Asl ildizlari qadimgi Grek sivilizatsiyasiga borib
taqaladigan Demokratiya, zamonaviy davrimizgacha jamiyatni tartibga soluvchi eng
mukammallashgan tizim sifatida yetib kela oldi. Yevropadagi uyg’onish davri,
inqiloblar, Amerikaning kashf qilinishi, imperializm, jahon urushlari va
nihoyat sovuq urush davomida demokratiya toblanib o’z zamonasiga moslasha
bordi. Inson tarihida hech qaysi mafkura bu qadar dunyoga keng yoyilmagan va
ideallashtirilmagan edi.
Lekin mana 21-asrga qadam qo’yishimiz bilan dunyoning ko’pchilik
jamiyatlari Demokratiya tushunchasiga shubha bilan qaray boshladilar. Chunki
demokratiya mafkurasi nomi ayrim qudratli davlatlar tomonidan strategik
maqsadlarni amalga oshirish uchun ishlatila boshlandi. Bu esa universal oliy
mafkura haqidagi tasavvurlarni yemirilishiga sabab bo’ldi. Bundan tashqari
rivojlanayotgan mamlakatlar Demokratiya yoki Tinchlik tushunchalari oldida
ikkilanib qoldilar.
Demokratiya va Inson huquqlarining halqaro doirada siyosiy
maqsadlarni ko’zlagan holda dastak sifatida ishlatilishi Sovuq urush davrida
boshlandi. Ayniqsa AQShning Afg’onistonga harbiy intervensiya uyushtirgan sobiq
Sovet Ittifoqini ushbu hududdan siqib chiqarish uchun amalga oshirgan ommaviy
axborot urushlarida bu usul keng ko’lamda qo’llanildi.
Sovet Ittifoqining parchalanishi bilan AQSh dunyoda
gegemonlikni qo’lga kiritish uchun hali yetarlicha kuchga emasligiga amin
bo’ldi va ushbu insoniyat uchun universal muqaddas bo’lgan mafkuralarni o’z
siysoiy manfaatlariga erishish uchun ishlatishda davom etdi.
2001-yil 11-sentyabr voqealaridan so’ng AQShning Afg’onistonga qo’shin olib kirishi Halqaro hamjamiyat tomonidan « tabiiy » jarayonday qabul qilindi. Lekin Iroqqa qarshi harbiy harakatlarning boshlanishi G’arb davlatlarining demokratiya tushunchasini o’z manfaatlariga yetishish uchun ishlatayotganini yaqqol ko’rsatib qo’ydi. Lekin AQSh va G’arb mamlakatlarining hohishiga qarshi borishga qudrati yetadigan raqobatchi mamlakatning topilmagani uchun Iroq AQSh harbiy interventsiyasiga duchor bo’ldi.
2001-yil 11-sentyabr voqealaridan so’ng AQShning Afg’onistonga qo’shin olib kirishi Halqaro hamjamiyat tomonidan « tabiiy » jarayonday qabul qilindi. Lekin Iroqqa qarshi harbiy harakatlarning boshlanishi G’arb davlatlarining demokratiya tushunchasini o’z manfaatlariga yetishish uchun ishlatayotganini yaqqol ko’rsatib qo’ydi. Lekin AQSh va G’arb mamlakatlarining hohishiga qarshi borishga qudrati yetadigan raqobatchi mamlakatning topilmagani uchun Iroq AQSh harbiy interventsiyasiga duchor bo’ldi.
Allaqachon Demokratiya tushunchasi omma tomonidan ikki
taraflama tushuncha sifatida qaralayotgan bir paytda, 2004-yillarda boshlangan
« Rangli revolyutsiyalar » ushbu muqaddas siyosiy tushuncha haqidagi
rivojlanayotgan mamlakatlardagi ijobiy tasavvurlarni butunlay sidirib tashladi.
« Rangli revolyutsiyalar » yuz bergan sobiq Sovet Ittifoqi
mamlakatlari batamaom iqtisodiy tushkunlikka tushib qoldilar, tinimsiz
mojarolar va davlat to’ntarishlari ushbu mamlakatlarning sillasini quritdi.
Hatto Qirg’iziston va Ukrainada ushbu revolyutsiyalarning oqibati o'laroq aholi orasida keng
ko’lamli to’qnashuvlarni yuzaga keltirib bir nechta ming tinch aholini qurbon
bo’lishiga olib keldi. Gruziyadagi 2008-yildagi 5-kunlik urush ham ushbu
« Rangli revolyutsiyalar »ning oqibatlaridan biri desak adashmaymiz.
