O‘tgan oyning oxirgi
kunlarida boshlanib ketgan Ukrainadagi namoyishlar deyarli 20 kundirki, jahon
afkor ommasining e’tiborida qolmoqda. Namoyishlarning sababi, Ukrainaning
Yevropa Ittifoqi va Rossiya kabi qudratli mintaqaviy kuchlar iskanjasida qolib
ketgani, har kunlik namoyishlardan jonli lavhalar butun dunyo OAVida
aylanmoqda. Shu sababli biz ham Ukrainadagi voqealarga tahliliy nazar
tashlashga qaror qildik. Lekin, o‘z uslubimizdan chekinmagan holda, asosiy
e’tiborni namoyishlarga emas, balki Ukrainaning siyosiy tarixi va inqirozning
ildizlarini izlab ko‘rishga qaratamiz.
18.12.2013
05.12.2013
PUTINDAN KEYINGI ROSSIYA: NOANIQ KELAJAK (3-QISM
Putin
Rossiyasi haqidagi shu nomdagi oldingi ikki maqolada Vladimir Vladimirovichning
hokimiyatga chiqib kelishi, hokimiyatdagi o’zgarishlar, Rossiya yuzlashayotgan
demokrafik-iqtisodiy muammolar va Putin yaratayotgan yangi tizim haqida so’z
yuritgan edik. Bugun shu tizimning istiqbollarini ko’rib chiqamiz.
27.10.2013
MUSULMONLAR BIRODARLIGI: MUXTASAR TARIX
Jahondagi
siyosiy o`zgarishlarni muntazam kuzatib boruvchi o`quvchi uchun Misrda
bo`layotgan voqealar ahamiyatsiz bo`lishi ilojsiz holdir. Ushbu maqolani o`qib
turganlarning deyarli hammasi Misr voqealaridan xabardor bo`lsa kerak. Lekin
biz ayni vaqtda asosiy muholif kuch hisoblangan Musulmonlar Birodarligi haqida
bilamizmi? Birodarlar kim o`zi? Ularning maqsadi nima? Bugun biz shu savollarga
tarixdan javob izlashga urinib ko`ramiz:
Hasan al-Banna - Musulmonlar Birodarligi asoschisi
23.10.2013
19.10.2013
GEOSIYOSAT QUDRATI: “ANARXIYA VA QUDRATGA INTILISH”
Aziz O`quvchi!
Bugundan e`tiboran biz jahondagi kuchlar muvozanati, xalqaro tizim va tarixga
o`z ta`sirini o`tkazgan geosiyosiy nazariyalar haqida ma`lumot beruvchi “Geosiyosat Qudrati” ruknini boshlashga
qaror qildik. Ushbu ruknda biz alohida bir geosiyosiy nazariya haqida qisqa va
umumiy ma`lumot berib, uni sharxlashga harakat qilamiz. Nazariya haqida
chiqariladigan xulosa esa, faqat Sizdan.
Jon Mirshaimer
12.10.2013
FARG`ONA VODIYSI – MARKAZIY OSIYONING “POROXLI BOCHKASI”MI?
SSSR
parchalanib ketar ekan, Markaziy Osiyoning yosh davlatlariga og`ir “meros” –
chegaralar muammosi qoldi. Oradan ikki o`n yillik o`tibdi hamki, bu muammoga
to`liq yechim topilmagan va aniqlanmagan chegaralar qardosh xalqlar o`rtasiga
nifoq solib kelmoqda. Shunday chigal hududlardan biri – Farg`ona vodiysidir.
11.10.2013
XAROBA SHAHARLAR GEOPOLITIKASI
Insoniyat tarixining so'nggi 100 yili misli ko'rilmagan o'zgarishlarga boy bo'ldi: yirik urushlar, ilm-fanning rivojlanishi, iqtisodning o'sishi va globallashishi, ijtimoiy hayotning yahshilanishi va siyosiy tizimlarni murakkablashishi shular jumlasidandir. Ayniqsa XX-asrning so'ngi yillari va XXI-asr insoniyat uchun yangi davrga qadam qo'yish bo'ldi, desak xato bo'lmaydi. Kundalik hayotni yaxshilanishi, tibbiyot, ta'lim tizimi va texnologik yutuqlar tarixda kuzatilmagan rivojlanish cho'qqisiga yetdi. Lekin bunga paradoksal ravishda dunyo aholisi orasida ijtimoiy muammolar ham kuchaya bordi. Bu ijtimoiy muammolarning ildizi Karl Marks ta'kidlaganidek iqtisodga borib taqaldi. Har bir mamlakat yoki umumiy region o'z iqtisodini rivojlanish darajasiga ko'ra turli xil muammolarga duch keldi. Rivojlangan davlatlarda o'rtacha hayotni uzayishi va tug'ilish sonini kamayish bilan aholining "qarishi" kuzatilgan bo'lsa, rivojlanayotgan mamlakatlarda tug'ilishning haddan tashqari yuqoriligi va aholi umrining o'rtacha uzunligini oshishi bilan "ortiqcha" aholi massalari paydo bo'la boshladi. Lekin bu ikki iqtisodiy qutbga birday tegishli bo'lgan ijtimoiy muammo yuzaga keldi, bu aholini iqtisodiy-ijtimoiy tengsizligidir. Bu hodisa ham rivojlangan ham rivojlanayotgan mamlakatlarga tegishli bo'lib, faqat rivojlangan mamlakatlarda davlat kam ta'minlangan aholiga yordamga kelish imkoniyatiga ega edi, uni ustiga iqtisodiy jihatdan o'ziga to'q sinflarga katta miqdorda soliqlar ta'sis etilgandir. Rivojlanayotgan mamlkatlarda esa ahvol boshqacharoq. Asosan bunday mamlakatlardagi asosiy kapital ma'lum tor doiradagi sinfga tegishli bo'lib, uni o'zga sinflar bilan baham ko'rilishini davlat doim ham ta'minlay olmaydi. Buning ustiga tarixiy jihatdan infrastrukturalarni kamligi, aholini ro'yhatga olish kech amalga oshirilganligi va adminstrativ institutlarining kuchsizligi aholini o'zboshimchalik bilan harakatlanishiga, faoliyat yuritishiga va joylashishiga sabab bo'lgan. Aynan shunday joylashishlar bugungi kunda dunyoning rivojlanayotgan mamlakatlarida katta muammolarni keltirib chiqarmoqda. Bunday joylashishlar Xaroba shaharlar deb atalib ular dunyoning asosan rivojlanayotgan mamlakatlarining yirik shaxarlari atroflarida joylashgandir.
Bugungi mavzuimiz ana shu muammoga bag'ishlanadi.
Bugungi mavzuimiz ana shu muammoga bag'ishlanadi.
