Insoniyat tarixining so'nggi 100 yili misli ko'rilmagan o'zgarishlarga boy bo'ldi: yirik urushlar, ilm-fanning rivojlanishi, iqtisodning o'sishi va globallashishi, ijtimoiy hayotning yahshilanishi va siyosiy tizimlarni murakkablashishi shular jumlasidandir. Ayniqsa XX-asrning so'ngi yillari va XXI-asr insoniyat uchun yangi davrga qadam qo'yish bo'ldi, desak xato bo'lmaydi. Kundalik hayotni yaxshilanishi, tibbiyot, ta'lim tizimi va texnologik yutuqlar tarixda kuzatilmagan rivojlanish cho'qqisiga yetdi. Lekin bunga paradoksal ravishda dunyo aholisi orasida ijtimoiy muammolar ham kuchaya bordi. Bu ijtimoiy muammolarning ildizi Karl Marks ta'kidlaganidek iqtisodga borib taqaldi. Har bir mamlakat yoki umumiy region o'z iqtisodini rivojlanish darajasiga ko'ra turli xil muammolarga duch keldi. Rivojlangan davlatlarda o'rtacha hayotni uzayishi va tug'ilish sonini kamayish bilan aholining "qarishi" kuzatilgan bo'lsa, rivojlanayotgan mamlakatlarda tug'ilishning haddan tashqari yuqoriligi va aholi umrining o'rtacha uzunligini oshishi bilan "ortiqcha" aholi massalari paydo bo'la boshladi. Lekin bu ikki iqtisodiy qutbga birday tegishli bo'lgan ijtimoiy muammo yuzaga keldi, bu aholini iqtisodiy-ijtimoiy tengsizligidir. Bu hodisa ham rivojlangan ham rivojlanayotgan mamlakatlarga tegishli bo'lib, faqat rivojlangan mamlakatlarda davlat kam ta'minlangan aholiga yordamga kelish imkoniyatiga ega edi, uni ustiga iqtisodiy jihatdan o'ziga to'q sinflarga katta miqdorda soliqlar ta'sis etilgandir. Rivojlanayotgan mamlkatlarda esa ahvol boshqacharoq. Asosan bunday mamlakatlardagi asosiy kapital ma'lum tor doiradagi sinfga tegishli bo'lib, uni o'zga sinflar bilan baham ko'rilishini davlat doim ham ta'minlay olmaydi. Buning ustiga tarixiy jihatdan infrastrukturalarni kamligi, aholini ro'yhatga olish kech amalga oshirilganligi va adminstrativ institutlarining kuchsizligi aholini o'zboshimchalik bilan harakatlanishiga, faoliyat yuritishiga va joylashishiga sabab bo'lgan. Aynan shunday joylashishlar bugungi kunda dunyoning rivojlanayotgan mamlakatlarida katta muammolarni keltirib chiqarmoqda. Bunday joylashishlar Xaroba shaharlar deb atalib ular dunyoning asosan rivojlanayotgan mamlakatlarining yirik shaxarlari atroflarida joylashgandir.
Bugungi mavzuimiz ana shu muammoga bag'ishlanadi.
Jakartadagi Silivug daryosi bo'ylab joylashgan Xaroba shahar manzarasi