Ukrain Inqirozi
davom hanuz davom etayotgan bir paytda (hali yana uzoq davom etishi muqarrar)
post-sovet davlatlaridagi muhim bir muammo, aniqroq aytganda, kamchilik yuzaga
chiqib qoldi. Umuman olganda, ushbu muammo nafaqat post-sovet hududi, balki
dunyoning boshqa davlatlari mavjudligini savol ostiga solib kelgan. Bu “Kuchli
davlat – kuchli jamiyat” dilemmasidir.
Yevropadan
Sharqqa qarab esa yuqoridagi vaziyat boshqa o‘zanda shakllana bordi. Aholisi
zich bo‘lmagan, turli g‘oyalar, mafkuralarning ayovsiz to‘qnashuviga guvoh
bo‘lmagan, mavjud dinlari reformaga uchramaganligi sababli Yevropadek “qaynar
qozon”ga aylana olmagan Sharqda siyosiy ong yetarlicha taraqqiy etmadi, xatto
ayrim hududlarida shakllanmadi ham. Shu sababli avtokratiya, qattiqqo‘l
rejimlar zamonaviy davrgacha Sharqda yashab keldi va yashamoqda.
Zamon taqozosi
bilan Sharqqa ham demokratiya konsepsiyasi kirib keldi. Bu jarayon, ayniqsa,
SSSR qulagandan so‘ng zabtiga oldi. Yangi tashkil topgan milliy davlatlarning
barchasi rasman demokratiyani o‘z yo‘li sifatida tanlashdi va jahonga e’lon
qilishdi. Biroq shu o‘rinda kuchli bir dilemma yuzaga chiqdi. Sharqliklarning
siyosiy ongi davlat boshqaruvida ishtirok etishchalik rivojlanmagan, sodda
qilib aytganda, kishilar siyosiy jihatdan hali pishib yetilmagan edilar.
Natijada post-sovet davlatlari va boshqa Sharq hukumatlari tashabbusni o‘z
qo‘llariga oldilar. Bu esa davlatning yashab ketishi uchun yagona imkoniyat
edi. Ammo demokratiyani bayroq qilib ko‘tarib, amalda bor qudratni o‘z qo‘liga
to‘plagan hukumatlar o‘z aholisining siyosiy ongi o‘sishida asosiy to‘siqqa
aylanib qoldi. Ko‘rinib turgandek, Sharq Sharqligicha qoldi.
Sharq davlatlari
(ushbu o‘rinda asosan post sovet davlatlari ko‘zda tutilmoqda. Sharqiy Osiyo
davlatlari bundan mustasno) uchun hozirgi mavjud zamonda, avvalo, kuchli
hukumat zarurligini xech kim inkor qila olmaydi. Biroq Ukrain Inqirozi kuchli jamiyat
davlat mavjudiyatida qanchalik muhim rol o‘ynashini yana bir bor isbotladi.
Ukrain xalqi, ayniqsa, “maydonchilar” Yanukovich hukumatiga qarshi chiqish
qilar ekan, kishida go‘yoki siyosiy jihatdan uyusha olgan jamiyatdek taassurot
qoldirgan edi. Lekin Qrim masalasi o‘rtaga chiqishi bilan ukrainaliklar siyosiy
ong jihatdan hanuz oqsashi, bu borada boshqa Sharq xalqlaridan deyarli farq
qilmasligi va qanchalik parokanda ekanligi yaqqol ma’lum bo‘ldi. Davlat
ojizlanib qolgan vaqtda jamiyat boshqaruvni o‘z qo‘liga olishning uddasidan
chiqmadi. Buning oqibatida Rossiya Qrimni osongina o‘z hududiy tarkibiga
qo‘shib oldi.
Bunga
qarama-qarshi ravishda Rossiyada kuchli hukumat mavjud. Ammo bu kuchli hukumat
Rossiya kelajagi barqarorligini abadiy ta’minlaydi yoki kuchli hukumat saqlanib
qoladi, degani emas. Buning uchun zamonaviy Rossiyada kuchli hukumat paydo
bo‘lgungacha davr, ya’ni Yeltsin hukumati davrini eslash kifoya. Bu o‘n yillik
davomida Rossiya deyarli anarxiya holatida yashadi, davlatning deyarli barcha
funksiyalari falajlanib qoldi, mamlakatda separatizm avj oldi. Bu faqatgina
xalqning siyosiy ongi rivojlanmaganligi, kuchli jamiyat shakllanmaganligidan
dalolat edi. Putinning avtoritar siyosatigina Rossiyani muqarrar xalokatdan
asrab qoldi. Biroq Putin rejimi ham abadiy emas. Ushbu rejim istiqbollari haqida
“PUTINDAN KEYINGI ROSSIYA” maqolalar seriyasida fikrlashgan edik. Demak,
Putindan so‘ng Rossiya Qrim kabi istalgan hududini osonlikcha qo‘shib olish
qudratiga ega bo‘lolmasligi, xatto o‘z hududiy yahlitligini saqlab qola
olmasligi, uning tarkibidan chiqib ketuvchi birinchi hudud aynan Qrim bo‘lishi
ehtimoli yuqori.
Kuchli hukumat
har doim ham davlat yahlitligi va barqarorligini saqlay olmas ekan, o‘z
navbatida kuchli, uyushgan jamiyatga ehtiyoj tug‘iladi. Hukumat o‘z vazifasini
bajarishga ojizlik qilgan vaqtda jamiyat boshqaruvni o‘z qo‘liga olishi lozim. Kuchli
jamiyat qanchalik muhim bo‘lmasin, Sharqda avtoritarizmning barham topishi
mushkul masala.
Комментариев нет:
Отправить комментарий