Geosiyosatda biror inqiroz aybdori-jabrlanuvchisiga
ta’rif berish yoki aybdor-jabrlanuvchini aniqlashning imkoni yo‘q. Imkoni
bo‘lgan taqdirda ham bunday amal o‘ta darajada subyektiv bo‘lar edi. Lekin
tomonlarning qarashlari-da’volarini o‘rganib chiqib, inqirozlar yuzaga
kelishiga kim ko‘proq “xissa” qo‘shayotganiga biroz oydinlik kiritsh mumkin.
Hozirgi kunda O‘rta Sharq global terrorizmning navbatdagi to‘lqini ostida qoldi
– Iroq deyarli “nuragan davlat” (failed state)ga aylanmoqda. Xo‘sh, bu yangi
inqirozda kimning “ayb”i ko‘proq?
Avvalo, inqiroz deya atayotganimiz Iroqda yuza
berayotgan voqealar haqida qisqacha sharh berib o‘tsak. O‘zini “Iroq va Shom
Islomiy davlati”, “Iroq va Levantdagi Islomiy davlat” yoki “Iroq va Suriyadagi
Islomiy davlat” deb atayotgan sunniy jangarilardan tashkil topgan hamda
al-Qoidaning mintqadagi firqasi sifatida ko‘rilayotgan qurolli tashkilot yoda
guruh joriy yilning ilk oylaridan buyon Iroq va Suriyaning aksar hududlarini
qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Iyun oyiga kelib guruhning faolligi oshib, Iroqni
deyarli falajlab qo‘ydi. Xo‘sh, bu o‘zi qanday guruh?
Iroq va Shom Islomiy Davlati jangarilari |
Yangi
al-Qoidaning paydo bo‘lishi
2003-yil mart oyida AQSh qurolli kuchlari Iroqda
Saddam Husayn armiyasiga qarshi harbiy harakatlarni boshlashi ortidan
mamlakatda xorijiy bosqinchilar va ularga xayrihoh shialarga qarshi sunniy
qarshilik bosh ko‘tardi. Ma’lumki, Saddam Husayn davrida og‘ir repressiyalarga
uchragan shialar xorijiy kuchlarga Iroq armiyasiga qarshi kurashishda ham
harbiy ham fuqaroviy ko‘mak bera boshladilar. Ikki yil oldin Afg‘onistonda
xalqaro koalitsiya tomonidan qaqshatqich zarbaga uchragan al-Qoida ayni vaqtda
o‘zi uchun yangi panoh qidirmoqda edi. Intervensiyachilar va shialarga nisbatan
Iroqning sunniy aholisi o‘rtasida oshib borayotgan nafrat Osama Bin Lodenga
navbatdagi jihodchilar avlodini “tarbiyalash” imkoniyatini berdi. Shu tariqa
2004-yil so‘nggida Iroqdagi qabilalar va turli ayirmachi guruhlardan tashkil
topgan “Tanzim Qaidat al-Jihad fi al-Rafidayn” (Ikki daryo oralig‘idagi jihodiy
tashkilot) nomli guruh shakllantirildi. Guruhning o‘sha vaqtdagi rahbari Abu Musab
al-Zarqaviy Bin Lodenga vassallik qasamyodini keltirdi. Shu tariqa ko‘proq
“Iroqdagi al-Qoida” nomi bilan ma’lum jihodiy guruh yuzaga keldi.
Abu Bakr al-Bag‘dodiy - IShID yetakchisi |
Ushbu guruhning asosiy maqsadi Iroq hududidan xorijiy kuchlar va
shialarni xaydab chiqarib, mamlakatda qat’iy shariat qoidalariga asoslangan
islomiy nazorat o‘rnatish edi. Bu tashkilot hozirgi “Iroq va Shom islomiy
davlati” uchun poydevor vazifasini o‘tadi.
O‘z faoliyatining ilk davrida yangi al-Qoida firqasi ko‘zga tashlanarli
muvaffaqiyatlarga erisha olmadi. Tashkilot tarqoq, markazlashmagan, moddiy,
texnikaviy va boshqaruv jihatlaridan yaxshi ta’minlanmagan edi. Iroqdagi
xorijiy kuchlar mavjudligi, jangarilarga qarshi ham AQSh ham Iroq harbiylari
tomonidan amalga oshiriladigan amaliyotlar guruh uchun jiddiy qiyinchiliklar
tug‘dirar edi.
2006-yil oktyabrida “Iroqdagi al-Qoida” bir qancha jangari guruhlar va
sunniy qabilalar bilan birlashdi. Ushbu birlashuv ortidan “Iroq Islomiy
davlati” yuzaga keldi.
Manbalarga ko‘ra, nomi “Iroq Islomiy davlati” bo‘lishiga qaramay, guruh
asosan xorijliklardan tashkil topgan bo‘lgan. O‘sha paytdagi Iroq shimolidagi
notinch vaziyat mamlakatni Afg‘onistondan quvib chiqarilgan al-Qoida va boshqa
jihodiy tashkilotlar uchun mintaqadagi yagona boshpanaga aylanib qolishiga
sabab bo‘lgan. Xorijiy jangarilarning mahalliy aholiga nisbatan shafqatsiz
munosabati “Iroq Islomiy davlati”ning oddiy iroqliklar orasida obro‘si
tushishiga sabab bo‘ldi va natijada, al-Qoidaning Iroqdagi ta’siri tushib bora
boshladi.
“Iroq Islomiy davlati” al-Qoida firqasidan tobora mustaqil jihodiy
tashkilotga aylana borib, kamayib borayotgan moddiy ta’minotni oddiy aholi,
davlat idoralarini talash, ya’ni qaroqchilik, boy shaxslarni o‘g‘irlab, shantaj
qilish, neft karvonlarini bosib olish yo‘llari evaziga to‘ldirish yo‘liga
o‘tdi.
2011-yil martida Suriyada xalq noroziligining boshlanishi va uning
fuqarolar urushiga aylanib ketishi ortidan mamlakatda yangidan-yangi jihodiy
guruhlarning paydo bo‘lishi hamda ularning boy sunniy arab hukumatlari
tomonidan dastaklay boshlanishi “Iroq Islomiy davlati” faolligining keskin
oshishiga kuchli turtki berdi. Umuman olganda guruh Arab Bahorini mintaqada o‘z
ta‘sirini oshirish, tashkilot rahbarlarining ta’biri bilan aytganda mintaqani
“shialar va xorijiy bosqinchilar zulmidan tozalash hamda Alloh va Islom
shavkatini qayta tiklash” uchun qulay imkoniyat sifatida qabul qildi.
2013-yil aprelida guruh yetakchisi Abu Bakr al-Bag‘dodiy Suriyada
al-Qoidaning rasmiy firqasi hisoblanmish “Jabhat al-Nusra” (al-Nusra Fronti)
jihodiy tashkiloti bilan birlashuv haqida bayonot tarqatib, “Iroq Islomiy
davlati” bundan buyon “Iroq va Shom Islomiy davlati” (IShID) deya yuritilishini
ma’lum qildi. Bu bayonot guruhning faoliyati Iroq chegaralaridan chiqib,
Suriyaga ham yoyilgani va endilikda, islomiy davlat qurish rejasi faqatgina
Iroqni emas, balki butun boshli Shom (Suriyaning qadimgi nomi. Kengroq ma’noda
butun Levant, ya’ni O‘rtayer dengizining sharqiy qismi) hududini qamrab
olishini anglatar edi. Lekin al-Bag‘dodiyning ushbu bayonotini al-Nusra
rahbariyati keskin rad etib, xech qanday birlashish haqida gap bo‘lishi mumkin
emasligini ta’kidladi.
