o'tkaza oladi. Bundan tashqari Xristian dunyosining boshqa mazhablari
va katoliklar soni kichik bo‘lgan boshqa din a'zolari asosiy ko‘pchilikni
tashkil qilgan mamlakatlar ham Vatikan ta'siridan mustasno emas
2. Singapur
1965-yilda asos solingan va
699km² yer maydoniga ega bo‘lgan Singapur mamlakati 80-yillarga keliboq
o‘zining moliyaviy-savdo xizmatlari tufayli Osiyoning rivojlangan mamlakatiga
aylanib, Osiyo yo‘lbarsi nomini oldi. Garchi hozirda iqtisodiy o‘sish darajasi
pasaygan bo‘lsada Singapur Osiyodagi Yaponiyadan keyin eng salmoqli moliya
markazi mavqyeini qo‘ldan bermay kelmoqda. Savdo-sotiq, port-shahar va turizm
sohasida mamlakat dunyoda yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi Shu bilan birga mamlakat o‘zining dunyoning
boshqa mamlakatlariga ta'sirini o‘tazishda yumshoq kuch siyosatini o‘ziga hos
uslubini tanlagan. Bu ta'sir moliyaviy yoki iqtisodiy bosim-shantajlar bilan
emas balki ilmiy-madaniy sohalarni keng yoyish orqali amalga oshiriladi. O‘z
navbatida bu siyosat o‘zining uch yo‘nalishiga egadir:
1. Turli xil sohalardagi
yuqoridarajali konferensiya va ilmiy seminarlarning tashkil qilinishi. Bu
tadbirlarga Singapur hukumati alohida e'tibor bilan qaraydi, dunyoning eng
mashxur siyosatchilari, iqtisodchilari, olimlari va sotsiologlari ushbu kichik
shahar-davlatda uchrashadilar, o‘z-o‘zidan so‘ngi 10 yil ichida Singapur yuqori doiradagi samarali uchrashuvlar va munosabatlar, aloqalar o'rnatish joyiga aylandi.
2. Singapurdagi dam olish va
ko‘ngilochar maskanlarga asos solinishi va dunyoning turli mamlakatlaridan
yuqori mavqyeili mijozlarning mamlakatga oqib kelishi. Bu bilan Singapur
nafaqat katta miqdordagi mablag‘larni o‘ziga jalb qiladi, balki dunyo
hamjamiyati uchun madaniy xordiq maskaniga aylanib bormoqda.
3. 2005-yildan buyon Singapur
ta'lim sohasiga katta e'tibor qaratmoqda. Hozirda mamlakat universitetlari
dunyoning eng yaxshi universitetlari elliktaligiga kirishga ulgurdi va Singapur
chet el talabalarini o‘ziga jalb qiladigan muhim markazlardan biriga aylandi.
Bundan tashqari oliy ta'lim sohasida yangi metodlarni ishlab chiqilishi
mamlakat universitet tizimini dunyoning ko‘pchilik mamlakatlariga eksport
qilinishiga olib kelindi, jumladan O‘zbekistonda ham Singapur bilan hamkorlikda
universitet ochilgan.
Dunyo iqtisodining yaqin
kelajakda G‘arbdan Osiyoga siljishi Singapur uchun kelajakda yanada kengroq
rivojlanish yo‘llarini ochilishiga sabab bo‘lishi mumkin. Hozirda esa mamlakat
allaqachon o‘zining global ta'sirini kuchaytirish uchun poydevorni qurib bo‘ldi
desak adashmaymiz.
3. Gonkong
Garchan Gonkong rasman
Xitoyning hududiga qarashli bo‘lsada, bu iqtisodiy-madaniy jihatdan mustaqil
bo‘lgan shahar-mamlakatni alohida e'tirof etish lozim.
Tarixan Buyuk Britaniyaning
Osiyodagi madaniy merosxo‘ri bo‘lgan Gonkong 99-yillik ijara shartnomasini
tugashi munosabati bilan 1997-yilda Xitoy Xalq Respublikasi tarkibiga qo‘shib
olinadi. Gonkong aholisining kishi boshiga YAIM Osiyoda Yaponiyadan keyin ikkinchi
o‘rinda turadi va mamlakat savdo-sotiq bo‘yicha dunyoda 11-o‘rinda turadi.
