Jahondagi
siyosiy o`zgarishlarni muntazam kuzatib boruvchi o`quvchi uchun Misrda
bo`layotgan voqealar ahamiyatsiz bo`lishi ilojsiz holdir. Ushbu maqolani o`qib
turganlarning deyarli hammasi Misr voqealaridan xabardor bo`lsa kerak. Lekin
biz ayni vaqtda asosiy muholif kuch hisoblangan Musulmonlar Birodarligi haqida
bilamizmi? Birodarlar kim o`zi? Ularning maqsadi nima? Bugun biz shu savollarga
tarixdan javob izlashga urinib ko`ramiz:
Hasan al-Banna - Musulmonlar Birodarligi asoschisi
8-9
asrlarda arablar Islomni yoya boshlaganlaridan so`ng bir-biriga begona madaniyatlarning
qorishuvi natijasida Sharqda o`ziga xos “Oltin Davr” boshlandi. Ma`lum vaqt
davomida o`zini musulmon, deya e`lon qilgan sharqliklar dunyo siyosiy hayotida
ustunlikka erishdilar.
Turklar
Islomni qabul qilishgandan so`ng buyuk saltanat yaratib, Janubiy-Sharqiy
Yevropa va O`rta Sharqning g`arbiy hududlarini o`z nazoratlariga olishdi. Islom
asoschilari arablardan farqli o`laroq turklar asrlar davomida “Islomiy
Halifalik”ga boshchilik qilib kelishdi. Buning uchun ularda qudrat yetarli edi.
Biroq
Birinchi Jahon Urushidan so`ng vaziyat tubdan o`zgardi. Turkiyada oyoqqa turgan
dunyoviy kuchlar diniy hokimiyatni ag`darib, Islom Dunyosidagi so`nggi
halifalikka yakun yasadilar. 1923-yil iyulida dunyoviy Turkiya tashkil etilib,
biroz vaqtdan so`ng yangi davlat haqida rasman bayonot berildi.
Dunyoviy
harakat yetakchisi, “Turklar Otasi” Mustafo Kamol Turkiyada Islom ta`sirini
butkul yo`qotib, “yevropalashgan dunyoviy mamlakat” yaratish yo`lida harakat
qila boshladi. Otaturk halifalikka barham berdi, erkaklarga soqol qo`yish,
ayollarga o`ranib yurishni taqiqladi, arab yozuvlarini lotin yozuviga
almashtirdi, muazzinlar tomonidan dindorlarni ibodatga chorlashni bekor qildi
va sekular an`analarga asoslangan milliy armiyaga asos soldi.
Mustafo
Kamolning bu harakatlari Islom Dunyosi tomonidan kuchli norozilik bilan qarshi
olindi va Otaturk “xiyonatkor”, deya e`lon qilindi. So`nggi halifalikning
qulatilishi va asrlar davomida Islom Markazi sanalgan Turkiyaning Yevropa
ta`siriga tushib qolishi Ummat (Musulmonlar Jamoasi)ni vahimaga solib qo`ydi. Zudlik
bilan “yagona haq din”ni saqlab qolish uchun Musulmon Dunyosi bo`ylab
harakatlar boshlanib ketdi.
Shunday harakatlardan
biri – Musulmonlar Birodarligiga 1928-yil, qohiralik imom Hasan al-Banna
tomonidan asos solindi. To`liq nomi Musulmon Birodarlari Jamiyati yoki al-Ixvon
al-Muslimin bo`lgan tashkilot barcha musulmon davlatlarini birlashtirish,
ularni yagona Halifalik boshqaruviga kiritish va Halifalikda qat`iy shariat
qonunlarini o`rnatish maqsadlari yo`lida tashkil etilgan edi.
1930-yillar
boshida tashkilot o`z boshqaruv tuzilmasini deyarli to`liq shakllantirib
bo`ldi. Batalion, deb ataluvchi ma`naviy va ruhiy tayyorgarlik guruhlari
tashkil etildi. 1940-yillarga kelib, Birodarlik o`zining “mahfiy apparat”iga
ega bo`ldi. 1943-yilda batalionlar usra yoki “oila”, deb ataluvchi 5 kishilik
guruhlarga almashtirildi.
