Putin
Rossiyasi haqidagi shu nomdagi oldingi ikki maqolada Vladimir Vladimirovichning
hokimiyatga chiqib kelishi, hokimiyatdagi o’zgarishlar, Rossiya yuzlashayotgan
demokrafik-iqtisodiy muammolar va Putin yaratayotgan yangi tizim haqida so’z
yuritgan edik. Bugun shu tizimning istiqbollarini ko’rib chiqamiz.
Avvalo, yangi tizimdan Putin nimalarni maqsad
qilganligini yana bir yodga olib o’tsak. O’tgan maqolada to’rt tahminiy
maqsadni ajratgan edik:
Birinchisi, u qo`l ostidagilarni o`zaro bog`liqligini
kuchaytirmoqchi, natijada butun tizimni tutib turish uchun aynan bir shaxsga
tayanishiga xojat qolmaydi;
Ikkinchisi, Putin klanlardan tashkil topgan vertikal
tizimni ortiq xohlamayapti. Buning o`rniga u kollektiv tizim yaratmoqchi. Bu
holda tizimning bir qismida buzilish butun hukumat qulashiga sabab bo`lmaydi;
Uchinchisi, endilikda tizimda tarafkashlar emas, balki
neytral o`yinchilar, xech qursa aholiga ma`lum shaxslar faoliyat yurita
boshlaydi;
To`rtinchisi, yangi avlod tizimga chiqib kelish yo`llarini
ochishdir.
Ehtimol, Putin tarixdan saboq chiqarib, vertikal
ierarxik tizimning kelajagi yo’qligi, bunday tizimdagi farovonlik faqat eng
yuqoridagi nazoratchi – avtoritar hokimiyatda bo’lgan paytdagina mavjud bo’lishi,
undan so’ng tizim parchalanib ketishini anglab yetgandir.
Biroq Putin yangi tizim yaratish orqali o’z
hokimiyatining o’zidan keying davomiyligini ta`minlashga urinsa ham, hozirgi
Rossiyadagi siyosiy tizim Putin shaxsiyatiga bog’langan. Aynan shunday muammo
Stalin bilan ham sodir bo’lgan edi. Putin kabi Stalin ham hokimiyati
mavjudiyatini saqlab qolish uchun avtoritar boshqaruv o’rniga kollektiv nazorat
tizimi – Politbyuroni tashkil qilgan. Biroq Stalinning urinishlari bexuda
ketgan:
hokimiyat baribir uning shaxsiyati atrofiga markazlashgan, shaxsga
sig’inish avj olgan. Sababi Stalin kollektiv boshqaruv tizimini amalga
kiritishga uringan bo’lsa-da, uning o’zi hokimiyatni Politbyuro a’zolariga
taqsimlab berishni istamagan. Shu sababli Stalin vafot etishi bilan Xrushchev,
Beriya va Molotov o’rtasida hokimiyat uchun kurash boshlanib ketgan. Ularning
har biri Stalin hayotligida o’ziga nasib etmagan boshqaruvni qo’lga olishni
istar edi.
Hammaning boshini “temir musht” bilan qovushtirib
turuvchi bosh nazoratchi – Stalin hokimiyatdan ketgandan so’ng unga eng yaqin
shaxs, mamlakatdagi eng qudratli sector bo’lgan maxfiy xizmatni nazorat etuvchi
Lavrentiy Beriya hukumat tepasiga chiqishiga ko’pchilik ishongan edi. Lekin
Nikita Xrushchev va Vyacheslav Molotov o’z kuchlarini birlashtirib, uni
o’yindan chiqarib tashladi. Xrushchev – Stalinning eng sadoqatli amaldori
hokimiyatni egallashi bilan har bir davlat sektorida keskin o’zgartirishlarni
amalga oshirdi. “Stalin shaxsiga sig’inish”ni keskin qoralab, dohiy nomini
butun mamlakat hayotidan o’chirib tashlashga urindi. Bu esa Stalin kelajakni
o’ylab tashkil qilgan, lekin istaksizligi sababli funksiyalarini
mukammallashtirishga harakat qilmagan Politbyuro ish bermaganidan dalolat edi.