Mamlakat Xitoy tarkibiga kirgandan beri uning dunyoga ta'siri yanada kuchaydi.
Kommunistik rejimdagi Xitoyning, kapitalistik mamlakatlar bilan
iqtisodiy-moliyaviy oldi berdilar qilishida Gonkong ko‘prik vazifasini o‘tab
kelmoqda. Bunday salohiyat bilan u dunyoga Xitoyning iqtisodiy ta'sirini
yoyishida moliyaviy darg‘a bo‘lib xizmat qilmoqda.
4. Livan
O‘zini qadimgi Finikiyaning
merosxo‘ri sifatida ko‘ruvchi Yaqin Sharqdagi ushbu mamlakat boshqa kichik
mamlakatlardan farqli o‘laroq ulkan moliyaviy potensiallarga ega emas, uning
ta'sir kuchi joylashgan geografik o‘rniga va dunyo bo‘ylab tarqalgan
diasporasiga jo bo‘lgan. Dastlab mamlakat uzoq tarix davomida Arab va G‘arb
dunyosi o‘rtasidagi muhim aktyor bo‘lib kelgan. Isroil davlatining yaratilishi
bilan mamlakatning bu vazifasi yanada kuchaydi. Livan dunyoda o‘zining
madaniyati, tili va dinining turli tumanligi bilan ajralib turadi. Mamlakat
poytaxtida aholi arab, fransuz va ingliz tillarida gaplashadi va bir kvartalda
masjid, cherkov va sinagoklar yonma yon joylashishi Livanliklar uchun oddiy
holdir. Ikkinchi ta'sir quroli bo‘lmish, Livanlik ko‘chib ketgan aholi
mamlakatning siyosiy mavjudligida muhim rol o‘ynaydi. O‘zga davlatlarga
immigrant sifatida ko‘chib ketgan ayrim Livanliklar ushbu mamlakatlarda kalit
mansablarga erishganlar va ushbu mamlakatlar tashqi siyosatiga bevosita ta'sir
ko‘rsatadilar.
5. Qatar
Gaz va neft resurslariga eng
boy mamlakatlaridan biri Qatar so‘ngi 10 yil ichida o‘zining mintaqaviy va
global ta'sirini kuchaytirishni tashqi siyosatini asosiy mezoni deb belgiladi.
Bunday pozitsiya, Qatarning bir yoqlama iqtisodi va mintaqadagi Eron va Saudiya
Arabistoni orasidagi siquvga olingan geopolitik o‘rnini qaysidir ma'noda tashqi
investitsiyalar va madaniy integratsiyalar orqali qoplashga urinishdir.
Mamlakat YAIMning 65%i yoqilg‘i energiyasining eksportidan tashkil topgan.
Dunyoga o‘z ta'sirini
o‘tkazishda Qata,r portfel siyosatini o‘ziga asos qilib olgan. Gaz va neft
sotishdan kirib kelayotgan mablag‘lar Qatar iqtisodida 20 mlrd AQSH dollarini
ishlatilmasdan ortib qolishiga sabab bo‘lmoqda. Ushbu mablag‘ esa asosan
chet-ellardagi, ayniqsa Yevropadagi lyuks xizmat ko‘rsatish muassasalarni
Qatarliklar hisobiga o‘zlashtirishga sarflanmoqda. Bundan tashqari o‘zining
iqtisodiy-strategik o‘rnidan foydalangan Qatar 2022-yilgi Futbol bo‘yicha Jahon
Chempionati o‘yinlarini o‘tkazish uchun g‘oliblikni qo‘lga kiritishga muvaffaq
bo‘ldi. Ushbu chempionat orqali Qatar dunyo hamjamiyatidagi o‘rnini
mustahkamlab olishni ko‘zlagan. Chempionatga tayyorgarlik uchun Qatar 200 mlrd
AQSH dollari miqdorida mablag‘ ajratishni e'lon qilgan.
6. Quvayt
Xuddi Qatar kabi Quvayt ham
asosan yoqilg‘i energetik resurslar eksporti hisobiga katta mablag‘lar
zahirasini hosil qilgan, mamlakatning 90% daromadi neft-gaz eksportidan keladi.