Xo‘sh, nega IShID va boshqa sunniy jangari guruhlar orasida birdamlik
mavjud emas? Buning birinchi sababi IShID boshqa guruhlarga qaraganda ancha
oldinroq al-Qoida ta’siridan chiqib ketganligidadir. Bundan tashqari
Afg‘oniston va Iroq urushlari hamda Ben Lodenning o‘limidan so‘ng ancha
kuchsizlanib qolgan al-Qoida o‘zining “global jihodchi” mavqeini yo‘qota
boshladi. Natijada homiylarning al-Qoidaga nisbatan ishonchi susayib, yangi
qudratga ehtiyoj tug‘ila boshladi. Shu tariqa IShID yangi homiylar, ayniqsa,
alohida boy shaxslarning e’tiborini o‘ziga jalb eta boshladi.
IShIDning Suriyadagi faolligi |
Bundan tashqari IShIDning Suriyadagi guruhlar bilan koalitsiyaga
kirisha olmaganining boshqa sabablari ham mavjud. Tahlilchilarning qayd
etishicha, IShID boshqa jihodiy guruhlarga nisbatan shafqatsiz taktikalari
bilan ajralib turadi. Sunniy jangari guruhlar yillardan buyon tashkilotni
vahshiylik bilan “muqaddas jihod” obro‘siga putur yetkazishda ayblab kelishadi.
Shuningdek, Suriyada IShID va al-Nusra yoda Ozod Suriya Armiyasi (OSA)ning
maqsad-vazifalari ham o‘zgacha. Al-Nusra va OSA Assad hukumatini ag‘darish
uchun harakat qilayotgan bo‘lsa, IShID, asosan, bosib olgan hududlarda o‘z
yakkahukmronligini o‘rnatishni istaydi. Shu sababli, asosan xorijliklardan
tashkil topganiga qaramay suriyaliklar IShIDdan ko‘ra ko‘proq al-Nusra Frontiga
xayrihohlar.
Nega aynan Iroq?
Garchi Iroq hududida paydo bo‘lganiga qaramay, IShID o‘zining hozirgi
qudratiga notinch Suriyada ega bo‘ldi. 2013-yil Suriyaning Raqqa shahrini o‘z
poytaxti deb e’lon qilgan IShID o‘tgan vaqt davomida Shimoliy Suriyadan tortib
Iroq-Suriya chegarasigacha bo‘lgan aksariyat hududlarni egallab oldi.
Biroq IShIDning Suriyadagi faoliyati to‘siqlarsiz bo‘lmadi. Mamlakatda
mavjud hukumatga qarshi jang qilayotgan deyarli barcha kuchlar IShIDga qarshi
chiqa boshladilar. 2013-yilning o‘zida IShID va boshqa isyonchi guruhlar
o‘rtasida qaqshatqich janglar avjiga chiqa boshladi. Norasmiy manbalarga ko‘ra
al-Nusra Fronti Assad hukumatiga qarshi kurashayotgan kuchlarining deyarli
yarmini IShIDga qarshi tashlashga majbur bo‘lgan. Biroq Suriyadagi
qarama-qarshiliklarga qaramay, IShID mamlakat shimolidagi neft konlaridan
salmoqli foyda olayotgani ishoniladi.
Ta’kidlab o‘tilgandek, o‘z vaqtida “Iroq Islomiy davlati” shafqatsiz
taktikalari tufayli ta’sir doirasidan ayrilib, shuningdek, amerikalik harbiylar
tomonidan siquvda ushlab turilgan edi. Iroq Bosh vaziri Nuri al-Malikiy o‘sha
vaqtda guruhga qarshi bo‘lgan sunniy aholidan Sahva (Uyg‘onish) qurolli
bo‘linmasini tashkil qiladi. Sahvachilar “Iroq Islomiy davlati” jangarilariga
qarshi kurashish evaziga Iroq muntazam armiyasidan va hukumat doiralaridan joy
olish va’dasini olishadi. Biroq 2011-yil dekabrida AQSh qo‘shinlari mamlakatni
tark etgandan so‘ng al-Malikiy sunniylarga qarshi tom ma’noda qatag‘on boshlab
yubordi. Bosh vazir Sahvani tarqatib yuborib, hukumatni sunniy amaldorlardan
“tozalay” boshladi. Ayniqsa, 2012-yil al-Malikiy va vitse-prezident Tariq
al-Hoshimiy o‘rtasida yuzaga kelgan nizo Iroqda sunniy va shia aholisi
o‘rtasida navbatdagi etnik to‘qnashuv yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi. Mamlakat
sunniylarining eng katta ta’sirga ega yetakchisi bo‘lgan al-Hoshimiyning shia
al-Malikiy tomonidan quvg‘inga uchrashi hamda sirtdan o‘limga hukm qilinishi
sunniylar g‘azabiga sabab bo‘ldi. Natijada ilk soni 100 mingdan ortiq bo‘lgan
va va’dasida turmagani uchun al-Malikiydan g‘azabda bo‘lgan sobiq sahvachilar
hamda kurdlar tomonga qochib o‘tgan sobiq vitse-prezident al-Hoshimiy
tarafdorlaridan iborat katta ko‘lamdagi mavjud shia hukumatiga qarshi norozi
sunniy aholi qatlami yuzaga keldi.
Aynan shu norozi sunniylar hozirda IShIDning katta qismini tashkil
qilmoqda. AQSh tomonidan Iroq boshqaruvini shialar qo‘liga topshirilishidan
hanuz norozi bo‘lib kelayotgan Ko‘rfaz davlatlari, ayniqsa, Saudiya Arabistoni
va Qatar IShID yordamida ham al-Malikiy ham Assad hukumatini ag‘darib,
mintaqada o‘ziga hayrixoh kuchlar nazoratini shakllantirish va bu orqali
“azaliy dushman” – Eronga qaqshatqich zarba berishga urinmoqdalar.
Inqiroz haqiqatan
sunniy-shia to‘qnashuvimi?
Hozirgi dunyo mediasida IShIDning harakatlari sunniy-shia
mazhablarining navbatdagi to‘qnashuvi sifatida ko‘rilmoqda. Lekin aslida ham
shundaymi?
Sunniy-shia qarama-qarshiligi tarixan mavjud bo‘lsada, Ikkinchi Jahon
Urushidan so‘ng “Fitna Nazariyasi” (Conspiracy Theory) nomini olgan geosiyosiy
o‘yinlar ortidan zamonaviy taktikalar yordamida sun’iylashtirilib, bo‘rtirila
boshlandi. Hozirda davom etayotgan Iroq Inqirozning asl ildizlari 1916-yildagi
maxfiy Sayks-Pikot kelishuviga borib taqaladi.
Britaniya va Fransiya imperializmining vakillari bo‘lgan Mark Sayks va
Fransua Pikot Birinchi Jahon Urushi davom etayotgan bir vaqtda Mesopotamiyani
o‘z davlatlari manfaatiga mos ravishda maxfiy kelishuv orqali bo‘lib olishdi.