Jakartadagi Silivug daryosi bo'ylab joylashgan Xaroba shahar manzarasi
07.10.2013
ARMIYASIZ DAVLATLAR
So'ngi yillarda dunyoda harbiy byudjetga ajratilgan umumiy mablag' sovuq urush yillaridan ham oshib ketdi. Urushlar esa tobora davlatlar orasida emas balki davlatlar ichida avj olmoqda, ayniqsa shaxar va aholi poselkalarida. Bunday holatda armiyaga bo'lgan muhtojlik oshadi, uni ustiga uni ichki urushlarga moslashtirishni ham talab qiladi.
Otto fon Bismarkning shunday so'zlari bor: Tinchlik yashashni xoxlasang urushga tayorgarlik ko'r. Dunyoning deyarli barcha davlatlari o'z xafsizligini taminlash maqsadida qurolli kuchlarga ega. Lekin yer sharida shunday davlatlar xam borki, ular mutlaqo armiyaga ega emaslar. Etiboringizga qurroli kuchlardan voz kechgan 10 davlat xaqida malumotlarni taqdim etaman.
Otto fon Bismarkning shunday so'zlari bor: Tinchlik yashashni xoxlasang urushga tayorgarlik ko'r. Dunyoning deyarli barcha davlatlari o'z xafsizligini taminlash maqsadida qurolli kuchlarga ega. Lekin yer sharida shunday davlatlar xam borki, ular mutlaqo armiyaga ega emaslar. Etiboringizga qurroli kuchlardan voz kechgan 10 davlat xaqida malumotlarni taqdim etaman.
GEOPOLITIKA... ASLIDA NIMA?
Blogimizning so'ngi davrdagi faoliyati davomida shunga amin bo'ldimki, ko'pchilik o'quvchilarimiz geopolitika so'zining tub mohiyatini chuqur anglab yetmaganlar. Bu ayniqsa keyingi davrda blog o'quvchilarining soni ortishi bilan yaqqol ko'zga tashlana bordi. Geopolitikadagi ko'pchilik "nozik" masalalar, ayniqsa, o'quvchilar orasida norozilikka sabab bo'lmoqda. Shulardan Islomizm, Isroil-Falastin va G'arb-Sharq kuchlar nisbati masalalari ko'p bahs va fikrlar to'qnashuviga olib kelmoqda. Shuni hisobga olgan holda bugungi mavzuimizni geopolitikaning asl mohiyatini o'quvchilarga tushintirishga bag`ishlaymiz.
Salvador Dalining "Jajji geopolitikaning Yangi Odam tug'ilishini kuzatishi" asari
06.10.2013
OMMAVIY NOROZILIKLAR: NOZO`RAVON INQILOBLAR QUDRATI
Biz
bugungi maqolamizda zo`ravon, ya`ni kuch ishlatiladigan ommaviy noroziliklarning
kamchiliklari – geostrategik maqsadlarga ko`ra ularni tashqi kuch tomondan
manipulyatsiya qilinishi, kuch bilan o`zi ag`dargan rejim o`rniga boshqa bir
avtoritar rejim kelishi – haqida suhbatlashamiz. Ayni bir vaqtda kuch
ishlatiladigan noroziliklarni nozo`ravon namoyishlarning afzalliklari – qon
to`kilmasligi, demokratik chegaradan chetga chiqmasligi, qudratdagi hukumatni
ag`darmasdan uni xalq talablarini bajarishga majburlashi – bilan solishtirib
chiqamiz.
30-yillik diktator Husni Muborak tinch namoyishlarga atigi ikki hafta bardosh berdi xolos
04.10.2013
YEVROPA VA AQSH ALOQASI: EVRILISH
AQSH Prezidenti Barak Obamaning so`nggi Suriya masalasida
tashabbusni Vladimir Putinga boy berishi o`tgan oyning eng ko`p muhokama
qilingan mavzusi bo`ldi, desak adashmaymiz. Xalq nazdida gapiradigan bo`lsak, “Putin
Obamaga dam berdi”. Lekin bu biz bugun muhokama qiladigan mavzu emas. Ushbu maqolada
Siz bilan o`tgan oy ichida deyarli e`tibor berilmagan tomon – Yevropa va AQSH
aloqasini tahlil qilib chiqamiz.
03.10.2013
YEVROPA JIHODCHILARI: TARIXIY DAVOMIYLIK
Shimoliy Afrika
va O`rta Sharq jang maydonlarida tajriba orttirgan jangarilarning Yevropaga
kirib kelish ehtimoli so`nggi vaqtlarda YIdagi immigratsiya va integratsiya
borasidagi bahslarni ortishiga hamda ksenofobiya-millatchilik elementlarini
kuchayishiga sabab bo`lmoqda. Bundan tashqari yevropaliklarning bu hududlarga
jihodga borish hollari ham sezilarli
ko`paygan. Albatta, bu yangilik emas. So`nggi bir yil ichida Liviya va Suriyada
oq irq vakillarining soni o`sgani qator davlatlar xavfsizlik hizmatlari
tomonidan ma`lum qilingan edi.
Fransiyaga jihodiy tahdidlardan biri / rt.com
27.09.2013
MARKAZIY OSIYO VA AFGO`NISTON: SURONLI TARIX
2014-yil yaqinlashar ekan hammaning diqqat e`tibori Afg`oniston qaramoqda. Ma`lumki, xuddi shu vaqtga kelib AQSH va
NATO qo`shinlari Afg`on diyorini tark etishadi. Bu vaqt yaqinlashar ekan
mintaqa xavfsizligi borasidagi xavotirlar ham kuchayib boryapti. Xo`sh, bu
havotirlar qanchalik o`rinli? Bu savolga javob topish uchun tarixga nazar
solishimizga to`g`ri keladi.
24.09.2013
20.09.2013
YANA SURIYA HAQIDA…
Avgust oyining o`rtalaridan beri nainki
jahon, balki siyosatga oshno o`zbeklarning butun diqqat e`tibori Suriya
Inqirozida bo`lib keldi, desak mubolag`a bo`lmaydi. Men ham shu o`tgan bir oy ichida,
garchi oldingi farazlarimga mos kelmasada, Suriyaga xorijiy qo`shinlar kirib
kelishini har kuni kutdim. Kutdim, degani, albatta intizor bo`lib, kutganimni
anglatmaydi. Shu vaqt mobaynida intervensiya uyushtirilish ehtimoli ancha katta
bo`ldi. Hozir ko`rib turganimizdek, vaziyat ancha sokinlashgan.
Ozod Suriya Armiyasi askari hayolga tolgan (Khalil Ashawi/Reuters)
09.09.2013
SURIYA MOJAROSI - XALQARO TIZIMNING YEMIRILISHI?
