5-aperl kuni Afg’onistonda prezidentlik saylovlarining birinchi bosqichi bo’lib o’tdi. Saylovlar davomida havfsizlikka tahdid soluvchi terroristik hujumlar qayd etilmagan. Halqaro hamjamiyat Afg’onistondagi bu yilgi prezidentlik saylovlarning birinchi bosqichi natijalaridan mamnun ekanligini bildirgan. Chunki bu yilgi saylovlarda ovoz berish huquqiga ega bo’lgan aholini deyarli 50%i saylovlarda qatnashganligi qayd etilmoqda, ushbu ko’rsatkich 2009-yilga qaraganda (30%) juda yuqoridir. Bundan tashqari saylovlar davomida tolibonlar tomonidan terroristik hujumlarga yo’l qo’yilmadi. Garchi saylov oldi kompaniyalar davomida Qobul va boshqa shaharlardagi terroristik hujumlar Afg’on hukumatini bezovta qilgan bo’lsada, saylovlar davomida havfsizlik yuqori darajada ta’minlangan.
Shunga qaramasdan tolibonlar hujumlari qayd qilingan,
lekin ular saylov uchastkalarigacha yetib kelmagan. Afg’oniston ichki ishlar
vaziri Umar Daudzayning e’lon qilishicha, saylov o’tkaziladigan kunning 24
soati davomida 9 politsiya hodimi, 7 harbiy va 89 tolibon halok bo’lgan.
« Bugun sizlarni ishontirib aytamanki, Afg’oniston dushmanlari saylovlarni
izdan chiqarishga muvaffaq bo’la olmadilar » deydi u o’z nutqida.
Saylovlar mamlakatning 6000 saylov uchastkalarida
300 000 afg’on va chet ellik kuzatuvchilar qatnashuvi bilan o’tkazildi.
Prezidentlikka 8 kishi o’z nomzodini ko’rsatgan. Birinchi bosqich natijalari
24-aprelda e’lon qilinishi va ikkinchi bosqich saylovlari 28-mayda o’tkazilishi
ko’zda tutilgan. Hozircha 3-ta nomzod eng ko’p ovoz to’plashi tahmin qilingan.
Ularning barchasi Hamid Karzayning sobiq vazirlaridir. Zalmay Rasul, hozirgi prezidentning
davomchisi sifatida o’z nomzodini qo’ygan, Ashraf G’ani, ko’zga ko’ringan
iqtisodchi va 2009-yilgi Hamid Karzay muholifatchisi Abulla Abdulla, sobiq
Afg’oniston tashqi ishlar vaziri.
Afg'oniston prezidentligiga eng muhim nomzodlar: Chapdan o'nga qarab - Ashraf G'ani, Abdulla Abdulla va Zalmay Rasul
Ushbu saylovlar Afg’oniston aholisining tolibonlarga bo’lgan
munosabatining salbiyligining yuqori ekanligini ko’rsatib berdi. 12-yillik
urush aholi orasidagi G’arblik harbiylar va mahalliy tolibonlarga bo’lgan
norozilikni kuchaytirgan. Hamid Karzayning so’ngi davrdagi G’arb kuchlaridan
uzoqlashishi va tolibonlarning tinchlikka chorlovchi chaqiriqlari aholi orasida
yangi barqaror mamlakatni qurish mumkinligi borasida umidlarni uyg’otgan bo’lsa
ajab emas.
Lekin yangi prezidentning saylanishi mamlakatdagi
muammolarni o’z o’zidan yechilishiga sabab bo’lmaydi. Bo’lajak prezident oldida
juda murakkab masalalarni yechish vazifasi turibdi.
Birinchi masala, Afg’onistondagi turli etnik guruhlar
orasidagi mojarolarga chek qo’yishga erishish. Hozirda Afg’onistonda asosiy
millat Pashtunlar bo’lib ular aholining
39 % et 42 % ini tashkil
qiladilar, undan keyingi o’rinda soni bo’yicha Tojiklar (33 % - 38 %), Hazoralar
( 8 % - 10 %), O’zbeklar (6 % - 9 %),
Aymoqlar (4 %) va Turkmanlar (2 - 3 %) turadi. Mamlakatdagi millatlarning
bunday taqsimlanishi ular orasida tarixiy kelishmovchiliklarni keltirib
chiqargan. Afg’onistonning davlatchilik tizimi Pashtunlar tomonidan qurilgan
bo’lsada, keyinchalik Tojik millatidan chiqqan siyosiy darg’alar tufayli, bu
ikki millat orasida mamlakatni boshqarish yuzasidan kuchli raqobat yuzaga
kelgan. Yangi bo’lajak prezident ushbu maslaga jiddiy e’tibor qaratishi kerak
bo’ladi, chunki Afg’onistondagi urushlarning asosida etnik qarama-qarshiliklar
asosiy o’rin egallaydi.