Ushbu yangi siyosiy xarita O‘rta Sharq mintaqasida yangi milliy davlatlar bilan
birgalikda etnik nizolar, sunniy-shia ixtilofining zamonaviy bosqichi hamda
Kurd Muammosini yuzaga keltirdi.
Isroil davlatining paydo bo‘lishi, Erondagi
inqiloblar va Arab Bahori Sayks-Pikot kelishuvining asriy asoratlari sifatida
muhrlanib qoldi. Mintaqadagi davlatlarning geostrategic manfaatlar tufayli
bir-biriga dushman bo‘lib qolishi hamda tashqi kuchlarning ta’siri hozirgi
IShIDning yuzaga kelishiga turtki berdi.
Davom etayotgan voqealar shuni ko‘rsatmoqdaki, Sayks-Pikot kelishuvi
ortidan o‘z hokimiyatiga ega bo‘lgan mintaqadagi rejimlar mavjud chegaralarni
asrab qolishdan manfaatdor bo‘lishsa-da, G‘arb 30 yildan buyon O‘rta Sharqda
davom etib kelayotgan notinch vaziyatdan bezor bo‘lganga o‘xshaydi. Iroq-Eron
urushi (1980-88), Ko‘rfaz Urushi (1990-91), Saddam Husayn hukumati bilan
ixtiloflar (1991-2003), Iroq Urushi (2003-2011) va Arab Bahori (2011-hozirga
qadar) G‘arb uchun yangi O‘rta Sharq strategiyasini ishlab chiqish zaruriyatiga
ishora qilmoqda. Demak G‘arbga zamonaviy Sayks-Pikot kelishuvi zarur. Bir
asrlik siyosiy xarita hozirga zamon talablariga javob bermay qo‘ygan ko‘rinadi.
Balki shu sababli Obama hukumati al-Malikiyning harbiy yordam so‘rab qilgan
murojaatiga rad javobi berib, “Hokimiyatdan ket!” ishorasini berayotgandir?...
2008-yilda Jorj Bush hukumati tomonidan AQSh qo‘shinlarini Iroqdan
butunlay olib chiqib ketish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi. Xalqaro va ichki
bosim tufayli ushbu qarorga kelgan Bush rejasini shu yili hokimiyatga kelgan
Barak Obama bekor qilishga urinib ko‘rdi. Biroq hukumatdagi guruhlar bosimi
ostida 2011-yilgacha qo‘shinlarni olib chiqish haqidagi qarorni kuchda
qoldirishga majbur bo‘lgan yangi prezident al-Malikiy bilan keyinchalik Iroqda
katta miqdordagi AQSh harbiy kontingentini qoldirish yuzasidan kelishuv
imzolashga harakat qildi. Biroq Vashington ta’siriga tushib qolishdan
cho‘chigan al-Malikiy Obama taklifini rad etdi. Natijada AQSh strateglari
Iroqni kurdlar, sunniylar va shialar o‘rtasida bo‘lib berib, hozirgi inqirozga
zamin yaratib berdilar.
Sunniy arab davlatlari va alohida qudratli shaxslar tomonidan
dastaklanayotgan IShIDning faolligining ortishi ayni vaqtda yuz berayotgani ham
bejiz emas. O‘tgan yili Eron hokimiyati tepasiga kelgan Hasan Ruhoniy
faoliyatining bir yilligi davomida G‘arb bilan munosabatlarni iliqlashtirishga
erishdi. Yadro dasturi borasida uzoq vaqtdan beri mavjud ziddiyatlarning
yumshashi va Eronga G‘arb tomonidan qo‘yilgan aksariyat sanksiyalarni bekor
qilinishi Saudiya va boshqa Ko‘rfaz davlatlarining ichki noroziligiga sabab
bo‘ldi. Bundan tashqari Assad hukumatining G‘arb tomonidan yetarlicha bosimga
uchramayotganligi, Damashq va Tehronning eng yirik hamkori bo‘lmish Rossiya
oldida AQSh boshchiligidagi qator Yevropa davlatlarining diplomatik chekinishi
sunniy rejimlarning mintaqadagi o‘z pozitsiyasini boy berib qo‘ymaslik uchun vaziyatni imkon boricha nazoratga olish uchun
intilishiga sabab bo‘ldi.
IShID tomonidan Suriya bilan chegara shaharlari bir necha bor xujumga
uchragan Turkiya mavjud vaziyatda na Assad, na al-Malikiy, na Ruhoniy, na
Hoshimiylar va na Saud oilasini qo‘llamayapti. Turkiyaning asosiy e’tibori
hozirgi kundan Iroq kurdlariga qaratilgan. Aynan kurdlar IShIDga qarshi tura
olishi mumkin bo‘lgan yagona kuch sifatida ko‘riladi. O‘zining Iroqdagi
Kurdiston Mintaqaviy hukumati bilan ko‘p yillik aloqasi yordamida rasmiy Anqara
mavjud inqirozni o‘z chegaralaridan nari surishga harakat qilmoqda.
Iroq Inqirozidan eng ko‘p zarar ko‘rishi mumkin bo‘lgan davlat – bu,
shubhasiz, Erondir. Garchi guruhlarni yashirin dastaklashda (masalan, Hezbolla)
katta tajribaga ega bo‘lsa-da, rasmiy Tehron ham Assad ham al-Malikiy kabi
mintaqadagi asosiy ittifoqchilarini yo‘qotishi mumkin. Bundan tashqari IShID
shundoqqina Eron chegaralari yonida harakatlanmoqda. IShID va Eronni faqatgina
kurdlar ajratib turibdi. Shu sababli, kurdlarning jangarilarga qarshi tura
olish salohiyatini hisobga olganda, hozircha IShIDning Eronga kirib borishi
anchayin mushkuldir.
IShIDning strategiyasiga ko‘ra, guruh yangidan-yangi yerlarni bosib
olishni “hush” ko‘radi. Demak, al-Bag‘dodiy jangarilari bundan buyon ham bir
joyda muqim o‘tirishmaydi. Lekin guruh Suriya shimoliga bora olmaydi – bu yerda
Turkiyaning qudratli chegara qo‘shinlari mavjud. Sharqqa – Livan tomon yura
olmaydi, sababi Assad armiyasi va IShIDga qarshi boshqa isyonchi guruhlar
qattiq qarshilik ko‘rsatishi turgan gap. G‘arbga – Eron tomon yurishda kurdlar
qarshiligi mavjudligi haqida yuqorida eslatib o‘tdim. Shimol tomonda esa
Bag‘dod atrofida to‘plangan al-Malikiy qo‘shini mavjud. Demak yagona ehtimoliy
yo‘l – janubiy-g‘arb qolmoqda. Bu yerda esa Iordaniya joylashgan.
Hoshimiylar Qirolligi – Iordaniya, AQSh va Saudiya tomonidan
dastaklanishiga qarmay, uzoq vaqtdan buyon ichki ixtiloflardan aziyat chekadi.
