Ma’lumki, joriy yilda NATO boshchiligidagi
xalqaro qo‘shinning Afg‘oniston hududidan chiqib ketishi yakunlanadi. NATO
tomonidan e’lon qilingan bayonotga ko‘ra, umumiy miqdorda 218 000 transport
va konteynerlar 2012-yil martidan 2014-yil 31-dekabrigacha bo‘lgan vaqt ichida
Afg‘onistondan olib chiqilishi kerak. Hozirga kelib 80 000 transport va
konteyner olib chiqib ketilgan. 2014-yil chiqib ketishning eng so‘nggi va
asosiy bosqichi bo‘lib, ayni vaqtda qolgan yuklar olib chiqishga
tayyorlanmoqda. BBC ayni jarayon qanday ketayotgani haqida lavha tayyorladi.
·
5,500 konteyner
·
3,345 transport vositalari
·
50 uchoq
·
400 tonna o‘q-dori
·
5,200 nafar askar
va umumiy xarajat
·
300 million funt sterling yoki 490 million AQSh dollari
Britaniya Mudofaa Vazirligi bu yuklarning
hammasi ham ortga qaytmasligi, ularning ba’zilari sotib yuborilishini ham
e’tibordan soqit qilmagan. Mudofaa Vazirligi vakilining aytishicha, asosan,
noharbiy yuklar, masalan, bo‘sh konteynerlar, ko‘chma kirxonalar va yuk
transportlari sotiladi. Shu choqqacha, 2 000 konteyner va 100 ga yaqin
transport vositalari sotilgan. Xaridorlar esa ochiqlanmagan.
Shuningdek, AQShning olib chiqishga
mo‘ljallangan yuklari ro‘yhati ham keltirib o‘tiladi:
·
20,000 konteyner
·
24,000 transport vositasi
·
38,000 nafar askar
va umumiy
xarajat
·
3-4 milliard funt sterling yoki 5-6 milliard AQSh dollari
Buyuk Britaniyaga
o‘xshamagan holda, AQSh yuklarining katta qismi ishga yaroqsizligi yoki
naqliyot amallari uchun o‘ta qimmatga tushishi tufayli sotib yuboriladi yoda
mahalliy hukumat ixtiyoriga topshiriladi. Ayni vaqt amerikaliklarning 300 ming tonnaga
yaqin yuki yig‘ib bo‘lingan.
ISAF vakilining so‘zlariga ko‘ra, 15 000 ga yaqin NATOga qarashli
transport vositalari 2014-yildan keyin ham Afg‘onistonda qoladi. Ular afg‘on
hukumatiga beriladi yoki metallomga aylantiriladi.
Bu vositalar orasida 1 600-1 700 ga yaqin, bahosi 1 million
dollarga teng pistirmaga qarshi zirhli transportlar, 20 tonnali BTR va BMPlar
mavjud.
Shuningdek, 9 000 zirhli transport Afg‘onistondan olib chiqiladi,
qolganlari esa 2 000-5 000 AQSh dollariga teng boshlang‘ich bahoda
kimoshdi savdosida pullanadi.
AQSh Qurolli Kuchlari vakiliga ko‘ra, agar transportlar uchun xaridorlar
topilmasa yoki keragicha topilmasa, u holda, vositalar qurolsizlantiriladi va
metallom sifatida sotib yuboriladi.
Xalqaro qo‘shinlarga tegishli bo‘lgan harbiy bazalar va ulardagi
noharbiy yuklar kelgusi xavfsizlikka javobgarlik mas’uliyati bilan Afg‘on
Milliy Xavfsizlik Kuchlari ixtiyoriga topshiriladi.
Yuklar quruklik, suv va havo yo‘llari yoki ularning kombinatsiyasi
orqali olib chiqib ketiladi. Quyida uch asosiy yo‘lni ko‘rishingiz mumkin:
Havo
yo‘li: Yuklar havo orqali Fors Ko‘rfazi va O‘rta Yer
dengizidagi portlarga yetkaziladi. U yerdan suv yo‘li orqali kerakli manzilga
olib ketiladi;
Quruklik
yo‘li (janub): Chiqib
ketish uchun eng qulay yo‘l. Bu yo‘l Pokiston hududi orqali o‘tib, Karachidagi
dengiz portiga borib tugaydi. Biroq 2011-yil Pokiston va AQSh o‘rtasida kelib
chiqqan ixtilof tufayli buy yo‘ldan foydalanish imkoniyatlari anchayin
kamaygan;
Avtomobil
va temiryo‘l yo‘li (shimol): Shimoliy Ta’minot Tarmog‘i
nomi olgan bu yo‘ldan yuklar O‘zbekiston, Qozog‘iston orqali Gruziyaga yoki
Rossiya orqali Latviyaga yetkaziladi.
Hozirda, AQShning 3 foiz yuki Markaziy Osiyo, 42
foizi esa Pokiston orqali olib chiqilmoqda. Buyuk Britaniya ham kichik
miqdordagi yukini Markaziy Osiyo orqali olib chiqmoqda. Hisob-kitoblarga ko‘ra,
bitta konteynerni Markaziy Osiyo orqali olib chiqish 15 000-16 000 dollarga
tushadi.
Maqolada keltirishicha, Buyuk Britaniya tranzit
to‘lovlari sifatida 700 000 AQSh dollaridan ziyodroq harbiy uskunalar,
transport vositalari O‘zbekistonga qoldiradi.
Ayni vaqtda Afg‘onistonda 57 000 nafar ISAF
qo‘shinlari mavjud. 2014-yildan so‘ng ularning qanchasi mamlakatda qolishi
hanuz noma’lum. Afg‘on hukumati va AQSh o‘rtasidagi ikki tomonlama Xavfsizlik
Bitimi ham hozirga qadar imzolanmagan. Tahminlarga ko‘ra, 15 000 askar
afg‘on harbiylarni tayyorgarlikdan o‘tkazuvchi mutaxassislar sifatida qolishi
mumkin.
Комментариев нет:
Отправить комментарий