Mana ikki yildirki Suriyada to'qnashuvlar davom etmoqda. Dastlab tinch namoyishlar orqali boshlangan bu tartibsizliklar hozirgi kunda Suriya aholisining hamda uning tashqi ittifoqchilarining kuchlarining nisbati balansining qanchalik mukammal muvozanatda ekanligini ko'rsatib bermoqda. Lekin Suriyadagi urush uning hududidan tashqaridagi kuchlar muvozanatini yana bir bora tekshirib ko'rishga imkon bermoqda. Ayni paytda bu urush bizga ahvol 90-yillardagiday yoki 2000-yilning dastlabki 10 yilligiday emasligini va G'arb kuchlariga qarshi dunyoda umumiy kuch hosil bo'lganligini va ko'rsatib berdi. Bu kuchlar ittifoq shaklida emas, balki qarshi turuvchi kuchlar sifatida namoyon bo'lmoqdalar. Ularni birlashtirib turgan asosiy omil bu G'arb kuchlarining dunyo jandarmi rolini o'ynashiga qarshi turishdir, lekin bu mamlakatlar o'zlarining ham iqtisodiy ham siyosiy tizimlari bilan bir biridan tubdan farq qiladilar. Yana shuni ta'kidlash lozimki G'arb kuchlarining ichida ham raqbatlar paydo bo'lgani bizga ma'lum bo'ldi. Bugungi mavzuimiz Suriya urushi natijasida Xalqaro aloqalar tizimining yemirilishiga bag'ishlanadi.
24.08.2013
MISRNING KELAJAGI QANDAY: 3 FARAZ
Muborak hukumati ag`darilgandan o`tgan ikki yil
davomida Misrda demokratiyani qanday qurish masalasi kun tartibining eng yuqori
pog`onasidan tushmay keldi. O`tgan davr mobaynida “demokratiya” shunchalik
rivojlandiki, hurfikrlilik tufayli dunyoning eng katta arab millati bir-birning
qonini to`kib, fuqarolik urushi tomon odimlamoqda.
15.08.2013
2025-YILGACHA PAYDO BO`LISHI MUMKIN BO`LGAN 5 DAVLAT
Yer yuzida
davlarlar paydo bo`libdiki, xalqlar bir-biri bilan totuvlikda yashay olgan
emas. Biror qudratli davlat tarkibida qolgan xalq doim ozodlikka intiladi. Bu intilish
goh namoyishkorona, goh pinhona, goh tajovuzkorona, goh murosa ila kechadi.
Ozodlik ko`plab xalqlarning asriy orzusi bo`lib qolmoqda
09.08.2013
PUTINDAN KEYINGI ROSSIYA: DEMOGRAFIK INQIROZ (2-QISM)
Ko`pchilikka ma`lum, ayni vaqtda Rossiya demografik holati
va energetika sektori sezilarli o`zgarishlar ro`y bermoqda. Rus prezidenti
Vladimir Putin esa ayni o`zgarishlarni jilovlash uchun davlat siyosatini boshqa
o`zanga solishga majbur bo`lyapti. Tahminlarga ko`ra, Rossiyaning hozirgi 143
mlnli aholisi 2030-yilga borib 10 foizga
qisqarib ketishi mumkin. E`tiborlisi shundaki, bu qisqarish faqatgina etnik
ruslar orasida kuzatilmoqda. Ham mahalliy, ham immigrant musulmonlarning soni
esa keskin oshib boryapti.
07.08.2013
PUTINDAN KEYINGI ROSSIYA: LIDERLIKKA INTILISH (1-QISM)
Bugundan
e`tiboringizga Rossiyaning oldingi, hozirgi va kelgusi geosiyosiy holatini
tahlil qiluvchi “PUTINDAN KEYINGI
ROSSIYA” nomli 3 qismdan iborat maqolani taqdim etib boramiz. O`qib
turganingiz 1-qism bo`lib, unda Putinning qudratga ko`tarilishi, 2-qismda
Rossiyaning demografiyasi va energetika sektori Putin siyosati natijasida
qanchayin o`zgarganligi, 3-qismda esa Putin yaratgan siyosiy tizim undan keyin
ham yashab qolish-qolmasligi tahlil qilinadi.
02.08.2013
Dunyo tarixidagi eng katta yolg'on qurboni - Iroq.
2002-yil 29-yanvar AQSh prezidenti Jorj Bush Iroq, Eron va Shimoliy Koreyani "Yovuzlik chizig'i" deya ataydi. Bu kabi chaqiriqlar AQShning tashqi siyosatida ko'p marotaba ishlatilgan. Amerika xalqi demokratik prinsiplarni o'ziga asos qilib olgani tufayli AQSh hukumati ommaning noroziligisiz tashqi siyosatda erkin ravishda geopolitik maqsadlarni ro'yobga chiqarishi qiyin kechadi. Shuning uchun ham omma fikrini geopolitik maqsadlar bilan bir maromda yo'naltirish uchun AQSh hukumati ko'pincha "yahshi" va "yovuz" terminlarini ko'p ishlatadi. Unga ko'ra AQSh hukumati doim "yahshi" pozitsiyada bo'ladi, unga qarshi kuchlar, tajovuz qiluvchilar yoki "o'ljalar" barchasi "yovuz" kuch sifatida e'tirof etiladi. 80-yillarda Ronald Reyganning Sovet Ittifoqini "yovuz mamlakat" deb atashi ham bunga yaqqol misol bo'ladi. Bu siyosatga ko'ra AQSh o'zini dunyoga sivilizatsiya va demokratiyani yoyuvchi "yahshi" kuch sifatida ko'rsatadi va bu vazifa "Ilohiy missiya" deb ham qaraladi. Bu kabi dunyoqarash AQShning 19-asrdagi g'arbiy hududlarini zamonaviylashtirishidan meros bo'lib, hozirgi kunda AQShning dunyoda o'z gegemoniyasini yoyishda ko'p ishlatiladi.
Lekin bugungi maqolamiz asosan Iroq va uning urushdan keyingi taqdiriga bag'ishlanadi. AQShning "demokratik gegemoniyasiga" bag'ishlangan maqolamizni tez kunlarda shu yerda o'qishingiz mumkin bo'ladi.
Lekin bugungi maqolamiz asosan Iroq va uning urushdan keyingi taqdiriga bag'ishlanadi. AQShning "demokratik gegemoniyasiga" bag'ishlangan maqolamizni tez kunlarda shu yerda o'qishingiz mumkin bo'ladi.
Iroq neft strategiyasi
26.07.2013
Tojikiston - yakkalantirish siyosatining qurboni?