Bu yerda sunniy-shia ziddiyati yuqori darajada bo‘lmasa-da, qirollik oilasiga
qarshi qabilalar o‘rtasida norozilik kayfiyati kuchli. Bundan tashqari rasmiy
Amman Suriyada faoliyat yuritayotgan jihodchilar uchun o‘z hududida
tayyorgarlik o‘tash imkoniyatini yaratib bergan. Saudiya va Qatar qo‘llayotgan
IShIDning ko‘plab xorijiy jangarilari ham aynan Iordaniya va Suriya
chegarasidagi lagerlarda harbiy tayyorgarlikdan o‘tishgan. E‘tiborli jihati
IShID bilan dushmanga aylangan al-Qoida firqasi al-Nusra Fronti jangarilari ham
aynan Iordaniyadan yetishib chiqadi. Suriyadagi hukumat va muholifat
kuchlarining IShIDga qarshi turishi, Suriyadagi ko‘plab iroqlik jihodchilarning
IShID tarkibida vataniga qaytishi natijasida guruhning asosiy kuchi Iroq
hududida to‘planib qolishi, kurdlarning IShIDga nisbatan qurolli qarshiligi va
al-Malikiy hukumatining ehtimoliy javob zarbalari IShIDni Iordaniya tomon o‘tib
ketishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari Hoshimiylarga qarshi
kayfiyatdagi qabilalar IShID bilan ittifoqqa kirishish orqali hukumatni qo‘lga
olishga urinish ehtimoli ham katta.
Sochidagi maxfiy
uchrashuv(?!)
Davlatga qarashli Saudiya Axborot Agentligi (Saudia Press Agency)
tarqatgan xabarga ko‘ra, joriy yilning 3-iyunida Sochi shahrida Vladimir Putin
va Saudiya Tashqi ishlar vaziri Saud al-Faysal o‘rtasida uchrashuv bo‘lib
o‘tib, unda rasmiylar Suriya masalasi bo‘yicha fikr almashishgan. Biroq tasdiqlanmagan
xabarlarga ko‘ra, yopiq eshiklar ortida Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey
Lavrov ishtirokida yana bir maxfiy uchrashuv o‘tkazilib, unda har ikkala
davlatning mushtarak manfaatlari: iliqlashib borayotgan Eron-AQSh
munosabatlariga ta’sir o‘tkazish va neft narxini imkon boricha yuqori darajada
ushlab turish ko‘rib chiqilgan. Ma’lumki, davlatga tegishli Lukoyl kompaniyasi
Iroqning G‘arbiy Qurna-2 neft koniga katta miqdorda sarmoya kiritgan. Saudiya
tomonidan dastaklanadigan IShID keltirib chiqarayotgan tartibsizliklar esa neft
narxini tushib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Shuningdek, Iroq Inqirozi uch yildan buyon yechimini topmayotgan Suriya
Inqizoriga ham katta ta’sir o‘tkazishi mumkin. Bosib olingan shaharlar va
harbiy bazalardan katta o‘ljalarga ega bo‘lgan IShID oddiy jangari guruhdan
davlat darajasiga ko‘tarildi va endilikda eng boy jihodiy harakat sifatida
e’tirof etilmoqda. Bu holat ko‘plab xorijiy jihodchilarni IShID atrofiga jalb
qilishi turgan gap. Ma’lumki, Suriyada harakatda bo‘lgan jihodchi guruhlarning
aksariyat a’zolari tashqaridan kelgan jangarilar hisoblanadi va hozirdanoq
ularning Iroqqa ko‘chib o‘tishi kuzatilmoqda.
Bundan tashqari, muholifat singari, Assad qurolli kuchlari ham xorijiy
kuchlar, masalan Hezbolla va mintaqadan yig‘ilgan ko‘ngilli shialarga tayanadi.
Ayni vaqtda Suriyadagi iroqlik shialarning ham o‘z vataniga qaytishi
boshlangan. Pirovardida, Suriyada qarama-qarshi tomonlar o‘rtasidagi kuchlar
muvozanatida sezilarli o‘zgarish yuz berishi tayin. Ushbu o‘zgarishdan na Assad
na muholifat, balki faqatgina IShID manfaatdor bo‘ladi.
Maqola boshida Iroq Inqirozida kim aybdor qabilada savol qo‘ygan edim.
Javob ham maqola ibtidosida berilgan – geosiyosatda aybdor-jabrlanuvchini
aniqlash imkoni yo‘q, balki bunday savol qo‘yishning o‘zi noto‘g‘ri. Lekin
inqirozlarga kim ko‘proq “xissa” qo‘shayotganligini salmoqlash mumkin. Umid
qilamanki, maqolani o‘qib chiqish davomida bu savolga javob topib bo‘ldingiz.
qanday qilib ishid hududidagi neftdan katta foyda koradi? neftni o'zi qaysi davlatga sotadi?
ОтветитьУдалитьбу сайт кандайдир бир гарб институтлар тамонидан ишлаган булиши мумкин .
ОтветитьУдалитьИШИД ваҳҳобийлари
ОтветитьУдалитьМусулда назоратни ўз қўлига олган ИШИД энди шаҳардаги масжид ва мақбараларни динамит ёрдамида ер билан бир қилмоқда.
Ироқнинг Мусул шаҳри ва бошқа баъзи сунний минтақаларни назорат қилаётган террористик ташкилот ИШИД қўлга киритган жойларида масжид ва мақбаларни ўзларига нишон қилиб олишди. ИШИД Мусул ва Талофардаги кўплаб қабр, мақбара ва шиаларга тегишли ибодат жойларини динамит ёрдамида портлатиб юборди. Сурияда ҳам худди шундай ваҳшатни ёйган ИШИД Мусулдаги бутун мақбараларни бузишга қарор қилди. ИШИДнинг бу душманлиги остида ваҳҳобийлик ақидаси ётибди. Бу ақиданинг асл манбаи бўлган Саудия Арабистонда ҳам Асҳоби киромга тегишли мақбаралар билан бирга бошқа бутун мақбаралар бузиб ташланганди.
Бошқа тарафдан мазҳабчилик қилиб ИШИДнинг ўлкада ёйилишига катта улуш қўшган шиа Бош вазири Нури ал Маликий бош вазирлик номзодлигидан асло воз кечмаслигини билдирди. Маликий давлат телевидениясига берган интервьюсида “Террористлар қаршисида жанг майдонидан чекинишим диний, ватаний ва ахлоқий жавобгарликдан қочиш маъносига келади. Шу сабабли бош вазирлик номзодидан асло қайтмайман” деди.
Террористлар Ислом номига дог туширишмоқда
ОтветитьУдалитьИШИД, Ал-Қоида, Толибон, Боко Ҳаром, Аш-Шабоб, Ал-Нусра каби террористик ташкилотлар ислом номи остида ҳар турли ваҳшатларни амалга оширишмоқда.