Ikkinchi
Jahon Urushi davomida tashkilot bunday guruhlar vositasida aholini shariatga
bo`ysunishga hamda britan askarlarini Misrdan chiqib ketishini talab qilishga
chorlab keldi. Shu bilan birga bu vaqt ichida jahonda bo`layotgan tartibsizlik
sababli Birodarlik agressivlasha bordi. Endi harakat tarkibida kichik qurolli
guruhlar paydo bo`la boshladi. 1940-yillar davomida harakat jangarilari qator
Misr va Britaniya amaldorlariga qarshi suiqasdlar uyushtirdilar. 1948-yil dekabrida
Misr Bosh Vaziri Mahmud Fahmi al-Nuqrashi tashkilot tomonidan o`ldirildi. Ular
Misr hukumatini “kofirlar” bilan aloqa qilish va “kofirlar”ga hizmat qilishda
ayblashar edi. Natijada hukumat harakatni ta`qib eta boshladi va 1949-yilda
Misr xavfsizlik kuchlari Hasan al-Bannani Qohirada o`ldirishdi.
Harakat
asoschisining o`limi Misrda hukumat va Britaniyaga qarshi mislsiz
noroziliklarga sabab bo`ldi. Lekin hukumat ta`qibni susaytirmadi. Misrda
tayinli natijaga erishmagan Birodarlar endilikda O`rta Sharq tomon ta`sirlarini
yoyish uchun harakat qila boshladilar. 50-yillarning boshiga kelib Musulmonlar
Birodarligining o`ndan ortiq davlatda yuzdan ortiq firqalari mavjud edi.
1952-yil
iyulida Misr siyosiy hayotida 2011-yildagi voqealarga o`xshash holat yuz berdi.
Jamol Abdul Nosir boshchiligidagi Ozod Offitserlar Harakati Britaniya ta`siriga
tushib qolgan Misr monarxiyasini ag`darib tashladilar. Monarx ta`qibida yurgan
Birodarlar buni o`ziga xos imkoniyat sifatida qabul qildilar. Ular Abdul Nosir
harbiylarini butunlay qo`llab quvvatladilar, inqilobda faollik bilan
qatnashdilar. Biroq Musulmonlar Birodarligining inqilobga hissasini haqida
harbiylar doimrad etib kelganlar. Ozod Offitserlar Harakati a`zosi, Abdul Nosir
hukumatining tashqi ishlar vaziri Muhammad Faiq bu haqida shunday degan edi: “Birodarlikning
1952-yil inqilobida katta rol o`ynagani haqida da`vosi afsonadir. Inqilobchi
harbiylar orasida Birodarlikning atigi ikki yoki uch a`zosi bore di, xolos.
Nosir inqilobini jamiyatning deyarli barcha qatlami qo`llagan, ixvonchilar shu
dastaklovchilarning bor-yo`g`i bir qatlami edi.”
Monarxiya
ag`darilganidan so`ng Inqilobiy Boshqaruv Kengashi yangi hukumat tarkibiga
oldingi hukumat a`zolarini kirishini taqiqlab qo`ydi. Biroz o`tib barcha
siyosiy partiyalar faoliyati bekor qilindi. Lekin Musulonlar Birodarligi bu
qora ro`yxatga tushmadi. Sababi Kengash harakatni siyosiy emas, balki diniy,
deb topgan edi.
Avvaliga
yangi hukumat tarkibiga harakat a`zolari: Ahmad Husni (Adliya Vaziri) va Ahmad
Hasan al-Bokuriy (Diniy Ishlar Vaziri)lar kiritilgan edi. Bundan ruhlangan
Birodarlik ma`muriyati vazirlarni o`zlari tanlash, ularni tayinlash va
faoliyatini bekor qilish huquqini hukumatdan talab qila boshladi. Bundan
tashqari harakat dunyoviy konstitutsiyani rad etib, shariatga asoslangan
qonunlar ishlab chiqarilishi kerak, degan da`voni ilgari surar edi. Inqilobiy
Boshqaruv Kengashi bu talablarni rad etdi. Huddi shu paytdan hukumat va
Birodarlik o`rtasidagi ziddiyatli davr boshlandi.