Tojikiston haqida hammamiz eshitganmiz, lekin bu mamlakat haqida ko'pchilik chuqur bilimlarga ega emas. Buning sabablari ko'p bo'lishi mumkin, lekin asosiy sabab ikkita: 1. Sovet Ittifoqi davridayoq Tojikistonning boshqa Sovet mamlakatlari bilan aloqasining sustligi, iqtisodiy qoloqligi va uning milliy chegaralanish davrida hech qanday madaniy markaz yoki sivilizatsiya atrofida tashkil qilinmaganidir. 2-sabab Sovet Ittifoqi parchalanishi bilan Tojikiston fuqarolar urushiga sho'ng'idi, natijada unga qo'shni bo'lgan mamlakatlar bu fuqarolar urushini o'z hududlariga o'rmalab ketishini oldini olish maqsadida u bilan chegaralarini batamom yopadilar. Buning oqibatida Tojikiston nafaqat o'zining geografik jihatdan noqulay o'rni, balki fuqarolar urushida ko'rgan talofatlari, ustiga ustak diplomatik yakkalanishning ayanchli qurboni bo'ldi. Mamlakat hali hozirgi kungacha o'z qaddini rostlagani yo'q, Hozirda mamlakat dunyoning eng kambag'al mamlakatlari o'nligiga kiradi (ushbu o'nlikda Qirg'iziston ham bor), mamlakat qarzi uning YIM ning 30%dan oshig'rog'ini tashkil qiladi. Hozirda mamlakatning asosiy iqtisodiy poydevorini chet ellarda ishlayotgan Tojikiston fuqarolarining kiritayotgan valyutalari tashkil qiladi.
Ho'sh tojikistonni qanday kelajak kutmoqda? Hozirgi vaziyatdan chiqish uchun qanday ishlar amalga oshirilmoqda?
Ho'sh tojikistonni qanday kelajak kutmoqda? Hozirgi vaziyatdan chiqish uchun qanday ishlar amalga oshirilmoqda?
11.07.2013
Rossiyaning Xitoyga neft sotish bitimi - dunyo energetika muvozanatini o'zgarishi?
21 iyun 2013 yil Rossiya va Xitoy o'rtasida neft eksporti haqida yirik bitim imzolandi. Unga ko'ra Rossiya kelgusi 25 yil davomida Xitoyga umumiy bahosi 270 milliard AQSh dollarlik miqdorda neft yetkazib berishi darkor. Bu bitim Rossiyaning umumiy neft eksportini 2 barobarga oshiradi va uni G'arb iste'molchi mamlakatlariga qaramligini sezilarli darajada kamaytiradi.
Tarixdan hammamizga ma'lumki Rus-Xitoy aloqalari juda ham nozik ahamiyatga ega bo'lgan, 1969-yildagi Amur daryosidagi kichik orol ustidagi boshlangan bahs, ikki dunyoning yirik kommunistik davlatlar - Xitoy Xalq Respublikasi va Sovet ittifoqining "abadiy do'stligiga" chek qo'ydi. Hatto Sovet Ittifoqi parchalanib ketgan bo'lsada bugungi kunda ikki mamlakat o'rtasidagi siyosiy aloqalar do'stona holatga qaytganicha yo'q. Albatta ikki mamlakat G'arbning yoyiluvchan siyosati qarshisida bizga "umumiy ittifoqchilar"day ko'rinishi mumkin. Lekin geopolitik nuqtai nazardan Rossiya va Xitoy bir biriga kuchli raqobatchidir.
Tarixdan hammamizga ma'lumki Rus-Xitoy aloqalari juda ham nozik ahamiyatga ega bo'lgan, 1969-yildagi Amur daryosidagi kichik orol ustidagi boshlangan bahs, ikki dunyoning yirik kommunistik davlatlar - Xitoy Xalq Respublikasi va Sovet ittifoqining "abadiy do'stligiga" chek qo'ydi. Hatto Sovet Ittifoqi parchalanib ketgan bo'lsada bugungi kunda ikki mamlakat o'rtasidagi siyosiy aloqalar do'stona holatga qaytganicha yo'q. Albatta ikki mamlakat G'arbning yoyiluvchan siyosati qarshisida bizga "umumiy ittifoqchilar"day ko'rinishi mumkin. Lekin geopolitik nuqtai nazardan Rossiya va Xitoy bir biriga kuchli raqobatchidir.
01.07.2013
Mo'g'uliston - yangi "Eldorado"?
Biz Mo'g'uliston mamlakati haqida eshitganimizda birinchi navbatda ko'z oldimizga dasht va cho'llardan tashkil topgan va aholisi asosan chorvachilik, mayda dehqonchilik bilan shug'ullanadigan mamlakat keladi. Haqiqatdan ham bu mamlakat butun XX-asr davomida ikki yirik sotsialistik mamlakatlar -Sobiq Sovet Ittifoqi va Xitoy orasida o'zini na siyosiy jihatdan na iqtisodiy jihatdan namoyish qila olmagan. Bu holat hatto sotsialistik blokning qulashi bilan ham davom etdi, Mo'g'uliston dunyo haritasidagi ulkan hududiga qaramasdan hech qanday ahamiyatga ega bo'lmagan davlat sifatida qaralib kelingan. Lekin so'ngi besh yil ichida vaziyat tubdan o'zgardi. Mamlakatning YIM mahsulotidagi o'sish o'rtacha 6% (2010) dan 17%ga (2013) oshishi kutilmoqda, kelajakda ham bu o'sish shu ahvolda davom etishi va Mo'g'uliston o'zining YIM har ikki yilda ikki barobarga ko'paytirib borishi mumkinligi ko'zda tutilmoqda. Ho'sh nimani hisobiga? Bugungi maqolamiz aynan shu mavzuga bag'ishlanadi.
