23.03.2014

“KUCHLI DAVLAT – KUCHLI JAMIYAT” DILEMMASI


Ukrain Inqirozi davom hanuz davom etayotgan bir paytda (hali yana uzoq davom etishi muqarrar) post-sovet davlatlaridagi muhim bir muammo, aniqroq aytganda, kamchilik yuzaga chiqib qoldi. Umuman olganda, ushbu muammo nafaqat post-sovet hududi, balki dunyoning boshqa davlatlari mavjudligini savol ostiga solib kelgan. Bu “Kuchli davlat – kuchli jamiyat” dilemmasidir.

15.03.2014

Ukraina krizisi va Axborot urushi

Fan va texnologiyaning rivojlanishi natijasida insonning hayoti tobora ijtimoiylashib bordi, bu rivojlanish insonni biologik organizmdan ijtimoiy organizmga aylantirib qo'ydi. Ayniqsa bu narsa globallashuv hamda axborot tizimi o'ta rivojlangan XXI-asrda kuchaydi. Insoniyat tarixida shu davrgacha axborotning muhimlik darajasi bu qadar yuqori cho'qqilarni zabt etmagan edi. Insonning ko'zi va qulog'i uchun dunyo ommaviy axborot vositalari orasida kuchli raqobat yuzaga keldi. Bu nafaqat o'sha OAVlarning moliyaviy maqsadlari uchun, balki o'sha OAVlarning egasi bo'lgan mamlakat, jamiyat va kishilarning ideologik maqsadlarini amalga oshirish uchun ayovsiz qurol vazifasini o'tay boshladi. Bugun biz siz bilan ushbu informatsion urushlarning qanchalik darajada omma fikrini bir oqimga solib qo'yishi mumkinligini Ukraina siyosiy krizislarida yaqqol guvohi bo'lib turibmiz. Bugungi mavzumiz ushbu krizis misolida informatsion urushlarning qanchalik qudratli bo'lishi mumkinligiga bag'ishlanadi. 



13.03.2014

Rossiya – Ukraina krizisi, uzoq tarixdan bugungi kungacha



So’ngi kunlarda Ukrainadagi bo’lib o’tayotgan voqealar jahon ommasining e’tibor markazida turibdi desak mubolag’a bo’lmaydi. Uzoq umumiy tarixga, dinga va qisman tilga ega bo’lgan bu og’a-ini xalqlar orasidagi  ajralish jarayoni ham uzoq tarixga borib taqaladi. Bunga bir nechta sabablar mavjuddir, lekin tarix bizga doim mamlakatlar orasidagi kelishmovchiliklarga asosan ikki mamlakatning bir biriga nisbatan joylashgan geografik o’rnining oqibati ekanligini tinimsiz eslatib keladi. So’ngi yillardagi ikki mamlakat orasida bo’lib o’tayotgan siyosiy-iqtisodiy krizislar ham Ukrainaning yana bir bora ikki geopolitik markaz orasida ikkilanib qolishini oqibati desak yanglishmagan bo’lamiz.