Исломофобия кучайган сари Ғарб ўйлаган режалари амалга ошмоқда. Туркиянинг Мусул элчихонасига бостириб кириб, дунё кун тартибига тушган ИШИД террористик ташкилоти қурбонларининг бошларини кесиб, социал тармоқда эълон қилиши билан номи чиқди. Ташкилот аъзолари ўзларидек фикрламайдиган кишиларни сафга териб ўққа тутмоқда, арра билан бошларини кесмоқда, жигарларини кесиб олиб хомлигича ейишмоқда. Бутун дунёга ўзларининг инсонликка тўғри келмайдиган қилиқларини намойиш қилаётган ИШИД ислом номидан ҳаракат қилишаётганини айтишмоқда. Бу ишлари билан бу гумроҳлар энг катта ёмонликни исломга қилишмоқда. Бунинг устига ИШИД бу борада ёлғиз эмас. Дунёда исломофобияни кучайтираётган қўли қонга булғанган террористик ташкилотлар кўп. Афғонистон ва Покистонда Толибон, Миср, ИРоқ, Нигерия, Сомали, Сурия ва Яман каби давлатларда Ал-Қоида, Сурияда Ал-Нусра, Сомалида Аш-Шабоб, Нигерияда Боко Ҳаром Ғарбнинг “Ислом террор динидир” деган туҳматининг ҳақиқат эканини исботлаш учун қурилган ташкилотлардек ҳаракат қилишмоқда. Диний рамзлардан фойдаланадиган террористик ташкилотларни ўхшаш нуқталари бор. Уларнинг барчаси салафий ва ваҳҳобий ақидасидадир. Уларнинг бутун ҳаракатларидан энг аввал Англия бохабар бўлади. Фаолият кўрсатган жойлари бир муддат Англия мустамлакаси бўлди. Бир мусулмоннинг энг аввал билиши керак бўлган Калимаи тавҳидни атайлаб ўз рамзларига жойлаштиришган. Ташкилот аъзоларининг кўпчилиги исломни кейиндан таниган бебош ёшлардан иборат. Уларнинг кўпи Европа ўлкаларидан келишмоқда. Бу террористик ташкилотлар айниқса олтин, нефть, табиий газ заҳираларига бой давлатларда фаолият бритишмоқда. Номи қатлиомлар билан ёдга олинадиган террористик ташкилотларнинг барчаси Ал-Қоида таркибидан чиқди. Ишғолчиларга қарши кураш учун қурилиб, сўнгра ўз халқларига зарар беришди. Масалан, Ал-Қоида 1988 йили Россияга қарши урушда пайдо бўлди. Мужоҳидларни бир ҳаракат остига тўплади. Кейинчалик ўрнига қурилган Толибон афғон халқига қарши босқинчилик режими ҳолига келди. Тез-тез ўзини портлатиб юборувчи худкушлари билан кўзга ташланиб турадиган Толибончилар аввалги кун ҳам сайловда овоз берганларнинг бармоқларини кесиб ташлади.
Ал-Қоидадан адралиб чиққан ИШИД ҳам АҚШ ишғолидан кейин Шиа бошқарувига қарши кураш учун ташкилланди. Сурияда катта қатлиомлар уюштирди. Сурияда Башар Асад, ИРоқда Нури ал Малики раҳбарияти билан биргаликда суннийларга қарши ҳужум қилишмоқда. Сўнгги бор Тикритда 1700 нафар полиция, Талафарда 60 нафар туркман отиб ташланди. Ўртага чиққан тасвирлар ғарб медиасининг бош саҳифаларидан ўрин олди. Ўтган ойда ҳам Расулайнда 30 кишини қатл этди. Ташкилотнинг бугунгача неча кишини ўлдиргани маълум эмас.
Дунёнинг учинчи нефть заҳирасига эга бўлган Нигерияда террористик фаолиятини олиб бораётган Боко Ҳаром юзлаган қиз-ўқувчиларни ўғирлаб кетиб, тилга тушганди ушбу ташкилот Камерун чегарасидаги бир шаҳарни босиб олиб, камида 300 кишини қатл этди. Январь ойида ҳам бир қишлоққа ҳужум қилиб, 106 кишини ўлдирганди.
ИШИДнинг мақбарага душманлигининг сабаби нима?
ОтветитьУдалитьМусулдаги бутун мақбараларни бузишга қарор қилган ИШИДнинг бу душманлигининг орқасида улар тобе бўлган оқим ётибди. Салафий бўлган ИШИД аъзоларининг ақидаси ваҳҳобийликка асосланган.
Мусулни қўлга киритган ИШИД эълон қилган 10 моддалик қонунларида энг диққатни тортадиган нуқта шаҳардаги бутун мақбараларни бузиш қарори бўлди.
ИШИДнинг бу душманлиги нимага асосланган?
Аввало уларнинг тақиқларига назар ташлайлик. Ироқнинг энг катта шаҳри бўлган Мусулни қўлга киритган Ироқ Шом ислом давлати (ИШИД)нинг ижтимоий тармоқда Мусулда татбиқ этиладиган қоидаларини эълон қилди.
Булар қуйидагилар:
• Аёллар мажбур бўлмагунича уйларидан чиқишлари мумкин эмас. Уйдан чиқадиганлар эса исломий қоидаларга кўра кийинишга мажбур.
• Ўғрилар шариат бўйича жазолантирилади. Бу қоида асосан жамиятга тегишли пул ва молларга тажовуз қилганлар учун мўлжалланади. Жангларда қўлга киритилган ғаниматларни бўлишга фақат “Мусулмонларнинг имоми” ҳақли. ИШИДга кўра, “мусулмонларнинг имоми” Абу Бакир Бағдодийдир.
• Бутун мусулмонлар беш вақт намозларини намоз соатларида масжидларда ўқийдилар.
• Мусул ва атрофидаги қабила раисларининг душман ва хоинлар билан ҳамкорлик қилиши қатъий равишда тақиқланган.
• “Динсиз ташкилотлар” учун шу кунгача хизмат қилган полиция, ҳарбийлар ва тарафлар тавба қилишлари керак. Тавба қилмаганлар ўлим жазоси билан жазолантирилади.
• Спиртли ичимлик, сигарет ва наркотик моддалар тақиқланган.
• ИШИД ташкил қилмаган бутун йиғилиш ва намойишлар тақиқланган. ИШИД ташкилоти аъзоларидан ташқари бошқаларга қурол олиб юриш ҳам тақиқланган.
• Шаҳарда ўлганлар учун қурилган бутун мақбаралар ва ёдгорликлар бузилиши керак.
Мусулдаги бутун мақбараларни бузишга қарор қилган ИШИДнинг бу душманлиги остида улар тобе бўлган оқим бор. Асли салафий бўлган ИШИДнинг асоси ваҳҳобийликка бориб тақалади. Инглизлар тарафидан қурилган ваҳҳобийлик Сауд оиласи томонидан бутун ўлкаларда ёйилди. Саудия қиролларининг тобе бўлган ваҳҳобийлик ақидасига кўра, ўлганлардан мадад кутиш куфр ҳисобланади. Шунинг учун ўлганларни зиёрат қилишмайди ва уларга дуо қилишмайди. Ҳатто ўлган яқинларининг бошига жойи маълум бўлиши учун қабр тоши ҳам қўймай, теп-текис қилиб кўмишади. Кўмган жойларига ҳам қайтиб бошқа келишмайди.
Саудия Арабистонидаги ваҳҳобийлар муборак Пайғамбаримиз (саллоллоҳу алайҳи васаллам)нинг қабрини ўзлари зиёрат қилмагани етмаганидек, бу қабрга келиб дуо қилганларнинг куфр ишлаганига ишонишади. Саудия ҳокимияти мусулмонларнинг норозилигидан қўрқмаганида бугунгача Жаноби Пайғамбаримизнинг қабри шарифини бузиб ташалаган бўлишарди.