Mo'g'uliston xaritasi
18.06.2013
ERONNING YANGI RAHBARI VA U HAQIDA BILISHIMIZ KERAK BO`LGAN 5 NARSA
15-iyun kuni Eron rasmiylari mamlakatda bo`lib o`tgan
saylov natijalarini e`lon qilishdi va unga ko`ra saylovda mo`tadil qarashlarga
ega deb ko`riladigan Hasan Ruhoniy g`olib chiqqani ma`lum bo`ldi. Bu xabardan
so`ng Eron ko`chalarini bayramona kayfiyatdagi Hasan Ruhoniy tarafdorlaridan
tashqari saylov natijalaridan norozi odamlar ham to`ldira boshladilar. Shunga qaramay,
president saylab bo`lindi va ortiq norozlik befoyda. Endilikda butun dunyo
so`nggi vaqtlarda xalqaro aloqalarda keskinlashib ketgan Eron masalasini
yumshatishda mamlakatning yangi rahbariga umid ko`zi bilan qaramoqda. Xo`sh,
biz Hasan Ruhoniy haqida nimalarni bilamiz va u Eron taqdirini qay darajada
o`zgartira oladi? Quyida biz yangi rahbar to`g`risida bilishimiz kerak bo`lgan
5 omilga ko`z tashlab chiqamiz:
15.06.2013
KASPIY DENGIZINING HARBIYLASHTIRILISHI - KASPIYBO'YI GEOPOLITIKASINING TUBDAN O'ZGARISHI
AQSh va NATO qo'shinlarining tobora O'rta Osiyo va Yaqin Sharqqa kirib kelishi bilan shu hududlar bilan bog'liq barcha hududlarda geopolitik o'yinlar yuzaga kela boshladi. 2000-yilgacha deyarli Rossiyaning ta'siri ostida bo'lgan Kaspiy dengizi ham bu o'yinlardan chetda qolib ketmadi. Dunyoda tobora yoqilg'i resurslarga talabning oshishi va asosiy neft-gazni eksport qiluvchi Arab mamlakatlaridagi notinchliklar dunyoning yirik import qiluvchi mamlakatlar diqqatini shu hudduddagi ulkan yoqilg'i resurslari jalb eta boshladi. Kaspiy dengizini harbiylashtirish bir nechta maqsadlarni ko'zda tutadi; dastlab tobora dunyoda kuchayib borayotgan terroristik hujumlardan himoyalanish bo'lsa, boshqa tomondan Kaspiy dengizini chegaralanishida har bir davlat o'ziga tegishli hududni havfsizlantirishni kuchaytirishga kirishib ketdi. Shuningdek quvur transporti, burg'alash markazlarini himoyasi, iqlimiy o'zgarishlar oqibatida kelib chiquvchi muammolarga tayyor turish kabi maslalalar ham shular jumlasidandir.
Kaspiy dengizining chegaralanishi
11.06.2013
TURKIYA: TAKSIM MAYDONI “TAHRIR”GA AYLANMOQDAMI?
Mana 10 kundan oshiqroq muddatki, Turkiyada amaldagi
Rajab Tayyip Erdogan hukumati va uning qudratdagi Adolat va Taraqqiyot
Partiyasi (turkcha qisqartmadagi AKP nomi bilan mashxur)ga qarshi ommaviy norozilik
namoyishlari tinmayotir. Garchi bu namoyishlar hozircha mamlakat siyosiy
tizimida jiddiy o`zgarishlarga sabab bo`lmagan bo`lsada, yaqinlashib kelayotgan
saylovlar oldidan Turkiya kelajagini savol ostiga qo`yilishiga sabab bo`lishi
mumkin.
10.06.2013
Alloh nomi bilan... So'ngi yo'l - Islomizm propoganda mashinasi (4-qism)
Islomizm va Jihodga bag'ishlangan o'tgan galgi maqolalarimizda, biz Islomizm va Xalqaro jihodning qanday paydo bo'lishi, rivojlanishi, harakatlari va nihoyat mag'lub bo'lishini ko'rib o'tgan edik. Bugungi maqolamiz shu maqolalar turkumining so'ngisi bo'lib u Islomizmning ohirgi urushi ya'ni ommaviy-axborot vositalari orqali propoganda urushiga bag'ishlanadi.
02.06.2013
ANARXIYA VA GEGEMONIYA
Yer yuzida
yashaydigan insoniyatning deyarli har biri tenglikni qo`llab quvvatlaydi:
irqlar o`rtasidagi tenglik, etnik guruhlar o`rtasidagi tenglik, jinslar, ya`ni
ayol-erkak tengligi va hakozo. Biroq bizning sohada, ya`ni geosiyosatda
tenglikka hamisha ham amal qilinmaydi. Geosiyosatda birovning manfaati hisobga
olinmaydi, har bir davlat faqat o`zi yakkahukmdor bo`lishga intiladi. Asrlar
mobaynida dunyoning geosiyosiy markazi bo`lib kelgan Yevropaning qudratli
kuchlari nafaqat mintaqa, balki butun dunyoda gegemon bo`lish uchun har nega
qo`l urib keldilar. Ularning bu harakati jahon geosiyosiy maydonida kuchlar
nisbati shakllanishiga turtki berdi va kuchlar nisbati davomiy urushlarga sabab
bo`ldi. Farqli o`laroq, Sharqiy Osiyoda Yevropadagidek kuchlar muvozanati
shakllanmadi. Bu mintaqada 14 asrdan 19 asrga qadar Xitoy dominantlikni o`z
qo`lidan bermadi. Sharqiy Osiyoda gegemoniyaga intilib, Xitoy Imperiyasi bilan
raqobatga kirishadigan aytarli davlat yo`q edi. Tan olish kerakki, xuddi shu
omil tufayli Sharqiy Osiyoning asrlar mobaynidagi siyosiy hayoti Yevropanikidan
ko`ra ancha barqarorroq kechdi.
Anarxiya jahondagi beqarorlikning asosiy manbaidir
25.05.2013
TIBET MUAMMOSI: CHIQISH UCHUN YO`L BORMI?
So`nggi
paytlarda jahonning sanoat markaziga deyarli aylanib ulgurgan Xitoyning
kelajagi haqida bir qancha xavotirlar o`rtaga chiqmoqda. Bular qatorida “Bir
oilaga bir farzand” siyosati tufayli yuzaga kelayotgan demografik inqiroz,
faqat eksportga asoslangan iqtisodiy siyosat tufayli mamlakat aholisi o`rtasida
qashshoqlikni ortishi va norozilikni kuchayishi, tashqi kuchlar bilan
geosiyosiy ziddiyatlarni yuzaga kelishi (masalan, Yaponiya bilan mavjud orollar
muammosi) kabilarni sanab o`tish mumkin. Yana shunday omillar borki, ular
Xitoyni yaqin o`n yilliklar ichida parchalab tashlashga qodir. Bular – uzoq
yillardan beri o`z yechimini topolmayotgan ichki geosiyosiy ziddiyatlar, ya`ni
Shinjon Uyg`ur Avtonom Rayoni, Xitoy Respublikasi, ya`ni Tayvan va Tibetdir.
Bugun siz bilan Tibet muammosining asl sabablari va unga yechimlarni izlab
ko`rishga harakat qilamiz.
