Sovet Ittifoqi va Sharqiy Blokning qulashini
ko`pchilik siyosiy tahlilchilar “tarixning tugashi” yoki “demokratik
kapitalizmning kommunizm ustidan g`alaba qozonishi”, deb atagan edilar. Qo`shma
Shtatlar “g`olib”ga aylandi va yangi ko`p qutbli dunyoda diplomatiya, harbiy
kuch va bozor iqtisodiyoti yordami bilan global gegemonlikni qo`lga kiritdi.
Sobiq Ittifoqdan so`ng boshlangan Sharqiy Blok kommunist davlatlarining
birin-ketin qulashi butun jahon bo`ylab yangi moliyaviy tizimni shiddat bilan
tarqalishiga imkon yaratib berdi. O`z navbatida bu tizim yangi bozorlar va
homashyo bazalarini talab qilardi. Yangi moliyaviy tizim Ikkinchi Jahon
Urushidan so`ng paydo bo`lgan Yevropaning an`anaviy sotsial-demokratik tamoyillarga
asoslangan iqtisodiy infrastrukturalari bilan raqobatga kirisha boshladi.
AQSH imperializmi tasvirlangan karikaturalardan biri