Leonid Brejnev, Yuriy Andropov, Konstantin Chernenko
va Mixail Gorbachevga qadar Sovet rahbarlari xuddi shunday tizimga solinmagan,
alg’ov-dalg’ov holda almashib keldi. Ularning har biri o’zidan oldingi rahbar
siyosatini bekor qilib, mamlakat siyosiy hayotida yangilik qilishga urindi. Bu
beqarorlik natijada Sovet Ittifoqini qulashiga sabab bo’ldi.
Sovet rahbarlarining asosiy xatosi – ular hokimiyatni
o’ta markazlashtirdi, hokimiyatni avloddan avlodga o’tishini ta’minlovchi tizim
yaratmadi, o’zidan keyin hokimiyatni egallash imkoni bo’lgan har qanday kuch
yoki kuchlarni repressiv bo’g’di. Oqibatiga 1991-yilda butun dunyo guvoh
bo’ldi.
Garchi o’zi ham Boris Yelsin tanlagan voris sifatida hokimiyatga kelgan
bo’lsa-da, birinchi o’n yillik davomida Putin Rossiyani sovet liderlari kabi –
vertikal ierarxik asosda boshqardi.
2012-yilda salomatligida paydo bo’lgan muammolar tufayli Putin qator
uchrashuvlarni bekor qilgandan so’ng uning tizimi kelajagi savol ostiga olina
boshlandi. Davlat amaldorlari ichida ham Putin tizimi barqarorligiga shubha bilan
qarovchilar paydo bo’la boshladi. Ularning har biri to’satdan hokimiyat
almashinishida omon qolish uchun o’z qudratlarini mustahkamlay boshladilar.
Masalan, Gazprom rahbari Igor Sechin o’z qudratini neft sektoridan tabiiy gaz
sektorigacha yoyish harakatiga tushib qoldi.
Bu kabi tizim barqarorligiga daxldor voqealar ortidan Putin Politbyuro-2
tashkil etishga majbur bo’lmoqda.
Ayni vaqtda Putin atrofidagi amaldorlar nepotizm
(qarindosh-urug’chilik)ga zo’r berishmoqda. Allaqachon o’ndan oshiq ko’zga ko’ringan
amaldorlar o’z farzandlari yoki qarindoshlarini hukumat tarkibiga kiritib
qo’yishga muvaffaq bo’lishgan. Bu hol hokimiyatning pastki qatlamlarida ayniqsa
avj olgan. Bu esa hokimiyatda biror tayanchi bo’lmagan potensial davlat
xizmatchilari uchun eng katta to’siqdir. Nepotizmning kuchayishi Putin tizimi
istiqbollarini yanada xavf ostiga qo’yadi. Har qanday avtoritar boshqaruvda
bo’lgani kabi Putin ham amaldorlari sadoqatini saqlab turish uchun ularga
sharoit yaratib berishga majbur. Shu sababdan u nepotizmning oldini ololmaydi.
Putin 13 yil ichida Rossiyani
oyoqqa turg`azdi, barqarorlikni ta’minladi, uning jahon siyosiy sahnasidagi
rolini qayta tikladi. Lekin bularning barchasi yakka shaxs tomonidan amalga
oshirildi. Endi Rossiya siyosiy barqarorligini ushlab turish uchun ham yakka
shaxs – avtoritar rahbar zarur. Putin Politbyuro kabi kollektiv boshqaruv
tizimini yaratishga qanchalik urinmasin, avtoritar rahbar qo’l ostida xech
qachon to’laqonli hokimiyat bo’linishi amalga oshmaydi. Avtoritar rahbar
kelajak haqida qanchalik o’ylamasin, hokimiyatni taqsimlash berishni xech
qachon istamaydi. Holat shu ketishda davom etsa, Putin hokimiyatdan ketishi
bilan (tabiiy yoki majburiy) hukumat a`zolariaro hokimiyat uchun kurash
boshlanadi va natijada Rossiya yana 20 yil oldingi, xattoki, post-Stalin
davriga qaytadi.