Lekin Qatardan farqli o‘laroq Quvayt asosan madaniy sohalarni emas balki
iqtisodiy-siyosiy yo‘nalishlarni mablag‘ bilan ta'minlaydi va G‘arb dunyosidan
ko‘ra Osiy va Yaqin Sharq mamlakatlari bilan munosabatlarni kuchaytirishga
katta e'tibor qaratadi. Quvayt Saudiya Arabistoni tashqi siyosatiga yaqin yo'nalishda Osiyodagi aholisining asosiy qismini Islomning suniy mazhabidagi kishilar tashkil qilgan mamlakatlarga ulkan iqtisodiy investitsiytalar kiritga, shuningdek Islomning ushbu yo'nalishini kuchaytirish maqsadida Quvayt bir qancha islomiy uyushmalarni ham moliyalashtirgan. Hususan Al-Qoida xalqaro terroristik guruhining asosiy moliyaviy manbai Quvayt davlatining byudjeti hisoblangan.
7. Isroil
Hammamizga Isroilning Jahon
miqyosida tutgan o‘rni sir bo‘lmasa kerak. Hududi taxminan Farg‘ona vodiysiniki
bilan teng bo‘lgan bu mamlakat o‘zining to‘qnashuvlarga boy siyosiy tarixi va 2-Jahon Urushidan keyin Yahudiy millatiga ramziy ma'noda tortiq qilingan mamlakat statusi
bilan jahonning eng mashxur mamlakatlaridan biriga aylangan. Isroilning bu
qadar dunyoga katta ta'sir o‘tkazishiga bir nechta sabablar bordir. Lekin
shulardan eng asosiylar yahudiy xalqining tarixiy tarqalishi va Uchinchi
Reyxning yahudiylar ustidan qilgan genotsidi oqibatida Isroil davlatiga asos
solinishidir. Hozirda Yahudiylar dunyoda geografik jihatdan eng keng tarqalgan millat hisoblanadi,
birgina AQSHning o‘zida Isroildagi yahudiylardan ko‘proq yahudiylar istiqomat qilishadi.
Bu yahudiy diasporalari mamlakatlarda bir nechta yuz yillardan beri yashab
kelishadi, buning oqibatida ular o‘z dinlari, madaniyati, tili va birdamliligini saqlagan holda mahalliy jamiyatlarga to‘laligicha qo‘shilib
ketganlar.
Hozirda yahudiylarning vakillari dunyo siyosatida va iqtisodiyotida juda muhim
mansablarni egallaganlar, bu esa Isroilni ham iqtisodiy ham siyosiy tomonidan
qo‘llab quvvatlanishiga sabab bo‘lmoqda.
8. Tayvan
Xitoyning tarkibidagi lekin
o‘zining alohida qonunlari va tashqi siyosatiga ega bo‘lgan ushbu davlat ham
Singapur kabi Osiyo yo‘lbarslari sirasiga kiradi. Asosan moliyaviy va
savdo-sotiq sohalariga ixtisoslashgan bu davlatning iqtisodi jahondagi
uncha-muncha o‘rtamiyona mamlakatnikidan kuchliroqdir. Bundan tashqari o‘zining
siyosiy mavqeyi yuzasidan AQSH va Xitoy o‘rtasida ko‘p bahslarga sabab bo‘lgan
Tayvan juda muhim strategik ahamiyatga ega. Bu esa Tayvanga ikki tomonga ham
o‘z hohish-istaklarini qisman bo‘lsada bildirish imkonini bergan.
9. Shveysariya
Yevropaning markaziy qismida
joylashgan va hududining asosiy qismi tog‘lardan tashkil topgan Shveysariya
halqaro maydonda alohida ahamiyatga egadir. Uning moliyaviy tizimi, banklar
mijozlarining anonimligini kafolati hamda soliq tizimining yengilligi bu
mamlakatga tinimsiz chet el investitsiyalarini yog‘ilib kelishiga sabab
bo‘lgan. Bundan tashqari mamlakat dunyoda o‘zini birinchilardan bo‘lib
betarafligini e'lon qilgan davlatlar sirasiga kiradi, buning natijasida esa u
ko‘pchilik nodavlat halqaro tashkilotlar uchun shtab-mamlakatiga aylandi.
Mamlakatda turizm va ilmiy-texnologiya sohalari ham yaxshi rivojlangan.
