25.05.2013

TIBET MUAMMOSI: CHIQISH UCHUN YO`L BORMI?

So`nggi paytlarda jahonning sanoat markaziga deyarli aylanib ulgurgan Xitoyning kelajagi haqida bir qancha xavotirlar o`rtaga chiqmoqda. Bular qatorida “Bir oilaga bir farzand” siyosati tufayli yuzaga kelayotgan demografik inqiroz, faqat eksportga asoslangan iqtisodiy siyosat tufayli mamlakat aholisi o`rtasida qashshoqlikni ortishi va norozilikni kuchayishi, tashqi kuchlar bilan geosiyosiy ziddiyatlarni yuzaga kelishi (masalan, Yaponiya bilan mavjud orollar muammosi) kabilarni sanab o`tish mumkin. Yana shunday omillar borki, ular Xitoyni yaqin o`n yilliklar ichida parchalab tashlashga qodir. Bular – uzoq yillardan beri o`z yechimini topolmayotgan ichki geosiyosiy ziddiyatlar, ya`ni Shinjon Uyg`ur Avtonom Rayoni, Xitoy Respublikasi, ya`ni Tayvan va Tibetdir. Bugun siz bilan Tibet muammosining asl sabablari va unga yechimlarni izlab ko`rishga harakat qilamiz.

Tibetlik isyonkor o`smir

24.05.2013

ROBERT FISK: “SURIYA URUSHI IKKI-UCH YIL DAVOM ETISHI MUMKIN”


Prezident Bashar al-Assad qo`shinining qo`li tobora baland kelmoqda. Britaniyalik O`rta Sharq bo`yicha mutaxassis Robert Fisk shu oyning boshida jang maydonlarida turgan hukumat askarlarining bir nechtasi bilan suhbatda bo`ldi va Suriyada guvohi bo`lganlarini Germaniyaning DW (Deutsche Welle) internet nashriga so`zlab berdi. Quyida shu suhbatni keltirib o`tamiz:

Robert Fisk

21.05.2013

JANUBIY KOREYA CHEGARA OROLLARINI MUHOFAZA QILISH UCHUN ISROIL RAKETALARIDAN FOYDALANMOQCHI


Janubiy Koreya Sariq dengizda joylashgan orollarini Shimoliy Koreyaning ehtimoliy xujumlaridan himoya qilish maqsadida Isroilning o`ta aniqlikdagi raketalarini joylashtira boshlagani haqida yakshanba kuni Seuldan ismi ma`lum qilinmagan harbiy rasmiylardan biri habar bergan.

Yeongpyeong Shimoliy Koreya qirg`oqlaridan atigi 11 km uzoqlikda joylashgan

04.05.2013

TINCHLIK, BARQARORLIK VA YADRO QUROLLARI


Insoniyat hayvonot dunyosidan ajralib chiqib, ongi shakllanibdiki, doim taraqqiyot uchun olg`a intiladi. So`nggi 50,000 yil davomida odamizot o`z yaratuvchisi bo`lgan tabiat va o`z uyi bo`lgan Kurrai Zaminni tanib bo`lmas darajada o`zgartirib tashladi. Inson, xatto, ona tabiat yaratishga ojiz bo`lgan kashfiyotlarga qo`l urdi. Bu kashfiyotlarning aksariyati olamshumul, ba`zilari esa keraksiz edi. Inson siyosat atalmish boshqarishga yo`naltirilgan tizimni ishlab chiqdi va bu tizimni o`z kashfiyotlari, ayniqsa harbiy yutuqlari vositasida yuritishni o`rgandi. Natijada shunday harbiy kashfiyotlar yaratildiki, ular nafaqat janglarda katta imkoniyatlar berar, balki butun jahon hayotiga ham ta`sir eta olar edi. Shunday qudratli kashfiyotlardan biri – yadro qurolidir.


03.05.2013

BOSTON VOQEASI “JIHOD”MI?

So`nggi 15 kun ichida Internet orqali tarqatilgan ma`lumotlarga razm solar ekanman, Boston portlashlari va aka-uka Sarnaevlar haqida yozmagan faqat biz qolibmiz. Biroq Biz bugun birdaniga mashxur bo`lib ketgan ikkovlon yoki Boston portlashlarini kim amalga oshirilgani haqida suhbatlashmaymiz. Biz uchun Boston voqeasining deyarli ahamiyati yo`q.

Balki aka-ukalar "soqolsiz jihod"ni boshlab berishgandir?