Harakatning
hokimiyat uchun da`vosini ortib borayotganligini ko`rgan Jamol Abdul Nosir
Birodarlik ma`muriyatidan zudlik bilan o`ziga tegishli qurolli guruhlarni
tarqatib yuborishni talab qila boshladi. Nosir Birodarlikni keyinchalik o`z
hukumati uchun xavfli raqibga aylanishini tahmin qilgan edi. Abdul Nosir
kutganidek, harakat uning talabini rad etdi. Natijada hukumat tashkilotni
ta`qib etishni boshladi.
Ikki o`rtadagi
ziddiyat 1954-yilda o`z avjiga chiqdi. Shu yili Abdul Nosir hayotiga suiqasd
uyushtirildi. Suiqasddan omon qolgan Nosir bu ishda Birodarlikni ayblab chiqdi.
Natijada harakat faoliyati rasman taqiqlandi, minglab a`zolari hibsga olindi,
qo`lga olinganlarning aksariyati qatl etildi.
Hukumat harakatga og`ir zarba berdi,
Birodarlikning jamiyat orasidagi obro`si keskin tushib ketdi. Britaniya ta`siri
ostida dunyoqarashi o`zgargan Misr xalqining ko`pchilik qismi uchun Birodarlik
ilgari surayotgan da`volar xavotirli edi. Inqilob yetakchisiga suiqasd esa
dunyoviy qarashdagi odamlarning g`azabini toshirib yubordi va ular 1954-yilning
oktyabrida Musulmonlar Birodarligining Qohiradagi shtab-kvartirasiga xujum qilib,
binoni yoqib yuborishdi.
Xalq tomonidan Birodarlik idorasini yoqib yuborilishi (1954-yil, oktyabr. Qohira)
Shu
tariqa Musulmonlar Birodarli ham siyosiy kuch, ham xalq dastagidan mahrum
bo`lishdi va bu hol Arab Bahori boshlanguncha davom etdi.
Faoliyati
taqiqlangan va ta`qibda bo`lsa-da, Birodarlik so`nggi yarim asr davomida
Misrdagi eng yirik muholifatchi kuch maqomini saqlab keldi. Boshqa islomiy
harakatlarga o`xshamagan holda Musulmonlar Birodarligi demokratiya, teng
huquqlar va gumanizmni ilgari surish bilan jahon afkor ommasini o`ziga
qaratishga urinib keldi. Biroq ko`plab tahlilchilar ularning bunday da`volarini
“chalg`itish”, deya qabul qiladilar. Sababi teng huquqlar da`vosiga qaramay,
2007-yilda e`lon qilingan harakatning siyosiy dasturida “o`z tabiati va oilada
tutgan o`rniga to`g`ri kelmasligi sababli ayol kishi prezident bo`lishga
munosib emas”ligi belgilab qo`yilgan. Shuningdek, Birodarlik Misr va Isroil
o`rtasida imzolangan Tinchlik Sulhini bekor qilishni talab qilib kelgani xech
kimga sir emas.
Muborakning
qattiq rejimi va harbiylashgan nazorati ostida ezilgan xalqda dinga tomon
surilish paydo bo`ldi. Bundan, Birodarlik, o`z safini kengaytirib olishda
foydalandi. Arab Bahori boshlanganda esa, harakat tarafdorlari mamlakatda
salmoqli edi. Uyushmagan oddiy odamlar tomonidan boshlangan inqilobdan harakat a`zolari
ustalik bilan foydalanishdi. To`satdan boshlangan tartibsizliklar va
hukumatning ojizlanishi so`nggi 50 yil ichida harakat a`zolarini birlashishi
uchun imkon yaratib berdi.
