Yer yuzida tashqi dunyodan
uzilib qolgan davlatlar barmoq bilan sanarli. Ularning eng mashhuri, so‘zsiz,
Shimoliy Koreyadir. Jahonning diqqat-e’tibori doimo shu davlatda bo‘ladi, hamma
undan xavfsiraydi, uni yanada chuqurroq bilishga qiziqadi. Lekin shunday
“yopiq” davlatlar ham borki, ular ko‘zdan panada, hattoki, ko‘pchilik ularning
mavjudligidan ham bexabar. Bunday davlatlardan biri, yon qo‘shnimiz –
Turkmanistondir.
26.02.2014
16.02.2014
XITOY SHIMOLIY KOREYA YADRO DASTURIGA QARSHI CHIQMOQCHI
AQSh davlat kotibi Jon Kerri
Xitoy yadroviy dasturdan voz kechtirish uchun Shimoliy Koreyaga bosim o‘tkazish
istagini bildirganini ma’lum qildi. Amerika bosh diplomati bu haqda Pekinda
jurnalistlarga aytgan.
12.02.2014
XITOY QANDAY BOSHQARILADI? (1-QISM)
Yaqinda Foreign Affairs nashri tomonidan Devid Lemptonning “Xitoy qanday
boshqariladi?” maqolasi e’lon qilindi. Xitoyning global siyosiy maydonda,
ayniqsa, bizning mintaqamizda nisbatan ta’siri ortib borar ekan, bu gigant davlat
haqida imkoni boricha ko‘proq bilish zarur, degan fikr bilan ushbu maqolani
to‘liq o‘zbek tilida e’tiboringizga havola qilishga qaror qildik. Maqola
yuzasidan tahlil o‘tkazishni Sizning ixtiyoringizda qoldiramiz.
Mao Szedun haykali tozalanmoqda
09.02.2014
ROSSIYA UKRAINAGA HARBIY INTERVENSIYA UYUSHTIRISHI MUMKIN
Kuni kecha Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning
maslahatchisi Sergey Glazyev AQShni 1994-yilda Rossiya-AQSh o‘rtasida Ukraina
yuzasidan imzolangan Budapesht Memorandumini buzishda ayblab chiqdi. Glazyevning
da’vo qilishicha, AQSh ulkrainalik namoyishchilarni har tomonlama dastaklab,
mamlakatda davlat to‘ntarishi uyushtirishga harakat qilmoqda. Rasmiyga ko‘ra, Rossiya
yon qo‘shnisini chuqur geosiyosiy qiyinchilikdan omon saqlab qolish maqsadida
harbiy intervensiya uyushtirishi mumkin.
Sergey Glazyev (o‘ngda)
08.02.2014
DUNYONING ENG KO‘P MOLIYALANGAN 10 ARMIYASI
Garchi Ikkinchi Jahon Urushidan so‘ng xalqaro munosabatlar va dunyo
tartibotida diplomatiyaning ahamiyati keskin ortgan bo‘lsa-da, harbiy kuchning
ta’siri bir zum pasaymayotir, qaytanga davlatlar o‘z harbiy salohiyatini
oshirish uchun milliardlab dollar sarflamoqda. Shvetsiyada asoslangan Stokgolm Xalqaro Tinchlikni Tadqiq Qilish
Instituti (SIPRI) zamonaviy dunyoning moliyaviy jihatdan eng yaxshi
ta’minlangan armiyalar o‘ntaligini e’lon qildi. Quyida Siz ular bilan
tanishishingiz mumkin:
SOCHI-2014 TINCH O‘TMOQDA(MI?)
Yaqindagina butun dunyo bilan birga biz ham uzoq
vaqtdan beri hayajon va intiqlik bilan kutilgan Sochidagi Qishki Olimpiada
O‘yinlarining ochilish marosimini tomosha qildik. Garchi milliy terma
jamoamizni tuzuq-quruq ko‘rsatishmagan yoki rus sharhlovchisi mamlakatimiz
nomini adashtirib qo‘yib, ko‘plab yurtdoshlarimizni jig‘ibiyron qilganini
hisobga olmasa, marosim ajoyib o‘tdi, deyish mumkin. Lekin biz o‘z uslubimiz va
ana’analarimizdan chetlashmagan holda, bugun siz bilan marosim qanday tashkil
etilgani yoki u haqidagi fikrlar bilan o‘rtoqlashmasdan, umuman, olimpiada
davomida xavfsizlik qay darajada va qanday ta’minlashini ko‘rib
chiqamiz.
02.02.2014
2014-YIL KELDI. AFG‘ONISTONDAN CHIQIB KETISH ISHLARI QANDAY KETMOQDA?
Ma’lumki, joriy yilda NATO boshchiligidagi
xalqaro qo‘shinning Afg‘oniston hududidan chiqib ketishi yakunlanadi. NATO
tomonidan e’lon qilingan bayonotga ko‘ra, umumiy miqdorda 218 000 transport
va konteynerlar 2012-yil martidan 2014-yil 31-dekabrigacha bo‘lgan vaqt ichida
Afg‘onistondan olib chiqilishi kerak. Hozirga kelib 80 000 transport va
konteyner olib chiqib ketilgan. 2014-yil chiqib ketishning eng so‘nggi va
asosiy bosqichi bo‘lib, ayni vaqtda qolgan yuklar olib chiqishga
tayyorlanmoqda. BBC ayni jarayon qanday ketayotgani haqida lavha tayyorladi.
Подписаться на:
Сообщения (Atom)