Tibetlik isyonkor o`smir
24.05.2013
ROBERT FISK: “SURIYA URUSHI IKKI-UCH YIL DAVOM ETISHI MUMKIN”
Prezident Bashar al-Assad qo`shinining qo`li tobora baland kelmoqda. Britaniyalik
O`rta Sharq bo`yicha mutaxassis Robert Fisk shu oyning boshida jang
maydonlarida turgan hukumat askarlarining bir nechtasi bilan suhbatda bo`ldi va
Suriyada guvohi bo`lganlarini Germaniyaning DW (Deutsche Welle) internet
nashriga so`zlab berdi. Quyida shu suhbatni keltirib o`tamiz:
Robert Fisk
21.05.2013
JANUBIY KOREYA CHEGARA OROLLARINI MUHOFAZA QILISH UCHUN ISROIL RAKETALARIDAN FOYDALANMOQCHI
Janubiy
Koreya Sariq dengizda joylashgan orollarini Shimoliy Koreyaning ehtimoliy
xujumlaridan himoya qilish maqsadida Isroilning o`ta aniqlikdagi raketalarini
joylashtira boshlagani haqida yakshanba kuni Seuldan ismi ma`lum qilinmagan
harbiy rasmiylardan biri habar bergan.
Yeongpyeong Shimoliy Koreya qirg`oqlaridan atigi 11 km uzoqlikda joylashgan
04.05.2013
TINCHLIK, BARQARORLIK VA YADRO QUROLLARI
Insoniyat hayvonot dunyosidan ajralib chiqib, ongi
shakllanibdiki, doim taraqqiyot uchun olg`a intiladi. So`nggi 50,000 yil
davomida odamizot o`z yaratuvchisi bo`lgan tabiat va o`z uyi bo`lgan Kurrai
Zaminni tanib bo`lmas darajada o`zgartirib tashladi. Inson, xatto, ona tabiat
yaratishga ojiz bo`lgan kashfiyotlarga qo`l urdi. Bu kashfiyotlarning
aksariyati olamshumul, ba`zilari esa keraksiz edi. Inson siyosat atalmish
boshqarishga yo`naltirilgan tizimni ishlab chiqdi va bu tizimni o`z
kashfiyotlari, ayniqsa harbiy yutuqlari vositasida yuritishni o`rgandi. Natijada
shunday harbiy kashfiyotlar yaratildiki, ular nafaqat janglarda katta
imkoniyatlar berar, balki butun jahon hayotiga ham ta`sir eta olar edi. Shunday
qudratli kashfiyotlardan biri – yadro qurolidir.
03.05.2013
BOSTON VOQEASI “JIHOD”MI?
So`nggi 15 kun ichida Internet orqali tarqatilgan ma`lumotlarga razm solar ekanman, Boston portlashlari va aka-uka Sarnaevlar haqida yozmagan faqat biz qolibmiz. Biroq Biz bugun birdaniga mashxur bo`lib ketgan ikkovlon yoki Boston portlashlarini kim amalga oshirilgani haqida suhbatlashmaymiz. Biz uchun Boston voqeasining deyarli ahamiyati yo`q.
Balki aka-ukalar "soqolsiz jihod"ni boshlab berishgandir?
18.04.2013
IMPERIALIZM: HARBIY-SANOAT KOMPLEKSINING GEGEMONIYASI
Sovet Ittifoqi va Sharqiy Blokning qulashini
ko`pchilik siyosiy tahlilchilar “tarixning tugashi” yoki “demokratik
kapitalizmning kommunizm ustidan g`alaba qozonishi”, deb atagan edilar. Qo`shma
Shtatlar “g`olib”ga aylandi va yangi ko`p qutbli dunyoda diplomatiya, harbiy
kuch va bozor iqtisodiyoti yordami bilan global gegemonlikni qo`lga kiritdi.
Sobiq Ittifoqdan so`ng boshlangan Sharqiy Blok kommunist davlatlarining
birin-ketin qulashi butun jahon bo`ylab yangi moliyaviy tizimni shiddat bilan
tarqalishiga imkon yaratib berdi. O`z navbatida bu tizim yangi bozorlar va
homashyo bazalarini talab qilardi. Yangi moliyaviy tizim Ikkinchi Jahon
Urushidan so`ng paydo bo`lgan Yevropaning an`anaviy sotsial-demokratik tamoyillarga
asoslangan iqtisodiy infrastrukturalari bilan raqobatga kirisha boshladi.
AQSH imperializmi tasvirlangan karikaturalardan biri
10.04.2013
Alloh nomi bilan... Jihodning mag'lubiyati - Mardonavor kurashdan Terrorga (3 qism)
Oldingi maqolalarimizda islomizmning paydo bo'lishi va uning xalqaro harakatga aylanishi, yo'nlaishlari haqida ma'lumotlar berishga harakat qilgan edik. Bugungi maqolamizda biz XX-asr ohiri va XXI-asr boshlarida dunyoda Islomiy hokimiyatni o'rnatishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan xalqaro Jihodning qanday qilib jismoniy ravishda mag'lub bo'lish jarayoni haqida tahlillarimizni havola qilmoqchimiz.
AQShning Oregona shtatida Nasroniy, Yahudiy va Musulmonlar yig'ilgan holda Terrorizm va Islomning nomutanosibligini ta'kidlash maqsadida namoyish o'tkazishmoqda.
06.04.2013
Alloh nomi bilan... Jihod - Anti-kommunizmdan Anti-Amerikanizmga (2-qism)
O'tgan galgi maqolamizda biz siz bilan Islomizmning ildizlari, unga yetaklagan sabablar, qayta tug'ilishi va nihoyat ma'lum kuch sifatida mafkuraviy birlashtirishini ko'rib o'tgandik. Bu birlashtirish AQSh tomonidan Afg'onistondagi Sovet Ittifoqi qo'shinlarini siqib chiqarish maqsadida amalga oshirilgan edi. Lekin AQSh Sovet qo'shinlari Afg'onistonni tashlab chiqqandan so'ng bu harakatni e'tiborsiz qoldiradi, natijada Islomizm ideologiyasi va Musulmon jamiyatlaridagi iqtisodiy-ijtimoiy qiyinchiliklar tufayli avtonom kuch sifatida yashashda davom etdi.
Bugun biz siz bilan aynan o'sha Islomiy-radikal harakatlarning qanday qilib Kommunizmga qarshi jihoddan qaysidir ma'noda qayta tug'ilishiga sabab bo'lgan yaratuvchisi AQShga qarshi Jihodga otlanish jarayonini ko'rib chiqamiz.
Bugun biz siz bilan aynan o'sha Islomiy-radikal harakatlarning qanday qilib Kommunizmga qarshi jihoddan qaysidir ma'noda qayta tug'ilishiga sabab bo'lgan yaratuvchisi AQShga qarshi Jihodga otlanish jarayonini ko'rib chiqamiz.