Keyingi Demokratiya tushunchasini obro’sizlanishiga sabab
bo’lgan to’lqin 2011-yilda « Arab bahorlari » nomi ostida boshlangan
Arab mamlakatlaridagi inqilob harakatlaridir. Garchi G'arb mamlakatlari ushbu
inqiloblarni boshlanishiga sababchi bo’lishmagan bo’lishsada, ular
harakatlarning davom etishini va mazkur hukumatlarni ag’darib tashlanishini
qo’llab quvvatladilar. Eng achinarlisi esa, to’ntarish qilinayotgan
hukumatlarning o’rnini bosadigan sog’lom hukumat yoki muholifatlarning tashkil
qilinmaganida edi. Tunis, Misr, Liviya, Yaman va Suriyadagi « Arab
bahorlari»ning natijalari quvonarli bo’lmadi. Ushbu mamlakatlarning
ayrimlaridagi tartibsizliklar fuqarolik urushlariga aylanib ketmagan bo’lsada,
ulardagi hukumat tizimlari, oldingi avtoritar tizimlardan ham tubanroq
diniy-radikal yoki anarxiya sifat hukumatlar bilan almashtirildi. Ayrim
mamlakatlar esa nihoyasiz fuqarolar urushiga sho’ng’idi, jumladan Suriyadagi
mojarolar bugungi kunda qonli fuqarolik urushlariga aylanib, mamlakat turli
diniy-siyosiy guruhlar to’qnashuvlari maydoniga aylandi. Shu kungacha
mamlakatni 1 million kishidan ortiq qochoqlar tark etdi, qurbonlar soni 150
ming kishidan oshgan. Shuni ham eslatib o’tish kerakki, Suriyadagi ushbu
« inqilob » mamlakatni dunyoviylikka asoslangan jamiyatini butunlay
yemirib, uni demokratik prinsiplardan uzoqlashtirsa uzoqlashtirdiki, lekin
demokratiyaga yaqinlashtirmadi. Endilikda keyingi bir nechta yil davomida
Suriyada Demokratik davlat qurilishidan umid uzish mumkin.
Agar « Arab bahorlari » dunyodagi rivojlanayotgan
mamlakatlar jamiyatlaridagi Demokratiyani mukammal siyosiy tizim tasavvurini
butunlay yemirib tashlagan bo’lsa, G’arb mamlakatlarining jamiyatlarida ham
Demokratiyaga nisbatan ehtiyotkorlik bilan yondashish holati kuzatildi. Chunki
hukumatlarga qarshi doimiy noroziliklar mamlakatlar iqtisodini zaiflashishiga
olib kelayotgan edi. Uning ustiga siyosiy partiyalar orasidagi hokimiyat uchun
kurashda saylovlarda g’olib chiqish uchun har qanday subutsiz nutqlarni
so’zlanishi va natijada va’dalarga vafo qilmaslik G’arb mamlakatlari aholisi
orasida siyosat arboblariga va mavjud tizimga bo’lgan ishonchni butunlay
so’ndirdi.
Shu o’rinda zamonaviy Demokratiyaning yana bir
mag’lubiyatini esga olib o’tish bizga bu mafkuranig amalda qo’llanilishi uchun
jamiyatda ma’lum sharoitlar va shartlar bajarishi kerakligini ko’rsatib beradi.
2013-yilning noyabr oyida Tailandda boshlangan noroziliklar aynan hukumatning
demokratik kuchlardan tozalashni talab qilib chiqqan edi. Norozi aholining
fikriga ko’ra Tailand hali demokratik tizimga tayyor bo’lmagan mamlakat bo’lib,
saylash orqali hokimyatni egallashda bu mamlakatda saylovchilar ovozi emas
balki poraning kattaligi asosiy o’rin tutadi. Darhaqiqat Tailand o’zining
iqtisodiy o’sishining yuqori sur’atlariga qaramasdan dunyoning korruptsiyaga
cho’mgan mamlakatlaridan biridir. Saylovlar orqali hokimiyatga ko’tarilish esa
bu korruptsiya darajasini yanada oshirib yuborgan edi, saylanuvchilar
o’zlarining siyosiy iqtidorlari uchun emas balki beriladigan pora darajasiga
qarab hokimyatni egallay boshladilar.