Кўплаган саҳобаларнинг қабрини бузиб, текислаб ташлашларининг сабаби ҳам шу. Ваҳҳобийлик ва унинг ниқобланган ҳоли бўлган салафийликда ўлганлар учун мақбара қуриш куфр ҳисоблангани учун борган жойларидаги биринчи қиладиган ишлари авлиёларнинг мақбаралари ва бутун қабристонни бузиб текис ҳолга келтиришдир. Тарихидан ва динидан бехабар манқуртлар мана шу тариқа етилиб чиқади.
Ей нима санингча яхщими ота боболар рухидан ёрдам сураш хашаматли килиб кабр тош килдириш, ман чукур билмеман ханбалия мазхабини лекин сан вахобийлик деб узинча айтган сузларин купи узимизни имом Азам мазхаби ханафияда мустахкам бо. Сан яхшиси европача уйлагандан кура динингни урган айнан Имом Азам мазхабини. Кофирлар хамма ерда Исломга душманлик килишябдику бундан баттар шуларни хам айт еркак булсанг
Удалитьsavolni men bergandim. qaysi aqlga to'g'ri keladi ISHID suriya hukumati bn urushyaptiku qanday qilib neftni suriyaga eksport qiladi. yoki manabu saytda yozilgan aniq malumot deb har qanday ahborotga ishonib ketaverishimiz kerakmi?
ОтветитьУдалитьmen faqat haqiqat tarafman hech kimni yonini olganim yo'q. maqbara qilish islomdan deyapsiz. mayli saudiya arablariga ishonmang. ozimizni Buhoriy va Termiziy bobolarimiz ham payg'ambarimiz s a v ni qabrga maqbara qurmanglar qabrni ilohiylashtirmanglar degan manoda bir nechta hadis keltirishganku. bu qabrlarni obodonlashtirish bizga ssr davridan ruslardan kirib keldiku. sizga bir voqeani keltiraman ishonmasaiz. mustaqillikka chiqqanimizdan song. yurtimizga indoneziya prezidenti tashrif buyuradi. va buhoriy bobomizni bir qabrlarini ziyorat qilish niyatida ekanliklarini bildiradi. prezidentimiz ikkovlari adashmasam qabrni ko'rgani borishadi. borishsa qabr juda abgor ahvolda korishadi. keyin prezidentimiz qabrni ustiga maqbara qurdiradilar. ammo nega harob bilasizmi chunki rostdan ham islomda qabrlarni ilohiylashtirish yoq. paygambarimiz qatiy taqiqlaganlar. prezidentimizga mullalar aytsa bolardi osha paytda...
ОтветитьУдалитьtasavvur qiling ishid bn iroq urushyapti va ishiddan neft sotib olyapti. ha juda qimmatga chunki ishid iroq bn urushishi uchun kuchga tolishi va iroqqa munosib raqib bolishi uchun (hazil) misoli shunga ohshaydiki siz va men bir birimizga raqiblarmiz ikkalamiz urishyapmiz men yahshiroq uring deb yuzimni tutib beryapman va yerga qulayapman va yana turib yuzimni tutib turibman qaysi aql ko'taradi buni?
ОтветитьУдалитьIroq inqiroziga kim aybdor?
ОтветитьУдалитьBu savolning javobini fikrlarim davomida topishingiz mumkin. Haqiqat aslida nimada? nima uchun G'arbdan ham iroqqlik yoki suriyalik jihodchilar safiga yevropaliklar kelib qo'shilmoqda. haqiqat nimada o'zi? ular jinnimi aqldan ozganmi o'zlarini qurbon qilyaptilar? ular uchun jonlari shunchalik qadrsizmi? OAV har doim haqiqatni yoritadimi? yoki kimlarningdir manfaati uchun hizmat qiladimi?
men bu savollar javobini topolmay hayronman. lekin dunyoga terrorchi nomi bn tanilgan insonlar bu savollar javobini SHAHIDLIK YOKI SHAHODAT atamalari bn izohlamoqda. ho'sh Shahidlik nima o'zi? payg'ambarimizdan bu haqida ko'plab hadislar yetib kelgan.
ISHONMASAIZ ULARNING SAYTLARIDAGI SHAHIDLAR RASMINI KO'RING. HUDDIKI DUNYODAN KETGANIGA HURSANDDEK, TABASSUM QILGAN HOLATDA. YOKI BUNI ULAR MONTAJ QILDILARMIKIN? AMMO HAMMALARI MANTAJ QILMASA KK? ULAR JAHONNI HAMMA YERIDA BORKU AHIR. AFG'ONISTONDA, SURIYADA, MALIDA,SOMALIDA, YAMANDA, MISRDA,INDONEZIYADA,POKISTONDA,KASHMIRDA, IROQDA, FALASTINDA, KAVKAZDA, VA DUNYONI BOSSHQA NUQTALARIDA. MEN CHECHENISTONLLIK SAYFULLOH SHISHANINI SHAHID BOLISH LAHZALARINI VIDEO TASMASINI KO'RDIM. BOMBA PORTLADI VA U YERGA QULADI VA TASVIRCHI UNI YUZINI KO'RSATDI U JILMAYGAN HOLATDA...
Iroq inqiroziga kim aybdor?
ОтветитьУдалитьBu savolning javobini fikrlarim davomida topishingiz mumkin. Haqiqat aslida nimada? nima uchun G'arbdan ham iroqqlik yoki suriyalik jihodchilar safiga yevropaliklar kelib qo'shilmoqda. haqiqat nimada o'zi? ular jinnimi aqldan ozganmi o'zlarini qurbon qilyaptilar? ular uchun jonlari shunchalik qadrsizmi? OAV har doim haqiqatni yoritadimi? yoki kimlarningdir manfaati uchun hizmat qiladimi?
men bu savollar javobini topolmay hayronman. lekin dunyoga terrorchi nomi bn tanilgan insonlar bu savollar javobini SHAHIDLIK YOKI SHAHODAT atamalari bn izohlamoqda. ho'sh Shahidlik nima o'zi? payg'ambarimizdan bu haqida ko'plab hadislar yetib kelgan.
ISHONMASAIZ ULARNING SAYTLARIDAGI SHAHIDLAR RASMINI KO'RING. HUDDIKI DUNYODAN KETGANIGA HURSANDDEK, TABASSUM QILGAN HOLATDA. YOKI BUNI ULAR MONTAJ QILDILARMIKIN? AMMO HAMMALARI MANTAJ QILMASA KK? ULAR JAHONNI HAMMA YERIDA BORKU AHIR. AFG'ONISTONDA, SURIYADA, MALIDA,SOMALIDA, YAMANDA, MISRDA,INDONEZIYADA,POKISTONDA,KASHMIRDA, IROQDA, FALASTINDA, KAVKAZDA, VA DUNYONI BOSSHQA NUQTALARIDA. MEN CHECHENISTONLLIK SAYFULLOH SHISHANINI SHAHID BOLISH LAHZALARINI VIDEO TASMASINI KO'RDIM. BOMBA PORTLADI VA U YERGA QULADI VA TASVIRCHI UNI YUZINI KO'RSATDI U JILMAYGAN HOLATDA...
Савол: Ўзларини Салафий деб атайдиган баъзи кимсалар “Қабристонда Қуръон ўқиш жоиз эмас” дейишади. Қабристонда Қуръон ўқиш суннат эмасми?
