Yer yuzida tashqi dunyodan
uzilib qolgan davlatlar barmoq bilan sanarli. Ularning eng mashhuri, so‘zsiz,
Shimoliy Koreyadir. Jahonning diqqat-e’tibori doimo shu davlatda bo‘ladi, hamma
undan xavfsiraydi, uni yanada chuqurroq bilishga qiziqadi. Lekin shunday
“yopiq” davlatlar ham borki, ular ko‘zdan panada, hattoki, ko‘pchilik ularning
mavjudligidan ham bexabar. Bunday davlatlardan biri, yon qo‘shnimiz –
Turkmanistondir.