Demokratik jamiyatning qurilishi uchun mamlakat nafaqat
iqtisodiy jihatdan, balki mafkuraviy tomondan ham tayyorgarlikka ega bo’lishi
kerak. Arab davlatlaridagi noroziliklar tufayli Demokratiyaning asosiy
poydevori bo’lgan dunyoviylik tizimlari yemirilib ularning o’rniga
diniy-siyosiy hukumatlar o’rnashib oldilar, chunki aholi orasida siyosiy
arboblarning qanchalik darajada siyosiy iqtidorga egaligi emas, balki qay
darajada dinga e’tibor berishi muhim rol o’ynadi. Natijada ushbu mamlakatlardagi
kam sonli diniy guruhlarning mazkur hukumatlar tomonidan siquvga olinishi
kuzatildi, bu esa demokratik prinsiplarning asosiy qoidalaridan biri bo’lmish –
kam sonli aholi guruhlarini huquqlarini kafolatlashga zid holat edi. Aholining
siyosiy qarashlarining zaifligi yoki yo’naltirilganligi aholi orasida
jamiyatning rivojlanishi uchun zarur bo’lgan tanlovni emas, balki o’z shaxsiy
his-tuyg’ulariga yaqinroq bo’lgan mafkurani tanlashiga sabab bo’ladi. Oqibatda
bunday jamiyatlarda hokimiyat turli hil diniy yoki milliy radikallashgan
guruhlar qo’liga tushib qolishi kuzatiladi.
Demokratiya – o’z nomidan ma’lumki, jamiyatlarda aholining
o’z hohishi bilan tanlanishi lozim bo’lgan tizim. Lekin afsuski bugungi
globallashgan tizimda jamiyat mutloq o’z hohishiga tayangan holda va o’z
jamiyatining taqdirini o’ylab o’z kelajagini tanlashi qiyin masala. Chunki
birinchidan barcha rivojlanib kelayotgan mamlakatlar u yoki bu darajada
qudratli mamlakatlar ta’sirida bo’lishga mahkum. Bu qaramlik iqtisodiy, axborot
yoki hatto siyosiy guruhlar darajasida bo’lishi mumkin. Masalan Misrdagi
inqiloblardan so’ng mana 3 yildirki doimiy hukumat hozirgacha aniqlanganicha
yo’q, balki turli hil siyosiy guruhlarni turli hil mintaqadagi qudratli
davlatlar tomonidan o’z manfaatlaridan kelib chiqqan holda qo’llab
quvvatlanishi kuzatildi. Suriyadagi fuqarolar urushi ham huddi shunday holatda,
mamlakatda asosan Eron va Saudiya Arabistonining ayovsiz raqobati to’qnash
kelmoqda, bundan tashqari boshqa aktyorlar ham o’z manfaatlarini himoyalash
maqsadida u yoki bu guruhga qurol yetkazishda, moliyaviy yordam berishda davom
etishmoqda. Bu holatning jabrini albatta Suriya va suriyaliklar tortmoqda.
Ikkinchidan mamlakatda demokratik tizimni o’rnatish uchun avvalambor milliy
birlik mustahkam bo’lishi lozim, milliy birlik faqatgina umumiy etnogenga
tegishlilikda yoki umumiy, til, dinga ega bo’lishda emas, balki zamonaviy
kuchli, kelajakka ishonch tug’diradigan milliy mafkuraga ega bo’lishdadir. Aks
holda mamlakat tarqoqligi demokratiyaga yo’l ochmasdan uni turli hil hududlarga
va guruhlarga bo’linib ketgan anarhiyaga aylantirib qo’yishi mumkin.
Xulosa qilib shuni aytish kerakki davlat tushunchasi doimo
inson shahsiy erkinligidan g’olib keladi. Chunki davlat tizimining poydevor
konseptsiyasi aynan insonlarning qaysidir shahsiy hohishlarini cheklash orqali
tartibga solingan kuchli jamiyatlarni yaratishdan iboratdir. Shuning uchun ham
davlat doim majburlovchi apparatga egadir. Zamonaviy davrda demokratik
jamiyatni halokatli oqibatlarsiz qurish uchun esa mamlakatning majburlov
apparati bir vaqtning o’zida ham juda kuchli bo’lishi, ham ko’rinmas nazorat
tizimini yo’lga qo’yish kerak bo’ladi. G’arbning rivojlangan mamlakatlari ushbu
tizimni OAVi va internet orqali qisman o’rnatishga muvaffaq bo’ldilar. Albatta
rivojlanayotgan mamlakatlar uchun bu iqtisodiy jihatdan mushkul masala, lekin
shu unsursiz mamlakat butunlay ohiri yo’q to’qnashuvlar domiga tushib qolishi
mumkin.
The Best Casino Site in Kenya with Best Odds - LuckyClub.live
ОтветитьУдалитьCheck out our list 카지노사이트luckclub of the best online casinos in Kenya with Best Odds on Lucky Club! Discover the best slots and games you can play in 2021,