ОтветитьУдалитьЖавоб: Ҳа, қабристонда Қуръон ўқиш суннат. Бу ҳақида мўътабар асарларда шундай дейилади:
Қабристонда ўтириб Қуръон ўқиш жоиз. (Халабийи кабир, 496)
Аҳмад бин Ханбал айтадиларки: "Қабристонга кирганда Фотиха, Қул аузулар ва Ихлосни ўқинг. Савобини маййитларга бағишланг. Савоби барчасига етиб боради.” Ҳадиси шарифда: “Бир кимса қабристон ёнидан ўтаётганда 11 марта Ихлос сурасини ўқиб, савобини қабрдагиларга ҳадя этса, шу ердаги маййитлар сони қадар савоб олади” деб марҳамат қилинди. (Атфол-ул-муслимин, Имом Биргивий)
"Қабристонда Қуръон ўқиш суннатдир". (Саййид Аҳмад Тахтавий)
"Қабристонда Қуръон ўқиб, савобини ўлганларга ҳадя этиш керак". (Фатавоий ҳиндия, 5-, 350-бетлар)
"Қабристонда баланд ёки паст овозда Мулк сураси ҳамда бошқа сураларни ўқиш мумкин". (Зоҳира)
"Мозордаги маййитнинг Қуръон тиловатини эшитиб, роҳатланишини хоҳлаган одам уни баланд овозда ўқийди". (Хониййа)
Халифат”нинг биринчи иши - Каъбани бузиш!
ОтветитьУдалитьИроқ билан Сурияни қонга белаб келаётган “Ироқ-Шом Ислом давлати” (ИШИД) номли террористик ташкилот энди муборак маконларгаа кўз олайтира бошлади. Пайдо бўлган кунларидан бошлаб ушбу гуруҳ ўзларини олам ҳамжамиятчилигига айнан “сунний” деб танитиб, тақдим қилишга кўп ғайрат қилди. Лекин суннийликка батамом хилоф бўлган қилиқлари натижасида қисқа вақтда ваҳҳобий-салафий ақидадаги безорилардан ташкил топган террористлар эканлиги маълум бўлган эди. Куни кеча халифалик қурганини овоза қилган террористларнинг бошчиларидан бўлган Абу Туроб ал-Муқаддасий твиттерда режаларини бўлишди: Ироқнинг Анбар шаҳри чўлларидан ўтиб, Саудиянинг Арур шаҳрини назоратларига олгач кейин Каъбани ер билан яксон қилишларини ёзди. Ҳожиларни “Маккада тошларга ибодат қилувчи гуруҳ” деб таърифлаган бузғунчи ИШИД гуруҳи “тошларга сиғинувчиларни ўлдирамиз ва Аллоҳнинг ўрнига ибодат қилинаётган Каъбани бузамиз” қабилида чиқиш қилди. Абу Туроб номли террорист твиттерда “Аллоҳга ибодат қилиш учун ҳеч қандай маконга ҳожат йўқлигини, одамларнинг Аллоҳ учун эмас, тошларни ушлаб кўриш мақсадида Маккага боришаётгани” даво қилди.
Террористларнинг ушбу чиқишлари уларнинг салафий эътиқодли безорилар эканлигини яна бир марта исботлади. Маълумки Саудия Арабистони тузилган кунидан буён ваҳҳобийлик билан салафийликнинг она ватани ҳам да энг ғамхўр хомийси бўлиб келган. 1980 йилларда Маккадаги бир гуруҳ ваҳҳобий шайхи ширкка сабаб бўлишини даво қилиб “Каъбани бузиш” таклифи билан чиққан эди. Ўша пайтда бошқа мусулмон халқларнинг ғазабидан чўчиган Сауд қироли масалани босди-босди қилган. Мана энди бугунга келиб Саудиянинг парвариш қилган ваҳҳобийлари Каъбани бузишга бел боғлаб ўтиришибди. “Экканингни ўрасан” деган мақол пахмоқсоқол саудияликларда йўқ-да аттанг.
Савол: "Салафия эътиқоди", "Салафия йўли" деган ибораларни охирги пайтларда кўп эшитадиган бўлдик. Бу қанақа йўл? Салафия деган мазҳаб борми?
ОтветитьУдалитьЖавоб: Салафиялик ваҳҳобийликнинг ниқобланган бошқача кўринишидир. Ваҳҳобийлар мана шу ном остида ўзларини яширадилар. Ҳатто ўзларини ҳақиқий аҳли суннат бизмиз деган маънода "аҳли суннати хосса" деб аташади.
Салаф - аввалги деганидир. Истилоҳда Асҳоби киром ва Тобеин даври мусулмонларига "Салаф" ёки "Салаф-и солиҳин" дейилади. Салафи солиҳин йўлида бўлган мусулмонларга "аҳли суннат" дейилади. Ўзлари аҳли суннат бўлмаган ҳолда, аҳли суннат олимларининг носсларда очиқ билдирилмаган аҳкомдаги ижтиҳодларини ёқтирмаган ва мана шу маъноси очиқча тушунилмаган носсларни нотўғри равишда таъвил қилиб, эгри маъно бериш орқали тушунганларини Салафи солиҳиннинг йўли деб даво қиладиган гумроҳларга "Салафия" дейилади.
Салафнинг, яъни илгари ўтган дастлабки мусулмонларнинг мазҳаби бор. Аммо салафия мазҳаби деган ҳеч нарса йўқ. Салафнинг мазҳаби эса, аҳли суннат вал жамоатдир.
Охирги пайтларда Аҳли суннат эътиқодидан ажраган баъзи адашган дин одамлари салафия деб номлаган алоҳида бир бузуқ йўл тутишди. Мана шу янги йўлни эътиқодда мазҳаб дея таърифлаб, китобларига ёзишди. Ҳолбуки исломиятда салафия мазҳаби деган ғаройиб мавҳум умуман йўқ. Аҳли суннат олимларининг ҳеч қайсисидан бу ҳақда ҳеч қандай маълумот билдири
endi qabriston haqidagi yozganlariz ishonchli chiqibdi. ammo ISHIDNI Kabani buzish rejasini juda oshirvoribsiz. mumkin birorta natoni hakeri Ishidni twetiga yolg'on malumot joylagan bo'lishi. ahir qaysi odam kabani buza olardi fil voqeasidagi kabi barchasini Buyuk Alloh qirib tashlaydi. qolaversa ISHID amiri bunday katta siyosiy hatoga yol qo'ymasa kk.
ОтветитьУдалитьYashirin yollar ( black market- qora bozor) bn qanday savdo amalga oshadi? urush holatida qaysi vosita bn neft suriya hukumatiga yo iroq hukumatiga yetib boradi? Iroq hukumati ishid dagi neftni iroqqa tegisshli deyaptiyu
ОтветитьУдалитьАллах билан жонини савдо килиб бу дуёга тупурганлар голибми ёки номуссиз динсиз кулдан баттар хор булиб яшаб мунофик булганлар голибми, ей мусулмонлар нахотки халигача тушунмейсизлар Исломга кофирлар кулидан келган емонликни килишябдику ахир качонгача хеч бумаса билинг ким дуст ким душман
ОтветитьУдалитьУша салафийлар сандака бенамоз динсизлардан кура алорокдир
ОтветитьУдалитьvohobiylik
ОтветитьУдалитьo'zbekiston musulmonlari orasida " o'zbekistondan boshqa joyda yashovchilarni barchasi vohobiylar, saudiyada, va butun dunyodagi musulmonlar" degan mafkura paydo bo'libdi. qanchalik ahmoqlik? odamlar shunchalik ham manqurt bo'ladimi? nimaga aqlimizni ishlatmaymiz?
