Mintaqalar yoki dunyo taqdirini o‘zgartirib
yuboruvchi voqealar, odatda, bir muncha uzoqroq vaqt oladi. Lekin ba’zida bir-biriga bevosita bog’liq
yoki bog‘liq bo‘lmagan voqealar zanjiri muayyan qisqa muddat davomida sodir
bo‘lib, davlatlar va mintaqalarning siyosiy-ijtimoiy hayotida keskin
o‘zgarishlar yasashi ham mumkin. O‘tgan hafta, ya’ni 19-25 – may kunlari
bizning mintaqamiz – Osiyoda shunday keskin o‘zgarishlarning guvohi bo‘ldik.
29.05.2014
07.05.2014
Dronlar: Tinchlik yoki Urush quroli?
Hammamiz so’ngi yillarda dronlar va ularning ishlash konseptsiyasi haqida matbuot va ommaviy axborot vositalari orqali bir nechta bor eshitgan bo’lsak kerak. Uchuvchisiz va masofadan boshqariladigan ushbu uchuvchi apparatlar 21-asr harbiy dunyosini va urushlar yuzini butunlay o’zgartirib yubordi. Omma orasida dronlarning harbiy amaliyotlarda ishlatilishiga bir qancha yondashuvlar mavjud. Kimlar uchundir dron dunyodagi havfsizlikni saqlash uchun ajoyib qurol, yana boshqa kimlar uchun u insoniyatga havf soluvchi qalbsiz uchuvchi mashina. Lekin dronlarning AQSh tomonidan radikal-islomistlarning jangarilik harakatlariga qarshi ishlatilishi harbiy nuqtai nazardan yahshi natijalarni berdi. Lekin o’z navbatida bunday hujumlar jangarilarni yanada ehtiyotkorroq harakat qilishga va jangarilik bazalari joylashuvini tinimsiz o’zgarib turishiga olib keldi. Natijada ular bilan kurashish yanada qiyinlashdi.
AQSH ROSSIYAGA QARSHI BESAMAR SANKSIYALAR QO‘LLAMOQDA
28-aprel
kuni Qo‘shma Shtatlar yetti nafar rus hukumati rasmiylariga qarshi yangi
sanksiyalarni joriy etdi. Ancha vaqtdan qo‘llanib kelinayotgan usul –
sanksiyalar, nimaga asoslanganiga qarab, bashorat qilib bo‘lmas natijalar
berishi yoki xech qanday samaraga ega bo‘lmasligi mumkin. Keng tarqalgan
mulohazaga ko‘ra, sanksiyalar, odatda, nishon qaratilgan davlat qabul qilib
bo‘lmas harakatlarni amalga oshirganda qo‘llaniladi. Sanksiya kiritayotgan
davlat esa, oqibatlari juda qimmatga tushuvchi yoki natijasi mag‘lubiyat bilan
tugashi muqarrar urushdan saqlanish uchun sanksiyalarni joriy etadi.
Подписаться на:
Сообщения (Atom)