Putinda Rossiya kelajagini saqlab qolish uchun yagona yo’l mavjud: voris
tanlash. Uning o’zi voris sifatida hokimiyatga keldi, faqat o’z vorisigina
saqlab qola olishi mumkin bo’lgan tizim yaratdi. Agar Putin hokimiyatdan
ketguncha aniq voris tanlanib, uning qo’liga asta-sekin qudrat berilmasa,
Rossiyani faqat noaniq kelajak kutadi. Vaziyat qanday rivojlanishini faqat vaqt
ko’rsatadi…
Avvalo ming bor uzrku. Ln,Ko'chadagi odamning gapiga o'xshab qolibdi. Ko'proq masalalar yoritizlar. Nomiga yozilgan maqola bb qolgan. BU SIZLARNING DARAJALARINGIZDA YOZILISHI KERAK BO'LGAN MAQOLA EMAS!!!
ОтветитьУдалитьChunki ko'rib turganizday chalasavodlar yozganda bu maqolani
Удалитьdalillar juda kam.
ОтветитьУдалитьSovet tizimini qulashiga Sovuq Urush sabab bulmadimi? Rossiyada Sovuq Urushdan keyingi holatlar, davlat boshqaruvi kimni qo`liga o`tganichi? Hozir hokimiyat tepasida kim turibdi, Navalny qayerdan paydo bo`ldi? Xullas shunchaki yuzaki maqola ekan :)
ОтветитьУдалитьYuqoridagi fikrga qo'shilaman, Sovuq urushda SSSRning mag'lubiyatga uchraganini hisobga olmasdan, 1991 yilda Rossiya hukumati Amerikalik konsultantlar qurganligi, Konstitutsiya USAID fondi tomonidan yozilganligi qani? Juda yuzaki maqola, hechkim o'qimaydi bunaqa axlat maqolalarni.
ОтветитьУдалитьAdminga: tarixni yaxshilab o'qing
ОтветитьУдалитьnima bulganda ham Sovet Ittifoqi buladimi Rossiya federatsiyasi buladimi biz Urta Osiyo millatiga ochiqdan ochiq dushman,ham milliy tarafdan ham Islomiy, AQSH vs Rossiya raqobati yaxshigina va ayon hammaga ammo ular biz musulmon olamiga bulgan siyosati haqiqatdur, va ular bu olamda bor ekan qulidagi barcha imkonicha biz musulmonlarni dindan qaytarishga uzlaricha faqat bitta ikkita odamni boy qilib hammani qul qiladigan demokratni uylab chiqishdi, ularda dunyoni eng sunggi qurolli jazo choralari bordur ular faqatgina shu dunyomizni barbod qilishi mum agar Olloh shuni bizga taqdir qilgan bulsa, Olloh bulsa bizga undan ajoyibroq va afzalroq Jannatdi vada bergan zero Olloh vadasini qiluvchi xaqiqat pok tugri muqaddas Islom Sohibi
ОтветитьУдалитьbiz musulmon Uzbek millati tanqiddi yaxshi kuramiz va albatta yaxshi bu.kamchiliklar oz bulib boshqalarga urnak bulamiz har ishda shu holda inshoollo,admin ga demoqchiman kunggildi kutaring yaxshi yaxshi maqolalarni kutib qolamiz,faqat shuni yodda tutingki sizlar biz uzbek internet foydalanuvchilari uchun birinchisilar holisona boshqa larga nisbatan.va masulyatni his qilingiz.tugri uyatli bulsada aytish kere biz hozirgi kunda siyosiy ilmimiz deyarli nolga teng, mavjud tartiblar aybdor.rahmat demoqchiman qilayitgan ishlaringiz uchun.va iltimos talab yahud amerika matbuotiga chalgib musulmonchilik zid narsa yozmangiz, holisona yozing va faktlar bilan Shukran
ОтветитьУдалитьADMINGA !!! eng avvalo kattakon RAHMAT silarga. sizlar hozirgi uzbek jamiyatining eng nozik nuqtasini yani geosiyosiy savodsizlik darajasini ko'ra olganingiz sizning qanchalik intelektual salohiyatga ega ekanligingizni dalilidir.mavzularning saviyasi haqida tanqid qiluvchilarga beradigan savolim bitta: UZBEK TILIDA YOZILGAN BUNDANDA SAVIYALIROQ MAQOLA TOPIB BERINGCHI???