10. Birlashgan Arab
Amirliklari
BAAni Fors ko‘rfazining
Shveysariyasi desak xato bo‘lmaydi. Lekin BAAi barcha Fors ko‘rfvzi
mamlakatlari kabi yoqilg‘i-energetik resurslariga juda boydir. Resurslar
hisobidan keladigan katta mablag‘larni BAAi mamlakatda ochiq halqaro moliya
tizimini yaratishga sarfladi va uni yaratishga erishdi. Hozirda Dubay Osiyoning
Yaponiya va Singapurdan keyingi asosiy savdo-sotiq operatsiyalari amalga
oshiriladigan shahriga aylandi. Bundan tashqari mamlakat ilm-fanni, turizmni va
ekologiya sohalarini rivojlantirishga qattiq bel bog‘lagan.
Iqtisodiy va moliyaviy o'sishga qaramasdan hududi kichik davlatlar uchun havfsizlik masalasi doimo markaziy o'rin egallaydi. Chunki ular o'z mudofasini va harbiy salohiyatini aholisi soni kamligi va hududi kichikligi tufayli keng ko'lmada rivojlantira olmaydilar, shu sababdan yuqoridagi kabi kichik lekin rivojlangan mamlakatlar yirik qudratli mamlakatlar kafolatiga suyangan holda o'z havfsizligini ta'minlashga harakat qiladilar. Ulardan ko'pchiligi yirik davlatlar orasidagi raqobat tufayli tashqi siyosatini goh u tomonga goh bu tomonga og'dirgan holatda suvritetini saqlashga urinsa, qolganlari to'laligicha yirik davlatlarning harbiy himoyasini o'zlariga kafolat qilib olishadi. 1990-yildagi Iroqning Quvaytga interventsiya qilishi yoki Isroil mamlakatining yon atrofidagi Arab mamlakatlari munosabatlari ushbu harbiy ojizliklarga yaqqol misoldir. Natijada kichik davlatlar tashqi siyosatida diplomatiyaga katta e'tibor qaratadilar, harbiy sohani esa son jihatidan emas, sifat jihatidan rivojlantirishga harakat qiladilar. Masalan Isroil harbiy kuchlari dunyodagi texnologik jihatdan eng zamonaviy armiyalaridan biri hisoblanadi, shuningdek mamlakatning mahfiy xizmati (Mossad) professionallik jihatidan ko'pchilik qudratli mamlakatlar mahfiy xizmatlarini ortda qoldiradi.
Yana bir bor mamlakatning suvirenteti uchun hudud va demografik faktrolar muhim o'rin tutishini biz guvohi bo'lishimiz mumkin.
Iqtisodiy va moliyaviy o'sishga qaramasdan hududi kichik davlatlar uchun havfsizlik masalasi doimo markaziy o'rin egallaydi. Chunki ular o'z mudofasini va harbiy salohiyatini aholisi soni kamligi va hududi kichikligi tufayli keng ko'lmada rivojlantira olmaydilar, shu sababdan yuqoridagi kabi kichik lekin rivojlangan mamlakatlar yirik qudratli mamlakatlar kafolatiga suyangan holda o'z havfsizligini ta'minlashga harakat qiladilar. Ulardan ko'pchiligi yirik davlatlar orasidagi raqobat tufayli tashqi siyosatini goh u tomonga goh bu tomonga og'dirgan holatda suvritetini saqlashga urinsa, qolganlari to'laligicha yirik davlatlarning harbiy himoyasini o'zlariga kafolat qilib olishadi. 1990-yildagi Iroqning Quvaytga interventsiya qilishi yoki Isroil mamlakatining yon atrofidagi Arab mamlakatlari munosabatlari ushbu harbiy ojizliklarga yaqqol misoldir. Natijada kichik davlatlar tashqi siyosatida diplomatiyaga katta e'tibor qaratadilar, harbiy sohani esa son jihatidan emas, sifat jihatidan rivojlantirishga harakat qiladilar. Masalan Isroil harbiy kuchlari dunyodagi texnologik jihatdan eng zamonaviy armiyalaridan biri hisoblanadi, shuningdek mamlakatning mahfiy xizmati (Mossad) professionallik jihatidan ko'pchilik qudratli mamlakatlar mahfiy xizmatlarini ortda qoldiradi.
Yana bir bor mamlakatning suvirenteti uchun hudud va demografik faktrolar muhim o'rin tutishini biz guvohi bo'lishimiz mumkin.
Tug'ri tanlangan
ОтветитьУдалить