Geosiyosatda biror inqiroz aybdori-jabrlanuvchisiga
ta’rif berish yoki aybdor-jabrlanuvchini aniqlashning imkoni yo‘q. Imkoni
bo‘lgan taqdirda ham bunday amal o‘ta darajada subyektiv bo‘lar edi. Lekin
tomonlarning qarashlari-da’volarini o‘rganib chiqib, inqirozlar yuzaga
kelishiga kim ko‘proq “xissa” qo‘shayotganiga biroz oydinlik kiritsh mumkin.
Hozirgi kunda O‘rta Sharq global terrorizmning navbatdagi to‘lqini ostida qoldi
– Iroq deyarli “nuragan davlat” (failed state)ga aylanmoqda. Xo‘sh, bu yangi
inqirozda kimning “ayb”i ko‘proq?
Avvalo, inqiroz deya atayotganimiz Iroqda yuza
berayotgan voqealar haqida qisqacha sharh berib o‘tsak. O‘zini “Iroq va Shom
Islomiy davlati”, “Iroq va Levantdagi Islomiy davlat” yoki “Iroq va Suriyadagi
Islomiy davlat” deb atayotgan sunniy jangarilardan tashkil topgan hamda
al-Qoidaning mintqadagi firqasi sifatida ko‘rilayotgan qurolli tashkilot yoda
guruh joriy yilning ilk oylaridan buyon Iroq va Suriyaning aksar hududlarini
qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Iyun oyiga kelib guruhning faolligi oshib, Iroqni
deyarli falajlab qo‘ydi. Xo‘sh, bu o‘zi qanday guruh?
Iroq va Shom Islomiy Davlati jangarilari |