ОтветитьУдалитьalbatta men bu saytdagi maqolalarni o'ta saviyali deb ayta olmayman lekin sizlar harakat qilyapsizlar va og'zini ochib tomosha qilishdan boshqa narsaga yaramaydigan, birovning ishidagi kamchiliklarni uning yutuqlaridan ustun korguvchilar safida emassizlar.
sizlarga aytadigan yagona tanqidim maqolalarning judayam, o'ta darajada ozligidir. vaqti kelsa hattoki oylab birorta maqola saytga joylanmidi.shuni unutmangki sizlarning maqolalaringizni kutguvchilar va sizlarni mehnatingizni qadrlovchilar bor!!!
O`zbek tilida bunaqa sayt yo`q, to`g`ri, lekin sizga noto'g'ri malumot berib, disinformation qilish to'g'rimi? Agar biz og`zimizni ochib o'tirgan bo`lsak, siz ko`zingizni kattaroq oching agar geopolitikaga qiziqsangiz.
УдалитьTogri man ham qoshilaman , tanqid kerak lekin maqtovlar undanda kerakli va zarur , chunki ijodkorlar uchun maqtovlar , yangi ilhom manbai boladi , RAHMAT ADMINGA MANA SHUNDAY MAQOLALARNI YANADA KUTIB QOLAMIZ .
Удалитьsavolizga javob: geopolitika yoki xalqaro munosabatlar sohasi yuzasidan tanqid qilingan. Boshqa bunaqa sayt yuq. Ln bu ularni maqtash kerak degani emasku.
ОтветитьУдалитьAlbatta fikrizga qoshilaman. Bu ularni maqtash kerak degani emas,lekin rag'batlantirish kerak.Biz ularning yutuqlarini rag'batlantirmasdan faqat xatolarini tanqid qilaversak oxir oqibat oz bisotimizdagi yagona saytni ham yoq bolishiga sababchi bolib qolamizku
ОтветитьУдалитьavvalam bor katta rahmat. Lekin juda kam maqola yozayabsila, maqolalani kopaytirila iltimos
ОтветитьУдалитьмаколада жуда кам нарса езилган ва у ута саез!
ОтветитьУдалитьTogri man ham qoshilaman , tanqid kerak lekin maqtovlar undanda kerakli va zarur , chunki ijodkorlar uchun maqtovlar , yangi ilhom manbai boladi , RAHMAT ADMINGA MANA SHUNDAY MAQOLALARNI YANADA KUTIB QOLAMIZ . Annuriy@mail.ru Nurbek !
УдалитьTogri man ham qoshilaman , tanqid kerak lekin maqtovlar undanda kerakli va zarur , chunki ijodkorlar uchun maqtovlar , yangi ilhom manbai boladi , RAHMAT ADMINGA MANA SHUNDAY MAQOLALARNI YANADA KUTIB QOLAMIZ .
ОтветитьУдалитьMuharrir siz bunday ma'lumot qo'shishdan avval o'ziz yaxshilab o'qib, sharhlab ko'rishiz kerak! Bu ochiqchasiga g'arbparaslik shaklida yozilgan puch ish! Yozgan ishizda fakt juda kam! Sizi gapiz bo'yicha rossiya yomon g'arb yaxshi.
ОтветитьУдалитьMani rusparas deb o'ylashiz mumkin lekin man rus tarafman haqiqat tarafman