Sobiq Sovet Ittifoqi qo'shinlariga qarshi kurashuvchi Mujohiddinlar (Pokiston, 1987-yil)
04.04.2013
SOVUQ URUSHDAN KEYINGI DUNYO: YANGI DAVR
Ma`lumki, Amerika Qo`shma Shtatlari va Sobiq Sovet Ittifoqi
o`rtasida bo`lib o`tgan Sovuq Urush deb atalmish davr 1991-yil 31-dekabr kuni
SSSRning parchalanishi ortidan o`z nihoyasiga yetdi. Bu davr Ikkinchi Jahon
Urushi tugagandan so`ng, AQSH va SSSR Yevropani bo`lib olishlari bilan
boshlangan edi. Sovuq Urush Yevropa imperial tizimining tugatilishi, yangi
davlatlarning paydo bo`lishi, ikki qutb qudratlari o`rtasida nazorat va ta`sir
borasidagi qarama-qarshiliklar bilan e`tiborga molik davrdir. Albatta, Sovuq
Urushning boshqa tomonlari va bosqichlari ham bor, lekin qisqa qilib aytganda
bu davr Yevropaning zaiflashishi ustiga qurilgan qarama-qarshiliklardan iborat
edi.
Yangi dunyo tartibi borasida fantaziyalarga asoslanib chizilgan xaritalardan biri
01.04.2013
Alloh nomi bilan... Islomizm - Qayta tug'ilish (1-qism)
2001-yil 11-sentyabr voqealari radikal Islomizmning chalkash pozitsiyalarini ma'lum tomonga yo'naltirishga va "haqiqiy" dushmanni qayta belgilaganini tasdiqladi. Ayniqsa voqealarning davom etishi bilan AQSh o'zining tashqi va ichki siyosatida Islom va Terrorizmni qorishtirishi, strategik maqsadlarni ko'zlagan holda Islomiy-Terrorizmni bahona qilib ishlatishida (Iroq urushi) va Sivilizatsiyalar to'qnashuvi nazariyasini kuchaytirib G'arb va Islom dunyosini bir biriga qarama qarshi qo'yishi oqibatida Islomizm o'z pozitsiyasini G'arbga qarshi ishonch bilan yo'naltiradi.

Pokistonda Islom payg'ambari Muhammadga qarshi karikatura sifatida suratga olingan filmga noroziliklar sifatida AQSh bayrog'i yondirilmoqda.
30.03.2013
SHIMOLIY KOREYA URUSHI: NAVBATDAGI PO`PISAMI YOKI JIDDIY TAHDID?
Shu kecha
kunduzda jahon matbuotining asosiy mavzusi Shimoliy Koreyaning Janub bilan
barcha aloqalarni uzib, “urush holati” e`lon qilishi bo`lib qolmoqda. Xo`sh, bu
holni jiddiy qabul qilish kerakmi yoki shunchaki navbatdagi asossiz
tahdidlardan birimi?
Pxenyan markaziy maydoniga yig`ilgan talabalar va askarlar mamlakat dushmanlari omon qolmasligini aytishmoqda
29.03.2013
AFG`ONISTON MILLIY TABIIY BOYLIKLARDAN FOYDA KO`RISHGA TAYYORLANMOQDA
Afg`oniston
hukumati joriy yilda 5 ta gaz va neft hamda mineral konlarni xorijiy
investorlar tenderiga chiqarishni rejalashtirmoqda. Uzoq yillik tala-to`plardan
qashshoqlashib ketgan mamlakatni hukumati tabiiy boyliklardan keladigan foyda
evaziga oyoqqa turg`izmoqchi.
Afg`oniston tabiiy boyliklarining tahminiy xaritasi
25.03.2013
XITOY VA ROSSIYA MARKAZIY OSIYO UCHUN RAQOBAT QILISHMOQDA
Markaziy
Osiyodagi xomashyo materiallari va energiya zahiralari ko`pgina davlatlarni
o`ziga jalb qilishi bugungi kunda sir emas. Bu borada ayniqsa Rossiya va
Xitoyning e`tibori o`zgacha. Ko`pgina sohalarda hamkor va ittifoqdosh bo`lgan
bu ikki davlat Markaziy Osiyodagi geosiyosiy manfaatlar borasida tobora ashaddiy
raqiblarga aylanib bormoqdalar.
18.03.2013
XITOY BRITANIYANI ORTDA QOLDIRIB, JAHONNING BESHINCHI QUROL EKSPORTYERIGA AYLANDI
Bugun,
ya`ni 18-mart kuni Shvedsiyada asoslangan tahliliy markazning tarqatgan
ma`lumotlariga ko`ra Xitoy xalqaro qurol savdosi bo`yicha Buyuk Britaniyani
ortda qoldirib, dunyodagi beshinchi qurol eksport qiluvchi davlatga aylandi. Bu
Xitoyning qurol-yarog` sohasida Sovuq Urushdan keyingi eng katta yutug`i
bo`ldi.
14.03.2013
12.03.2013
YAKUNI YO`Q URUSHLARDAN SAQLANING!
“Bugun
kibrga berilgan "buyuk" mamlakat sharmandalarcha qochgan kun. Mana
yaqinda yana bir o'zini buyuk sanaydigan mamlakat sharmandalarcha qochib
chiqmoqchi...Sharafli bir xalq..Qullikka toqat qila olmaydigan bir xalq..Bizga
o'rnak bo'ladigan bir diyor. O'g'illari jangchi bo'lib tugiladigan yurt.Dunyo
"buyuklari" talasha-talasha it kabi quviladigan tuproqlar.Hurmatim
cheksiz... Ularning g'alabasi o'zbek halqining ham g'alabasidir...”
“Afğonistondagi
urush Sovet musulmonlarini har qanday chuqurda bölsang ham olğa qadam bosishga
örgatti, qanchalik faqir va bechora bölsang ham Ozodlik uchun dini İslom uchun
vatan uchun mujodala qilishni örgatti....”
(Sobiq
Ittifoq va AQSH qo`shinlarining Afg`onistondan olib chiqilishiga doir Facebookdagi
sahimizda qoldirilgan fikrlardan. )
Siz yuqorida
o`qib turgan fikrlar bizni ushbu maqolani yozishga undadi. Biz fikrlarni
buzmasdan, asli holida keltirmoqdamiz. Xo`sh, bu “mag`lubiyat” yoki “buyuk
xalqning g`alabasi” qanchalik haqiqatga yaqin? Keling, birgalikda insoniyat
so`nggi paytlarda tez-tez yuzlashib turgan shu kabi “g`alaba-mag`lubiyat”larni
geosiyosiy nigoh bilan tahlil qilib chiqamiz.
Amerika askarlari Afg`onistonda
07.03.2013
QOZOG`ISTON YADROVIY DAVLATGA AYLANMOQCHI (MI?)