HO'P SEN 70 YIL HUDO YO'Q HUDO YO'Q DEGAN TIZIMDA O'SGAN BO'LSANG, HIJOBNI BUTUNLAY INKOR QILSANG, NAMOZNI O'QIMASLIK ISLOMDAN DESANG SEN HAQIQIY MUSULMONSANU ULAR VOHOBIY BO'LADIMI? QANCHALIK MANQUTRLIKNING YUQORI KO'RINISHI. ODAMLARNI BU CHO'PCHAKKA ISHONIB KETAVERGANIGA HAYRONMAN.
ОтветитьУдалитьbu maqola yozilganiga salkam 1 oy bo'ldi nahot yangi maqola uchun mavzu bo'lmasa? 17-iyulda malayziya samaliyotining urib tushirilishi va uning oqibatlari haqida yozsangizlar yaxshi bo'lardi
Isroilni jirkanchliklari haqida birorta saytda yozishmayapti.
ОтветитьУдалитьShu xaqida ham yozinglar. Umuman xar kuni maqola yozishga mavzular ko'pku.
o'zi bular ishlashyaptimi
ОтветитьУдалитьIShID va uning neft biznesi bo'yicha savol bergan hurmatli o'quvchilar e'tiboriga kecha geosiyosiy tahlillar bo'yicha dunyoda yetakchi va ishonchli manbalardan biri bo'lgan Foreign Policy nashri chop etgan maqolani havola qilmoqchiman. Ushbu maqoladan o'zingizga kerakli ma'lumotlarni olasiz degan umiddaman.
ОтветитьУдалитьhttp://www.foreignpolicy.com/articles/2014/07/28/baghdadis_hillbillies_isis_iraq_syria_oil_terrorism_islamic_state
Yangi maqola qachon o'qiymiz ?
УдалитьMalayziya boingi ?
Ukrainadagi so'ngi o'zgarishlar ?
Rossiyaga kiritilgan sanksiyalar oqibati ?
Isroil Falastinga agressiyasi ?
???
bugungi kun siyosatchilarini aybi shundaki voqelikni g'arb matbuotiga qarab o'rganadi, aql mantiq tushunchalaridan yiroqlashib ketishgan. jahon matbuoti sionist yevreylarga bo'y sundirilgan. ammo bizga baribir katta foydasi tegyapti
ОтветитьУдалитьYangi maqola qachon o'qiymiz ?
ОтветитьУдалитьMalayziya boingi ?
Ukrainadagi so'ngi o'zgarishlar ?
Rossiyaga kiritilgan sanksiyalar oqibati ?
Isroil Falastinga agressiyasi ?
???
Нима булганда хам улар Аллахни Буйрук ва Каломини Олий килиш учун курашишябди, агар уларни емонотлик килишда давом етсангизлар Охиратда жавоп берасизлар ушбу хиенат учун, улар булса булмаса хам Аллахни Хак Дини Олий булгуси Ин Ша Аллах, бу Унинг сузлари
ОтветитьУдалитьmehribon va rahmli Alloh nomi bn
ОтветитьУдалитьbu tarih juda qadim tarihdir. Milodiy 7- asrda Arab yarim orolida katta buyuk o'zgariw boldi. Alloh ohirgi elchisini yubordi(hech kim rad etolmaydi ohirgi elchiligini tarih va bugungi kun guvoh) Haqiqat qaror topdi.
yahudlar Allohni dinini butunlay 360 gradusga ozgartirib yuborishdi. hristianlar iso a s Allohga werik qilishdi.
islom paydo bolganidan bugungu kungacha bu din ham anchagina o'zgarishga uchradi. Ali r a ni halifalik davrlarida yahudiy abdulloh ibn saba musulmonlar ichida juda katta fitnani chiqardi. yani bilimsiz musulmonlar ichida yurib islomni ozgartirib wialarni bowini bowlab beradi. dunyoda qarama qarwi 2 kuch bolsa. islom haqiqat ichini ichidan yemiriw uchun shialar virusini islom ichiga joylawdi.
iroq inqirozining yaqin tarihi esa isroil yahudo massonlarini katta mafiyasiga talluqlidir.( Alloh bilguvchiroq nomi nima bolsada yahudiylar) yahudlar butun dunyoni bosib olish uchun o'zlariga dastur ishlab chiqiwgan. isroil falastinni bosib olib musulmonlar ortasida joylashganidan song shia virusi ISLOM VUJUDINI EGALLAY BOWLADI. ERONNI BUTUNLAY VIRUS QOPLADI. VIRUS QOSHNI DAVLATLARGA HAM KENG BUGUNGI KUNIMIZGACHA TARQALIB KELYAPTI. MASALAN IROQ MOLIKIY SHIALARI(VIRUSI), SURIYADA ROFIZIY SHIALARI(VIRUSI), POKISTONDA HAM VIRUS KATTA KUCHGA EGA. YAMANDA HAM VIRUS YOYILMOQDA. MISRNI HAM CHETLAMADI VIRUS. VIRUS( WIA) ORTIDA BUTUN DUNYONI MOLIYAVIY QAMAL QILGAN YAHUDIY MAFIYASI BOR. VOQEALARNI HAQQONIY KUZATING BARCHA NARSA VOQEALARNI TUSHINASIZ. BECHORA VIRUSGA CHALINGAN ODAMA NIMA QILASAN HAQQA QARWI CHIQIB.
FIKRIMNI UNCHALIK YORITOLMAYOTGAN BOLSAM SIZLARDAN UZR SORAYMAN. VIRUSLAR ESA TURLI HILDIR HUDDIKI HOZIRGI HAQIQIY VIRUSLARGA OHWAGAN. SHIA VIRUSI, BILIMSIZLIK VIRUSI(DINIY), BOYLIK VIRUSI, VA AYOLLAR VIRUSI VAHAKAZO.
VIRUSLAR ISLOM VUJUDINI QOPLAB OLGAN VA VUJUD KOMAGA TUSHGAN( QACHON UYGONADI ALLOH BILADI)
ISLOMNING BAZI AZOLARI ISHLAB TURIBDI SERGAK. QOLGANLAR ESA HECH NIMADAN BEHABAR NIMA QILISHINI BILMAYDI.
IROQDA ESA U YERLIK SUNNIYLAR( ANTIVIRUS) VIRUSNI YOQOTISHNI URINYAPTI. CHUNKI TANANI JUDA HAM YOMON VIRUS AZOBLAGAN EDI. HAQIQAT QIYOMATGACHA SAQLANADI BU OLIY ZOT ALLOHNING SO'ZI. HECH KIM VOQELIKNI OZGARTIRA OLMAYDI.
sohibqiron
Кошиламан
Удалитьsayt adminlari o'ldimi diman 3 ой дан бери хеч қандай мақола йўқ
ОтветитьУдалить