Ikkinchi masala Afg’onistonning AQSh bilan kelajakdagi
munosabatlarini hal qilish. 12-yillik urush Afg’onistondagi ahvolni
yahshilamadi, tolibon kuchlari hozirgcha Afg’oniston hukumatini egallash uchun
yetarlicha kuchg ega ekanliklarini ko’rsatishmoqda. AQSh bilan havfsizlik
bitimini tuzish ham, tuzmaslik ham Afg’on hukumati uchun birday havf
tug’diradi. Bu shartnoma tuzilgan taqdirda Afg’oniston o’zining regiondagi
boshqa kuchlar, Eron, Rossiya, Xitoy va Pokiston davlatlari bilan aloqalarini
yomonlashga va Tolibon kuchlari bilan to’qnashuvlarni kuchayishiga sabab
bo’lishi mumkin. Agar bu shartnoma tuzilmasa Tolibonlarning hujumlarini
qaytarish uchun Afg’on kuchlarida imkoniyat yetarli emas. Ushbu muammoning
murakkabligi tufayli Hamid Karzay bu shartnomaga imzo chekishdan bosh tortgan
edi. Hozirgi prezidentlikka asosiy uchta nomzod saylangan taqdirlarida ushbu
shartnomaga qo’l qo’yishlarini bildirishgan, lekin aloqalar qanchalik yaqin
bo’lishi Afg’onistonning kelajagini belgilovchi faktordir. Shartnoma tuzilgan
taqdirda AQShning 8000-12000 kishidan iborat askarlari mamlakatning 9 harbiy
bazasida joylashtirish ko’zda tutiladi. Ular mamalkat harbiylariga tolibonlar
hujumini qaytarishda ko’mak berishlari hamda ularni harbiy tayyorgarliklarini
kuchaytirishga yordam berishlari zarur bo’ladi.
Uchinchi vazifa Afg’oniston uchun eng katta havf bo’lgan
Tolibonlar bilan mojarolarga chek qo’yish. Ko’p yillik urushlar natijasi
o’laroq o’z ahamiyatini yo’qotmagan Tolibonlarga nisbatan hukumat boshqa ko’z
yumib qaray olmaydi. Afg’on hukumati Tolibonlarni Afg’onistonning havfsizligiga
rahna solishning oldini olishni bugungi kunda yagona yo’li, ular bilan sulh
tuzish deb hisoblaydi. Shu sababdan ham Hamid Karzay prezidentligining so’ngi
davrini AQSh bilan munosabatlarni mustahkamlashga emas, balki Tolibonlar bilan
umumiy til topishish yo’llarini izlashga bag’ishladi. 2010-yildayoq Yuqori
Tinchlik kengashiga asos solib, uning zimmasiga Tolibonlar bilan kelishish
yo’llarini topishni yukladi. Tolibonlar bilan munosabatlarni tiklash uchun
Karzay AQShning qarshiliklariga qaramasdan bir nechta siyosiy mahbuslarni ozod
qildi. Uning fikricha agar shu paytgacha Tolibonlar bilan muzokaralar
kutilmagan natijalarni bermagan bo’lsa, bunga sabab Pokistonning mahfiy
xizmatlari Afg’on hukumati bilan o’z hududidagi Tolibonlar sardorlarining
yaqinlashishiga qa’tiy qarshiligidandir. Pokiston Tolibon kuchlari orqali Afg’onistondagi siyosiy beqarorlikni ushlab turgan holda uni o’z ta’sirida
ushlab turish tarafdoridir.
Garchi hozircha prezidentlikka nomzodlar Karzayning
bu siyosatini davom ettirishlarini e’lon qilgan bo’lishsada, saylovlardan keyin
yangi hukumatni o’rnashishi bilan ahvol o’zgarishi mumkin. Chunki
Tolibonlarning ko’proq Pashtunlarga hayrihohligi, kelajakda boshqa millatlardan
tuzilgan hukumat uchun ular bilan muzokaralar olib borishiga to’sqinlik qilishi
mumkin. Hozircha esa Tolibonlar Afg’onistonga havf soluvchi kuch sifatida e’tirof
etilishda davom etishmoqda.
Maqolani yozayotgan odam biroz bo'lsada Afg'oniston haqida ma'lumotga ega bo'lishi lozim fikrimcha. Bir qancha elementar va oddiy hatolar yo'lga qo'yilgan. Tolibon so'zi tolib ya'ni student so'zining ko'plik shakli, muallif esa boshqa besavod jurnalistlar kabi Tolibonalar so'zini qo'llamoqda....
ОтветитьУдалить