Markaziy Osiyodagi Sobiq Sovet davlatlari
mustaqillikka erishganlaridan so`ng, achchiq haqiqatki, jahon siyosiy
sahnasidan yuqori o`rin ololmadilar. Biroq Qozog`iston doimo regional emas,
balki global siyosiy “o`yinchi”ga aylanish uchun harakat qilib keldi. Endi u
faoliyatini xalqaro yadroviy xavfsizlik doirasida ham sinab ko`rmoqchi. Aynan
o`sha, bir vaqtlar Moskva yuzlab yadroviy qurollarini hududida sinab ko`rgan,
uzoq yillar davomida uran qazib chiqarishni yuqori sur`atda oshirib borayotgan
Qozog`iston o`tgan oyning so`ngida Eronning yadroviy dasturi bo`yicha
o`tkaziladigan xalqaro muzokaralarga mezbonlik qildi.
02.03.2013
Xaritalar Uzra: Urush san'ati
Biz siz bilan o'tgan ko'rsatuvimizda Urush va Tinchlik iboralarining tub ma'nosini va dunyoda aks ettirilishini ko'rib chiqqan edik. Bugungi ko'rsatuvimiz esa yana o'sha Urush va Tinchlik masalalarida asosiy o'rinni egallovchi Urush san'ati ya'ni Strategiyaga bag'ishlanadi.
Stategiya so'zi grekchadan olingan bo'lib "Stratos" Armiya "agains" boshqarish so'zlaridan kelib chiqib qo'mondonlik qilish, armiyalarni boshqarish ma'nosini beradi. Bugungi manfaatlar va siyosiy qarashlar qorishgan dunyoda har bir mamlakat o'z strategiyasiga o'ta katta e'tibor ajratadi. Lekin o'ylashimizga qarshi o'laroq Strategiya faqat harbiy sohada ishlatiladigan so'z bo'lmasdan, u o'z navbatida iqtisodiy, siyosiy yoki moliyaviy bo'lishi mumkin. Shunga qaramasdan biz uchun Strategiya aynan urushlarni, interventsiyalarni anglatadi.
Stategiya so'zi grekchadan olingan bo'lib "Stratos" Armiya "agains" boshqarish so'zlaridan kelib chiqib qo'mondonlik qilish, armiyalarni boshqarish ma'nosini beradi. Bugungi manfaatlar va siyosiy qarashlar qorishgan dunyoda har bir mamlakat o'z strategiyasiga o'ta katta e'tibor ajratadi. Lekin o'ylashimizga qarshi o'laroq Strategiya faqat harbiy sohada ishlatiladigan so'z bo'lmasdan, u o'z navbatida iqtisodiy, siyosiy yoki moliyaviy bo'lishi mumkin. Shunga qaramasdan biz uchun Strategiya aynan urushlarni, interventsiyalarni anglatadi.
Xaritalar Uzra: Urush va Tinchlik
Urush va Tinchlik - aslida nimani anglatadi bu so'zlar. Urushning mavjudmasligi tinchlikni anglatadimi? Bugungi ko'rsatuvimizda biz ana shunday muammoli savollarga javob berishga harakat qilamiz.
Darhaqiqat insoniyatning zamonaviy davrga qadam qo'yishi va rivojlanishi uni urushlarga butunlay barham berishiga olib kelmadi, balki urushlarni qiyofasi o'zgardi. Agar XX-asrgacha urushlar hech qanday o'zini oqlashlarsiz tabiiy ravishda ya'ni oddiy qilib aytganda boshqaning boyliklariga ega bo'lish uchun qilingan bo'lsa, endilikda urushlar uchun ma'lum sabablar va o'zini oqlashlar zarurdir. Aks holda urush olib boruvchi tomonlar nohaqlikda ayblanishi mumkin.
Lekin hohlaymizmi yo'qmi urushlar va to'qnashuvlar huddi qadimgi yoki o'rta asrlardagi kabi ohir oqibatda bir narsani ya'ni manfaatni ko'zlaydi. Manfaat bu hududiy, ideologik, resurslarni egallash va hakozolar bo'lishi mumkin. XXI-asrga kelib esa urushlar to'laligicha iqtisodiy va moliyaviy tus oldi desak adashmaymiz. Bizning davrda urushish uchun ko'p shartlar talab etiladi va ko'p qurbonlar berilishi so'raladi. Qurbonlarning tarkibi ham o'zgargan, agar ilgari biror maqsadga erishish uchun ikki tarafni mahsus tayyorlangan harbiylari jang olib borishgan bo'lsa hozirda asosiy qurbonlar bu oddiy fuqarolardir, undan tashqari odam sonidan ham ko'ra moliyaviy zararlarning oqibati borgan sari ko'zga tashlanib bormoqda.
Darhaqiqat insoniyatning zamonaviy davrga qadam qo'yishi va rivojlanishi uni urushlarga butunlay barham berishiga olib kelmadi, balki urushlarni qiyofasi o'zgardi. Agar XX-asrgacha urushlar hech qanday o'zini oqlashlarsiz tabiiy ravishda ya'ni oddiy qilib aytganda boshqaning boyliklariga ega bo'lish uchun qilingan bo'lsa, endilikda urushlar uchun ma'lum sabablar va o'zini oqlashlar zarurdir. Aks holda urush olib boruvchi tomonlar nohaqlikda ayblanishi mumkin.
Lekin hohlaymizmi yo'qmi urushlar va to'qnashuvlar huddi qadimgi yoki o'rta asrlardagi kabi ohir oqibatda bir narsani ya'ni manfaatni ko'zlaydi. Manfaat bu hududiy, ideologik, resurslarni egallash va hakozolar bo'lishi mumkin. XXI-asrga kelib esa urushlar to'laligicha iqtisodiy va moliyaviy tus oldi desak adashmaymiz. Bizning davrda urushish uchun ko'p shartlar talab etiladi va ko'p qurbonlar berilishi so'raladi. Qurbonlarning tarkibi ham o'zgargan, agar ilgari biror maqsadga erishish uchun ikki tarafni mahsus tayyorlangan harbiylari jang olib borishgan bo'lsa hozirda asosiy qurbonlar bu oddiy fuqarolardir, undan tashqari odam sonidan ham ko'ra moliyaviy zararlarning oqibati borgan sari ko'zga tashlanib bormoqda.
28.02.2013
SURIYAGA SAYOHAT
Bugun biz sizlarni ajoyib, lekin g`amgin
bir sayohatga chorlamoqchimiz. Qanday sayohat ekan deysizmi? Bu Suriyaning
yaqin o`tmishiga qisqa nazar. Ushbu maqolamiz oldingilaridan farq qiladi. Biz
uslubimizga biroz yangilik qo`shishga qaror qildik, ya`ni karikaturalar. Hayron
bo`layotgan bo`lishingiz mumkin: “Geosiyosatga yumorning nima aloqasi bor?” Biz
karikaturalar orqali ayni damdagi Suriya inqirozining asl ildizlarini ko`rsatib
berishga urindik.
Подписаться на:
Сообщения (Atom)