Mursiy fundamentalistlarga qarshilik ko`rsatmaganlikda ayblandi
Inqilob sharofati
bilan o`z faoliyatini legitimlashtirib olgan va hukumatni egallagan
Birodarlikka qarshi noroziliklar Mursiy hokimiyatga kelgan ilk kunlardan
boshlangan edi. Misrning ilk erkin saylangan prezidentiga qo`yilgan asosiy
ayblovlar quyidagilar bo`ldi: demokratik tamoyillarni diniy qarashlar bilan
o`zgartirish, xavfsizlikni ta`minlamaslik va mamlakat barqarorligini xavf
ostiga qo`yish, iqtisodiyotga bee`tiborlik, Misrni tashqi dunyoga iqtisodiy
qaram davlatga aylantirib qo`yish, Muborak rejimiga qarshi chiqishlar paytida
insoniy jinoyatlarga qo`l urgan rejimning sobiq amaldorlarini jazolamaslik,
yangi konstitutsiyani yozish uchun chaqirilgan Kengashga asosan Birodarlik
a`zolari kiritilganligi va ayollar hamda sekularistlar ishtirokiga taqiq
qo`yilganligi, diktatura uchun qadam tashlash.
Bundan
tashqari dunyoviy qarashdagi misrliklar Mursiyni Musulmonlar Birodarligi
tarafdorlarining tartibsiz chiqishlariga qarshilik bildirmagani va bunday
talo-to`plar natijasida mamlakatga xorijiy sarmoya, sayyohlar kelishi keskin
sustlashgani, ishsizlik ortib ketgani uchun ham ayblab chiqishdi.
Natijada
liberallar, sekularistlardan tashkil topgan Tamrud Harakati Mursiy hukumatiga
qarshi faoliyat boshladi. Ular harbiylardan hokimiyatni tortib olishni talab
qilishdi va Mursiy prezidentligiga qarshi 2013-yil iyun oyining so`ngiga qadar 20
mln ortiq imzo to`plashdi. Xalq noroziligi keng ko`lamdaligini ko`rgan harbiylar
3-iyul kuni Mursiy hokimiyatini ag`darib, muvaqqat hukumat yordamida Misrni qaytadan
egallab olishdi. Shu tariqa Musulmonlar Birodarligi o`z tarixi davomidagi
ikkinchi imkoniyatni ham qo`ldan boy berdi.
yangi maqola xam yozilar :). Bir xaftadan beri xech qanaqa maqola yozmayabsizlar
ОтветитьУдалитьShunaqa maqolalarni yoza olish uchun nimalarni o'qish kerak?
ОтветитьУдалитьsunggi paytlarda Xursand Abdullayevning maqolalari kamaib ketti? Xursand oka nime sababdan foal emmassiz?
ОтветитьУдалитьnega xechkim yangi maqola yozmay qo'ydi? Yoki sayt yangi adresga ko'chirildimi?
ОтветитьУдалитьmusulmon birodarligi uzimni uylashimcha amerika isroil tarafdan boshqarilmayabdimi hozirgi kunda.sabab shu yerdagi maqolalardan birida isroil suriyada musulmon birodarligi hokimyatga kelishiga qarshi emas deyilgan
ОтветитьУдалитьuylashimcha chala va yevropacha bulib qoldi.Ushalar "Musulmon Birodarligi" biz postsovet musulmonlaridan ulsa uligi ortiq sabab ular Islom nima Olloh nima bilishadi va usha yulda harakat qilishyabdi yahudAmerikamaymun va tung'izyevropa bosqinchiliklariga jim qarab turmay qarshi chiqmoqdalar.suriyada esa musulmonlar adashgan qavm bulmish shialarga (ular uzini musulmon hisoblaydi ammo iymoni chala nifoq kufr botil
ОтветитьУдалитьsayt iwlamasa kerak. MXX tomonidan bosimga u4radi naverno. Ato komentariga javob qaytarardi
ОтветитьУдалитьzaybal yangi maqola haliya yu
ОтветитьУдалить